Texnik hisob va pasportlashtirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi
.jpg)
Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini samarali boshqarish har bir obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchli, to‘liq va doimiy ravishda yangilanib borilishini talab etadi.
Telekommunikatsiya obyektlarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish telekommunikatsiya infratuzilmasini boshqarish tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Shu bois, bu boradagi mutaxassislarning professional kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida “TMS Hub” filiali tomonidan “Telekommunikatsiya korxonalarida texnik hisob va pasportlashtirish” mavzusidagi bevosita o‘quv kursi tashkil qilindi.
Kurs doirasida tinglovchilar texnik hisob va pasportlashtirishning zamonaviy dasturiy vositalari hamda optik payvandlash uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
O‘quv kursi davomida ishtirokchilar olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlab borishi ham rejalashtirilgan.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati