31 Mart 2021

UNITS innovatsion tarif rejasida qulay yangilanishlar



Bahor – yoqimli yangilanish vaqti. UZTELECOM Milliy operatori doimo o’z abonentlarga muloqot va onlayn-serf uchun eng hamyonbop va qulay xizmatlarni taqdim etishga intiladi!

Shu qatorda, 2021 yil 1 apreldan boshlab yagona to‘lov tizimiga ega innovatsion UNITS tarif liniyasi ishga tushirilgandan buyon o‘tgan davr mobaynida barcha takliflar va boshqa ma'lumotlarni hisobga olgan holda, o‘z abonentlariga qulaylik yaratish uchun bir qator yangilanishlarni taqdim etadi!

Shunday qilib...

Endilikda, UNITS 3 500 tarif rejasida abonent to‘lovi qiymati o‘zgartirilmasdan qo‘shimcha 500 Unit ni o‘z ichiga oldi, bunda, tarif rejasining amal qilish muddati 15 kundan 30 kunga uzaytirildi.

Bundan tashqari, UNITS 7000, UNITS 10 000, UNITS 13 000, UNITS 17 000, UNITS 21 000 tarif rejalari qiymati har biri uchun 1 000 Unit ga ko‘proq bo‘ldi! Endi abonentlar eski narxda qo‘shimcha 1000 resursli tariflarni sotib olishi mumkin! Masalan, 45 000 so‘mli UNITS 10 000 tarif rejasi aynan shu 45 000 so‘m evaziga  UNITS 11 000 tarif rejasiga  aylandi! Foydasi yaqqol namoyon!



Mazkur tarif rejalariga o‘tish *777# USSD so’rovi, 9999 raqamiga SMS, shaxsiy kabinet, “MyUZTELECOM” mobil ilovasi, shuningdek, savdo ofislari va Call markaz orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, UNITS – mobil aloqa sohasida tengi yo’q noyob, innovatsion moslashuvchan tarif rejalari lineykasidir. Shuningdek, Siz o‘zingizning resurslaringizni mustaqil belgilash va ulardan istaganingizcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Tarifni ulashda Siz megabaytlar, daqiqalar yoki SMS sotib olmaysiz!

Siz mobil muloqotingiz uchun universal o‘lchov birligi bo‘lgan yunitlarga ega bo‘lasiz!

Siz real vaqt rejimida daqiqalar, megabaytlar yoki SMS xizmatlaringizni oson boshqarishingiz mumkin. Hisob-kitobi juda oddiy: 1 UNIT = 1 MB = 1 minut = 1 SMS. Eng yoqimlisi – ko’proq Unit sotib olganingiz sari, har bir Unit narxi arzonlashadi!



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing