Texnik hisob va pasportlashtirish bo‘yicha o‘quv kursi yakunlandi
.jpg)
“TMS Hub” filiali tomonidan tashkillashtirilgan “Telekommunikatsiya korxonalarida texnik hisob va pasportlashtirish” mavzusidagi bevosita o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur o‘quv kursida tinglovchilar Sklad, STP/GeoWFM tizimlarida ishlash, UTR tizimida PSTN, xDSL, FTTx hamda xPON texnologiyalaridan foydalangan holda struktura yaratish, UPLKS modulining funksional imkoniyatlari, mahalliy telefon tarmoqlari uskunalarini texnik hisobga olish va pasportlashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar kabi mavzularda nazariy bilimlarini mustahkamladi.
Shuningdek, o‘quv kursi doirasida optik payvandlash uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish mavzusida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda tinglovchilar amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.
O‘quv kursi davomida boshlang‘ich va yakuniy test sinovlari “Uztelecom ta’lim” platformasi orqali olib borildi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan barcha tinglovchilarga Platformada avtomatik holda sertifikatlar yaratildi.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati