Uztelecom xalqaro rouming uchun internet - paketlar to‘plamini kengaytirmoqda
20-avgustdan yangi «Roaming M2M-Internet» va «Rouming + mahalliy internet» paketlari taqdim etiladi
Abonentlar quyidagi yangi paketlardan foydalanishlari mumkin:
- roumingda ma’lumot uzatish uchun mo‘ljallangan «Roaming M2M-Internet» paketlari. Ushbu paketlar M2M turkumidagi tarif rejalarida ham amal qiladi;
- xorijda va mahalliy mobil tarmoqda foydalanish uchun internet-trafikni o‘z ichiga olgan «Rouming + mahalliy internet» kombinatsiyalangan paketlari.
«Salom Rossiya», «Umra va Haj» hamda «Rouming daqiqalari» paketlarining narxlari va shartlari, shuningdek, Aeromobile tarmog‘ida samolyot bortida ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlari o‘zgarishsiz qoladi.
Barcha narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
Yangi «Roaming M2M-Internet» paketlari
Paketlar Uztelecomning rouming bo‘yicha hamkorlari bo‘lgan xorijiy operatorlar tarmoqlarida mobil internetdan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Paket | Roumingdagi internet | Amal qilish muddati | Narxi |
|---|---|---|---|
Roaming M2M-Internet 100 | 100 MB | 30 kun | 75 000 so‘m |
Roaming M2M-Internet 500 | 500 MB | 30 kun | 200 000 so‘m |
Paketlardan barcha tarif rejalarida, shu jumladan M2M turkumidagi tarif rejalarida foydalanish mumkin.
Paketlar avtomatik ravishda uzaytiriladi. Ularni MyUztelecom mobil ilovasida faollashtirish mumkin.
Paket doirasidagi internet-trafik tugagach, internet xalqaro roumingning standart tariflari bo‘yicha narxlanadi.
Yangi «Rouming + mahalliy internet» paketlari
Har bir paket ikki xil internet-trafikni o‘z ichiga oladi:
- xalqaro roumingda foydalanish uchun internet;
- mahalliy mobil tarmoqda foydalanish uchun qo‘shimcha internet.
Paket | Roumingdagi internet | Mahalliy tarmoqdagi internet | Amal qilish muddati | Narxi |
|---|---|---|---|---|
Roaming 1 GB + Local 5 GB | 1 GB | 5 GB | 30 kun | 150 000 so‘m |
Roaming 2 GB + Local 10 GB | 2 GB | 10 GB | 30 kun | 200 000 so‘m |
Roaming 5 GB + Local 20 GB | 5 GB | 20 GB | 30 kun | 400 000 so‘m |
Roaming 10 GB + Local 20 GB | 10 GB | 20 GB | 30 kun | 600 000 so‘m |
Roaming 20 GB + Local 30 GB | 20 GB | 30 GB | 30 kun | 900 000 so‘m |
Paketlardan M2M turkumidagi tarif rejalaridan tashqari barcha tarif rejalarida foydalanish mumkin. Avtomatik uzaytirish ko‘zda tutilmagan.
Paketning amal qilish muddati tugagach, foydalanilmagan internet-trafik bekor qilinadi. Paket doirasidagi trafik tugagach, internet mahalliy tarmoqda amaldagi tarif rejasi shartlari, roumingda esa xalqaro roumingning standart tariflari bo‘yicha narxlanadi.
Rouming paketlarini qanday faollashtirish mumkin?
Jismoniy shaxslar mavjud paketlarni quyidagi usullar orqali faollashtirishlari mumkin:
- *188# USSD buyrug‘i orqali;
- MyUztelecom mobil ilovasida.
«Roaming M2M-Internet» paketlari MyUztelecom mobil ilovasi orqali faollashtiriladi.
Yuridik shaxslar xalqaro rouming xizmatini Uztelecom savdo ofislarida ulashlari mumkin. «Mobil budjet» xizmati faol bo‘lgan yuridik shaxslar mavjud paketlarni o‘z individual shaxsiy hisobvarag‘idan mobil ilova yoki USSD buyrug‘i orqali faollashtirishlari mumkin.
Safarga chiqishdan oldin nima qilish kerak?
O‘zbekistondan chiqishdan oldin «Xalqaro rouming» xizmatini faollashtiring. Xizmatdan foydalanish uchun abonent raqami «faol» holatda bo‘lishi kerak.
Rouming Uztelecomning xorijiy hamkor operatorlari tarmoqlarida ishlaydi. Safarga chiqishdan oldin boradigan mamlakatingizda xizmatlardan foydalanish imkoniyatini, hamkor operatorlar ro‘yxatini va tariflash shartlarini tekshirishni tavsiya etamiz.
Uztelecom
Barcha uchun texnologiyalar