01 June 2021

UZTELECOMdan mobil internet gigabaytlari – GSM standartining mobil aloqa abonentlari uchun foydali shartlar asosida yanada ko’proq online-so’zlashuv!



UZTELECOM milliy operatori 30 kunlik Internet-paketlarga yoqimli yangilanishlarni kiritmoqda va yuqori sifatli va arzon mobil Internetning GIGABAYTLARini taqdim etmoqda.

Barchamiz yozni yaxshi ko'ramiz. Bu hayot yangi ritm va tezliklarni o’z ichiga qamrab oladigan  o’zgacha dam. Ko'proq aloqa, ko’proq ko’ngilxushlik, ko’proq shodlik  - va bularning barchasini mobil Internetsiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu yozni yanada yorqinroq, esda qolarli va eng muhimi – FOYDALI qilish maqsadida UZTELECOM o'z abonentlari uchun yoqimli yangilanishlarni tayyorladi!

2021 yil 1-iyundan boshlab UZTELECOM 30 kunlik Internet-paketlar qatoriga ulkan o'zgarishlar kiritib, ularni yanada kattaroq, jozibaliroq va arzonroq qiladi!

Shunday qilib, o'zgarishlarning asosiy xususiyati Internet-trafik hajmini hisoblashning yangi tizimiga o'tishdir! Endi UZTELECOM megabayt emas, balki Gigabayt mobil Internetni yanada yoqimli va hamyonbob narxlar evaziga  taqdim etadi! Yangilangan Internet-to'plamlar qatori endi trafik hajmi 1 GB dan 75 GB gacha bo'lgan 9 000 dan 110 000 so'mgacha bo'lgan 11 ta variantni o'z ichiga oladi.

Masalan, odatdagi 25 000 so'mga endi abonentlar 5000 MB emas, balki 5 GB sotib olishlari mumkin, bu esa xaridni ancha foydali va jozibali qiladi. Eng kichik 1 GB to'plam 30 kunga 9 000 so'mga, eng kattasi 75 GB 110 000 so'mga taqdim etiladi.
 

Narxi, so’m

Internet-trafik hajmi, GB

Amal qilish muddati, kun

To’plamlarni USSD-so'rovlar orqali faollashtirish

To’plamlarni SMS-so'rovlar orqali faollashtirish

O'zbek tilida ma'lumot olish

Rus tilida ma'lumot olish

9 000

1 GB

30

*111*1*9*1#

*111*2*9*1#

1031

14 000

1.5 GB

*111*1*9*2#

*111*2*9*2#

1032

18 000

3 GB

*111*1*9*3#

*111*2*9*3#

1033

25 000

5 GB

*111*1*9*4#

*111*2*9*4#

1034

35 000

8 GB

*111*1*9*5#

*111*2*9*5#

1035

50 000

12 GB

*111*1*9*6#

*111*2*9*6#

1036

60 000

16 GB

*111*1*9*11#

*111*2*9*11#

1041

65 000

20 GB

*111*1*9*7#

*111*2*9*7#

1037

75 000

30 GB

*111*1*9*8#

*111*2*9*8#

1038

85 000

50 GB

*111*1*9*9#

*111*2*9*9#

1039

110 000

75 GB

*111*1*9*10#

*111*2*9*10#

1040


30 kunlik Internet-paketlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy va yuridik abonentlar uchun mavjud. Internet-to'plamlar odatdagi usulda - USSD-buyruq, SMS-so'rov yordamida, MyUZTELECOM mobil ilovasi va Abonentning shaxsiy kabineti orqali, shuningdek, call-markaz yoki UZTELECOM savdo va xizmat ko'rsatish punktlari operatorlari yordamida faollashtiriladi.

Shuningdek, yuridik shaxslar Internet-to'plamlarni "Mobil byudjet" xizmati yoqilganda (*222# USSD-menyu orqali) faollashtirishi mumkin.

Muhim: Internet-to'plamning amal qilish muddati tugagandan so'ng, ushbu guruhning keyingi Internet-to'plamini faollashtirilmasa, qolib ketgan gigabaytlar saqlanmaydi.

Batafsil ma'lumot mazkur havolada

UZTELECOM bilan muloqot qiling, o'zingizning tarixingizni yarating va yozgi yoqimli xotiralar bilan o'rtoqlashing.

UZTELECOM - milliy operator.



Yangilik bilan ulashish: