Shaxsiy kabinet

Yagona hisob

nav icon

Mobil aloqa

Uy interneti

Uy telefoni

Bulutli xizmatlar

Call-markaz

FAQ

nav icon

OHANG

nav icon

VoIP tarmoqlarida sun’iy intellekt: zamonaviy yechimlar va imkoniyatlar

Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari telekommunikatsiya tarmoqlari samaradorligini oshirish, aloqa sifatini yaxshilash hamda texnik jarayonlarni takomillashtirishda muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu texnologiyalardan samarali foydalanish esa soha mutaxassislarining zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borishni taqozo etadi.

 

Shu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida, “O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali tomonidan “VoIP tarmoqlarida sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida masofaviy o‘quv kursi tashkil etildi. “Uztelecom ta’lim” platformasi orqali olib borilayotgan mashg‘ulotlarda tinglovchilar VoIP tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, tarmoq faoliyatini optimallashtirish, ovozli aloqa sifatini yaxshilash, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.

 

O‘quv kursi doirasida zamonaviy texnologiyalarni telekommunikatsiya sohasiga tatbiq etish, sun’iy intellekt asosidagi yechimlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangilik bilan ulashish