03 August 2020

UZTELECOM mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiyalash loyihasi yakunlanganligini ma’lum qiladi


 

Hurmatli abonentlar!

2020-yil boshida “O‘zbektelekom” AK respublikaning barcha hududlarida 3G/4G texnologiyalari bo‘yicha mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish yuzasidan keng ko‘lamdagi loyihani amalga oshirishni boshladi.

Ushbu loyihaning maqsadi -   UZTELECOM operatorining mobil aloqa abonentlariga, ayniqsa, mamlakatimizning eng chekka va uzoq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun mobil Internet xizmatlaridan foydalanish tezligi va foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida, barcha mavjud baza stansiyalarni ularning joylashuvidan qat’iy nazar, 3G va 4G LTE standartlarigacha modernizatsiyalashdan iborardir.

Bugungi kunda UZTELECOM keng ko‘lamli loyihaning yakunlanganligini hamda loyiha natijasiga ko‘ra mamlakatning barcha hududlarida 3 mingdan ziyod baza stansiyalar Kompaniya jamoasi tomonidan yangilanganini va modernizatsiya qilinganini ma’lum qiladi. Modernizatsiya ishlari hamma joyda qamrovni sezilarli darajada oshirishga va 4G LTE texnologiyasidan foydalanish imkonini taqdim etdi.

Ta‘kidlash joizki, karantin davrida tarmoqni yangilash, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari barcha zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirildi.

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ularni barcha uchun hamyonbop qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha eng yangi standartlar va texnologiyalarni joriy etish  ishlarini davom ettirmoqda.



Yangilik bilan ulashish: