Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Uch avlod uchrashuvi: tajriba, ehtirom va davomiylik

 

Avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlovchi omillardan biri ustoz-shogirdlik an’anasidir. Ustozlarga ko‘rsatilgan hurmat va ularning boy mehnat tajribasini yosh avlod bilan baham ko‘rishi bu bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
 
“O‘zbektelekom” AKda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozimga ehtirom” shiori ostida o‘tkazilgan uch avlod uchrashuvi ham ayni shunday samimiy ruhda kechdi.
 
Kompaniya hamda Markaziy filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida Ijroiya apparati, Markaziy va “TMS Hub” filiali xodimlari, soha faxriylari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
 
Tadbir avvalida kompaniya boshqaruv raisining axborot siyosati maslalari bo‘yicha maslahatchisi T. Mamadjanov uch avlod o‘rtasidagi samimiy muloqot faoliyat samaradorligiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
 
Shundan so‘ng, “O‘zbektelekom” AK kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Y. Tulyaganov, Markaziy filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi N. Ishoqov hamda boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M. Raximov soha faxriylarini Ustoz va murabbiylar kuni bilan qutlab, ular qoldirgan boy tajriba hozirga qadar yosh avlodga o‘rnak bo‘layotgani, o‘z navbatida, bugungi avlod vakillari ham yoshlar bilan ustoz-shogirdlik an’analariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgani haqida to‘xtalib o‘tishdi.
 
Tadbir davomida soha faxriylari ham bugungi kunda tizimda erishilayotgan yutuqlar, xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritib, ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom uchun samimiy minnatdorlik bildirishdi.
 
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish