03 September 2020

UZTELECOM milliy operatori ta’limni qo‘llab-quvvatlab, mobil aloqa uchun maxsus TA’LIM tarif rejasini taqdim etmoqda


 

Bugungi kunda zamonaviy dunyoni innovatsion texnologiyalar va eng yangi aloqa vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shaxsiy rivojlanishda, shu jumladan, ta’lim sohasida yuqori sifatli mobil aloqa va yuqori tezlikdagi Internet muhim omillardan biri hisoblanadi.

Zamonaviy talabalar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari uchun foydali ovozli muloqot xizmatlarini taqdim etish muhimligini inobatga olib, UZTELECOM milliy operatori jismoniy va yuridik shaxslar uchun hamyonbop TA’LIM tarif rejasini, shuningdek maxsus Internet-paketlar guruhini taqdim etmoqda.

TA’LIM tarif rejasi – bu eng hamyonbop mobil aloqa yechimini izlayotgan ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun qulay tarifdir.

Oyiga 34 900 so‘m evaziga TA’LIM tarif rejasi o‘z ichiga 8000 Mb Internet-trafik, 1000 daqiqa (va O‘zbekiston bo‘ylab 300 daqiqa) va 500 ta SMS oladi.



Shuningdek, mobil Internetdan yanada hamyonbop narxlarda foydalanishni ta’minlash maqsadida nominal qiymati 5 000, 8 000 va 12 000 MB bo‘lgan maxsus Internet-paketlar taqdim etiladi. Ushbu paketlar odatiy Internet-paketlardan 20% gacha arzon hisoblanadi.

TA’LIM tarif rejasi ta’lim tizimiga oid bir qator afzalliklarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Xususan, ushbu TR abonentlari ZiyoNET xizmatidan abonent to‘lovi uchun 50% chegirma asosida foydalanishlari mumkin, shuningdek masofaviy ta’lim uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-metodik markazlarning 100 dan ortiq o'quv va axborot platformalaridan Internet-trafikni sarflamasdan mutlaqo bepul foydalanishlari imkonini taqdim etadi.

UZTELECOM – Milliy operator.

Jismoniy va yuridik shaxslar tarif yuzasidan batafsil ma’lumot bilan mazkur havolalar yordamida tanishib chiqishingiz mumkin.

 

 



Yangilik bilan ulashish: