• "Internet non-stop" xizmati – navbatdagi har 30 kunga internet-paketlarni avtomatik ravishda uzaytirish imkonini beradi.


 

PaketNarxi2-oydan narxiTrafik hajmiMuddati999024 raqamiga SMS yuborish orqali faollashtirish999024 raqamiga SMS yuborish orqali o'chirish999024 raqamiga SMS yuborish orqali holatini bilish
3 000 MB non-stop24 000 so‘m21 600 so'm3 000 MBhar 30 kunda11120
5 000 MB non-stop32 000 so'm28 800 so'm5 000 MBhar 30 kunda21220
8 000 MB non-stop41 000 so'm36 900 so'm8 000 MBhar 30 kunda31320
12 000 MB non-stop50 000 so'm45 000 so'm12 000 MBhar 30 kunda41420
  • To‘plamlar jismoniy va yuridik shaxs abonentlar uchun amal qiladi ("M2M CDMA" TR abonentlari bundan mustasno).
  • "Internet non-stop" to‘plamlaridan istalgan biriga ulanganda, ikkinchi oydan boshlab faollashtirilgan Internet-to‘plami narxiga 10% chegirma qo‘llaniladi. Chegirma hisobda yetarli miqdordagi mablag‘ mavjud bo‘lganda va xizmat faollashtirilgandan so‘ng 31 kun davomida hamda to‘plam o‘chirilgunga qadar amal qiladi.
  • Bir vaqtning o‘zida faqat bitta «Internet non-stop» Internet-to‘plamni ulash mumkin.
  • Xizmatning narxi xizmat yoqilgandan so‘ng har 31-kunda hisobda yetarli mablag‘ bo‘lgandagina yechib olinadi.
  • Agar telefon bloklangan holatda bo‘lsa yoki hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, trafik faqat faol holatga qaytarilganda va tegishli to‘lov amalga oshirgandan so‘ng hamda xizmat narxi uchun to‘lov muvaffaqiyatli to‘ldirgandan keyingina belgilanadi.
  • Raqam yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda, xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
  • To‘plamlarni uzaytirish uchun oylik abonent to‘lovi yechilganda, Abonentning shaxsiy hisobida ulangan xizmatlarga to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa, avvalgi davrlar uchun foydalanilmagan trafik hajmi yangi taqdim etilgan hajmga qo‘shiladi. Agar pul yetarli bo‘lmasa, foydalanilmagan trafik hajmi o‘chadi va to‘lov amalga oshirilgandan boshlab ulangan to‘plam shartlariga muvofiq yangi trafik hajmi taqdim etiladi.
  • "Internet non-stop" xizmatlari doirasida boshqa Intrenet-to‘plamni faollashtirish uchun "Internet non-stop" to‘plamlari doirasida avval faollashtirilgan Internet-to‘plamni o‘chirish zarur, bunda qolgan trafik qoldig‘i uning amal qilish muddatiga qadar saqlab qolinadi.
  • "Internet non-stop" to‘plamlari doirasida Internet-to‘plamlardan biri faollashtirilgandan so‘ng, uni o‘chirgunga qadar muntazam amal qiladi.
  •  Internet-trafik sarflanishining ustuvorligi:
  • bonusli trafik (agarda mavjud bo‘lsa);
  • tarif rejasi doirasidagi trafik;
  • sotib olingan boshqa Internet-to‘plamlar.
  • Jismoniy shaxslar to‘plamlarni SMS-xabar yuborgan holda, Kompaniya ofislarida, Call-markazda va "Shaxsiy kabinet" orqali faollashtirishi/o‘chirishlari mumkin.
  • Yuridik shaxslar xizmatga UZTELECOM sotuv va xizmat ko’rsatish ofislarida ulanishlari mumkin.
  • Xizmatdan O‘zbekiston Respublikasi hududida, "faol" abonent holatida, Uzmobile CDMA-450 tarmog‘ining amal qilish hududida foydalanish mumkin.