11 May 2021

UZTELECOMdan 5G - innovatsion loyihalar uchun tarmoqdan foydalanish bo‘yicha kompleks yechim

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Huawei va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)ning “aqlli” qishloq xo‘jaligi loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘tgan yili milliy operator jahon standartidagi telekommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining yangi bosqichiga aylangan 5G tarmog‘ining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishi va ishga tushirilishi haqida e’lon qildi. Joriy yilda Huawei kompaniyasi va TIQXMMI o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik haqidagi Memorandumi doirasida 5G texnologiyalari, jihozlar Interneti, aqlli uzatgichlar va katta xajmdagi maʼlumotlarni intellektual platforma asosida boshqarish, monitoring qilish va qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda aqlli qishloq xoʻjaligi loyihasini ishga tushirmoqda. Loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari va datchik ma’lumotlarini diversifikatsiya qilish va ularni keyingi tahlil qilish uchun saqlash kabi muhim jihatlar; masofaviy monitoring va boshqarish, shuningdek ma’lumotlarni intellektual qayta ishlashda UZTELECOM milliy operatori ushbu loyihadagi texnik yordam va 5G texnologiyalarini tadbiq etdi.



“Aqlli qishloq xoʻjaligi” loyihasini tadbiq qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish darajasini oshirish, hosilning holatini nazorat qilish va boshqarishni soddalashtirish, ob-havo haroratini, tuproqning namligini, sugʻorish tizimlarining holatini tahlil qilish hisobiga tashqi muhitning hosilga taʼsir qilish ehtimoli darajalari haqida ogohlantirish, shuningdek real vaqt tartibida “aqlli” maydondan video-maʼlumot olish imkonini beradi.

Loyiha TIQXMMI mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari tomonidan "O‘zbektelekom" AK “O‘zMobayl” filialining mobil tarmog‘idan foydalangan holda, Huawei kompaniyasining ekspert va texnik ko‘magi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

UZTELECOM har doim O‘zbekiston aholisini qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatning eng chekka joylarida xalqqa yuqori sifatli uzluksiz aloqani taqdim etadi va ushbu loyiha talab qilinadigan mahalliy ishlab chiqarishlardan birining ravnaqi va rivojlanishi uchun Kompaniya tarmoqlarining texnik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
 



Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 2019-yilda 5G baza stansiyalarining birinchi sinovlari paytida 1,9 Gbit/s gacha bo‘lgan ma’lumotlar uzatishning eng yuqori tezligi qayd etilgan edi.

UZTELECOM innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda va turli sohalarda raqamlashtirishni joriy etishda davom etmoqda va bu borada Respublikaning vazirliklari va idoralari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.



Yangilik bilan ulashish: