27 Dekabr 2020

Yangi yilni UNLIM seriyasining yangilangan tariflari bilan kutib olamiz!

 

UZTELECOMdan abonentlar uchun ajoyib yangi yil sovgʻasi. 2021-yilni UNLIM seriyasining yangilangan tariflari bilan qarshi olamiz. Yangilangan tariflar to‘plamida yanada yuqori tezlikda Internet tarmog‘iga ulanish ta’minlanadi. Tezlik o‘rtacha 1,5-2 barobarga oshirilgan bo‘lsa, abonent to‘lovining narxi esa avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan. Shu bilan birga, tezlik darajasi yuqori bo’lgan tarif rejalarda abonent to‘lovi yanada arzonlashtirilgan. Misol uchun, agarda UNLIM 100 tarif rejasining abonent to‘lovi avval 599 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, endilikda yangi to‘plamda ushbu tarif rejaning abonent to‘lovi 399 ming so‘mni tashkil etadi.

Abonentlarimizning koʻplab iltimoslariga koʻra, ilk marotaba aholi uchun haqiqatan 300 Mbit/s tezlikka ega bo‘lgan tezkor cheksiz tarif rejalar, shuningdek 1 000 Mbit/s tezlikka ega “gigabit tezlik” joriy etildi!!! Biz oʻz vaʼdamizning ustidan chiqamiz.

Koʻplab tariflar ikki karra cheksiz tarifga aylandi, sababi nafaqat Internet trafikka, balki IP-telefoniya uchun butun Oʻzbekiston boʻylab suhbatlar daqiqasiga cheklovlar olib tashlandi. Yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish hamda sifatli telefoniya orqali suhbat qurish endilikda cheksiz va uzoq!

“UNLIM” seriyasidagi tarif rejalarga ulangan joriy abonentlar uchun yangi shartlar 2020-yilning 28-dekabrdan e’tiboran keyingi hisob-kitob davrining birinchi kunidan boshlab (har bir abonent uchun alohida) amal qiladi. Batafsil tushunchaga ega bo‘lish uchun quyidagi shartlarni taqdim etamiz:



Shuningdek, har bir abonent o‘z xohishiga ko‘ra o‘ziga mos bo‘lgan tariflarni shaxsiy kabinet orqali saytning ushbu havolasi yordamida, shu bilan birga MyUZTELECOM mobil ilovasi (Android va iOS) orqali hamda sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga tashrif buyurgan holda tanlashi mumkin.

Abonentlar uchun tariflarda yoqimli oʻzgarishlar juda ham koʻp, misol uchun, "UNLIM SUMMER" aksiyali tarif rejada tezlik 10 Mbit/s o‘rniga 20 Mbit/s ni tashkil qilmoqda. Bir vaqtning oʻzida UNLIM seriyasidagi oltita tarif rejalar (30, 40, 60, 100, 300, 1000) o‘zida cheksiz IP-telefoniya xizmatini mujassam etadi. Avvallari IP-telefoniya boʻyicha cheksiz suhbatlar faqat UNLIM Premium tarif rejasida mavjud boʻlgan.

Tariflar haqida batafsil maʼlumot bu yerda 

Yangi Yilni “UNLIM” seriyasining yangi tariflari bilan kutib oling! Bizda faqat tezlik oshmoqda!



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing