18 Iyun 2019

Haqiqiy tezlik, Wi-Fi qurilmalari va standartlari

 

 

Tarifda e’lon qilingan Internet tezligi nima sababdan ba’zan 100 Mbit/s ni tashkil etmasligi bo‘yicha izoh.
 

Barchamiz ofis yoki xonadonga qayd etilgan simli Internetni simsiz Wi-Fi tarmog‘i orqali «tarqatilishi»ga o‘rganganmiz. Ammo, Wi-Fi routerimiz qanday Wi-Fi standartlariga javob berishiga juda kam e’tibor qaratamiz. Avvallari buni bilishning hojati ham yo‘q edi, chunki provayderdan tarif rejasidagi ulanish tezligi har doim 100 Mbit/s dan past bo‘lgan.
 

Misol uchun, bugungi kunda abonentlar «UNLIM 100» tarif rejasiga ulanayotganda, Wi-Fi tarmog‘ining haqiqiy uzatish tezligi ba’zida 100 Mbit/s dan past ekanligi ma’lum bo‘ladi. Sababi nimada? Muammo nimada: provayderdami yoki uy qurilmasidami?
 

Avvalo, birinchi navbatda, uyingizdagi Wi-Fi routeringizning texnik imkoniyatlarini o‘rganish zarur. «Wi-Fi» atamasi bilan bog’liq ko‘plab standartlar mavjud bo‘lib, ularning barchasi chastota va maksimal ma’lumotlarni uzatish tezligi jihatidan o’z xususiyatlariga ega. Ehtimol, aynan sizning qurilmangiz 100 Mbit/s tezlikda ishlaydigan texnik imkoniyatga ega bo‘lmasligi yoki router noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi hamda oxirgi foydalanuvchigacha bo’lgan tezlikka ta’sir etadigan radio to‘lqinlar uchun to‘siqlar mavjud bo‘lishi ham mumkin. Buning bir nechta sabablari mavjud.
 

Qisqacha izoh berishga harakat qilamiz.
 

Wi-Fi nima?
 

Wi-Fi — IEEE 802.11 standartiga asoslangan qurilmalarga ega simsiz mahalliy tarmoq texnologiyasidir. Wi-Fi logotipi Wi-Fi Alliancening savdo belgisi hisoblanadi. Wi-Fi qisqartmasi (ingliz tilidagi Wireless Fidelity iborasidan olingan bo‘lib, «simsiz bog‘lanish» deb tarjima qilingan) asosida hozirgi vaqtda raqamli ma’lumotlar oqimini radiokanallar orqali uzatish uchun barcha standartlar oilasi rivojlanmoqda.  
 

Wi-Fi ning afzalligi

 

  • Kabel o‘tkazmasisiz tarmoqni yotqizishga imkon beradi va bu tarmoqni yotqizish va/yoki kengaytirish qiymatini kamaytiradi. Kabel yotqizib bo‘lmaydigan joylarda, misol uchun, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan xona tashqarisi va bino ichida tabiiyki simsiz tarmoqlar xizmat ko‘rsatishi mumkin;
  • Mobil qurilmalar tarmog'iga ulanish imkoniyatini beradi;
  • Wi-Fi qurilmalari bozorda keng tarqalgan. Wi-Fi logotipi bilan uskunalarni majburiy sertifikatlash orqali qurilmalar muvofiqligi evaziga kafolatlanadi;
  • Mobillik. Siz bir joyga bog‘lanib o‘tirmagan holda va o‘zingiz uchun qulay sharoitda internetdan foydalanishingiz mumkin;
  • Wi-Fi hududida bir nechta foydalanuvchi kompyuter, noutbuk, telefon va boshqa qurilmalar orqali Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
  • Ma’lumotlarni uzatish vaqtida Wi-Fi qurilmalarining nurlanishi mobil telefonga nisbatan (10 baravar) kamroq.
     

Wi-Fi kamchiliklari
 

  • Ko‘plab qurilmalar, masalan, Bluetooth va boshqalarni qo‘llab-quvvatlaydigan kabi qurilmalar, hatto mikroto‘lqinli pechlar 2,4 GHzli chastota diapazonida ishlaydi va   bu elektromagnit moslashuvni yomonlashtiradi;
  • Uskunalarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan L1 (OSI) tezligi ko‘rsatiladi, buning natijasida esa ishlab chiqaruvchi tezligini oshiradi, biroq, aslida Wi-Fi da juda yuqori xizmat ko‘rsatish xarajatlariga ega. Demak, Wi-Fi tarmog‘idagi L2 (OSI) ma’lumotlar uzatish tezligi L1 (OSI) da belgilangan tezlikdan past ekanligi ma’lum bo‘ladi. Haqiqiy tezlik qurilmalar o‘rtasidagi  jismoniy to‘siqlar (jihozlar, devorlar)ga, boshqa simsiz qurilmalar yoki elektron asboblardan aralashuvlar mavjudligiga, qurilmalarning bir-biriga nisbatan joylashishiga va boshqalarga bog‘liq bo‘lgan xizmat trafigining ulushiga bog‘liq bo‘ladi.

 

Tezlikni qanday oshirish mumkin?
 

Simsiz aloqa ulanish tezligi juda ko‘p turli omillarga bog‘liq bo‘ladi. Imkon qadar, router va abonеnt qurilmalari bir xonada joylashishi va ular orasida hech qanday to‘siq (devorlar, to‘suvchi buyumlar va boshqalar) mavjud bo‘lmagani ma’qul. Wi-Fi routerining texnik ko‘rsatkichlari va uning sozlamalariga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bugungi kunda routerlarning eng keng tarqalgan modellari 2.4GGts (802.11n) standartini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi modellar esa 5 GGs (802.11ac) standartiga javob beradi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’lum qilingan tezlik va mazkur standartlar 100 Mbit/s dan ancha yuqori, biroq aslida, haqiqiy tezlik juda past bo‘lishi mumkin.
 

5 GGts (802.11ac) standartiga javob beruvchi Wi-Fi routerlarni xarid qilishni tavsiya qilamiz. Bunday holda tezlik 5 GHzli chastotada simsiz tarmoqqa nisbatan amal qilish davri ancha kamroq bo‘lsa-da, tezlik yuqori bo‘ladi. Agar siz ikki diapazonli  routerdan foydalansangiz, provayderga to‘lovni amalga oshiradigan 100 Mbit/s. tezlikda ulanishning to‘liq salohiyatini ochish mumkin. Shuningdek, gigabit portlari (tezligi WAN va LAN - 1 Gbit/s.)ga ega routerni ham ko‘rib chiqishingiz mumkin. Tanlov sizniki!

 

 

 

 

 

 



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing