Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

Uztelecom xodimlari uchun Imom al - Buxoriy majmuasiga sayohat uyushtirildi

 

“O‘zbektelekom” AK xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan final musobaqasi doirasida ishtirokchilar uchun Samarqand viloyatidagi Imom al-Buxoriy majmuasiga ziyorat sayohati tashkil qilindi.
 
Tashrif davomida xodimlar buyuk muhaddis, islom olamining eng ulug‘ allomalaridan biri Imom al-Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, uning jahon ilm-fani va ma’naviyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
 
Mazkur sayohat ishtirokchilar uchun nafaqat tarixiy obida bilan yaqindan tanishish, balki boy ma’naviy merosimizni chuqurroq anglash, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash imkonini berdi.
 
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishi, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
 
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

Yangilik bilan ulashish