15 February 2019

Toshkentda AMH Komissiyasining axborot kommunikatsiyalari iqtisodiyoti boʻyicha 39-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

14 fevralda Aloqa sohasida mintaqaviy hamdoʻstlik (AMH) Komissiyasining axborot kommunikatsiyalari iqtisodiyoti boʻyicha 39-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 

Ushbu tadbir Xalqaro elektron aloqa ittifoqi (XEI)ning MDH mintaqalari va arab davlatlari uchun AKT sohasidagi statistika boʻyicha hamkorlikdagi seminar-praktikumi doirasida oʻtkazildi. "O'zbektelekom" AK ushbu tadbirni o'tkazishda texnik yordam ko'rsatdi.

 

Yigʻilish diqqat markazidagi mavzular sirasida 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlari yutuqlarini monitoring qilish va baholashning dolzarb yoʻnalishlari, MDH ishtirokchi davlatlarida raqamli iqtisodiyotni joriy etish doirasida statistik koʻrsatkichlar boʻyicha takliflar tayyorlash, statistik maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va axborot jamiyatini oʻlchash boʻyicha yillik hisobot tayyorlanishi uchun XEIga taqdim etish borasida tajriba almashish, AKT bozorida taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini baholash boʻyicha standartlarni shakllantirish hamda uni oʻz vaqtida yangilash masalalari muhokama etildi.

 

Yigʻilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, AMH aloqa maʼmuriyatlari, shuningdek, MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. "O'zbektelekom" AK vakillari ham AMH komissiyasining yig'ilishida faol qatnashdilar.





Yangilik bilan ulashish: