“Ali Bobo” xizmatini taqdim etish shartlari va qoidalari

 

Xizmat nomi: “Ali Bobo”
Xizmat raqami: 4253
Xizmat narxi: 400 so‘m (kunlik obuna narxi)
Xizmat tasnifi:
Mazkur xizmat UZTELECOM abonentlarini sodiqlik dasturiga qaratilgan xizmat hisoblanadi. Xizmat kunlik abonent to‘lovi asosida taqdim etiladi. Kunlik abonent to‘lovi 400 so‘mni tashkil etadi. Abonentlarga sanqidlarni ochish orqali bunuslar olish imkoniyati beriladi. Xizmatga obuna bo‘lgan abonentlarga xizmatning kunlik abonent to‘lovi yechilgandan so‘ng, bir kunda uchta imkoniyat taqdim etiladi. Birinchi imkoniyatdan foydalanish bepul. Abonentlar omadlarini ikkinchi imkoniyat 700 so‘m va uchinchi imkoniyat 900 so‘m evaziga ham omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Abonent xizmatga obuna bo‘lganda, abonent tomonidan xizmatdan obunani bekor qilish yo‘llari bilan obuna bekor qilinmagunga qadar xizmat uchun abonentning raqamidan obuna uchun tariflash amalga oshiriladi.

“Ali Bobo” xizmati mobil budjetga ega bo‘lgan abonentlarga taqdim etiladi. Xizmat “O‘zbektelekom” AK xodimlariga taqdim etilmaydi.

Faollashtirish usullari:

Abonent xizmatiga obuna mustaqil ravishda “Ali Bobo” ilovasida (Google “PlayMarket” va “AppStore” ilovalar do‘konida mavjud) amalga oshiriladi, u yerda unga xizmatdan foydalanish qoidalari to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot beriladi. Qoidalarga rozi bo‘lgan taqdirda, abonent o‘z telefon raqamini kiritadi, shundan so‘ng SMS orqali abonentning mobil telefoniga xizmatning servis raqamidan obuna bo‘lishni tasdiqlash uchun PIN-kod keladi. Obunani faollashtirish uchun ushbu PIN kodni mobil ilovaga kiritish kerak bo‘ladi. Faollashtirish so‘roviga javoban abonentga ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi SMS, shuningdek xizmat, xarajatlar va obunani bekor qilish qoidalari haqida ma‘lumot yuboriladi. Abonent obunaga tasdiqlovchi PIN-kodni muvaffaqiyatli kiritib tasdiqlamaguncha, to‘lov olinmaydi. Obuna faqat abonent to‘g‘ri PIN-kodni yuborgan taqdirdagina amalga oshiriladi, tizim ma’lumotlar bazasida mavjudligini tekshiradi va muvaffaqiyatli obuna haqida javob beradi.

Xizmatdan obunani bekor qilish:

Xizmat obunani bekor qilish uchun mobil ilovada mavjud bo‘lgan “Info” bo‘limidan yoki xizmatninig servis raqamiga 7 sonini yuborib xizmatdan obunani bekor qilish mumkin bo‘ladi.

Bir kunda xizmat tomonidan taqdim etiladigan imkoniyat va ularning narxlari:
  • Kunlik obuna narxi – 400 so‘m;
  • Kunlik birinchi imkoniyat – abonent to‘lovi amalga oshirilganda bepul taqdim etiladi;
  • Kunlik ikkinchi imkoniyat – 700 so‘m;
  • Kunlik uchinchi imkoniyat – 900 so‘m.

Kunlik imkoniyatlardan foydalangan abonentlarga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan bonusli internet paketlar:
 
T/rPaketlar nomiResurs hajmiAmal qilish muddati
1“Ali Bobo” - Internet paket50 MBAmal qilish muddati 7 kun
2“Ali Bobo” - Internet paket100 MBAmal qilish muddati 7 kun
3“Ali Bobo” - Internet paket150 MBAmal qilish muddati 7 kun
4“Ali Bobo” - Internet paket200 MBAmal qilish muddati 7 kun
5“Ali Bobo” - Internet paket250 MBAmal qilish muddati 7 kun
6“Ali Bobo” - Internet paket300 MBAmal qilish muddati 7 kun
7“Ali Bobo” - Internet paket350 MBAmal qilish muddati 7 kun
8“Ali Bobo” - Internet paket400 MBAmal qilish muddati 7 kun
9“Ali Bobo” - Internet paket450 MBAmal qilish muddati 7 kun
10“Ali Bobo” - Internet paket500 MBAmal qilish muddati 7 kun
11“Ali Bobo” - Internet paket550 MBAmal qilish muddati 7 kun
12“Ali Bobo” - Internet paket600 MBAmal qilish muddati 7 kun
13“Ali Bobo” - Internet paket650 MBAmal qilish muddati 7 kun
14“Ali Bobo” - Internet paket700 MBAmal qilish muddati 7 kun
15“Ali Bobo” - Internet paket750 MBAmal qilish muddati 7 kun
16“Ali Bobo” - Internet paket800 MBAmal qilish muddati 7 kun
17“Ali Bobo” - Internet paket850 MBAmal qilish muddati 7 kun
18“Ali Bobo” - Internet paket900 MBAmal qilish muddati 7 kun
19“Ali Bobo” - Internet paket950 MBAmal qilish muddati 7 kun
20“Ali Bobo” - Internet paket1000 MBAmal qilish muddati 7 kun
21“Ali Bobo” - Internet paket1200 MBAmal qilish muddati 7 kun
22“Ali Bobo” - Internet paket1500 MBAmal qilish muddati 7 kun
23“Ali Bobo” - Internet paket1800 MBAmal qilish muddati 7 kun
24“Ali Bobo” - Internet paket2000 MBAmal qilish muddati 7 kun

Xizmatdan foydalanib omadlarini sinab ko‘rgan abonentlarga yuqoridagi bonuslardan tashqari turli sovg‘alar yutib olishlari mumkin bo‘ladi. Abonentlarga sovg‘alar “Mobi Tel Inform” MChJ tomonidan taqdim etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot: www.alibobo.mobitel.uz yoki +998712002222

“Ali Bobo” ilovasini yuklab oling: mobitel.uz/ali
SMS and USSD commands Mobile assistent
Calls to other countries