29 June 2022

UZTELECOM MDH davlatlari orasida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator sifatida tan olindi



Berlinda IX yillik EUROPE 2022 GCCM – Berlin konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda butun dunyo bo‘ylab 188 ta telekommunikatsiya kompaniyasidan 800 dan ortiq kishi ishtirok etdi, ishtirokchilar biznesni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini o‘rganishdi, bozordagi so‘nggi trendlarni muhokama qilishdi va o‘zlarining yangi mahsulotlarini taqdim etishdi. Ushbu forum doirasida CC-GLOBAL AWARDS mukofotini topshirish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

320 dan ortiq mehmonlar Alte Münze eksklyuziv tadbirda ishtirok etishdi, unda g‘oliblar o‘z yutuqlarini nishonladilar. Mukofot sovrindorlari qatorida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “MDH davlatlari orasida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi. CC-Global Awards (CCGA) butun dunyo bo‘ylab yirik aloqa operatorlari va ekotizim hamkorlarining innovatsiyalari va yutuqlari uchun beriladi hamda mustaqil hakamlar hay’ati – telekommunikatsiya yo‘nalishi tahlilchilari va soha mutaxassislaridan iborat hay’at tomonidan baholanadi.



Joriy yilning may oyi oxirida “O‘zbektelekom” AK har yili o‘tkaziladigan “Yil brendi” milliy tanlovida “Aloqa” nominatsiyasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganini ham alohida ta’kidlash joiz. 2020-yilda Kompaniya Internet-provayderlar o‘rtasida “Yil brendi” nominatsiyasida ham g‘olib bo‘lgan.
2021-yilda esa “O‘zbektelekom” AK TAF! Toshkent reklama festivalida “UZTELECOMga sodiqlikni qanday oshirish mumkin” loyihasi bilan “Komyuniti, uyushmalar, sodiqlik dasturlarini yaratish” nominatsiyasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.



Ma’lumot uchun:

Carrier Community (CC) – bu dunyo miqyosidagi telekommunikatsiya operatorlari klubi bo‘lib, yirik aloqa provayderlari va ekotizim bo‘yicha hamkorlar uchun eksklyuziv global sohaviy, brending va tarmoq netvorking platformasidir.

2008-yilda yo‘lga qo‘yilgandan beri Carrier Community 120 dan ortiq mamlakatlarda 2300 dan ortiq operatorlarni ifodalovchi 8000 dan ortiq a’zolarga ega. Korporativ a’zolar asosan mavjud mobil, muqobil va kichik operatsion kompaniyalarda bosh direktor, vise-prezident, direktor va menejerlar lavozimlarini egallagan.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing