17 Aprel 2024

Soha xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishga bag'ishlab tadbir o‘tkazildi

 

Huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi insonning jamiyatdagi mavqeini belgilab beradi. U faoliyat yuritayotgan sohada samaradorlik ko‘lamini kengaytiradi.

 

 Shundan kelib chiqqan holda, “O‘zbektelekom” AK tomonidan soha xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borishga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Sirdaryo filialida tashkil etilgan shu mazmundagi tadbir fikrimiz tasdig‘idir. 

 

Filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mutaxassislar S. Haqberdiyev hamda M. Yunusov tomonidan soha xodimlariga “Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish” mavzusida keng tushunchalar berildi.

 

 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing