UZTELECOM – O‘zbekistonda mobil aloqa sifati bo‘yicha yetakchi deb topildi

Mustaqil test natijalariga ko‘ra, UZTELECOM milliy reytingda mobil aloqa sifati bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Tadqiqot DMTEL kompaniyasi hamda Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi tomonidan o‘tkazildi. 2025-yil 16-apreldan 2-maygacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan testlar 3500 km dan ortiq yo‘nalishlarni qamrab oldi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlari, shuningdek, mamlakatning asosiy temir yo‘l va avtomobil yo‘llari sinov maydoniga aylandi.
Asosiy natijalar:
- Mobil Internet sifati bo‘yicha 1-o‘rin – ma’lumotlar uzatish tezligi, tarmoq barqarorligi va mavjudligi bo‘yicha eng yuqori ballar;
- Buxoro va Samarqandda, shuningdek, temir yo‘l yo‘nalishlarida eng yaxshi ko‘rsatkichlar;
- Ovozli aloqa va radiotarmoq qamrovi bo‘yicha yuqori o‘rinlar – qo‘ng‘iroqlar ishonchliligi va ovoz sifati Kompaniya tarmog‘ining kuchli jihatlaridan biri.
“Bu natijalar – oddiy raqamlar emas. Bu – Kompaniyamiz texnik jamoasining muntazam mehnati va infratuzilmaga yo‘naltirilgan yirik investitsiyalar samarasidir. Abonentlarimiz zamonaviy va ishonchli aloqa xizmatlaridan foydalanayotganidan faxrlanamiz”, – dedi “O‘zbektelekom” AK Istiqbolli rivojlanish va investitsiya loyihalari departamenti direktori Umarbek Izbosarov.
UZTELECOM telekommunikatsiya sohasida texnologik yetakchilikni mustahkamlashda davom etmoqda va butun mamlakat bo‘ylab millionlab abonentlar uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda. Biz foydalanuvchilarimizga bildirgan ishonchi uchun cheksiz minnatdorlik bildiramiz va O‘zbekistonning istalgan nuqtasida sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etish missiyamizga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati