06 August 2020

“UNLIM 10 Premium” tarif rejasi - oliy darajadagi ikki karra cheksizlik!




UZTELECOMdan uy Interneti uchun tariflar haqidagi nihoyatda misli kutilmagan yangiliklar davom etadi. Bugun biz yangi, haqiqatdan ham nihoyatda kutilmagan, ikki karra cheksiz va eng yuqori tezlikka ega “UNLIM 10 Premium” tarif rejasini taqdim etamiz. Bu tarif reja o‘zida 300 Mbit/s gacha cheksiz uy Internetini va butun O‘zbekiston bo‘ylab cheklanmagan chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga ega uy telefoni (IP-telefoniya/videotelefoniya) xizmatini mujassam etadi. Tarif reja orqali hech bir to‘siqlarsiz Internet olamida yuqori tezlikda “kezish”, shuningdek daqiqalar, soatlar va hatto, kunlar haqida o‘ylamagan holda yaqinlar va qadrdonlar bilan uy telefoni orqali suhbat qurish mumkin.

Bunday ikki karra cheksiz imkoniyatlar – bir vaqtning o‘zida Internet va telofoniya xizmati to‘lov qiymatiga kiritilgan tarif reja O‘zbekiston bozorida ilk marotaba tuhfa etilmoqda. Uy Interneti aholi uchun hech qachon 300 Mbit/s gacha tezlikda taqdim etilmagan.

“UNLIM 10 Premium” tarif rejasi GPON texnologiyasi bo‘yicha ulangan abonentlar uchun foydalidir. Agarda kunduz kuni tezlik 10 Mbit/s ni tashkil qilsa, tunda (00:00 - 12:00) ushbu tezlik 300 Mbit/s gacha oshiriladi.

Shunisi e’tiborliki, 300 Mbit / s tezligi abonent tomonidan o‘rnatilgan uskunaning konfiguratsiyasiga qarab, e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin, ammo operator tomonidan bunday cheklovlar bo‘lmaydi.

UZTELECOM qo‘shimcha tarzda shuni ma’lum qiladiki, 2020 yil yoz mavsumi abonentlar uchun nafaqat yuqori tezlikda, balki ikki karra cheksiz bo‘ladi!

Istaganingizcha tezlashing va suhbat quring! Biz esa bundan faqatgina xursand bo‘lamiz!

Yangi “UNLIM 10 Premium” tarif rejasi hafida batafsil mazkur havola yordamida tanishib chiqishingiz mumkin 



Yangilik bilan ulashish: