Qabul qilish kunlari va vaqti Payshanba, 15-00 dan 17-00 gacha

Ziyayev Gʻolibsher Meliboyevich

Davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlar boʻyicha direktor v.v.b.


1961-yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
Ma’lumoti oliy: 1983 y. Toshkent elektrotexnika aloqa institutini elektr aloqa muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1983 yilda Jizzax shahar aloqa bogʻlamasining yetakchi muhandisi lavozimidan boshlagan.


Mehnat faoliyati davomida:
  • 1986-1988 yy. - Jizzax viloyati texnik ishlab-chiqarish aloqa boshqarmasi Elektraloqa boʻlimi boshligʻi, Texnik ishlab-chiqarish laboratoriyasi boshligʻi
  • 1988-1989 yy. - Sirdaryo viloyati texnik ishlab-chiqarish aloqa boshqarmasi Laboratoriya boshligʻi, Boshqarma bosh muhandisi
  • 1989-1990 yy. - Jizzax viloyati texnik ishlab-chiqarish aloqa boshqarmasi bosh muhandisi
  • 1991-1992 yy. - Toshkent taksofoni aloqa bogʻlamasi boshligʻi
  • 1992-1996 yy. - Toshkent viloyati davlat elektraloqa ishlab chiqarish korxonasi yetakchi muhandisi, boʻlim boshligʻi, bosh muhandis oʻrinbosari, boshliq oʻrinbosari
  • 1996-1996 yy. - “Oʻzbektelekom” konserni raisi oʻrinbosari
  • 1996-1997 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vazirligi Xalqaro hisob-kitoblar va shartnomalar markazi bosh muhandisi
  • 1997-2000 yy. - Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Davlat aloqa inspeksiyasi boshligʻi
  • 2000-2001 yy. - Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Elektromagnit moslashuv markazi boshligʻi oʻrinbosari
  • 2001-2003 yy. - Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat aloqa inspeksiyasi boshligʻi
  • 2003-2003 yy. - “Oʻzbektelekom” AK bosh direktorining birinchi oʻrinbosari
  • 2003-2004 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi kotibiyati mudiri
  • 2004-2005 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Milliy xavfsizlik Kengashi apparatining bosh konsultanti
  • 2005-2009 yy. - Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari
  • 2009-2011 yy. - “Oʻzbektelekom” AK “Shaharlararo aloqa korxonasi” filiali direktori
  • 2011-2012 yy. - “Oʻzbektelekom” AK “Telekommunikatsiya transport tarmogʻi” filiali direktori
  • 2012-2017 yy. - “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi bosh direktori
  • 2017-2017 yy. - Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi
  • 2017-2018 yy. - Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasi, Istiqbolli va maxsus loyihalarni ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi va rais oʻrinbosari
  • 2018-2018 yy. - Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya boshligʻi
  • 2019 y. – h.v.- “Oʻzbektelekom” AK Davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlar boʻyicha direktor v.v.b.