• Shaxsiy kabinet
    • Virtual ofis
  • Oʻzbek
    • Oʻzbek
    • Русский
    • English
  • Jismoniy shaxslarga
  • Biznesga
  • Operatorlarga
  • Agentlarga
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Ijtimoiy ahamiyatga oid ma’lumotlar
  • Litsenziyalar va sertifikatlar
  • Xaridlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Sayt xaritasi
  • Jismoniy shaxslarga
  • Biznesga
  • Operatorlarga
  • Agentlarga
  • Ochiq ma'lumotlar
maxsus imkoniyatlar
Ko'rinish:
A A
Shrift o'lchami:
Mobil ko’rinish
  • Oʻzbek
    • Oʻzbek
    • Русский
    • English
Shaxsiy kabinet
  • Shaxsiy kabinet
  • Virtual ofis
  • Ijtimoiy ahamiyatga oid ma’lumotlar
  • Litsenziyalar va sertifikatlar
  • Xaridlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Sayt xaritasi
  • BOSH SAHIFA
  • Kompaniya haqida
  • Ommaviy ofеrta

Ommaviy ofеrta

  • Ijtimoiy ahamiyatga oid ma’lumotlar
    • O'zbektelekom AK faoliyatining ochiqligi ko‘rsatkichlari
    • ,
    • Kompaniya faoliyatiga oid hisobot
    • ,
    • Kompaniya xaridlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar
      • Davlat xaridlarini amalga oshirish to‘g'risidagi ma’lumotlar
      • ,
      • Davlat xaridlarini rejalashtirish haqida ma'lumot
      • ,
      • Xarid komissiyalari tarkibi to ' g 'risidagi ma' lumotlar
      • ,
      • Davlat xaridlariga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar
      • ,
      • E’lon qilingan eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolari haqida ma’lumotlar
      • ,
      • Davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
      • ,
      • Asosiy vositalarning xarid qilinishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar
      • ,
      • Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning xaridi to‘g‘risidagi ma'lumotlar
      • ,
      • Qurilish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ishlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar
    • ,
    • Mansabdor shaxslarning xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    • ,
    • Yillik xarajatlar smetasi
      • Audit xulosasi
      • ,
      • Moliyaviy hisobotlar
        • BHMS bo'yicha choraklik va yillik hisobotlar
        • ,
        • MHXS bo'yicha hisobotlar
      • ,
      • Yillik xarajatlar smetasini bajarish to'g'risidagi ma'lumotlar
    • ,
    • Kompaniya xizmat avtotransport vositalari va ko 'chmas mulk to' g 'risidagi ma' lumotlar
      • Yengil avtotransport vositalari
      • ,
      • Ko‘chmas mulklar to‘g‘risida ma’lumotlar
    • ,
    • Tasdiqlangan yillik ish rejalari
    • ,
    • Doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari va boshqa mol-mulk
    • ,
    • Xorijiy va istiqbolli investitsiyalar
      • Xorijiy investitsiyalar
      • ,
      • Istiqbolli investitsiyalar
      • ,
      • Loyihalar
    • ,
    • Grantlar va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqida ma'lumot
    • ,
    • Murojaatlar bilan ishlash
      • Murojaat yuborish uchun qayta aloqa
      • ,
      • Murojaatlar bo‘yicha hisobot va ma’lumotlar
      • ,
      • Murojaatlar bo‘yicha statistika
    • ,
    • Ochiqlik sohasini takomillashtirish
    • ,
    • Ochiqlikni ta’minlash sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari
    • ,
    • O‘zini o‘zi baholash tartibi
    • ,
    • Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi
    • ,
    • Ochiq ma’lumotlar to‘plamini pasportlash
    • ,
    • Kompaniya tarkibiga kiruvchi Filiallar va Shu’ba korxonalar
    • ,
    • Kompaniya faoliyatida jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalari va natijalari
    • ,
    • Jamoatchilik kengashining faoliyati samaradorligi
    • ,
    • Yig'ilishlar
    • ,
    • Dividendlar bo'yicha ma'lumot
    • ,
    • Matbuot xizmati faoliyati to‘g‘risidagi hisobot
  • Kompaniya haqida
    • Rahbariyat
    • ,
    • Kompaniya haqida ma’lumot
    • ,
    • Kompaniya tuzilmasi
    • ,
    • Litsenziyalar va sertifikatlar
      • Litsenziya va ruxsatnomalar egalari haqida ma’lumot
    • ,
    • Mukofotlar
    • ,
    • Filiallar va Shu’ba korxonalar
    • ,
    • Kasaba uyushmasi qo'mitasi
      • Kasaba uyushmasi qo'mitasi tuzilmasi
      • ,
      • Kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyati
    • ,
    • Kompaniya tarixi
    • ,
    • Huquqiy axborot
    • ,
    • Yetakchilar Kengashi raisi
    • ,
    • Menejment tizimidagi siyosatlar
  • Aksiyadorlar va investorlarga
    • Korporativ boshqaruv tizimining baholash natijalari
    • ,
    • Aksiyadorlar yig'ilishi
      • AUY o'tkazilishi to'g'risida xabarnoma
      • ,
      • Ovoz berish yakunlari
    • ,
    • Aksiyadorlik kapitali tuzilmasi
    • ,
    • Boshqaruv organlari
      • Ichki audit xizmati
      • ,
      • Kuzatuv kengashi
      • ,
      • Taftish komissiyasi tarkibi
    • ,
    • Dividendlar bo'yicha ma'lumot
    • ,
    • Biznes-reja va Rivojlanish strategiyasi
    • ,
    • Kompaniya ichki hujjatlari
    • ,
    • Kompaniya tomonidan aksiyalar sotib olish to'g'risida
    • ,
    • Ma'lumotlarni oshkor qilish
      • Affillangan shaxslar
      • ,
      • Aksiyalar chiqariluvi
      • ,
      • Muhim faktlar
      • ,
      • Hisobotlar
        • Audit xulosasi
        • ,
        • Moliyaviy hisobotlar
          • BHMS bo'yicha choraklik va yillik hisobotlar
          • ,
          • MHXS bo'yicha hisobotlar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
    • Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid hujjatlar
    • ,
    • Manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiya hamda raqobatni cheklash harakatlari bo’yicha ishonch telefon
    • ,
    • Qayta aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha hisobotlar
    • ,
    • Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish
    • ,
    • Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat
    • ,
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida hisobotlar
    • ,
    • Sovg‘alarni qabul qilish va tasarruf etish tartibi to‘g‘risida ma’lumot
    • ,
    • Xavf-xatarlar haqida ma’lumot
    • ,
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishi bo'yicha xodimlarni o'qitish va bilimlarini oshirish
    • ,
    • Vakansiyalar bo‘yicha ma’lumotlar
  • ESG
    • “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining barqaror rivojlanishi
  • Matbuot markazi
  • Vakansiyalar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish shartlari to‘g‘risida ma’lumot
  • Sotuv va xizmat ko'rsatish ofislari
  • Bog'lanish
  • Ommaviy ofеrta
  • FAQ
  • Axborot xavfsizligiga oid

Ommaviy ofеrta

Uztelecom Disk xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Ommaviy ofertasi
Internet va IPTV xizmatlarini taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari
Ommaviy oferta

1. Atamalar va taʼriflar

2. Shartnomaning predmeti

3. Xizmatni ulash/ko‘rsatish tartibi va taqdim etish shartlari

4. Operatorning huquq va majburiyatlari

5. Abonentning huquq va majburiyatlari

6. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

7. Xizmat sifati

8. Tomonlarning javobgarligi

9. Javobgarlikni cheklash.

10. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari

11. Nizolarni hal qilish tartibi

12. Shartnomaning amal qilish muddati. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish shartlari

13. Yakuniy shartlar

 

 

“O‘zbektelekom” AKning “Uztelecom Disk” xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Ommaviy ofertasi

 

Mazkur Ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq litsenziyalar (2015 yil 3 noyabrdagi PT-seriyali 0005718-raqamli, 2015 yil 3 noyabrdagi AA-seriyali 0005717-raqamli, 2017 yil 24 fevraldagi AA-seriyali 0005661-raqamli, 2017 yil 24 fevraldagi AA-seriyali 0005662-raqamli, 2017 yil 23 fevraldagi AA-seriyali 0005657-raqamli va 2017 yil 3 yanvardagi AA-seriyali 0005659-raqamli) asosida faoliyat yurituvchi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining (keyingi o‘rinlarda - Operator) fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti (keyingi o‘rinlarda – Abonent) bilan  “UZTELECOM Disk” xizmatini taqdim etish uchun shartnoma tuzish bo‘yicha rasmiy taklifidir.

Ushbu Ommaviy oferta Operatorning Internet tarmog‘idagi www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va veb-saytda uni bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy bildirishnoma joylashtirilgunga qadar amal qiladi.

Operator ushbu Ommaviy ofertada belgilangan tartibda, Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Ushbu Ommaviy oferta shartlari Operatorga murojaat qilgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari uchun bir xildir.

 

1. Atamalar va taʼriflar

Ushbu Ommaviy ofertaning maqsadlari uchun quyidagi asosiy atamalar, taʼriflar va qisqartmalar qo‘llaniladi:

Abonent - ushbu Ommaviy oferta shartlari asosida Operator bilan “UZTELECOM Disk” xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi foydalanish kelishuviga onlayn shaklda rozilik bildirgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti (jismoniy shaxs, yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxs, notijorat tashkilot, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar).

Foydalanish kelishuvi - Abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlar, Operator tomonidan Abonentga “UZTELECOM Disk” xizmatini ko‘rsatish majburiyatini olgan, zarur bo‘lgan elementlar (abonent raqami, tarif rejasi va boshqalar) va boshqa muhim shartlarni o‘z ichiga olgan va Abonentning ushbu Ommaviy oferta shartlarini qabul qilish fakti (aksept tasdiqlash)ni belgilovchi onlayn kelishuv (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma).

Abonent qurilmasi - Abonentga telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi, shaxsiy kompyuter, shuningdek, Internetga ulanish, dasturiy taʼminotni o‘rnatish va ishga tushirish yoki Web-interfeysga kirish imkoniyatiga ega oxirlovchi qurilma. Abonent qurilmasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi standartlariga muvofiq ushbu turdagi uskunaga qo‘yiladigan texnik talablarga javob berishi kerak.

Abonent raqami - shartnoma amal qilish muddati davomida Abonentga xizmat ko‘rsatuvchi muayyan operator tomonidan taqdim etiladigan va unga boshqa abonent qurilmalari ulanganda Abonent qurilmasining Operator tarmog‘iga ulanishini identifikatsiya qiluvchi raqam.

Abonent to‘lovi – Operator tomonidan Abonentga ko‘rsatiladigan xizmat uchun har oyda foydalanilgan xizmat hajmidan qatʼi nazar to‘lanadigan shartsiz belgilangan to‘lov.

Avtorizatsiya - Abonent tomonidan Operator serveriga kiritilgan Autentifikatsiya maʼlumotlarini tahlil qilish jarayoni bo‘lib, uning natijalari Abonentning xizmatdan foydalanish yoki shaxsiy kabinetga kirish huquqiga ega ekanligini belgilaydi.

Arxiv tarif rejasi - Operator tomonidan ilgari tasdiqlangan tarif rejasi. Ushbu tarif rejasiga ulanish va boshqa tarif rejalaridan o‘tish imkoniyati mavjud emas.

ASR - Operator va Abonent o‘rtasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, shuningdek, taqdim etilgan telekommunikatsiya xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni hisobga olish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan hisob tizimi/ billing tizimi (apparat - dasturiy kompleks).

Autentifikatsiya maʼlumotlari - (kerak bo‘lganida qo‘llaniladi) ushbu Ommaviy oferta shartlari asosida Shartnoma asosida Operator tomonidan Abonentning roziligi bilan olingan Abonentning shaxsiy maʼlumotlari to‘plami:

a) Foydalanuvchining nomi (login) - Operator tizimidagi Abonentning asosiy individual identifikatsiya parametri. Shartnomaga o‘z akseptini tasdiqlashda va Abonentni dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladi, amaldagi Shartnoma bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin emas.

b) Parol (password) - Abonentning shaxsiy hisob maʼlumotlari va boshqa maxfiy maʼlumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish vositasi. Dastlabki parol Operator tomonidan shakllantiriladi va belgilanadi, keyinchalik parol Abonent tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchining nomi va parol Abonent tomonidan masofaviy ulanish va Operatorning serverida avtorizatsiyadan o‘tish, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish uchun foydalaniladi.

Shaxsiy hisob balansi - Abonentning Shaxsiy hisobidagi maʼlum bir vaqtning o‘zida ikkita summa o‘rtasidagi farq. Birinchi summa Shaxsiy hisob raqamiga kiritilgan mablag‘lardan iborat bo‘lsa, ikkinchi summa Operator tomonidan Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘rsatilgan “UZTELECOM Disk” xizmati uchun Shartnomada belgilangan muddatda yechib olingan mablag‘lardan iborat.

Vijdonan foydalanish - Abonent tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga, ushbu Ommaviy oferta shartlariga qatʼiy muvofiq ravishda “UZTELECOM Disk” xizmatidan foydalanishda o‘z huquq va majburiyatlarning amalga oshirilishi, mazkur xizmatdan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik, shuningdek, statsionar tarmoqqa kirish shlyuzlarida, Internet-telefoniya va boshqalarda Operatorga va/yoki uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik, Abonent qurilmasidan dasturiy taʼminot/maʼlumotni tarqatmaslik va tarqatishga yordam bermaslik, IP-manzillarini soxtalashtirmaslik, abonent raqamlari, Operator tarmog‘ining, Operator va/yoki uchinchi shaxslarning uskunalari, dasturiy taʼminotining normal ishlashiga xalaqit beradigan harakatlarni amalga oshirmaslik va “UZTELECOM Disk” xizmatidan tijorat maqsadlarida bevosita foydalanmaslik.

Tarmoqqa ulanish - yakuniy xizmatlar va axborot resurslariga kirish uchun Abonentning Operator tarmog‘idan foydalanishning texnik imkoniyati.

Internet - yagona TSR/IP protokoli bo‘yicha ishlaydigan, shlyuzlar orqali ulangan va bitta manzilli maydon va nomlar maydonidan foydalanadigan ko‘plab tarmoqlardan tashkil topgan global xalqaro tarmoq (tarmoqlarning boshqariladigan hamjamiyati).

Identifikatsiya - mavjud maʼlumotlar asosida maʼlumotlar tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchini aniqlash.

Operatorning javobgarlik zonasi - Operator egaligi va boshqaruvida bo‘lgan telekommunikatsiya texnik vositalari va kanallari. Ushbu Oferta doirasida “Uztelecom Disk” xizmati Operatorning javobgarlik zonasida ko‘rsatiladi. Operator bilan shartnoma tuzilguniga qadar, Abonent Operatordan o‘zining ulanish nuqtasigacha aloqa kanallariga ulanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi shart. Aloqa kanallari mavjud bo‘lmaganida bunday aloqa kanallarini tashkil etish mazkur Ommaviy oferta shartlaridan tashqari hal qilinadi.

Kontent - axborot, ko‘ngilochar mazmunga ega bo‘lgan Voice (ovoz), SMS, GPRS matnlar yoki multimediali maʼlumotlar vositasida olinadigan axborot mazmuni.  

Kontent-provayder - Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga tijorat asosida Kontent xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Kontent-provayder xizmatlari Abonentning dastlabki buyurtmasiga binoan uni qabul qilish uchun Abonent qurilmasidan so‘rov (buyruq) yuborish orqali taqdim etiladi. Kontent-provayderlar va ular tomonidan taqdim etiluvchi xizmatlar ro‘yxati Operatorning rasmiy WEB-saytida, shuningdek, Kontent-provayderlarning rasmiy WEB-saytlarida mavjud. Kontent-provayder xizmatlaridan foydalanish Operatorning qo‘shimcha (qo‘shma) xizmati bo‘lib,
Operator tomonidan Abonentga o‘z aloqa tarmog‘i orqali Kontent-provayderning axborot-ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishdan iborat.

Yirik avariya - Operator tarmog‘ining va xizmat ko‘rsatishning to‘xtatilishiga olib keladigan avariya.

Abonentning shaxsiy hisobvarag‘i - Abonent tomonidan ushbu Oferta doirasida foydalaniladigan xizmat uchun haq to‘lashga mo‘ljallangan, xizmatdan foydalanishda Abonent tomonidan kiritiladigan va sarflanadigan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi pul ekvivalentida ifodalangan axborotdan iborat bo‘lgan Operatorning avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimidagi tahliliy elektron hujjat.

Operator – “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi.

Operatorning ofisi – Abonentlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish, Abonentlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda Operator faoliyatiga oid barcha hujjatlar saqlanadigan va qayta ishlanadigan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy uzellardagi xonalar, binolar. Operator ofislarining joylashuvi, ish vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotlar Operatorning                WEB-saytida joylashtiriladi va belgilangan tartibda yangilanadi (joylashuvning o‘zgarishi, pochta manzili va h.k.).

Xizmat ko‘rsatish qoidalari / Qoidalar - Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan qoidalar.

Operator tarmog‘iga kirishni taʼminlash - Operatorning Abonent haqidagi maʼlumotlarni qayta ishlash va Operatorning apparat-dasturiy kompleksiga kiritish bo‘yicha harakatlari. Abonent oldindan to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng Operator tarmog‘iga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Narxnoma - “Uztelecom Disk” xizmati uchun narxlar ro‘yxati va shartlarini
o‘z ichiga olgan Operatorning tasdiqlangan hujjati.

Maʼlumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi / Abonent (keyingi o‘rinlarda - Foydalanuvchi) - maʼlumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining foydalanuvchisi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Tomonlar - Operator va Abonent birgalikda (alohida – Tomon).

Operator tarmog‘i - Abonentga telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya vositalari majmui. Operator tarmog‘iga quyidagilar kiradi:

Tarif - Operator tarmog‘iga ulanganda Abonent tomonidan to‘lanadigan, Telekommunikatsiya xizmatlarining o‘lchov birligi uchun Operator tomonidan belgilangan narx.

Tarif rejasi - Operator foydalanishni taklif qiladigan bir yoki bir nechta telekommunikatsiya xizmatlarining narx shartlari to‘plami.

Xizmatlarni qabul qilishning texnik imkoniyati - Abonentda ushbu Oferta / Shartnoma shartlariga muvofiq Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tegishli texnik vositalar va shartlarning mavjudligi.

Xizmatlarni taqdim etishning texnik imkoniyati - Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasida Abonentga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan funksional telekommunikatsiya vositalarining mavjudligi.

Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, ID-kartasi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi
116-son qaroriga muvofiq berilgan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, harbiy xizmatchining pasport maʼlumotlarini va uning ro‘yxatga olingan joyini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi ilova qilingan harbiy guvohnoma, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik belgisi mavjud bo‘lgan chet el fuqarosining pasporti.

Cheklov darajasi - Abonentning shaxsiy hisobida (balansida)gi pul mablag‘larining minimal miqdori. Unga ko‘ra, Operator Abonentga taqdim etiladigan xizmatlarning hajmi cheklanishini yoki xizmatlarning taqdim etilishini to‘xtatish huquqiga ega.

Yuklab olish - Foydalanuvchining dasturiy taʼminotdan foydalangan holda Kontentni masofaviy xotiraga o‘tkazish yoki masofaviy xotiradan Kontentni olishga qaratilgan harakatlari.

“UZTELECOM Disk” xizmati (Xizmat) – har qanday qurilmadan Dasturiy taʼminot vositalari yordamida Kontentni yuklab olish, masofaviy saqlanishini taʼminlash, tarqatish va sinxronlashtirish bo‘yicha Operator tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyat.

Xizmatga buyurtma berish - Xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ushbu Ofertada nazarda tutilgan Abonentning harakatlari.

Interfeys(lar) – Abonent tomonidan Xizmatni ulash, boshqarish va o‘chirish uchun foydalaniladigan vositalar.

Dasturiy vositalar - shaxsiy kompyuter (Windows, OSX) va mobil qurilmalar (Android, iOS) uchun dasturiy taʼminot to‘plami bo‘lib, ular Masofaviy saqlashda joylashgan Kontentni yuklab olish imkonini beradi. Abonent qurilmaning operatsion tizimiga qarab tegishli dasturiy taʼminotni o‘rnatadi. Dasturiy vositani Apple Store va Play Market ilovalaridan yuklab olish mumkin.

Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori - Xizmatni taqdim etish doirasida Kontentni saqlash imkonini beruvchi Operatorning (yoki Xizmatni taqdim etishda ishtirok etadigan uchinchi shaxslarning, shu jumladan xorijiy shaxslarning) apparat-dasturiy kompleksi.

Sinxronizatsiya - Foydalanuvchi Kontenti, qurilmalar va Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori o‘rtasida yagona maʼlumot almashinuviga olib kelishga qaratilgan harakatlar. 

Web-interfeys – www.udisk.uz manzilida joylashgan Internet-brauzer orqali Xizmat bilan o‘zaro ishlash uchun mo‘ljallangan interfeys. 

Akkaunt - Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanish uchun hisob qaydnomasi, unda login (kirish uchun nom) va parol (kirish uchun kalit) mavjud bo‘lib, foydalanuvchining logini ushbu Shartlar bajarilganda uning oddiy elektron imzosi bilan tasdiqlanadi, parol oddiy elektron imzo uchun kalit bo‘lib hisoblanadi.  

Frod – axborot texnologiyalari sohasida firibgarlik turi, jumladan, Operatorning telekommunikatsiya xizmatlaridan va resurslaridan ruxsatsiz va noqonuniy ravishda foydalanish bilan bog‘liq harakatlari.

Operatorning WEB-sayti - Internet tarmog‘ida https://udisk.uz elektron manzilida joylashtirilgan Operator faoliyati, ko‘rsatayotgan Xizmati to‘g‘risidagi rasmiy maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan Operatorning axborot resursi.

 

2. Shartnomaning predmeti

2.1. Shartnomaga ko‘ra, Abonent Xizmatdan foydalanish, Kontentni yuklab olish, saqlash, tarqatish, dasturiy taʼminot va Web-interfeys yordamida qurilmalar o‘rtasida Kontentni sinxronlashtirish uchun Xizmatning mavjud funksiyalaridan foydalanish huquqini oladi, shuningdek, udisk.uz Web-interfeysida tegishli tarifni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

2.2. Xizmat doirasida Abonentga Test davrida bepul foydalanadigan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining maʼlum hajmini o‘z ichiga olgan Xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Test tarzida foydalanish shartlari, xususan, Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining hajmi, uning funksionali, Test davrining shartlari asosida Xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi muddati Operator tomonidan veb-saytda yoki interfeysda belgilanadi. Ajratilgan hajm to‘lganda yoki oshib ketganda, yuklab olish funksionali qismida Xizmatdan foydalanish imkoniyati to‘xtatib turiladi.

2.3. Xizmatni sotib olish uchun Foydalanuvchi Interfeys orqali Operator tomonidan taklif qilingan tariflardan birini tanlashi va Xizmatni ulashga roziligini tasdiqlashi kerak. Interfeyslar bilan Operatorning udisk.uz saytida Xizmat tavsifini o‘z ichiga olgan bo‘limda yoki 1099 abonent raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali tanishib chiqish mumkin.

2.4. Xizmatdan foydalanish muddati Xizmatga ulangan paytdan boshlanadi. Narxnomaga muvofiq tarif rejasi faollashtirilgan vaqt Xizmat ko‘rsatilishi boshlangan vaqt hisoblanadi.

2.5. Operator Abonentga bir tomonlama tarzda, Tarifga muvofiq yoki Test tarzida foydalanish shartlariga muvofiq taqdim etilishi kerak bo‘lgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmidan ortiq bo‘lgan hajmni vaqtinchalik foydalanish uchun taqdim etishga haqli. Abonent uchun bunday Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining qo‘shimcha hajmidan foydalanish muddati Operator tomonidan Operatorning veb-saytida belgilanadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng, Abonent uchun taqdim etilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmi tarif yoki Test tarzida foydalanish shartlarida belgilangan miqdorda qoldiriladi.  

2.6. Tarif yoki Test tarzida foydalanish sharti bilan o‘rnatilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining mavjud hajmi Abonent tomonidan yuklangan Kontent hajmidan kamroq bo‘lsa, Abonent ortiqcha hajmdagi Kontentni o‘chirmaguncha yoki interfeyslar orqali kerakli tarifni tanlab, to‘lovni amalga oshirish orqali Xizmatning funksional imkoniyatlarini kengaytirmagungacha, Kontentni yuklab olish va sinxronlashtirish funksiyasi Abonent uchun cheklangan bo‘ladi.

2.7.  Amaldagi qonunchilikda va/yoki aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan tartibda Abonent uchun aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatilgan bo‘lsa, Operator ushbu Abonentga Xizmatdan foydalanish imkoniyatini taqdim etmaslikka haqli.

2.8. Operator bir vaqtning o‘zida Abonentga bildirishnoma yuborish bilan birga, Abonentga taqdim etilgan Xizmatdan Test tarzida foydalanishni vaqtincha yoki doimiy ravishda bir tomonlama to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

2.9. Operator Shartlarda belgilangan tartibda ushbu Shartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali Xizmatni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

2.10. Operator sababini ko‘rsatmasdan Abonentga elektron xabarnomani yuborgan holda, Abonentga Test tarzida foydalanish imkoniyatini taqdim etmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.

2.11. Shartlar asosli kelishuv bo‘lib, Shartnomani tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish hamda Xizmatdan foydalanish va undan foydalanishni taʼminlashning umumiy tartibini belgilaydi. Abonentga taqdim etiladigan / mavjud bo‘lgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining hajmi, narxi, Xizmatga kirish muddati (Test tarzida foydalanish doirasida emas) Abonent tomonidan ushbu Shartlarga muvofiq interfeyslar orqali mustaqil ravishda belgilanadi.

2.12. Abonent Xizmatga ulangan paytdan, Xizmatning funksional imkoniyatlaridan foydalanganligidan qatʼi nazar, Xizmat uchun haq to‘lashi shart.

2.13. Operator Xizmatlarni Abonentning Xizmatga, yaʼni maʼlum dasturiy taʼminotga kirishi orqali taqdim etishini hisobga olib, Abonent Xizmatdan quyidagi usullar va chegaralar doirasida foydalanish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi:

2.13.1. Xizmatdan foydalanish huquqi Abonentga oddiy (eksklyuziv bo‘lmagan) ruxsatnoma shartlari bo‘yicha Xizmatdan foydalanishni uchinchi shaxslarga taqdim etish huquqisiz taqdim etiladi. Ruxsatnoma, Abonent ushbu Oferta shartlari asosida kelishuvga akseptini tasdiqlagan paytdan boshlab, Operator tomonidan berilgan hisoblanadi.

2.13.2. Abonent ushbu Shartlar qoidalarini inobatga olgan holda Tarifda yoki Test davrida belgilangan muddatda xizmatdan maqsadli foydalanish huquqiga ega.

2.14. Abonentga Xizmatga har qanday o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi (quyidagi o‘zgartirishlardan tashqari):

2.14.1. Xizmat sozlamalaridagi o‘zgarishlar yoki hujjatlarda keltirilgan Operator saytlaridagi maʼlumotlardan va Xizmatning foydalanuvchisi interfeysi imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan boshqa shu kabi o‘zgartirishlar;

2.14.2. Moslashish, yaʼni, ularni amalga oshirish usulidan qatʼi nazar, faqat Abonentning muayyan qurilmalarida xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar.

2.15. Yakuniy Foydalanuvchiga quyidagilar taqiqlanadi:

2.15.1. Xizmatni qayta ishlash, dekompilyatsiya qilish, qismlarga ajratish, o‘zgartirish;

2.15.2. Xizmat tuzilmasini va/yoki unga kiritilgan maʼlumotlar bazalarini, ulardagi maʼlumotlar tarkibini o‘zgartirish (Xizmat funksiyalarida bunday harakatlar nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);

2.15.3. Xizmatning dastlabki kodini (asl matnini) tiklashga qaratilgan har qanday harakatlarni amalga oshirish;

2.15.4. Har qanday belgilarni va/yoki maʼlumotlarni, shu jumladan intellektual huquqlarni himoya qilish belgilarini, individuallashtirish vositalarini, mualliflik huquqini himoya qilishning texnik vositalarini olib tashlash;

2.15.5. Xizmat yoki uning har qanday elementlari (jumladan, audiovizual qator va dastur kodi) asosida har qanday hosil bo‘lgan mahsulotlarni o‘zgartirish yoki yaratish;  

2.15.6. Xizmatni tarkibiy qismlarga bo‘lish;

2.15.7. Texnologiyani buzib kirish, buzish yoki boshqa yo‘l bilan dastur kodini chiqarishga harakat qilish, dastur kodiga har qanday o‘zgartirishlar kiritish, Xizmatning funksionalligini o‘zgartirish;

2.15.8. Xizmatdan boshqa maqsadlarda foydalanish.

 

3. Xizmatni ulash/ko‘rsatish tartibi va taqdim etish shartlari

3.1. Xizmatga ulanish

3.1.1. Xizmatga ulanish uchun Foydalanuvchi o‘zining abonent raqamidan foydalangan holda udisk.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi (akkaunt yaratishi) kerak.

3.1.2. Xizmatni ulashda Foydalanuvchi Interfeyslar orqali tarifni tanlaydi (Xizmat narxining nisbati va Foydalanuvchi foydalanishi uchun taqdim etilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmi), Operator bir tomonlama tartibda, Foydalanuvchining akseptisiz, belgilangan tarifga muvofiq Foydalanuvchiga taqdim etilishi kerak bo‘lgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmidan ortiq hajmdagi Masofaviy saqlash omborini vaqtincha foydalanish uchun taqdim etishga haqli. Masofaviy saqlash omborining bunday qo‘shimcha hajmidan foydalanish muddati Operator tomonidan belgilanadi. Ushbu muddat tugagandandan so‘ng, Foydalanuvchi uchun taqdim etilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmi tarifda belgilangan miqdorda qoladi. Agar tarif bilan belgilangan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining mavjud hajmi Foydalanuvchi tomonidan yuklangan Kontent hajmidan kamroq bo‘lsa, Foydalanuvchi uchun Kontentni yuklab olish va sinxronlashtirish funksionali cheklanadi. Foydalanuvchi tarifga muvofiq taqdim etilgan hajmdan ortiq hajmdagi Kontentni o‘chirib tashlaganidan so‘ng funksional tiklanadi.  

3.1.3. Agar Foydalanuvchi tomonidan Shartlar avval buzilganligi munosabati bilan Operator Foydalanuvchiga Xizmatni taqdim etishdan bosh tortgan bo‘lsa, Foydalanuvchi Xizmatga ulana olmaydi.  

3.1.4. Shartlar hadli kelishuv bo‘lib, Xizmatni taqdim etishning umumiy tartibini belgilaydi. Foydalanuvchi uchun mavjud masofaviy saqlash hajmi, Xizmat narxi, Xizmat muddati Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan tartibda Xizmatga buyurtma berishda belgilanadi.

3.1.5. Foydalanuvchi to‘lovni to‘liq amalga oshirganidan so‘ng, Xizmat Foydalanuvchiga 1 (bir) ish kuni ichida ulanadi.

3.2. Xizmat ko‘rsatish tartibi

3.2.1. Shartlar Foydalanuvchi Akkauntni ochgan paytdan boshlab va Foydalanuvchi ushbu Shartlarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan usullar bilan Xizmat ko‘rsatishdan bosh tortguniga qadar yoki Shartlarda belgilangan tartibda Operator tomonidan Xizmat to‘xtatilguniga qadar Xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

3.2.2. Xizmatdan qurilmaga tegishli dasturiy vositani o‘rnatgan va ishga tushirgan yoki WEB-interfeysni ishga tushirgan, shuningdek, qurilmani Internetga ulagan Foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, Xizmatdan foydalanish uchun Foydalanuvchi login, parol va OTP-kodi (mir martalik kod) orqali Xizmatni ulashda ochilgan akkauntiga kirishi kerak.

3.2.3. Xizmat ulagandan so‘ng, Foydalanuvchi dasturiy taʼminotdan foydalangan holda Kontentni yuklab olish, saqlash, tarqatish, Kontentni qurilmalar o‘rtasida sinxronlashtirish uchun Masofaviy saqlashdagi bo‘sh joydan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

3.2.4. “UZTELECOM Disk” xizmati doirasida Foydalanuvchiga o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan masofaviy saqlash maydoni taqdim etiladi. Foydalanuvchiga taqdim etiladigan masofaviy saqlash hajmi va uning uchun to‘lov yoki bunday to‘lovning yo‘qligi udisk.uz manzilida eʼlon qilingan tariflar bilan belgilanadi. Ajratilgan hajm to‘lgan yoki oshib ketgan taqdirda, yuklab olish (Kontentni Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omboriga o‘tkazish), qurilmalar o‘rtasida Kontentni sinxronlashtirish funksionali qismida Xizmat ko‘rsatilishi to‘xtatiladi.

3.2.5. Foydalanuvchi Xizmat bilan ishlaydigan Web-interfeys yoki dasturiy taʼminot yordamida tarifni tanlaydi va o‘zgartiradi.

3.2.6. Agar Foydalanuvchi ulangan joriy tarifdan ko‘proq hajmli Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori taqdim etiladigan tarifni tanlasa, Foydalanuvchi tomonidan tanlangan tarif shartlari Foydalanuvchi tomonidan tarifda ko‘rsatilgan narxga muvofiq Xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, kuchga kiradi. Bunda, Tomonlar bu holatda Foydalanuvchi bir tomonlama ravishda amaldagi tarif shartlari bo‘yicha Xizmat taqdim etilishidan bosh tortganligini tan oladilar, yaʼni Operator Foydalanuvchining amaldagi tarif shartlari bo‘yicha Xizmat ko‘rsatilganligi uchun Operatorga o‘tkazilgan to‘lovni qaytarmaydi, shuningdek, ularni yangi ulangan tarif bo‘yicha Foydalanuvchining pul majburiyatlari hisobiga o‘tkazmaydi.  

3.2.7. Foydalanuvchi Xizmatning tegishli sifatda taqdim etilishi Qurilmaning to‘g‘ri sozlanganligiga va Qurilmaning Internet tarmog‘iga ulanishiga bog‘liqligi bilan rozi bo‘ladi va buning uchun faqat Foydalanuvchi javobgar bo‘ladi.

3.2.8. Operator Xizmat ko‘rsatilishi uchun uchinchi shaxslarni, shu jumladan xorijiy shaxslarni jalb qilishga haqli.

3.2.9. Operator, bir tomonlama tartibda, Foydalanuvchining roziligisiz, Xizmatni sinab ko‘rish uchun Foydalanuvchiga tarifga muvofiq taqdim etilishi kerak bo‘lgan masofaviy xotira hajmidan ortiq Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmini vaqtincha foydalanish uchun taqdim etish huquqiga ega. Operator bir tomonlama tartibda Foydalanuvchiga Test davri uchun Xizmatdan bepul foydalanishni taqdim etishga haqli. Test davri Operator tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra belgilanadi.

3.2.10. Shartlar abonent shartnomasi hisoblanadi. Foydalanuvchi Xizmatning funksionalidan foydalanganligidan qatʼi nazar, Operatorning Xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.

3.3 Shartlarning amal qilish va Xizmat ko‘rsatish muddati

3.3.1. Foydalanuvchi mustaqil ravishda Operator tomonidan belgilangan interfeyslar orqali Xizmatni o‘chirib qo‘yishi mumkin.

3.3.2. Agar ikki oydan ortiq vaqt davomida Xizmat ko‘rsatilishiga talablar mavjud bo‘lmasa (Akkaunt orqali autentifikatsiya bo‘lmasa) ushbu Xizmat shartlari Foydalanuvchining tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi.  

3.3.3. Shartlar buzilsa yoki Xizmatdan foydalanishda uchinchi shaxslarning huquqlari va/yoki qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda Operator Foydalanuvchiga Xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga haqli.

3.3.4. Operator Foydalanuvchiga kamida 5 (besh) kun oldin Dasturiy vosita yoki Web-interfeys orqali maʼlumot yuborish yoki Xizmat uzilishi / ushbu Shartlar bekor qilinishi to‘g‘risida boshqa usullar bilan maʼlumot berish orqali Shartlarni bir tomonlama bekor qilishga haqli. Shartlar bekor qilinishi to‘lov amalga oshirilgan buyurtmalar bo‘yicha Xizmat ko‘rsatilishini tugatish uchun asos bo‘lmaydi.

3.3.5. Agar Foydalanuvchining Xizmatni ko‘rsatish buyurtmasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Tomonlar buyurtma asosidagi Xizmatni 1 (bir) oy ichida taqdim etishga rozi bo‘ladilar.

3.3.6. Agar Foydalanuvchining buyurtmasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Foydalanuvchi Xizmat ko‘rsatish muddati tugashiga kamida 1 (bir) kalendar kun qolganida, Operatorga Xizmat muddatini uzaytirishni rad etish va Xizmat ko‘rsatishni tugatish to‘g‘risida bildirishnoma yubormagan bo‘lsa, Xizmatni ko‘rsatish uchun buyurtma Xizmatni ko‘rsatish muddati yoki Tomonlar kelishgan boshqa muddat tugashi bilan bir oy muddatga uzaytiriladi.

3.4. Xizmat narxi va to‘lov tartibi

3.4.1. Xizmatning narxi Foydalanuvchining Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omboridan (tariflar bo‘yicha) foydalanish hajmiga qarab belgilanadi. Xizmatning narxi va to‘lov tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Internetdagi udisk.uz manzilda joylashtirilgan.

3.4.2. Foydalanuvchi Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va aloqa xizmatlari uchun to‘lov bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mustaqil ravishda o‘z zimmasiga oladi.

3.4.4. Yangilangan tariflar o‘zgartirilgandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmasdan udisk.uz manzilda joylashtirilishi sharti bilan, Operator tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishga haqli. Foydalanuvchi tomonidan to‘langan buyurtma bo‘yicha tarif Operator tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin emas.

3.4.5. Xizmatlar uchun to‘lov Foydalanuvchi tomonidan oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

 

4. Operatorning huquq va majburiyatlari

4.1. Operator quyidagi huquqlarga ega:

4.1.1. Axborot resurslarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tegishli tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish; konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zgartirishga daʼvatlarni, urushni, zo‘ravonlikni va pornografiyani targ‘ib qilish, diniy va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, shaxs shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida tarqatilishi taqiqlangan boshqa maʼlumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik.

4.1.2. Tegishli maʼlumotlarni Operatorning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish yoki Operator uchun maqbul bo‘lgan boshqa usullar bilan Abonentga muddatni o‘zgartirish to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yetkazish orqali Xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatib turish muddatini va Abonentni faollashtirish amalga oshirilmagan umumiy muddatni o‘zgartirish.

4.1.3. Operatorning rasmiy veb-saytida maʼlumotlarni joylashtirish yoki Operator uchun qulay bo‘lgan har qanday usulda xabardor qilish orqali ushbu Ommaviy oferta/Shartnoma shartlariga, Tariflar/Tarif rejalariga yuqoridagi o‘zgartirishlar kiritilishidan kamida 10 kun oldin Abonentni xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar kiritish.

4.1.4. Xizmat ko‘rsatish shartlarini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan tadbirlar yoki aksiyalarni o‘z tomonidan hech qanday majburiyatlarsiz, lekin Operatorning rasmiy veb-saytida Abonentlarni xabardor qilgan holda o‘tkazish.

4.1.5. Abonentga maʼlumotlarni uzatish xavfsizligini taʼminlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tegishli sifatini taʼminlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

4.1.6. Agar Abonent hisobida yetarli miqdorda mablag‘ mavjud bo‘lsa, Abonentning mavjud qarzini qoplash uchun mablag‘larni hisobdan yechib olish.

4.1.7. Abonentning aybi bilan yetkazilgan har qanday zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish.

4.1.8. Rejalashtirilgan texnologik ishlarni va boshqa turdagi ishlarni bajarish, Operator tarmog‘ini modernizatsiya qilish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning texnik xususiyatlari bilan bog‘liq holda dasturiy taʼminotni yangilash. Bu holda Operator bir tomonlama ravishda dasturiy taʼminot sozlamalari parametrlarini belgilaydi.

4.1.9. Xizmat ko‘rsatishning texnik parametrlarini faqat taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati va ishonchliligini oshirish maqsadida bir tomonlama o‘zgartirish, shu jumladan taqdim etilgan dasturlar, kutubxonalar, funksiyalar, boshqaruv vositalari ro‘yxatini o‘zgartirish.

4.1.10. Operator ushbu Ommaviy ofertada, Xizmat ko‘rsatishning tegishli qoidalarida va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

4.1.13. Shartnoma tuzishni rad etish:

4.1.13.1. Agar Xizmat ko‘rsatilishi davlat xavfsizligiga, insonlarning salomatligi va xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lsa.

4.1.13.2. Agar salohiyatli Abonentda texnik imkoniyat mavjud bo‘lmasa.

4.1.13.3. Operatorda salohiyatli Abonentning boshqa Abonent shartnomalari bo‘yicha Operator tomonidan ilgari ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzi haqida maʼlumot mavjud bo‘lsa.

4.1.13.4. Operatorda boshqa Abonent tomonidan yo‘qolgan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sertifikatlanmagan Abonent qurilmasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar mavjud bo‘lsa.

4.1.14. Quyidagi holatlarda Operator tomonidan xizmatni ko‘rsatish to‘xtatiladi:

4.1.14.1. Abonent tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Xizmat ko‘rsatilishini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari buzilganda.

4.1.14.2. Agar Abonent qurilmasining ishlashi, shuningdek, Abonentning harakatlari Operator tarmog‘ining texnik vositalari va/yoki dasturiy taʼminotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganda.

4.1.14.3. Abonent tomonidan Operatorning tarmoq maʼlumotlaridan foydalangan holda Operatorning maʼlumotlar uzatish tarmog‘ining dasturlari, apparat vositalari va axborot resurslariga ruxsatsiz kirishga urinishlar bo‘lganda.

4.1.14.4. Abonentni belgilangan tartibda xabardor qilgan holda, Operator tarmog‘ida rejalashtirilgan texnologik ishlar bajarilganda.

4.1.14.5. Xizmat uchun Abonent tomonidan Abonent to‘lovi to‘lanmaganda/o‘z vaqtida to‘lanmaganda. Bunday holda, Abonent kelishuvda nazarda tutilgan Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishdan ozod etilmaydi.

4.1.14.6. Abonent tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlari va O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari buzilgan taqdirda, Abonentning Operator tarmog‘iga kirishini qayta taʼminlash, qoidabuzarliklar to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng Operator tariflari bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda, Abonent tomonidan ilgari o‘rnatilgan tarif/tarif rejasining saqlanishi kafolatlanmaydi.

4.1.14.7. Abonentning Abonent qurilmasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilganda.

4.1.14.8. Tarmoqda boshqa Abonentlarni obro‘sizlantiruvchi axborotlar tarqatilganda, muayyan materiallar (spam va boshqalar) va viruslar tarmoq orqali keng tarqatilganda, tarmoqdan foydalanish qoidalari buzilganda, litsenziyasiz dasturiy taʼminot yoki musiqa yoxud videolar tarqatilganda, IP-manzillar qalbakilashtirilganda.

4.1.14.9. Xosting xizmatlaridan proksi-server, virtual xususiy tarmoq (VPN) serveri sifatida foydalanganda va xosting akkauntiga proksi-serverlar va VPN bilan bog‘liq dasturlar o‘rnatilganda.

4.1.14.10. Abonentning Telekommunikatsiya xizmatlarining boshqa shartnomalari bo‘yicha Operator tomonidan ko‘rsatilgan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun Abonentning muddati o‘tgan qarzdorligi aniqlangan taqdirda.

4.1.14.11. Shaxsiy akkauntga kirishni cheklash:

a) rasmiy ochiq manbalarda jismoniy shaxs vafot etganligi, yuridik shaxsning tugatilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniqlanganda (bunda, Xizmat ko‘rsatish huquqiy vorislik asosida tiklanishi mumkin);

b) Abonent Shaxsiy akkaunt orqali “frod” hisoblanuvchi harakatlar sodir etganligi aniqlanganda.

4.2. Operator quyidagilarga majbur:

4.2.1. Abonentga vakolatli organlar tomonidan belgilangan parametrlarga (ulanishni o‘rnatish, maʼlumotlarni uzatish, o‘chirish) muvofiq xizmatlarni taqdim etish.

4.2.2. Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasida Abonentga xizmat ko‘rsatish.

4.2.3. Abonentga ko‘rsatilayotgan Xizmatlar haqida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish.

4.2.4. Abonentga xizmat ko‘rsatishda kamchiliklar yoki boshqa nosozliklarni bartaraf etish (sifatni yaxshilash) choralarini ko‘rish.

4.2.5. Abonentga Xizmatlardan foydalanish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha maslahatlar berishni tashkil etish.

4.2.6. Abonent tomonidan foydalanilgan xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik bo‘yicha to‘lovlar va tanlangan Tarif/tarif rejasiga muvofiq to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng, qarzdorligi mavjud bo‘lganligi sababli xizmatlardan uzilgan Abonentni Operator tarmog‘iga ulash.

4.2.7. Abonentning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish va Abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash bo‘yicha boshqa qonuniy talablarga rioya qilish uchun zarur tashkiliy choralarni ko‘rish.

4.2.8. Tariflar va xizmatlar narxnomasiga o‘zgarishlar kiritilganligi to‘g‘risida
10 kalendar kun oldin rasmiy veb-saytga maʼlumotlarni joylashtirish orqali Abonentni xabardor qilish.

4.2.9. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish, Xizmat ko‘rsatish shartlaridagi o‘zgarishlar, bank rekvizitlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq habarlar va boshqa zarur maʼlumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.

4.2.10. Rejalashtirilgan texnik ishlar to‘g‘risida ularning boshlanishidan kamida 24 soat oldin, ishning boshlanish sanasi va davomiyligini Operatorning veb-saytida ko‘rsatgan holda Abonentni xabardor qilish.

4.2.11. Operator tarmog‘i uskunalarining ishlashini taʼminlash.

4.2.12. Abonent tomonidan sodir etilgan frod holatlari hamda mazkur Ommaviy ofertaning 5.2.6 bandida belgilangan majburiyatlar buzilishi holatlari to‘g‘risida tegishli vakolatli organlarni xabardor qilish.  

4.2.13. Axborot resurslari himoyasini taʼminlashga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy birligini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqiruvlarni, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi maʼlumotlar, separatizm va fundamentalizm, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, pornografiya va qonun bilan taqiqlangan boshqa maʼlumotlar tarqatilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

 

5. Abonentning huquq va majburiyatlari

5.1. Abonent quyidagi huquqlarga ega:

5.1.1. Xizmatlardan Operator tomonidan belgilangan Tariflarga, texnik reglamentlarga, O‘zbekiston Respublikasi standartlariga, Shartlarga hamda ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq foydalanish.

5.1.2. Tarifni/tarif rejasini (arxiv tarif rejalaridan tashqari) va taqdim etilayotgan Xizmatni, Operator tomonidan belgilangan tartibda uning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘zgartirish.

5.1.3. Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasining texnik reglamentlari va standartlari hamda ushbu Shartnomaga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish.

5.1.4. Foydalanilgan xizmatlar hajmi, shuningdek, shaxsiy hisobdagi to‘lovlar tarixi, yechilgan va qoldiq mablag‘lar haqida batafsil maʼlumotlarni veb-interfeys orqali (taqdim etilgan xizmatlar turlariga tegishli) yoki Operatordan olish.

5.1.5. Taqdim etilgan xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq savollar paydo bo‘lganda, Operatorning maslahat va texnik yordamidan (veb-saytda joylashtirilgan shartlar asosida) foydalanish.

5.1.6. Operatordan Abonentgacha bo‘lgan aloqa kanallarining xususiyatlari va parametrlari yomonlashganda Operatorning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, nosozliklar bartaraf etilishini talab qilish.  

5.1.7. Operatorni yozma ravishda yoki elektron shaklda xabardor qilgan holda Xizmatlardan foydalanishni to‘xtatib turish.

5.1.8. Operator tomonidan ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlar buzilgan taqdirda va Xizmatlar uchun to‘lov bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmagan taqdirda, Operator bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.

5.1.9. Taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha maʼlumotlarni va kiritilgan o‘zgartirishlarni Operatorning rasmiy veb-sayti orqali (har haftada bir marta) tekshirib borish.

5.1.10. Abonent O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va mazkur Shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

5.2. Abonent quyidagi majburiyatlarga ega:

5.2.1. Ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish.

5.2.2. Shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlarini shaxsan o‘zi yoki qonunchilik hujjatlari yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida ish yurituvchi vakil orqali amalga oshirish, shuningdek, Xizmatdan shaxsiy maqsadlarda foydalanish. Abonent qurilmasi bilan amalga oshirilgan Xizmatni olishga qaratilgan harakatlar Abonent nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilgan deb hisoblanadi.

5.2.3. Xizmatdan foydalanishdan oldin amaldagi Xizmatlar ro‘yxati, tarif rejalari, Xizmatlar uchun tariflar va boshqa qo‘shimcha maʼlumotlar bilan tanishish.

5.2.4. O‘zbekiston Respublikasi standartlariga muvofiq sertifikatlangan Abonent qurilmasidan foydalanish.

5.2.5. Abonent qurilmasidan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga muvofiq, maʼlum bir hududda amaldagi maxsus ko‘rsatmalar va qoidalarga va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘sqinlik yoki xavfli vaziyatdagi cheklovlarga rioya qilgan holda foydalanish. Operator belgilangan cheklovlar va talablar to‘g‘risida Abonentni xabardor qilishga majbur emas.

5.2.6. Xizmatdan qonunchilik bilan taqiqlangan maqsadlarda foydalanmaslik, shuningdek, Operatorga va/yoki tegishli uchinchi shaxslarga zarar yetkazuvchi harakatlarni sodir etmaslik, shu jumladan Abonent qurilmasidan dasturiy taʼminotni tarqatmaslik va uning tarqatilishida yordam bermaslik, IP-manzillarini, abonent raqamlarini soxtalashtirmaslik. Operator tarmog‘i, uskunalari, dasturiy taʼminotining normal ishlashiga xalaqit beradigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, ruxsat etilmagan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va Operator tarmog‘idagi resurslar va xizmatlardan ruxsatsiz foydalanmaslik.

5.2.7. Abonent Operatorga rasman tasdiqlangan shaxsiy maʼlumotlarni, shuningdek, xatlarni yetkazib berish uchun aniq bank rekvizitlari, pochta manzili va asosiy/vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan/yashash joyi/joylashgan manzili, Ommaviy oferta shartlarini bajarish uchun foydalaniladigan boshqa maʼlumotlarni va Operatorga zarur bo‘lgan maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Ko‘rsatilgan maʼlumotlar o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirgan kundan boshlab, 10 kalendar kun ichida Operatorga yangi maʼlumotlar taqdim etilishi shart (Abonent tomonidan mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Operator tomonidan majburiyatlar lozim darajada bejarilgan deb hisoblanadi). Operator tomonidan Abonentning yangi pochta manzili maʼlumotlaridan foydalanib, Xizmat ko‘rsatilishi bunday maʼlumotlar taqdim etilgan keyingi oyning birinchi ish kunidan boshlab, amalga oshiriladi.

5.2.8. Axborot xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilish, Operatorga axborot xavfsizligi masalalarini hal qilishda yordam berish.

5.2.9. Joriy hisob-kitoblar tartibiga, Tarif/Tarif rejasiga va ko‘rsatiladigan Xizmat shartiga muvofiq Xizmat uchun o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirish, shu jumladan Shaxsiy hisobdagi ijobiy balansni saqlash, ushbu Shartnomaga muvofiq Operatorning joriy hisob raqamiga zarur to‘lovlarni/Abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirib borish.

5.2.10. Tarmoq tafsilotlari beixtiyor oshkor qilingan taqdirda, darhol Operatorni xabardor qilish va Operator bilan kelishilgan holda Autentifikatsiya maʼlumotlarini (parolni) o‘zgartirish.

 

5.2.11. Ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish.

5.2.12. Abonent qurilmasi yoki dasturiy taʼminot orqali, shuningdek, o‘zining yoki boshqa birovning autentifikatsiya maʼlumotlaridan o‘zining shaxsiy daromadini ko‘zlagan holda ataylab foydalanish orqali aloqa kanallari va Operatorning dasturiy apparat vositalariga zarar yetkazish ehtimolini oldini olish.

5.2.13. Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga daʼvatlarni, urushni, zo‘ravonlikni va pornografiyani targ‘ib qilish, diniy va milliy adovatni qo‘zg‘atish, inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan maʼlumotlarni hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida tarqatilishi taqiqlangan boshqa maʼlumotlarni joylashtirmaslik/tarqatmaslik.

5.2.14. Abonent O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.

5.3. Abonent Xizmatdan foydalanish bo‘yicha barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Operator tomonidan taqdim etilgan Xizmatdan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini buzgan holda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5.4. Abonent Xizmatdan foydalanishda Operator huquqlarini, shuningdek, uchinchi shaxslarning intellektual huquqlarini buzmaslik majburiyatini tan olishini kafolatlaydi.

5.5. Abonent:

5.5.1. Oferta shartlarini tasdiqlash/qabul qilish/aksept berish va Oferta shartlarida Shartnomani tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha huquq va vakolatlarga ega ekanligini, o‘z hoxish irodasi bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishayotganligini kafolatlaydi.

5.5.2. Abonent Masofaviy xotirada saqlangan Kontentdan foydalanish, tarqatish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega ekanligini va Kontent qonuniy ravishda Abonentga tegishli ekanligini kafolatlaydi.

5.5.3. Abonent Xizmatdan va/yoki uning individual funksiyalaridan faqat vijdonan foydalanishini, shuningdek, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan yoki ularga olib keladigan harakatlarni amalga oshirmasligini kafolatlaydi.

5.5.4. Abonent Xizmatdan foydalanganda taqiqlangan Kontentni Yuklab olish, Sinxronizatsiyalash, Tarqatish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirmasligiga kafolat beradi.

5.6. Abonent shaxsiy maʼlumotlar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka rioya qilish va uchinchi shaxslarning shaxsiy maʼlumotlarini masofaviy saqlashga joylashtirmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

 

 

6. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

6.1. Barcha turdagi xizmatlar uchun tariflar/tarif rejalari Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tasdiqlangan tariflar/tarif rejalari narxnomasi Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

6.2. Xizmat narxlariga qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) kiritilgan (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno).

6.3. Xizmat tegishli Tarif/Tarif rejasida (jismoniy shaxslar uchun) belgilangan miqdordagi to‘lovni to‘liq hajmda to‘lash sharti bilan taqdim etiladi. Operator xizmatlardan foydalanish boshlangan paytdan boshlab to‘lovning sarflanmagan qismi qoldig‘ini saqlab qoladi. To‘lovdan Abonent faqat Xizmatdan foydalanish imkoniyati uchun foydalanishi mumkin.

6.4. Operator Abonentga (yuridik shaxslar uchun) Operatorning amaldagi tariflariga muvofiq ko‘rsatilgan xizmati uchun hisob-fakturani taqdim etadi. Hisob-faktura bo‘yicha to‘lovlar Abonent tomonidan hisob-faktura taqdim etilgan kundan boshlab 20 kalendar kuni ichida amalga oshirilishi kerak.

6.5. Ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov Abonent tomonidan Operatorning hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan, naqd yoki naqd pulsiz tarzda pul o‘tkazishning har qanday mavjud usullari, shu jumladan uchinchi tomonning to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

6.6. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.

6.7. Abonent uchinchi tomonning to‘lov tizimlari (Payme & Click va boshqa to‘lov tizimlari/vositalari) orqali foydalanilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda, Operator uchinchi tomonning to‘lov tizimidan Operator hisobiga tushgan mablag‘larni Abonentning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazadi. Bunda, uchinchi tomonning to‘lov tizimlari, terminallar va banklardan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq yuzaga kelgan nizolar uchun Operator javobgar emas.

6.8. Xizmat ko‘rsatilishiga qarab, Abonent tomonidan to‘lov sifatida kiritilgan mablag‘lar, tariflar va belgilangan tarif qoidalariga muvofiq uning balansidan yechib olinadi.

6.9. Jismoniy shaxslar uchun xizmatlar Abonentga to‘lovning ijobiy qoldig‘idan oshmaydigan miqdorda taqdim etiladi. Agar Abonentning oldindan to‘lov qoldig‘i bitta ulanish uchun zarur bo‘lgan miqdordan kamroq darajaga tushsa, Xizmat ko‘rsatilmaydi.

6.9.1. Yuridik shaxslarga xizmatlar hisobot davri uchun hisob-faktura bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganda va muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmaganda ko‘rsatiladi.

6.10. Abonentning Shaxsiy hisobidan u tomonidan foydalanilgan Xizmat haqini bir yo‘la yechib olishning iloji bo‘lmagan hollarda, foydalanilgan Xizmat uchun to‘lovlar kechiktirilgan rejimda yig‘ilib boriladi va yig‘ilgan summalar qayta hisoblab chiqilganidan so‘ng, Abonentning Shaxsiy akkauntidagi qoldiq manfiy bo‘ladi. Tomonlar Abonentning Operator oldidagi bunday qarzini nizosiz deb belgilaydilar va Operator Xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yadi. Shundan so‘ng Operator yozma ravishda yoki elektron shaklda mavjud qarzdorlik haqida, uni to‘lash talabi bilan Abonentni xabardor qiladi.

6.11. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Abonentning Shaxsiy kabinetidagi foydalanilmagan mablag‘lar summasi Operator tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlariga muvofiq Abonentga qaytariladi.

6.12. Tarif birligidan kelib chiqqan holda trafikni hisoblash taʼminlanmagan hollarda, tariflash Tariflar va xizmatlar Narxnomasiga muvofiq, shuningdek, tanlangan Xizmat qoidalari va shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

6.13. Abonentning Shaxsiy akkaunti Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasidir.

7. Xizmat sifati

7.1. Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasidagi Xizmatlar O‘zbekiston Respublikasining texnik meʼyorlariga, texnik standartlariga, shuningdek, Operatorda mavjud bo‘lgan litsenziyalarga muvofiq taqdim etiladi.

7.2.  Operator taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining yomonlashishi yoki ularning tugatilishi tabiiy sharoitda radioto‘lqinlarning tarqalishi va bir-biri bilan tutashishi, Abonentning binolar yaqinida yoki ichida, tunnellarda, yerto‘lalarda va boshqa yer osti inshootlarida bo‘lishi; relyef va binolarning mahalliy xususiyatlari sababli; abonent uskunasining texnik tavsiflari va holati, meteorologik sharoitlar va Operator ularning paydo bo‘lishiga taʼsir qila olmaydigan yoki oldindan ko‘ra olmaydigan boshqa sabablar natijasida yuzaga kelganligi bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.

7.3. Operator ushbu bo‘limning 7.2-bandida ko‘rsatilgan sabablardan, shuningdek, Abonent tomonidan belgilangan talablarga javob bermaydigan nuqsonli Abonent uskunasidan yoki ishlab chiqaruvchi va Operatorning roziligisiz o‘zgartirilgan yoki modifikatsiya qilingan Abonent uskunasidan foydalanganligi sababli kelib chiqqan Xizmatning kamchiliklari va boshqa oqibatlar uchun javobgar emas.

 

8. Tomonlarning javobgarligi

8.1. Operator Abonent oldida quyidagilar uchun javobgardir:

8.1.1. Belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, xizmatlar ko‘rsatish muddatlarini va kamchiliklarni bartaraf yetish muddatlarini buzganlik, xizmatlar to‘g‘risidagi maʼlumatlarning ishonchligi uchun ushbu xizmatlarning ijrochisi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki ushbu Ommaviy ofertasi bilan nazarda tutilgan tartibda.

8.1.2. Abonentning shaxsiy maʼlumotlari to‘g‘risidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi buzilganligi uchun.

8.2. Abonent Operator oldida quyidagilar uchun javobgardir:

8.2.1. Autentifikatsiya maʼlumotlari va Abonentni individuallashtiradigan boshqa maʼlumotlarning oshkor etilishiga, yo‘qotilishiga, o‘g‘irlanishiga va boshqa holatlarga olib keladigan harakat va/yoki harakatsizlikka, shuningdek, Abonentning hisob maʼlumotlaridan foydalanadigan uchinchi shaxslarning har qanday harakatlari va/yoki harakatsizligiga. Operator o‘z hisob maʼlumotlaridan foydalanadigan Abonent va/yoki uchinchi shaxslarning yuqorida keltirilgan harakatlari uchun javobgar emas.

8.2.2. Ushbu Ommaviy ofertaning shartlari, tariflari o‘zgarganligi va boshqa o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar berilgandan so‘ng, Abonentning 10 kalendar kundan keyin ham Xizmatlardan foydalanishni davom ettirishi, ushbu o‘zgartirishlarga so‘zsiz rioya qilish va ularga roziligini, shuningdek, veb-saytda xizmatlar ko‘rsatishdagi o‘zgartirishlar mavjudligini muntazam tekshirib borilishini bildiradi.  

8.2.3. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan harakatlar sodir etilishiga, shu jumladan:

- jazo tahdidi ostida sodir etilgan aybli ijtimoiy xavfli qilmish yoki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida taqiqlangan tajovuz (harakat yoki harakatsizlik), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazish xavfini keltirib chiqarish;

- shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkiga, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qilish, qonunga xilof ravishda (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) amalga oshirilgan harakat yoki harakatsizlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan tajovuzni amalga oshirish.

8.2.4. Unga berilgan tarmoq maʼlumotlarining maxfiyligini saqlash va u tomonidan yuboriladigan yoki olinadigan maʼlumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan mualliflik huquqi va boshqa qonunlarga rioya qilish.

8.3. Ushbu Ommaviy ofertada nazarda tutilgan shartlar buzilganligi uchun Abonent Operatorga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash sharti bilan javobgar bo‘ladi.

8.4. Tomonlarning ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa hollardagi javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

 

9. Javobgarlikni cheklash.

9.1. Operator quyidagilar uchun javobgar emas:

9.1.1. Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, Abonent tomonidan Operatorning ushbu Ommaviy ofertada belgilangan tartibda tarif o‘zgarishi to‘g‘risida tarqatilgan maʼlumotlar olinmaganligi, Operatorning aybisiz yuzaga kelgan, xizmatlardan foydalanish yoki foydalana olmaslik holatlari natijasida Abonentga yetkazilgan har qanday zarar uchun.

9.1.2. Operatorning apparat va dasturiy taʼminoti bilan bog‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarni uzatish tarmog‘iga har qanday shikast yetkazilgan hollarda ushbu Ofertaga muvofiq Xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha belgilangan majburiyatlar bajarilmaganligiga.

9.1.3. Abonent o‘zining autentifikatsiya maʼlumotlarini oshkor qilishi, Abonent uskunasidan foydalanish qoidalarini buzishi, shuningdek, uchinchi shaxslarning harakatlari, xususan, ruxsatsiz pochta almashinuvi, virus hujumlari va boshqalar natijasida kelib chiqqan har qanday turdagi zarar uchun.

9.1.4. Tarmoqning ishlashi va rivojlanishini taʼminlash zarurati bilan bog‘liq uskunalarni, dasturiy taʼminotni almashtirish yoki boshqa ishlarni bajarish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda to‘liq yoki qisman uzilishlar uchun.

9.1.5. Abonent tomonidan tarmoq orqali uzatiladigan maʼlumotlarning mazmuni uchun, shuningdek, Operator xizmatlaridan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida Abonentga har qanday turdagi yetkazilgan zarar uchun.

9.1.6. Tizimda va Abonent qurilmasining dasturiy taʼminotida mavjud nosozliklar uchun.

9.1.7. Texnik sabablarga ko‘ra va fors-major holatlariga ko‘ra Abonentga uzoq vaqt davomida xizmatlar taqdim etilmagan hollarda, shu jumladan:

- Operatorning nazorati yoki mulki bo‘lmagan aloqa kanallari va uskunalarining uzilishi yoki buzilishi davrida;

- Abonent tomonidan yoki Abonentning roziligi bilan Xizmatdan foydalanuvchi uchinchi shaxs tomonidan bevosita yoki bilvosita uyushtirilgan harakatlar sababli Xizmatlar ko‘rsatilishi to‘xtatilgan davrlar (bu Operatorning texnik xizmatlari bilan muvofiqlashtirilmagan apparat yoki dasturiy taʼminot modifikatsiyalarini, shuningdek, tarmoq tafsilotlarini mustaqil ravishda qayta o‘rnatishni anglatadi);

- 30 (o‘ttiz) daqiqadan kam bo‘lmagan davrda.

9.1.8. Abonentning dastlabki buyurtmasi asosida Kontent-provayder tomonidan Operator tarmog‘i orqali yuborilgan Kontentning mazmuni va sifatini taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik.

9.1.9. Abonentga boy berilgan foyda ko‘rinishdagi ziyonni qoplash.

9.2. Operator (Internet xizmatlarini ko‘rsatish, maʼlumotlarni uzatish va Wi-Fi xizmatlarini ko‘rsatishda) o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lmagan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati va nazorati ostida) resurslar, serverlar va maʼlumotlarni uzatish tarmog‘i segmentlarining mazmuni, mavjudligi va ishlashi uchun javobgar emas.

9.3. Abonent tomonidan uchinchi shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari masofaviy saqlash uchun yuklanganda (maʼlumotlarga kirish va ularni qayta ishlash imkoni yuqligi sababli) Operator javobgar hisoblanmaydi.

 

10. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari

10.1. Ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha Tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, yong‘inlar va boshqalar) yoki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab, import va eksportni taqiqlash, ommaviy biologik yoki kimyoviy ifloslanish xavfi yoki radiatsiyaviy nurlanish xavfi yoki maʼlum bir (cheklangan) hududda yoki respublika hududida favqulodda vaziyat/holat eʼlon qilinishi, pandemiya yoki sanitariya-epidemiologik vaziyat yomonlashishi oqibatida karatin yoxud vaqtinchalik boshqa cheklovlar, shu jumladan, fuqarolarning ayrim huquqlari bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilishi va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda vaziyat, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar fors-major holatlari deb toifalanadi.

10.2. Mazkur Ommaviy oferta shartlarida Abonent shartnomasi tuzilganidan keyin kelib chiqqan va Tomonlarning nazorati ostida bo‘lmagan fors-major holatlarining (favqulodda vaziyat xarakterining) bevosita natijasi bo‘lsa, Tomonlarning hech biri o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

10.3. Tomonlarning o‘z majburiyatlarini bajarish muddati, bunday holatlar va ularning oqibatlari amal qilish muddatiga mutanosib ravishda qoldiriladi/uzaytiriladi. Agar Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining imkoni bo‘lmasa, mazkur moddada ko‘rsatilgan holatlarning kelib chiqishi, amal qilish muddati va bekor qilinishi to‘g‘risida bir Tomon 10 (o‘n) kalendar kuni davomida yozma ravishda boshqa Tomonga xabarnoma yuboradi. Ushbu xabarnomada bayon etilgan faktlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

10.4. Agar majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmasligi 3 (uch) kalendar oyidan ortiq vaqt mobaynida mavjud bo‘lsa, Operator Abonent shartnomasini Abonentning mumkin bo‘lgan zararlarini (shu jumladan xarajatlarni) qoplash majburiyatisiz to‘liq yoki qisman bekor qilishga haqli.

 

11. Nizolarni hal qilish tartibi

11.1. Shartnomani bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Tomonlar talablari asosida, nizolarni sudgacha hal etish tartibiga, shu jumladan, mediatsiya tartibiga rioya qilingan holda va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normalarga muvofiq hal qilinadi.

11.1.1. Abonent – jismoniy shaxs uchun: Tomonlar o‘rtasida nizo va kelishmovchiklar yuzaga kelgan vaziyatlarda Operatorning tegishli ofisi joylashgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

11.1.2. Abonent – yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchisi, nodavlat-notijorat tashkilot, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar uchun: Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizo va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqiladi.

11.2. Xizmatni ko‘rsatishni rad etish, Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/eʼtiroznoma ko‘rinishidagi murojaat/shikoyat Xizmat ko‘rsatilgan, uni ko‘rsatish rad etilgan yoki hisob taqdim etilgan kundan boshlab, ko‘pi bilan 6 (olti) oy ichida berilishi lozim. Bunday murojaatda, ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ilova qilinadi, bu hujjatlarda Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar, yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida daʼvo qilingan holda — yetkazilgan zarar fakti va miqdori to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi lozim.

11.2.1. Abonent tomonidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/eʼtiroznoma ko‘rinishidagi murojaati kelib tushgan kunning o‘zida Operator tomonidan ro‘yxatga olinib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

11.3. Xizmat ko‘rsatilishi yetarli darajada amalga oshirilmaganligi yoki ko‘rsatilmaganligi bilan bog‘liq eʼtirozlar mazkur Ommaviy ofertaning 11.4-bandida ko‘rsatilgan sanaga amal qilingan holda qabul qilinadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

11.3.1. Bunday eʼtirozga javob telegraf, teletayp, elektron pochta (e-mail), shuningdek, aloqa vositalarining boshqa usullaridan foydalangan holda, Abonentga topshirilganligi to‘g‘risida yozma shaklda tasdiqnoma bilan yoki buyurtma xat orqali yuboriladi.

11.4. Abonentning yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/eʼtiroznoma/shikoyat/taklif ko‘rinishidagi murojaati ko‘pi bilan 30 (o‘ttiz) kun davomida ko‘rib chiqiladi va tegishli shaklda javob beriladi. Bunda, murojaatni ko‘rib chiqish uchun 15 (o‘n besh) kundan ortiq muddat talab etilsa, murojaat muallifi ushbu haqda majburiy ravishda xabardor qilinadi.

11.5. Tarmoqqa noqonuniy/ruxsatsiz kirish yo‘li bilan uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanish natijasida nizo/kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Operator sodir etilgan xatti-harakatlarning tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda ichki texnik tekshiruv o‘tkazishga haqli.

11.6. Agar Operatorda, Abonent tomonidan Operator Xizmatidan vijdonan foydalanilganligiga shubha tug‘ilsa, u istalgan maqbul usulda Abonentga Operator ofisiga kelish lozimligi haqida xabarni yuborib, xabarda holatlarni aniqlashtirish va xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatib turish mumkinligi haqida tushuntirish beradi. Agar Operatorning xabarnomasi yuborilgan kundan boshlab, 3 (uch) kalendar kuni mobaynida Abonent tomonidan bajarilmasa, Operator Abonent tomonidan Operator talab qilgan shartlar bajarilgunga qadar Xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatishga haqli.

11.7. Ko‘rsatilgan Xizmat uchun vujudga kelgan va ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan Abonentning Operator oldidagi qarzdorliklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan sud buyrug‘i/qarori/notariusning ijro yozuvlariga asosan so‘zsiz, majburiy tartibda undiriladi.

11.8.  Operatorga kelib tushgan murojaatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar Operator vakolati doirasiga kirmaydigan bo‘lsa, murojaat kelib tushgan sanadan 5 (besh) kundan kechiktirmay, tegishliligi bo‘yicha, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga yuboriladi va ushbu haqda Abonentga belgilangan shaklda xabar beriladi.

 

12. Shartnomaning amal qilish muddati. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish shartlari

12.1. Shartnoma Abonent tomonidan mazkur Ommaviy ofertaning shartlari qabul qilingan/aksept amalga oshirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida amal qiladi. Shartnomada amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Abonent shartnomasi muddatsiz tuzilgan deb hisoblanadi.

12.2. Shartnoma shartlari, jumladan, Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zgartirishlar (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, Xizmat uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va boshqalar) haqida Operator tomonidan bir tomonlama tartibda, OAVda eʼlon berish, Operator veb-saytida joylashtirish, Abonenga SMS-xabar yuborish yoki elektron pochta manziliga, shuningdek, Operator uchun maʼqul bo‘lgan boshqa vositalar orqali usullarda) xabardor qilinadi.

12.2.1. Operator tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, xizmat uchun hisob-kitoblar tartibi va boshqalar) haqida tegishli xabarnomalar Abonentga yuborilgan sanadan boshlab yoki tegishli maʼlumotlar joylashtirilgan/eʼlon qilingan sanadan boshlab, ko‘rsatilayotgan xizmat turi toifasiga qarab, 15 (o‘n besh) kalendar kunigacha bo‘lgan muddat mobaynida Abonent tomonidan bunday o‘zgartirishlar yozma/elektron shaklda rad etilmasa, Abonent tomonidan to‘liq qabul qilingan hisoblanadi. Agar mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan muddat ichida Abonent tomonidan Operatorning bunday o‘zgartirishlarini qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, Abonent shartnomasi ushbu rad etish haqidagi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kun o‘tganidan keyingi kuni Abonent tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi.

12.3. Shartnoma (mazkur band matnida - shartnoma deb yuritiladi) quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:

12.3.1. Abonent tashabbusi bilan tugatish sababi ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda shartnomani bekor qilish. Bunda, Abonent (jismoniy shaxslar bundan mustasno) Operatorga bekor qilish mo‘ljallangan/rejalashtirilgan sanadan kamida 15 (o‘n besh) kalendar kun oldin yozma/elektron shaklda xabar berishi shart. Bunda, shartnomani bekor qilish muddati Xizmatlar ko‘rsatiladigan joriy oyning oxirgi kuni deb hisoblanadi. 

12.3.2. Quyidagi hollarda Operator tashabbusi bilan:

- Abonent tomonidan shartnoma shartlari va tanlab olingan xizmat qoidalari/shartlari buzilganida;

- majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganida (Xizmat ko‘rsatilishi uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lmaganida);

- yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlarida;

- Abonent-jismoniy shaxs vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda (merosxo‘r/huquqiy voris mavjud bo‘lmagan hollarda).

12.3.3. Quyidagi hollarda Abonent shartnomasi bekor qilinib, Abonent Operator tarmog‘idan o‘chiriladi:

- Abonent tomonidan telekommunikatsiya xizmati turidan tijorat maqsadida va litsenziyasiz foydalanilgan holat aniqlanganda;

- Abonent tomonidan frod faktlari sodir etilganligi aniqlanganda;

- shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

12.4. Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab, Tomonlarning majburiyatlari bekor qilingan deb hisoblanadi (shartnomani bekor qilish vaqtiga qadar ko‘rsatilgan, lekin Abonent tomonidan to‘lanmagan xizmat xaqi bilan bog‘liq majburiyatlar bundan mustasno).

12.5. Abonent shartnomasi bekor qilinganda ijobiy balans qoldig‘i - Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘larining qoldig‘i uning mavjud bank hisob raqamiga yoki uning bank plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan Abonentga qaytariladi. Bunda Abonent Operatorga tegishli yozma ariza va Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, bank rekvizitlarini (bank nomi, bankning: MFO, STIR, pul mablag‘larini plastik kartaga o‘tkazish uchun tranzit hisob raqami va plastik karta raqami) ko‘rsatib, maʼlumot berishi shart.

12.5.1. Operator tomonidan Abonentning ijobiy balansi qoldig‘i - Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘lari qoldig‘ini qaytarish haqidagi arizasi olinganidan so‘ng, Abonentga pul mablag‘lari 15 (o‘n besh) bank kuni mobaynida qaytariladi. Bunda, Operator, Operator tomonidan Abonentga to‘lov tizimlari/To‘lov agentlari orqali (terminallari) o‘tkazilgan pul mablag‘lari uchun sarflangan xarajat/xizmat xaqini hisoblab, ushlab qolish huquqiga ega bo‘ladi.

12.6. Abonent – jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, Shartnoma Operator tomonidan o‘lim haqidagi guvohnomaning tegishli tasdiqlangan nusxasi yoki asl nusxasi taqdim qilinib, Operator ofisida nusxa olinganidan so‘ng, bekor qilinadi. Tugatish jarayonida bo‘lgan va yoki tugatilgan Abonent – yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor yoki boshqa shaxslar bilan Abonent shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

13. Yakuniy shartlar

13.1. Tomonlar ushbu Ommaviy ofertaga muvofiq o‘z huquqlari va majburiyatlari bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari normalarini buzishi mumkin bo‘lgan har qanday choralarni ko‘rmasliklari yoki xatti-harakatlarni sodir etmasliklari shart, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) pul yoki boshqa har qanday ko‘rinishda/shaklda pora berishni, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) noqonuniy to‘lovlarni taklif qilishi, rozilik/ruxsat/sanksiya berish, vaʼda qilish va amalga oshirish, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan, tijorat tashkilotlari, davlat xizmatchilari, xususiy korxona va kompaniyalar hamda ularning vakillari yoki affillangan shaxslariga.

13.2. Tomonlardan biri ushbu moddaning 13.1-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, boshqa Tomon bir tomonlama suddan tashqari tartibda ushbu Ommaviy oferta bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan voz kechish huquqiga ega. Ushbu moddaga muvofiq Abonent shartnomasi bekor qilingan taqdirda Tomonlar bir-biriga yetkazilgan ziyon/zararni qoplamaydi (ko‘rsatilgan xizmatlar haqi yoki Abonent to‘lovi bo‘yicha Abonent majburiyatlari bundan mustasno).

13.3. Abonentga Xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan va mazkur Ommaviy oferta bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etilmagan yoki hal etilmaydigan Tomonlarning boshqa huquqiy munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

13.4. Mazkur Ommaviy oferta Operatorning veb-saytida yoki OAVda eʼlon qilingan kundan boshlab, 15 (o‘n) besh kun o‘tganidan so‘ng, kuchga kiradi.

 

KENG POLOSALI ULANISH XIZMATLARINI TAQDIM ETISH QOIDALARI VA
SHARTLARI

 

Ushbu qoidalar “O‘zbektelekom” AK (keyingi o’rinlarda - Operator) tomonidan tasdiqlangan keng polosali ulanish xizmatlarining tarif rejalari va Narxnomalarining ajralmas qismi bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxs bo’lgan abonentlarga, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil qilmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lgan shaxslarga taqdim etiladigan asosiy va qo‘shimcha keng polosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Shuningdek, ushbu qoidalar Internet xizmatlarining yagona shaxsiy hisobi orqali konvergent tarif rejasida birlashtirilgan mobil aloqa xizmatlari - OTT xizmatlari, statsionar telefon aloqasi yoki IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etish va tarifikatsiyalash tartibini belgilaydi.

 

1.        INTERNET XIZMATLARINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (jismoniy shaxslar bo’lgan abonentlar, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil qilmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lgan shaxslar uchun).

 

1.1.    Umumiy qoidalar

 

1.1.1.    Ushbu qoidalar jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil qilmasdan tadbirkorlik yoki —boshqa faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lgan shaxslar uchun tarif rejalarda Internet, Uz-IX va TAS-IX tarmoqlariga xDSL/FTTB/GPON texnologiyasi orqali kirish Asosiy xizmatini (keyingi o'rinlarda - Xizmatlar) taqdim etish tartibini belgilaydi.

 

1.1.2.    Xizmatlar faqat o‘z ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi. Xizmatlar ko‘rsatiladigan manzil uy-joy fondida ro‘yxatdan o’tgan bo’lishi kerak, shartnoma faqat 1.1.1 -bandda ko’rsatilgan toifalarga mansub bo‘lgan abonentlar bilan tuziladi. Taqdim etilayotgan xizmatdan uy sharotlaridan tashqarida foydalanilayotganligi aniqlanganda, Operator oldindan ogohlantirmasdan Abonentni darhol o’chirib qo’yish huquqini o’zida saqlab qoladi.

 

1.1.3.    Ushbu xizmatni taqdim etish qoidalari va shartlarida quyidagi ta’riflar va qisqartmalar qo’llaniladi:

hisob-kitob davri - tarif rejasi shartlariga muvofiq xizmatlar uchun to’lov amalga oshiriladigan vaqt davri. Hisob-kitob davri bir oy davom etadi va har bir Abonent uchun alohida, kalendar oyining birinchi sanasiga bog’lanmagan holda, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan kun va vaqtdan boshlab hisoblanadi (billing tizimining texnologik xususiyatlari sababli surilishlarni hisobga olgan holda);

hisob-kitob sanasi - shaxsiy hisobida yetarli miqdorda mablag’lar mavjud bo’lgan holatda abonent to’lovi yechib olinadigan hisob-kitob davrining birinchi kuni;

asosiy xizmat - Internet, Uz-IX va TAS-IX tarmog’iga ulanishni taqdim etish bo’yicha xizmat; qo’shimcha xizmat - tasdiqlangan tariflar shartlariga ko’ra, qo’shimcha haq evaziga taqdim etiladigan xizmat;

abonent to’lovi hisoblanishi vaqti - telekommunikatsiya xizmatlari uchun abonent to’lovi hisoblanishini amalga oshirishda, Operator Billing tizimining texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni kechikish bilan amalga oshirilishi mumkin, uning davomiyligi esa amaliyot vaqtida tizimning yuklanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi.

 

1.2.    Xizmatlarni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari

 

1.2.1.    Xizmatlar tasdiqlangan va amaldagi Tariflar narxnomasi (Tarif rejalari)ga muvofiq taqdim etiladi.

 

1.2.2.    Abonent to‘lovi Abonent tomonidan tanlangan asosiy xizmat narxidan, shuningdek, qo‘shimcha xizmatlar uchun tegishli to‘lovlardan iborat (tariflar shartlariga ko‘ra faollashtirilgan yoki faollashtirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlar mavjud bo‘lgan hollarda).

 

1.2.3.    Birinchi ulanishda Abonentning shaxsiy hisob raqamidan Ro‘yxatga olish to‘lovi (aksiya davrlari va boshqalar bundan mustasno) va tegishli tanlangan Tarif (Tarif rejasi)ga muvofiq miqdorda abonent to‘lovi yechib olinadi. Shuningdek, qo‘shimcha sarflangan materiallardan (abonent uchastkasiga tegishli materiallar - DROP-kabel, UTP-kabel, PPV-sim, konnektorlar va h.k.) foydalanilganda qo'shimcha to'lov olinishi mumkin.

 

1.2.4.    Abonent to'lovining hisob-kitob davri bir oyni tashkil etadi va har bir Abonent uchun kalendar oyining birinchi kuniga bog'lanmagan holda Xizmatlarga kirish imkoniyati taqdim etilgan kun va vaqtdan boshlab alohida hisoblanadi. Kelgusi hisob-kitob davri uchun Abonent to'lovi hisoblanishi vaqti Xizmatlarga Operator billing tizimining texnologik xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan surilishlar ehtimoli bilan ulanish imkoniyati taqdim etilgan avvalgi vaqtga qarab belgilanadi. Belgilangan hisob-kitob sanasida abonent to'lovini yechib olish vaqtida Abonentning shaxsiy hisobidagi mablag'lar miqdori amaldagi tariflarga muvofiq asosiy va qo'shimcha xizmatlar bo'yicha abonent to'lovi miqdoridan kam bo'lmasligi kerak.

 

1.2.5.    Yangi Abonent ulanganda birinchi abonent to'lovi uchun pul mablag'lari yechib olinishi Abonentning Internet tarmog'iga dastlabki kirish vaqtida amalga oshiriladi. Keyinchalik, Internet-sessiyalarning (Internet tarmog'iga chiqishlar) mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, abonent to'lovi uchun mablag'larni yechib olish vaqtida belgilangan hisob-kitob sanasida shaxsiy hisobida yetarli miqdorda mablag'lar bo'lganda, abonent to'lovi yechib olinishi amalga oshiriladi.

 

1.2.6.    Agar hisob-kitob sanasida abonent to'lovi yechib olinayotgan vaqtda Abonentning shaxsiy hisobida yangi hisob-kitob davri uchun asosiy va qo'shimcha xizmatlar bo'yicha abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli miqdorda mablag'lar bo'lmasa, abonent to'lovi yechilmaydi, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati Abonent tomonidan abonent to'lovini yechib olish uchun yetarli miqdorda mablag'lar kiritilgunga qadar, oldindan ogohlantirishlarsiz to'xtatib turiladi.

 

1.2.7.    Agarda Abonent tomonidan Xizmatlar uchun belgilangan hisob-kitob sanasida to'lov amalga oshirilmasa, Xizmatlar “nofaol” maqomga o'tkaziladi, Abonentning hisob-kitob davri abonent to'lovi to'langan sanaga suriladi. Shuningdek, joriy hisob-kitob davri mobaynida tarif rejasi o'zgargan yoki “Xizmat zaxirasi” qo'shimcha xizmati yoqilgan hollarda hisob-kitob sanasi boshqa kunga o'tkazilishi mumkin.

Misol uchun: Agarda abonentning hisob-kitob sanasi har oyning

5-sanasiga belgilangan bo'lsa va keyingi oyning 5-sanasiga qadar to'lov amalga oshirilmasa, xizmatlar o'chirib qo'yiladi. Pul mablag'lari 8-sanada to'langanda, xizmatlarni taqdim etish qayta tiklanadi va bunda, kelgusi hisob-kitob sanasi har oyning 8-sanasiga suriladi.

 

1.2.8.    Agar Abonent uchun kalendar oyining oxirgi kunlarida Xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan bo’lsa va keyingi kalendar oyida ushbu sanalar bo’lmasa, ushbu oyning oxirgi kuni hisob-kitob sanasi sifatida qabul qilinadi.

Misol uchun: Agarda Abonentga Xizmatlardan foydalanish imkoniyati

30-yanvar kuni taqdim etilgan bo’lsa, keyingi abonent to’lovi 28- yoki

29-fevral kuni (kalendar yiliga qarab) yechib olinadi. Kelgusida, agar Abonent tomonidan to’lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, bundan keyingi hisob-kitob davri uchun abonent to’lovi 30-mart kuni yechib olinadi.

 

1.2.9.    To‘liq hisob-kitob davri davomida Abonent “nofaol” holatda bo‘lganda, Abonentga bitta hisob-kitob davrida xizmat zaxirasi uchun to‘lov belgilanadi. Agarda ikkinchi hisob-kitob davrida to‘lov amalga oshirilmasa, Abonentga ikkinchi hisob-kitob davrida xizmatlar zaxirasi uchun to’lov belgilanadi. Ikkita hisob-kitob davriga teng bo‘lgan muddat tugaganidan so’ng, Operator Abonent egallab turgan tarmoq resurslarini keyinchalik bo’shatgan holda Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.

 

1.2.10.    “Xizmat zaxirasi” uchun to’lov hisoblanishi va yechib olinishi Abonent tomonidan Xizmatlardan foydalanish imkoniyati qayta tiklanganda amalga oshiriladi.

 

1.2.11.    Abonent tomonidan Shaxsiy kabinetda, Mobil ilova orqali yoki Sotuv va xizmat xizmat ko’rsatish ofisida faollashtirilgan Asosiy xizmat bilan bog’liq bo’lgan Qo’shimcha xizmatlar Abonentning shaxsiy hisob raqamidan billing tizimida avtomat ravishda hisobdan chiqariladi.


1.2.12.    Shaxsiy kabinetda abonentlarga amalga oshirilgan to’lovlar tarixi va telekommunikatsiya xizmatlari uchun pul mablag’lari yechib olinganligi, Internet-sessiyalar va boshqa ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

1.3.    Tarif rejasini almashtirish qoidalari

1.3.1.   Abonentlar tarif rejasini ikki usul bilan almashtirish imkoniyatiga ega:

1-usul. Operatorning Sotuv va xizmat ko'rsatish ofisiga (ish vaqtida) tarif rejasini almashtirish bo'yicha taqdim etilgan dastlabki yozma murojaatga asosan tarif rejasini almashtirish.

2-usul. Shaxsiy kabinet va Mobil ilova orqali tarif rejasini almashtirish.

 

1.3.2.   Tarif rejasini almashtirish uch variantda amalga oshirilishi mumkin:

Joriy sana bilan tarif rejasini almashtirish - faollashtirilgan vaqtdan boshlab amalga oshiriladi. Tarif rejasi o'zgartirilganidan so'ng, faol holatda bo'lgan qo'shimcha xizmatlar va avvalgi tarif rejasidan qolgan foydalanilmagan kunlar soni bekor qilinadi, hisob-kitob sanasi esa yangi tarif rejasi faollashtirilgan kunga suriladi. Tarif rejasi almashtirilganidan so’ng, balansda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo’yicha Abonent to’lovini amalga oshirishi uchun kerakli miqdordagi mablag’larni shaxsiy hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.

Tarif rejasini kelgusi sana bilan almashtirish - faqat joriy hisob-kitob davrida keyingi hisob- kitob davrining hisob-kitob sanasi kelgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Tarif rejasi almashtirilgandan so’ng, faol holatda bo’lgan qo’shimcha xizmatlar, avvalgi tarif rejasidan qolgan foydalanilmagan kunlar soni bekor qilinadi, hisob-kitob sanasi esa yangi tarif rejasi faollashtirilgan kunga suriladi. Tarif rejasi almashtirilgandan so’ng, balansda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo’yicha Abonent to’lovini amalga oshirishi uchun kerakli miqdordagi mablag’larni shaxsiy hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.

Keyingi hisob-kitob davri boshlangan vaqtdan boshlab tarif rejasini o’zgartirish - tarif rejasi almashtirilgandan so’ng, balansda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo’yicha Abonent to’lovini amalga oshirish uchun kerakli miqdordagi mablag’larni shaxsiy hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.

 

1.3.3.    Yangi tarif rejasi bo‘yicha Xizmatlarni faollashtirish Abonentning shaxsiy hisob raqamida tanlangan tarif rejasi bo‘yicha to‘liq Abonent to‘lovini qoplash uchun zarur summa mavjud bo‘lgan holda, amalga oshiriladi.

 

1.3.4.   Tarif rejasini almashtirish operatsiyasi bepul amalga oshiriladi.

 

1.3.5.    Yangi ulanish, shuningdek, arxiv tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud emas. Agar Abonent arxiv tarif rejasidan yangi tarif rejasiga o‘tsa, keyinchalik arxiv tarif rejasiga qaytib o‘tish mumkin bo‘lmaydi.

 

1.4.    Operator tomonidan Abonentni blokirovka qilish va xizmatdan uzib qo’yish qoidalari

 

1.4.1.    Abonentlarni Operator Xizmatlaridan foydalanishni blokirovka qilish quyidagi qoidalarga asosan amalga oshiriladi:

 

1.4.1.1.    Xizmatlardan foydalanish imkoniyati to‘langan hisob-kitob davri oxirigacha taqdim etiladi. Hisob-kitob davri tugaganda asosiy va qo‘shimcha xizmatlarning abonent to‘lovi yechib olinishi uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmasa, shaxsiy hisobga yetarli miqdorda mablag‘lar kiritilmagunga qadar Xizmatdan foydalanish imkoniyati bloklanadi.

 

1.4.1.2.    Agar ikkita hisob-kitob davri davomida Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi saldo Abonent to‘lovi va qo‘shimcha xizmatlarni (xizmatni rezervlash) to‘liq yechib olish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda ikkinchi hisob-kitob davri tugashida Operator billing tizimida Abonent shaxsiy hisob raqamining maqomi avtomat ravishda “Tugatilgan” maqomga o‘tkaziladi va shu vaqtdan boshlab, Operator Abonent tomonidan Operator uskunasida band qilingan portni bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi.

 

1.4.1.3.    Shaxsiy hisob raqamining “Tugatilgan” maqomi Abonent bilan tuzilgan Shartnoma holatini nofaol holatga o‘tkazadi va Operatorning billing tizimi ushbu shaxsiy raqam bilan hech qanday harakatlarni amalga oshirmaydi (shu jumladan, hisob yechib olinishini ham) va bunda, bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklanadi.

 

1.4.1.4.    “Tugatilgan” maqomda Operator Asosiy xizmat va bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha Abonent bilan tuzilgan Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

1.4.1.5.    Shaxsiy hisob raqami “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan Abonentlar ikkita hisob-kitob davri uchun xizmatni zaxiralash uchun to‘lovni amalga oshirganda eski Shartnomalarini qayta tiklashlari mumkin.

1.4.1.6.    Xizmatlari bloklangan Abonent Xizmatlar qayta faollashtirilishini xohlasa, u foydalanilmagan hisob-kitob davri uchun “Xizmatni rezervlash” qo‘shimcha xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishi, shuningdek, belgilangan tariflarga muvofiq yangi hisob-kitob davri uchun Abonent to‘lovini kamida 100 % miqdorida amalga oshirishi lozim.

1.5.    Abonent tashabbusi bilan xizmatlarni o’chirish

 

1.5.1.   Abonent o‘z tashabbusi bilan Xizmatlar o’chirilishi haqida istak bildirganda:

 

1.5.1.1.     Abonent belgilangan tartibda Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qilishi, shuningdek, Operatorga tegishli bo‘lgan barcha uskunalarni to‘liq jamlangan va ishga yaroqli holatda qaytarishi hamda Xizmatlar uchun mavjud qarzlarni to‘lashi lozim.

 

1.5.1.2.    Abonent tashabbusi bilan Xizmatni o‘chirish ariza asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-     keyingi hisob-kitob davrining birinchi sanasidan;

-     joriy hisob-kitob davri davomida, bunda xizmatlarni o‘chirib qo‘yish muddati ariza berilgan vaqtdan boshlab, 5 ish kunini tashkil etadi. Bunday hollarda Abonent maqomi Abonent tomonidan ko‘rsatilgan sanadan boshlab, “Tugatilgan” maqomga o‘zgartiriladi.

 

1.5.1.3.    Bunda, agar Abonentni uzib qo‘yish keyingi hisob-kitob davrining birinchi kunidan amalga oshirilmagan bo‘lsa, joriy hisob-kitob davri uchun yechib olingan Abonent to‘lovi hamda bog‘langan qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovlar bekor qilinadi, Abonentga qaytarilmaydi va qayta hisoblanmaydi.

 

1.5.1.4.    Shartnoma bekor qilingan vaqtda Abonentning shaxsiy hisob raqamida ijobiy saldo mavjud bo‘lgan holda, Abonent pul mablag‘larining qoldiqlari to‘liq hajmda Abonentga Operator tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmatning (masalan, qayd qilingan telefoniya xizmatlarining hisobiga va b.) shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin. Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘lari naqd pul shaklida qaytarilmaydi. Pul mablag‘lari Abonentning bankdagi hisob raqamiga yoki plastik kartasiga o‘tkazilishi mumkin.

 

1.6.    To’lov usullari va shakllari

 

1.6.1.    Abonentlar Operatorning vakolatli vakillari orqali quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshiradilar:

-     naqd pul shaklida, naqd pulni banklar kassalari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari (info-kioskalar) orqali to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan;

-     naqd pulsiz shaklda, elektron (chakana) to‘lovlar tizimi yordamida, shu jumladan bank plastik kartalaridan foydalangan holda;

-     to‘lov kartalarini faollashtirish orqali (ushbu to‘lov turini ko‘zda tutuvchi xizmatlar uchun).

 

1.7.    Texnologik cheklovlar

 

1.7.1.     Operator tomonidan tasdiqlangan barcha tarif rejalarida (agar tarif shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa) Internetga ulanishning kirish tezligi ko‘rsatib o‘tilgan, chiqish tezligi ulanish texnologiyasiga qarab kiruvchi tezlikdan farq qilishi mumkin.

 

1.7.2.     Internetga keng polosali ulanish xizmatlarining ulanishi texnik imkoniyatlar va tegishli yakuniy uskunalar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

 

1.7.3.     Ma’lumot uzatish tarmog‘i orqali, shu jumladan Internetga kirishning haqiqiy tezligi tarif rejasida e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin va ushbu holat abonent tomonidagi uskunaning konfiguratsiyasi, boshqa tarmoqlar egalari tomonidan o‘rnatilgan o‘tkazuvchanlik imkoniyati cheklovlari, serverlar va Operatorga bog’liq bo’lmagan boshqa tashqi omillar bilan bog’liqdir.

1.7.4.     Bir xil narxdagi tarif rejalarida Internet, “Uz-IX” va “TAS-IX” tarmoqlariga kirish imkoniyati ulanish texnologiyasiga qarab, yuqori yoki past tezlikda Operator tomonidan taqdim etilishi mumkin.

1.7.5.     Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish joylari Operator tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida, infratuzilmadan oqilona foydalanish maqsadida mustaqil ravishda belgilanadi.

 

2.        KONVERGENT TARIFDA BIRLASHTIRILGAN TELEKOMUNIKATSIYA XIZMATLARINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (jismoniy shaxslar uchun).

 

2.1.    Umumiy qoidalar

 

2.1.1.     Konvergent tarifda birlashtirilgan telekomunikatsiya xizmatlarini taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar) jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun Internet tarmog‘iga ulanish, mobil aloqa, statsionar telefoniya, IP-telefoniya va OTT- xizmatlarini o ’ z ichiga olgan konvergent tariflarda birlashtirilgan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish tartibini belgilaydi.

 

2.1.2.     Qoidalarda quyidagi ta’riflar va qisqartmalar qo'llaniladi:

telekommunikatsiya xizmatlari - Internet tarmog'iga kirish xizmatlari, mobil aloqa, statsionar telefoniya, IP-telefoniya, OTT-xizmatlari;

hisob-kitob davri - tarif rejasi shartlariga muvofiv xizmatlar uchun amalga oshiriladigan vaqt oralig'i. Hisob-kitob davri bir oy davom etadi va Abonent uchun Internet tarmog'iga ulanishga ruxsat etilgan kundan boshlab, belgilanadi (billing tizimining texnologik xususiyatlari sababli surilishlarni hisobga olgan holda);

hisob-kitob sanasi - hisob-kitob davrining birinchi kuni;

asosiy xizmat - tasdiqlangan tariflar shartlariga muvofiq, abonent to'loviga kiritilgan telekommunikatsiya xizmatlarining hajmi;

qo'shimcha xizmat - tasdiqlangan tariflar shartlariga ko'ra, qo'shimcha haq evaziga taqdim etiladigan xizmat;

abonent to'lovi hisoblanishi vaqti - telekommunikatsiya xizmatlari uchun abonent to'lovi hisoblanishini amalga oshirishda, Operator Billing tizimining texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni kechikish bilan amalga oshirilishi mumkin, uning davomiyligi esa amaliyot vaqtida tizimning yuklanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi.

konvergent tarif rejasi - yagona abonent to'lovi bilan bir nechta turdagi telekommunikatsiya xizmatlarini o'z ichiga olgan tarif rejasi.

2.2.    Telekommunikatsiya xizmatlarining hisob-kitob davrini shakllantirish va abonent to'lovini hisoblash qoidalari

 

2.2.1.     Konvergent tariflarda birlashtirilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun paketga kiritilgan barcha xizmatlar bo'yicha yagona abonent to'lovi hisoblanishi amalga oshiriladi. Belgilangan limitdan ortiq foydalanilgan xizmatlar yoki qo'shimcha xizmatlar uchun to'lovlar hisoblanishi alohida narxlar bo’yicha amalga oshiriladi. Konvergent tariflarda birlashtirilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun barcha to’lovlar hisoblanishi amaldagi Tariflar va xizmatlar narxnomasiga (tarif rejalariga) muvofiq yagona shaxsiy hisobda amalga oshiriladi.

 

2.2.2.      Abonent to’lovi Abonent tomonidan tanlangan asosiy xizmat narxidan, shuningdek, qo’shimcha xizmatlar uchun tegishli to’lovlardan iborat (tariflar shartlariga ko’ra faollashtirilgan yoki faollashtirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlar mavjud bo‘lgan hollarda).

 

2.2.3.      Abonent to‘lovining hisob-kitob davri bir oyni tashkil etadi va har bir Abonent uchun kalendar oyining birinchi kuniga bog‘lanmagan holda Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati berilgan kun va vaqtdan boshlab alohida hisoblanadi. Kelgusi hisob-kitob davri uchun Abonent to‘lovi hisoblanishi vaqti Telekommunikatsiya xizmatlariga Operator billing tizimining texnologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan surilishlar ehtimoli bilan ulanish imkoni taqdim etilgan avvalgi vaqtga qarab belgilanadi. Belgilangan hisob-kitob sanasida abonent to‘lovini yechib olish vaqtida Abonentning shaxsiy hisobidagi mablag‘lar miqdori amaldagi tariflarga muvofiq asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha abonent to‘lovi miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.

 

2.2.4.      Agar hisob-kitob sanasida abonent to‘lovi yechib olinayotgan vaqtda Abonentning shaxsiy hisobida yangi hisob-kitob davri uchun asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lmasa, abonent to‘lovi yechilmaydi, Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati Abonent tomonidan abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli miqdorda mablag‘lar kiritilgunga qadar, oldindan ogohlantirishlarsiz to‘xtatib turiladi.

 

2.2.5.      Agarda Abonent tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun belgilangan hisob- kitob sanasida to‘lov amalga oshirilmasa, xizmatlar “nofaol” maqomga o‘tkaziladi, Abonentning hisob-kitob davri abonent to‘lovi to‘langan sanaga suriladi.

Misol uchun: Agarda abonentning hisob-kitob sanasi har oyning

5-sanasiga belgilangan bo‘lsa va keyingi oyning 5-sanasiga qadar to‘lov amalga oshirilmasa, xizmatlar o‘chirib qo‘yiladi. Pul mablag‘lari 8-sanada to‘langanda, xizmatlarni taqdim etish qayta tiklanadi va bunda, kelgusi hisob-kitob sanasi har oyning 8-sanasiga suriladi.

 

2.2.6.      Agar Abonent uchun kalendar oyining oxirgi kunlarida Telekommunikatsiya xizmatlariga kirish imkoniyati taqdim etilgan bo‘lsa va keyingi kalendar oyida ushbu sanalar bo‘lmasa, ushbu oyning oxirgi kuni hisob-kitob sanasi sifatida qabul qilinadi.

Misol uchun: Agarda Abonentga Telekommunikatsiya xizmatlariga kirish imkoniyati 30-yanvar kuni taqdim etilgan bo‘lsa, keyingi abonent to‘lovi 28- yoki 29-fevral kuni (kalendar yiliga qarab) yechib olinadi. Kelgusida, agar Abonent tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, bundan keyingi hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovi 30-mart kuni yechib olinadi.

 

2.2.7.      Abonent tomonidan Shaxsiy kabinetda, Mobil ilova orqali yoki Sotuv va xizmat xizmat ko‘rsatish ofisida faollashtirilgan Asosiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan Qo‘shimcha xizmatlar Abonentning shaxsiy hisob raqamidan billing tizimida avtomat ravishda hisobdan chiqariladi.

 

2.3.    Konvergent tarifga birlashtirilganda telekommunikatsiya xizmatlari uchun abonent to‘lovini hisoblash va tarifikatsiyalash qoidalari

 

2.3.1.      Yangi abonentlar uchun - xizmatlarga ulanishda konvergent tarif rejasining hisob-kitob davri paketga kiritilgan xizmatlardan biri faollashtirilgan paytdan boshlab belgilanadi va faollashtirilgan xizmat uchun abonent to‘lovi yechib olinadi. Ikkinchi va keyingi xizmatlar faollashtirilganda (agar faollashtirish bir necha kundan keyin sodir bo‘lsa) abonent to‘lovi yechib olinadi va tarifga kiritilgan resurslar joriy hisob-kitob davri tugaguniga qadar qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Keyingi hisob-kitob davridan boshlab konvergent tarifga kiritilgan barcha xizmatlar uchun hisob-kitob davri tenglashtiriladi.

Misol uchun: yangi ulanishda konvergent tarif rejasiga Internet tarmog‘iga kirish xizmatlari (GPON texnologiyasi orqali) va mobil aloqa (bitta SIM-karta) kiritilgan. Mobil aloqa ulanish kunida 10-martda faollashtirildi, Internet tarmog’iga kirish xizmatlari montaj ishlari yakunlanganidan so’ng, abonent

12-mart kuni birinchi sessiyani (Internetga kirish) amalga oshirganida, faollashtirildi. Mobil aloqa yoqilgan paytdan boshlab hisob-kitob davri har oyning 10-kuniga belgilanadi va 10- martdan 10-aprelgacha bo‘lgan davr uchun mobil aloqa xizmatlarining abonent to‘lovi hisobdan yechib olinadi.

12-mart kuni Internet tarmog‘iga kirish xizmatlarini faollashtirishda

12-martdan 10-aprelgacha bo‘lgan davr uchun mutanosiblashtirilgan abonent to‘lovi yechib olinadi. 10-apreldan boshlab Internet tarmog’iga kirish va mobil aloqa xizmatlari uchun hisob- kitob davri har oyning 10-sanasiga (to’lov o’z vaqtida amalga oshirilish sharti bilan) moslashtiriladi va belgilanadi.

 

2.3.2.    Telekommunikatsiya xizmatlari avval ulangan, lekin birlashtirilmagan holda bo’lgan mavjud abonentlar uchun - mavjud telekommunikatsiya xizmatlari konvergent tarif rejasida birlashtirilganda, barcha xizmatlarning hisob-kitob davri ularning birlashtirilgan vaqtidan boshlab, belgilanadi. Ushbu holda telekommunikatsiya xizmatlarining avvalgi tarif rejalari bo’yicha foydalanilmagan kunlar va resurslar bekor qilinadi. Bunda, abonent to’lovi yechib olinishi va barcha birlashtirilgan telekommunikatsiya xizmatlari bo’yicha tarifga kiritilgan resurslar ajratilishi to’liq hajmda amalga oshiriladi. Agar xizmatlar birlashtirilgandan so’ng, abonent to’lovini yechib olish uchun shaxsiy hisobda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmasa, xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklanadi.

 

2.3.3.    Telekommunikatsiya xizmatlari avval ulangan va konvergent tarif rejasida birlashtirilgan holda bo’lgan mavjud abonentlar uchun - mavjud telekommunikatsiya xizmatlari konvergent tarif rejasiga qo’shilganda, barcha xizmatlarning hisob-kitob davri Internet xizmatlarining hisob- kitob davriga tenglashtiriladi. Bunda, abonent to’lovi yechib olinishi va boshqa barcha telekommunikatsiya xizmatlari bo’yicha tarifga kiritilgan resurslar ajratilishi Internet xizmatlari uchun hisob-kitob davri tugagunga qadar qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Agar xizmat birlashtirilgandan so’ng, mutanosiblashtirilgan abonent to’lovini yechib olish uchun shaxsiy hisobda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmasa, xizmatdan foydalanish imkoniyati cheklanadi.

 

2.4.    Konvergent tarif rejasida birlashtirilgan telekommunikatsiya xizmatlarining tarif rejasini o’zgartirish qoidalari

 

2.4.1.    Abonentlar tarif rejasini ikki usul bilan almashtirish imkoniyatiga ega:

1-usul. Operatorning Sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga (ish vaqtida) tarif rejasini almashtirish bo’yicha taqdim etilgan dastlabki yozma murojaatga asosan tarif rejasini almashtirish.

2-usul. Shaxsiy kabinet va Mobil ilova orqali tarif rejasini almashtirish.

 

2.4.2.    Tarif rejasini almashtirish uch variantda amalga oshirilishi mumkin:

Joriy sana bilan tarif rejasini almashtirish - faollashtirilgan vaqtdan boshlab amalga oshiriladi. Tanlangan xizmatning tarif rejasi o’zgartirilganda, abonent to’lovi hisoblanishi va tarifga kiritilgan resurslarni taqsimlash joriy hisob-kitob davri tugaguniga qadar qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Bunda, avvalgi tarif rejasidagi (hisob-kitob davri) foydalanilmagan resurslar qoldig’ini o’tkazish shartlari tarif rejalarining shartlarida belgilanadi. Tarif rejasi almashtirilganidan so’ng, balansda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo’yicha mutanosiblashtirilgan Abonent to’lovini yechib olish uchun kerakli miqdordagi mablag’larni shaxsiy hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.

Tarif rejasini kelgusi sana bilan almashtirish - faqat joriy hisob-kitob davrida keyingi hisob- kitob davrining hisob-kitob sanasi kelgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Tanlangan xizmatning tarif rejasi o’zgartirilganda, abonent to’lovi hisoblanishi va tarifga kiritilgan resurslar ajratilishi joriy hisob-kitob davri tugagunga qadar qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Tarif rejasi almashtirilgandan so’ng, balansda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo’yicha mutanosiblashtirilgan Abonent to’lovini yechib olish uchun kerakli miqdordagi mablag‘larni shaxsiy hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.

Keyingi hisob-kitob davri boshlangan vaqtdan boshlab tarif rejasini o’zgartirish - tarif rejasi almashtirilgandan so’ng, balansda yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo’yicha Abonent to’lovini amalga oshirish uchun kerakli miqdordagi mablag’larni shaxsiy hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.

 

2.4.3.    Yangi tarif rejasi bo’yicha Xizmatlarni faollashtirish Abonentning shaxsiy hisob raqamida tanlangan tarif rejasi bo’yicha to’liq Abonent to’lovini yechib olish uchun zarur summa mavjud bo’lgan holda, amalga oshiriladi.

 

2.4.4.    Yangi ulanish, shuningdek, arxiv tarif rejalariga o’tish imkoniyati mavjud emas. Agar Abonent arxiv tarif rejasidan yangi tarif rejasiga o’tsa, keyinchalik arxiv tarif rejasiga qaytib o’tish mumkin bo’lmaydi.

 

2.5.    To’lov usullari va shakllari

 

2.5.1.    Abonentlar Operatorning vakolatli vakillari orqali quyidagi tartibda to’lovlarni amalga oshiradilar:

-     naqd pul shaklida, naqd pulni banklar kassalari va o‘z-o‘ziga xizmat ko’rsatish terminallari (info-kioskalar) orqali to’lovni amalga oshirish yo’li bilan;

-     naqd pulsiz shaklda, elektron (chakana) to’lovlar tizimi yordamida, shu jumladan bank plastik kartalaridan foydalangan holda;

-     to’lov kartalarini faollashtirish orqali (ushbu to’lov turini ko’zda tutuvchi xizmatlar uchun).

 

2.5.2.    To’lov Internet xizmatlarining shaxsiy hisobi yoki mobil/statsionar telefon raqami bo’yicha amalga oshiriladi. To’lov usulidan qat’i nazar, barcha telekommunikatsiya xizmatlari uchun to'langan pul mablag'lari yagona shaxsiy hisobga kelib tushadi.

 

2.6.    Boshqa shartlar

 

2.3.3. Konvergent tarif rejalarida xizmatlarni taqdim etish va tariflashning qolgan shartlari har bir xizmat standarti bo'yicha tarif rejalari va qoidalarida belgilangan.

3 INTERNET XIZMATLARINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil qilmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni yuritayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bo'lgan shaxslar uchun).

 

3.1.    Umumiy qoidalar

 

3.1.1.    Ushbu qoidalar yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil qilmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni yuritayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bo'lgan shaxslar uchun “Internet, Uz-IX va TAS-IX tarmoqlariga kirish” Asosiy xizmatni taqdim etish tartibini belgilaydi.

 

3.1.2.    Xizmatlar faqat o'z ehtiyojlari uchun mo'ljallangan bo'lib, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.

 

3.1.3.     Operator tomonidan taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari Asosiy va Qo’shimcha xizmatlarga bo’linadi. Asosiy va Qo’shimcha telekommunikatsiya xizmatlari aloqa va axborotlashtirish sohasidagi ijroiya organining normativ-texnikaviy hujjatlarini inobatga olgan holda, amaldagi Litsenziyalar, shuningdek, Operatorga yoki O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tizimini tashkil qiluvchi telekommunikatsiya tarmoqlarining boshqa Operatorlariga tegishli bo‘lgan tarmoqlar va aloqa vositalarining texnik imkoniyatlari bilan belgilanadi va Operatorning Narxnomalari hamda tarif rejalarida ko‘rsatiladi. Asosiy va Qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlarining ro‘yxati, Abonentlar belgilangan tartibda oldindan ogohlantirilishi sharti bilan, Operatorning Narxnomalari va tarif rejalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi munosabati bilan o‘zgarishi mumkin.

 

3.2.    Xizmatlarni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari

 

3.2.1.     Xizmatlar tasdiqlangan va amaldagi Tariflar narxnomasiga (Tarif rejalarga) muvofiq taqdim etiladi.

 

3.2.2.     Tarifikatsiyalash faqatgina Internet tarmog‘idan kiruvchi trafik uchun amalga oshiriladi. Davr uchun kiruvchi trafik hajmining belgilangan limitidan ortiq sarflangan chiquvchi trafik hajmi tarifikatsiyalanadigan trafik hajmiga kiritiladi. Belgilangan limitdan ortiq foydalanilgan trafikning butun hajmi tanlangan tarif rejasiga muvofiq tarifikatsiyalanadi.

 

3.2.3.     Uz-IX, TAS-IX tarmoqlariga kiruvchi tarmoqlarning diapazonlari doirasidagi trafik, shuningdek, Operator tarmog‘i doirasidagi ichki trafik tarifikatsiyalanmaydi.

 

3.2.4.     Internet tarmog‘iga ulanishning chiquvchi tezligi kiruvchi tezlikdan oshmaydi. Tarif rejalarida belgilangan tezlikka nisbatan chiqish tezligi oshgan hollarda, to‘lov (tarif rejalarida boshqa shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) kiruvchi tezlik uchun tariflar bo‘yicha yechib olinadi.

 

3.2.5.     Abonent to‘loviga kiritilgan trafik limitining hajmi tarif rejasida belgilangan bo‘lib, sutkaning vaqtiga bog‘liq bo‘lmaydi (agar boshqasi yuridik shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun amaldagi Tariflar narxnomasidagi (Tarif rejalaridagi) shartlar va izohlarda aytib o‘tilmagan bo‘lsa).

 

3.2.6.     Taqdim etilgan trafik limitining sarflanmagan hajmi keyingi kalendar oyiga o‘tkazilmaydi.

 

3.2.7.     Abonent to‘lovining narxi yuridik shaxslar uchun Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasining narxidan iborat bo‘ladi.

 

3.2.8.     Birinchi ulanishda Abonentning shaxsiy hisobidan Ro’yxatga olish to’lovi (aksiya davrlari va sh.k. bundan mustasno) va Abonentlar (yuridik shaxslar) uchun tegishli tanlangan tarif (tarif rejasi) miqdoridagi Abonent to’lovi yechib olinadi.

 

3.2.9.     Kalendar oyi davomida Abonent birinchi marta ulanganda (oyning                   1-sanasidan

emas), Abonent to’lovining miqdori va Abonent to’loviga kiritilgan trafik limiti Abonent ulangan kundan boshlab, joriy kalendar oyining oxirgi sanasigacha proporsional ravishda qayta hisoblab chiqiladi, bunda, faollashtirish vaqtidan qat’i nazar, birinchi sutka uchun abonent to'lovi to'liq kalendar kuni uchun hisoblanadi. Oldindan to'langan to'lov va hisobdan chiqarilgan proporsional Abonent to'lovi o'rtasidagi farq Abonentning joriy saldosida aks ettiriladi va undan limitdan ortgan trafik uchun to'lovni amalga oshirish yoki keyingi oyning Abonent to'lovini amalga oshirish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.

 

3.2.10.    Har bir kalendar oyining birinchi sanasiga o'tar kechasi billing tizimida Abonent tomonidan o'tgan oy uchun joriy oyda to'lov to'liq amalga oshirilganligi holati tekshiriladi. Agar hisob to’langan bo’lsa, u holda kelgusi oy uchun Abonent to’lovi, Abonent shaxsiy hisobida mablag’lar mavjudligidan qat’i nazar, to'liq hajmda hisoblanadi (“testlash”, “ixtiyoriy blokirovka”, “majburiy blokirovka”, “tugatilgan” yoki “yopish jarayonida” maqomlarida bo‘lgan Abonentlar bundan mustasno).

 

3.2.11.    Agarda Abonent oyning birinchi sanasi kechasiga qadar joriy oyda taqdim etilgan hisob bo‘yicha to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan bo‘lsa, kelgusi oy uchun Abonent to‘lovi hisoblanmaydi, Abonent moliyaviy blokirovkaga tushadi va to‘lov amalga oshirilgunga qadar xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi (VIP-maqomidagi Abonentlar bundan mustasno).

 

3.2.12.    Agar Abonent yangi oyning o‘rtasida avval to‘lanmagan hisob bo‘yicha to‘lovni amalga oshirsa, moliyaviy blokirovka holatida bo‘lgan Abonent faol maqomga o‘tadi, xizmatlarga kirish imkoniyati qayta tiklanadi va bunda joriy oy uchun Abonent to‘lovi proporsional ravishda hisoblanishi amalga oshiriladi. Bunday hollarda Abonent to‘lovining miqdori hisob bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan kundan boshlab, joriy oyning oxirigacha bo‘lgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Hisob bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgan kun vaqtidan qat’i nazar, birinchi kun uchun Abonent to‘lovi to‘liq miqdorda hisoblanadi. Cheklangan tarif rejasidan foydalanilgan hollarda, Abonentga trafikning mutanosib hajmi taqdim etiladi.

 

3.2.13.    Shuningdek, billing tizimida, Abonent shaxsiy hisobidan Abonent tomonidan Shaxsiy kabinetda yoki Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida faollashtirilgan Asosiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar avtomat ravishda yechib olinadi.

 

3.2.14.    Operatorning billing tizimida barcha yozuvlar va oxirgi 12 oy chida Abonentning shaxsiy hisobidan yechib olingan va shaxsiy hisobida hisoblangan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar Shaxsiy kabinetda saqlanadi va aks ettiriladi.

 

3.3.    Tarif rejasini almashtirish qoidalari

 

3.3.1.    Abonentlar UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga yozma arizani taqdim etish orqali tarif rejasi almashinishi kutilayotgan sanadan kamida 5 ish kuni avval quyidagi usullardan biridan foylalangan holda, tarif rejasini almashtirish imkoniyatiga ega:

-     Abonentning dastlabki arizasi bo‘yicha keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan boshlab tarif rejasini almashtirish uchun buyurtma berish mumkin. Tarif rejasi almashtirilishini bekor qilish keyingi kalendar oyining birinchi sanasiga qadar Operatorga o‘z vaqtida yozma ravishda xabar berish sharti bilan amalga oshiriladi;

-     joriy oy davomida arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab. Ushbu holda, avvalgi va yangi tarif rejasi bo‘yicha xizmatlar narxining proporsional hisob-kitobi, ishlatilgan va oy oxirigacha qolgan kunlar soniga qarab, amalga oshiriladi. Oyning 1-sanasidan boshlab tarif rejasini o‘zgartirish paytigacha avval hisoblangan Abonent to‘lovi va taqdim etilgan xizmatlar limitlari avvalgi tarif rejasi shartlari bo‘yicha quyida keltirilgan formula tavsifiga muvofiq qayta hisoblanadi. Tarif rejasi o‘zgargan kundan boshlab, kalendar oyning oxirigacha Abonent to‘lovining narxi va taqdim etilgan xizmatlar limitlari hajmining hisob-kitobi yangi tarif rejasi shartlariga muvofiq qolgan kunlarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi, bunda, tarif rejasi o‘zgargan vaqtdan qat’i nazar, joriy kun uchun Abonent to‘lovi yangi tarif rejasi shartlariga muvofiq to‘liq kalendar kun uchun hisoblanadi.

Joriy oy davomida tarif rejalarini o‘zgartirish qoidalari quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:

Trafigi cheklanmagan tarif rejasini o’zgartirish uchun

A / B * C = D

Bu yerda:

“A” - tarif rejasi bo’yicha Abonent to’lovi;

“B” - joriy kalendar oyidagi kunlar soni;

“C” - joriy tarif rejasi bo‘yicha tarif rejasi o‘zgargan kunga qadar ishlatilgan kunlar soni;

“D” - abonent to‘lovini qayta hisoblash uchun tarif rejasi bo‘yicha o‘zgargan paytgacha amalga oshirilgan to‘lovlar miqdori.

Trafik hajmi cheklangan tarif rejasini o‘zgartirish uchun

1)                A / B * C = E

2)                F / B * C = G

3)                H - G = K*

4)                K * I = J

5)                E + J = D

*agar K natija salbiy bo’lsa, Abonent to’lovini qayta hisoblash uchun

E qiymati qo’llaniladi, agarda ijobiy bo’lsa, keyingi hisob-kitob quyidagi formula bo’yicha amalga oshiriladi:

Bu yerda:

“A”     - tarif rejasi bo’yicha Abonent to’lovi;

“B”     - joriy kalendar oyidagi kunlar soni;

“C”     - tarif rejasi o’zgargan kunga qadar joriy tarif rejasi bo’yicha xizmatlardan foydalanilgan

kunlar soni;

“D”     - abonent to’lovini qayta hisoblash uchun tarif rejasi o’zgargan paytgacha tarif rejasi

bo’yicha hisoblangan to’lovlar summasi;

“E”     - xizmatlardan foydalanilgan kunlar soni bo’yicha mutanosiblashtirilgan Abonent to’lovi

summasi;

“F”      - abonent to’lovi doirasidagi trafik limiti;

“G”     - abonent to’loviga kiritilgan xizmatlardan foydalanilgan kunlar soniga ko’ra

mutanosiblashtirilgan trafik hajmi;

“H”     - tarif rejasi o’zgartirilgan kunga qadar aslida ishlatilgan trafik hajmi;

“I”      - limitidan ortiq ishlatilgan 1 MB trafik uchun narx;

“J”      - limitidan ortiq ishlatilgan trafik hajmining summasi;

“K”     - aslida ishlatilgan va tarif rejasi doirasida taqdim etilgan mutanosiblashtirilgan trafik

o’rtasidagi farq.

 

1.1.2.      Tarif rejasini oyda faqat bir marta almashtirish mumkin.

 

1.1.3.      Tarif rejasini almashtirish amaliyoti bepul amalga oshiriladi.

 

1.1.4.      Yangi ulanishni amalga oshirish, shuningdek, arxiv tarif rejalariga o’tish mumkin emas. Agarda Abonent arxiv tarif rejasidan yangi tarif rejasiga o’tsa, keyinchalik arxiv tarif rejasiga qaytib o’tish mumkin bo’lmaydi.

 

3.4.      Yuridik shaxs bo’lgan Abonentni blokirovka qilish va xizmatni o’chirib qo’yish qoidalari

 

3.4.1.    Mazkur shartlar doirasida Abonentlar (yuridik shaxslar) uchun Operator Xizmatlaridan foydalanishni blokirovka qilish quyidagi tartibda amal oshiriladi:

 

3.4.1.1.    Abonentning joriy vaqtda qarzi bo’lmagan hollarda (ya’ni, oxirgi taqdim etilgan hisob- fakturada ko'rsatilgan butun summa hisob-fakturada belgilangan muddatda to'langan bo'lsa), Abonent shaxsiy hisob raqamidagi saldodan qat’i nazar, blokirovka qilinmaydi.

 

3.4.1.2.    Bunda, agar Abonentning joriy vaqtdagi qarzi joriy kalendar oyining oxirgi sanasigacha saqlanib qolgan bo‘ lsa, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati avtomat ravishda o‘chirib qo‘yiladi, Abonent hisobining maqomi keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan “Blokirovka qilingan” maqomiga o‘tkaziladi. Joriy vaqtdagi Abonent qarzining tegishli summasi to‘langanda Xizmatlardan foydalanishni faollashtirish avtomat ravishda amalga oshiriladi.

 

3.4.1.3.    Shaxsiy hisobning “Blokirovka qilingan” maqomi Abonent bilan tuzilgan Shartnoma holatini nofaol holatga o‘tkazadi va Operatorning billing tizimi ushbu Shaxsiy hisob bilan hech qanday amallarni (shu jumladan hisobdan chiqarishlarni) bajarmaydi, bunda, Asosiy xizmat va u bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish blokirovka qilingan bo‘ladi.

 

3.4.1.4.    Agarda blokirovka qilingan Abonent o‘z Xizmatlarini yangidan faollashtirishni istasa, u Abonent to‘lovi va ulangan qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha joriy qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi lozim, bunda Abonent to‘lovi miqdori to‘lov kiritilgan sanadan joriy oyda qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda hisoblanadi.

 

3.4.1.5.    Agar Abonent (yuridik shaxs) 1 to‘liq kalendar oyidan ko‘p vaqt davomida “Blokirovka qilingan” maqomda bo‘lsa, billing tizimi Abonent shaxsiy hisobining maqomini “Tugatilgan” maqomiga o‘zgartiradi. Operator “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan Abonent bilan Asosiy xizmat va bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha tuzilgan shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

 

3.4.1.6.    Yuridik shaxs bo‘lgan Abonentning Operator Xizmatlaridan uzib qo‘yilishi va u bilan tuzilgan shartnomaning bir tomonlama tartibda bekor qilinishi Abonentni kerakli tarzda rasmiylashtirilgan hisob-fakturalarda ko‘rsatilgan qarzlar summasini to‘lashdan ozod etmaydi.

 

3.4.1.7.    Shaxsiy hisob raqamlari “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan sobiq Abonentlar eski shartnomalarni tiklay olmaydilar va ular Xizmatlarga ulanish istagini bildirganda yangi Abonentlar uchun mo‘ljallangan barcha tegishli qoidalarni qo‘llagan holda, yangi Abonentlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

 

3.5.      Abonentning tashabbusi bilan xizmatni o'chirib qo'yish yoki shartnomani bekor qilish qoidalari

 

3.5.1.    Abonent o‘z tashabbusi bilan Xizmatlarni o'chirib qo'yish istagini bildirganda:

 

3.5.1.1.    Abonent Operatorning Sotuv va xizmat ko'rsatish ofisiga yozma ravishda ariza berishi kerak.

 

3.5.1.2.    Xizmatlar uchun Operator oldidagi mavjud qarzlari bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishi kerak.

 

3.5.1.3.    Abonent tashabbusi bilan va u bilan kelishilgan holda Operator Xizmatlaridan uzib qo’yish quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:

-     keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan. Bunda, Abonent Operatorga tegishli bo’lgan barcha uskunalarni keyingi 3 kun ichida to‘liq jamlangan va ishga yaroqli holatda qaytarishi lozim;

-     xizmat o‘chirilishi to‘g‘risidagi ariza joriy oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etilishi sharti bilan, joriy oy davomida. Xizmatni o‘chirib qo‘yish muddati - ariza berilgan kundan boshlab (Abonent tomonidan ko‘rsatiladi), 5 ish kuni davomida. Bunday holda Abonentning maqomi Abonent tomonidan ko‘rsatilgan sanadan boshlab, “Blokirovka qilingan” maqomiga o‘zgartiriladi. Bunda, joriy oy uchun hisobdan chiqarilgan Abonent to‘lovi va qo‘shimcha bog‘langan xizmatlar uchun to‘lovlar bekor qilinadi, qaytarib berilmaydi va qayta hisoblanmaydi.

 

3.5.1.4.    Shartnoma bekor qilingan vaqtda Abonent (yuridik shaxs)ning shaxsiy hisobida ijobiy saldo mavjud bo‘lgan holda, Abonent pul mablag‘larining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan qaytarilishini talab qilishga haqli. Muqobil variant sifatida, Abonent pul mablag‘larining qoldig‘ini to‘liq hajmda Operator tomonidan Abonentga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatning (masalan, qayd qilingan telefoniya xizmatlarining hisobiga va b.) shaxsiy hisobiga o‘tkazilishini so‘rashi ham mumkin.

 

3.6.       To’lov usullari va shakllari

 

3.6.1.    Abonentlar to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda Operatorning shartnomada ko‘rsatilgan hisob raqamlariga pul o‘tkazish orqali amalga oshiradilar.

4 “IPTV INTERAKTIV RAQAMLI TELEVIDENIE” XIZMATINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, yuridik shaxsni tashkil qilmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni amalga oshiradigan fuqarolik- huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lgan shaxslar uchun).

 

4.1.       Xizmatni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalari

 

4.1.1.    Xizmat tasdiqlangan va amaldagi Tariflar narxnomasi (Tarif rejalari)ga muvofiq taqdim etiladi.

 

4.1.2.    Ushbu xizmat Asosiy xizmat hisoblanadi va boshqa xizmatlardan alohida taqdim etilishi mumkin.

 

4.1.3.    Ushbu xizmatdan foydalanishda Operator tarmog‘i ichida yuzaga keladigan trafik tarifikatsiyalanmaydi.

 

4.1.4.    Ushbu xizmat, Abonent liniyasining uzunligiga qarab, texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda va Operator uskunasidan Abonentning oxirlovchi terminaligacha bo‘lgan masofada Abonent liniyasining texnik talablarga muvofiq yetarli darajada ma’lumotlar uzatilishi ta’minlanganda, Operator tarmog‘i ichida taqdim etiladi. Abonent liniyasining parametrlari texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan hollarda, xizmat taqdim etilmaydi. Abonent, ushbu xizmat bo‘yicha shartnoma tuzilgunga qadar arizada ko‘rsatilgan manzil va jihozlangan ulanish nuqtasigacha liniya parametrlari dastlabki tekshiruvdan o‘tkazilishi uchun Operator nomiga ariza berishi kerak. Operator mavjud usullar bilan, shu jumladan tegishli mutaxassisni yuborgan holda, liniyani tekshiruvdan o‘tkazadi. Abonent liniyasi talab qilinadigan parametrlarga munosib bo’lganda, Abonentga Operatorning Sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga shartnoma tuzish uchun kelishi lozimligi to’g’risda xabar beriladi.

 

4.1.5.    Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Abonent Operatorning taqdim etiladigan kanalida IPTV texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus Set-Top-Box uskunasiga ega bo‘lishi kerak. Kerakli uskuna tasdiqlangan va amaldagi Narxnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq, shartnomani imzolash paytida Operator tomonidan taqdim etiladi.

 

4.1.6.    Abonent to‘lovi ushbu xizmatga mos keladigan, Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasi narxidan iborat.

 

4.1.7.    Yangi Abonent birinchi marta ulanganda Abonentning shaxsiy hisob raqamidan Ro‘yxatga olish to‘lovi (aksiyalar davri va sh.k. bundan mustasno) va IPTV Asosiy xizmatining tanlangan Tarif rejasi va qo‘shimcha xizmatlar uchun tariflarga muvofiq miqdorda Abonent to‘lovi yechib olinadi. Shuningdek, qo‘shimcha sarflangan materiallar (abonent uchastkasiga tegishli sarflangan materiallar - DROP-kabel, UTP-kabel, PPV-sim, konnektor va boshqalar) ishlatilganda qo’shimcha to’lov olinishi mumkin.

 

4.1.8.    Yangi Abonent kalendar oyi davomida (1-sanadan boshlab emas) ulanganda, Abonent to’lovining miqdori, joriy kalendar oyining oxirgi sanasigacha ulangan kundan boshlab, proporsional ravishda qayta hisoblab chiqiladi. Oldindan to’langan to’lov va hisobdan chiqarilgan proporsional Abonent to’lovi o’rtasidagi farq Abonentning joriy saldosida aks ettiriladi va undan to’lov yoki keyingi oyning Abonent to’lovi uchun foydalanish mumkin bodadi.

 

4.1.9.    Abonentning moslashuvchan va ushbu xizmat uchun sozlangan shaxsiy uskunasidan foydalangan holda Xizmatga ulanilganda, jismoniy shaxslardan shaxsiy hisob raqamidan Ro'yxatga olish uchun to’lov yechib olinmaydi.

 

4.1.10.     Jismoniy shaxslar bodgan Abonentlar uchun Abonent to’lovi hisoblanishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-     har bir kalendar oyining birinchi sanasida billing tizimida, Abonent hisob raqamida Abonent to’lovining 100 foizidan ko‘p yoki unga teng miqdordagi summa bo’lishi sharti bilan, Abonentning shaxsiy hisob raqamidan tarif rejasining har oylik Abonent to’lovidan 100 foiz miqdoridagi summa avtomat ravishda yechib olinadi.

-     Abonentning shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdorda mablag’lar bo’lmagan holda, Xizmatdan foydalanish tegishli summa to’langunga qadar, uzib qo’yiladi va Abonent to’lovini yechib olish Abonentning shaxsiy hisob raqamiga tegishli summa kelib tushgan kunda amalga oshiriladi. Bunda, to’lov joriy kalendar oyi davomida amalga oshirilishi kerak, to’lov oyning qaysi kunida bajarilganidan qat’i nazar, Abonent to'lovi to'lov kunidan joriy kalendar oyining oxirgi kunigacha mutanosib ravishda qayta hisoblanadi.

 

4.1.11.    Yuridik shaxslar uchun Abonent to'lovi hisoblanishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - har bir kalendar oyining birinchi sanasiga o'tar kechasi billing tizimida Abonent tomonidan o'tgan oy uchun joriy oyda to'lov to'liq amalga oshirilganligi holati tekshiriladi. Agar hisob to'langan bo'lsa, u holda kelgusi oy uchun Abonent to'lovi, Abonent shaxsiy hisobida mablag'lar mavjudligidan qat’i nazar, to'liq hajmda qo'shib hisoblanadi (“Testlash”, “Ixtiyoriy blokirovka”, “Majburiy blokirovka”, “Tugatilgan” yoki “Yopiq” maqomlarida bo'lgan Abonentlar bundan mustasno). Bunda, to'lov amalga oshirilgan va xizmatlar yoqilgan kun vaqtidan qat’i nazar, birinchi kun uchun Abonent to'lovi to'liq kalendar kun uchun qo'shib hisoblanadi;

-     agarda Abonent oyning birinchi sanasi kechasiga qadar joriy oyda taqdim etilgan hisob bo'yicha to'lovni to'liq amalga oshirmagan bo'lsa, kelgusi oy uchun Abonent to'lovi hisoblanmaydi, Abonent moliyaviy blokirovkaga tushadi va to’lov amalga oshirilgunga qadar xizmatlardan foydalanish imkoniyati ham bloklanadi (VIP-maqomidagi Abonentlar bundan mustasno);

-     agar Abonent yangi oyning o’rtasida (davomida) avval to’lanmagan hisob bo’yicha to’lovni amalga oshirsa, moliyaviy blokirovka holatida bo‘lgan Abonent faol maqomga o‘tadi, xizmatlarga kirish imkoniyati qayta tiklanadi va bunda, joriy oy uchun Abonent to‘lovi proporsional ravishda hisoblanishi amalga oshiriladi. Bunday hollarda Abonent to‘lovining miqdori hisob bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan kundan boshlab, joriy oyning oxirigacha bo‘lgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Hisob bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgan kun vaqtidan qat’i nazar, birinchi kun uchun Abonent to‘lovi to‘liq miqdorda hisoblanadi.

 

4.1.12.    Operatorning billing tizimi Set-Top-Box orqali yoki Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida faollashtirilgan Asosiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan Qo‘shimcha xizmatlar ucnun pul mablagdarini ham avtomat ravishda Abonentning Shaxsiy hisobidan yechib oladi.

 

4.1.13.     Operatorning billing tizimi barcha yozuvlarni va Abonent Shaxsiy hisobidagi barcha hisobdan chiqarishlar tarixini hamda Abonent Shaxsiy hisobiga oxirgi 12 oy ichida hisoblangan pul mablag'larini ham hisobga oladi.

 

4.2.    Tarif rejasini almashtirish qoidalari

 

4.2.1.    Abonentlar tarif rejasini ikkita usul bilan almashtirish imkoniyatiga ega:

1-usul. Abonentlarning Sotuv va xizmat ko'rsatish ofisiga dastlabki yozma talabnomasi bo'yicha ish vaqtida, keyingi kalendar oyining boshigacha tarif rejasini almashtirish. Bunday holda tarif rejasi keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan boshlab tanlangan tarif rejasiga almashtiriladi.

2-usul. Abonentning Shaxsiy kabinet orqali rasmiylashtirilgan dastlabki talabnomasi bo'yicha tarif rejasini almashtirish. Bunday holda tarif rejasi keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan boshlab tanlangan tarif rejasiga almashtiriladi. Tarif rejasi almashtirilishini bekor qilish ham keyingi kalendar oyining birinchi sanasigacha amalga oshirilishi mumkin.

 

4.2.2.    Tarif rejasi almashtirilganidan keyin, balansda yetarli miqdorda mablag'lar bo'lmagan holda, Abonent tomonidan yangi tarif rejasi bo'yicha Abonent to'lovi uchun kerakli summa Abonent Shaxsiy hisobiga kiritilguniga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati blokirovka qilinadi.

 

4.2.3.    Xizmatlarni yangi tarif rejasi bo'yicha faollashtirish Abonentning Shaxsiy hisobida tanlangan tarif rejasi bo'yicha Abonent to'lovini qoplash uchun yetarli summa mavjud bo'lganda amalga oshiriladi.

 

4.2.4.    Tarif rejasini almashtirish amaliyoti bepul amalga oshiriladi.

 

4.3.    Operator tomonidan Abonentni blokirovka qilish va xizmatni o'chirib qo'yish qoidalari

 

4.3.1.    Jismoniy shaxslar bo'lgan abonentlar uchun Operator Xizmatlaridan foydalanishni blokirovka qilishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

 

4.3.1.1.    Xizmatlardan foydalanish imkoniyati kalendar oyining oxirigacha ijobiy balansda bo'lgan hollarda taqdim etilishi mumkin.

 

4.3.1.2.     Agar to’liq kalendar oyi davomida Abonentning Shaxsiy hisobidagi saldo Abonent to’lovini to’liq hisobdan chiqarish uchun yetarli bo’lmay qolaversa, keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan boshlab Operatorning billing tizimida Abonent Shaxsiy hisobining maqomi avtomat ravishda “Blokirovka qilingan” maqomga o‘tkaziladi.

 

4.3.1.3.     Shaxsiy hisobning “Blokirovka qilingan” maqomi Abonent bilan Shartnoma holatini aktiv bo‘lmagan holatga o‘tkazadi va Operatorning billing tizimi ushbu Shaxsiy hisob bilan hech qanday amallarni (shu jumladan hisobdan chiqarishlarni) bajarmaydi va bunda, bog‘langan Qo‘shimcha Xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklanadi.

 

4.3.1.4.     Agar Abonent “Blokirovka qilingan” maqomida to‘liq bir kalendar oyidan ko‘p vaqt davomida bo‘lsa, billing tizimi Abonent Shaxsiy hisobining maqomini 

“Tugatilgan” maqomiga o‘zgartiradi va shu vaqtdan boshlab, Operator Abonent tomonidan Operator uskunasida band qilingan portni bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi.

 

4.3.1.5.     “Tugatilgan” maqomida bo‘lganda Operator Asosiy xizmat va bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha Abonent bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

 

4.3.1.6.     Shartnoma bekor qilinganda, Abonent tomonidan muloqot uchun taqdim etilgan raqamlar bo‘yicha Shartnoma bekor qilinishi fakti to‘g‘risida va Shartnoma amal qilish vaqti davomida Abonentga taqdim etilgan Abonent uskunasini qaytarish zarurligi to‘g‘risida Abonent xabardor qilinadi. Xarid qilingan uskuna qaytarilmaydi.

 

4.3.1.7.     Abonent Shartnomaning amal qilish vaqti davomida taqdim etilgan Abonent uskunasini 30 kalendar kuni ichida qaytarib berishga majbur. Aks holda, uskunani qaytarish masalasi sudga beriladi.

 

4.3.1.8.     Shaxsiy hisoblari “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan sobiq Abonentlar eski shartnomalarni tiklay olmaydilar va ular tomonidan Xizmatlarga ulanish istagi bildirilganda, yangi Abonentlar uchun mo‘ljallangan barcha tegishli qoidalarni qo‘llagan holda, ular yangi Abonentlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

 

4.3.1.9.     Agar “Blokirovka qilingan” maqomda bo‘lgan Abonent Xizmatlari yangidan faollashtirilishini xohlasa, joriy oy uchun 100 foiz miqdorda Abonent to‘loviga teng bo‘lgan summani kiritishi kerak.

 

4.3.2.      Yuridik shaxslar bo‘lgan Abonentlar uchun Operator Xizmatlaridan foydalanishni blokirovka qilishning quyidagi qoidalari amal qiladi:

 

4.3.2.1.     Abonentning joriy vaqtda qarzi bo‘lmagan hollarda (ya’ni, oxirgi taqdim etilgan hisob- fakturada ko‘rsatilgan butun summa hisob-fakturada belgilangan muddatda to‘langan bo‘lsa), Abonent shaxsiy hisobidagi saldodan qat’i nazar, blokirovka qilinmaydi.

 

4.3.2.2.     Agar bunda, Abonentning joriy vaqtdagi qarzi joriy kalendar oyining oxirgi sanasigacha saqlanib qolgan bo‘lsa, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati avtomat ravishda uzib qo‘yiladi, Abonent hisobining maqomi keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan “Blokirovka qilingan” maqomiga o‘tkaziladi. Xizmatlardan foydalanishni faollashtirish Abonent tomonidan joriy vaqtdagi qarzining tegishli summasi to‘langanda, avtomat ravishda amalga oshiriladi.

 

4.3.2.3.    Shaxsiy hisobning “Blokirovka qilingan” maqomi Abonent bilan tuzilgan Shartnoma holatini nofaol holatga o‘tkazadi va Operatorning billing tizimi ushbu Shaxsiy hisob bilan hech qanday amallarni (shu jumladan hisobdan chiqarishlarni) bajarmaydi, bunda, Asosiy xizmat va u bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish blokirovka qilingan bo‘ladi.

 

4.3.2.4.    “Blokirovka qilingan” maqomda bo‘lgan Abonent Xizmatlarini yangidan faollashtirishni istasa, u Abonent to‘lovi va ulangan Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha joriy qarzlarini to‘lashi lozim, bunda, Abonent to‘lovi miqdori to‘lov kiritilgan sanadan joriy oyda qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda hisoblanadi.

 

4.3.2.5.    Agar yuridik shaxs bo‘lgan Abonent 1 to‘liq kalendar oyidan ko‘p vaqt davomida “Blokirovka qilingan” maqomda bo‘lsa, billing tizimi Abonent Shaxsiy hisobining maqomini “Tugatish” maqomiga o‘zgartiradi. Operator “Tugatish” maqomida bo‘lgan Abonent bilan Asosiy xizmat va bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha tuzilgan Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.

 

4.3.2.6.    Yuridik shaxs bo‘lgan Abonentning Operator Xizmatlaridan uzib qo‘yilishi va u bilan Shartnomaning bir tomonlama tartibda bekor qilinishi Abonentni kerakli tarzda rasmiylashtirilgan hisob-fakturalarda ko‘rsatilgan qarzlar summasini to‘lashdan ozod etmaydi.

 

4.3.2.7.    Shaxsiy hisob raqamlari “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan sobiq Abonentlar eski Shartnomalarni tiklay olmaydilar va ular Xizmatlarga ulanish istagini bildirganda yangi Abonentlar uchun mo‘ljallangan barcha tegishli qoidalarni qo‘llagan holda, yangi Abonentlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

 

4.4.    Abonentning tashabbusi bilan xizmatni o’chirib qo’yish

 

4.4.1.        Abonent o‘z tashabbusi bilan Xizmatlarni o‘chirib qo‘yish istagini bildirganda:

 

4.4.1.1.                       Abonent tomonidan o‘rnatilgan tartibda Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga yozma

ravishda ariza berilishi, shuningdek, Operatorga tegishli bo‘lgan barcha uskunalar to‘liq, but va ishga yaroqli holatda qaytarilishi hamda Xizmatlar uchun mavjud qarzlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilishi lozim.

 

4.4.1.2.                       Abonent tashabbusi bilan Xizmatni o‘chirib qo‘yish ikki variantda amalga

oshirishi mumkin:

-     keyingi kalendar oyining birinchi sanasidan;

-     Xizmat o‘chirib qo‘yilishi to‘g‘risidagi ariza joriy oyning

25-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etilishi sharti bilan, joriy oy davomida. Xizmatni o‘chirib qo‘yish muddati - ariza berilgan paytdan boshlab (Abonent tomonidan ko‘rsatiladi), 5 ish kuni davomida. Bunday holda Abonentning maqomi Abonent tomonidan ko‘rsatilgan sanadan boshlab, “Blokirovka qilingan” maqomiga o‘zgartiriladi.

Bunda, Abonent keyingi kalendar oyining birinchi bo‘lmagan sanasidan uzib qo‘yilgan holda, joriy oy uchun hisobdan chiqarilgan Abonent to‘lovi va qo‘shimcha bog‘langan xizmatlar uchun to‘lov bekor qilinib, qaytarib berilmaydi va qayta hisoblanmaydi.

 

4.4.1.3.                       Shartnoma bekor qilingan vaqtda Abonentning Shaxsiy hisobida ijobiy saldo mavjud bo‘lgan holda, Abonent pul mablag‘larining qoldiqlari to‘liq hajmda Abonentga Operator tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmat bo‘yicha shaxsiy hisobiga (masalan, qayd qilingan telefoniya xizmatlarining hisobiga va b.) o‘tkazilishi mumkin. Abonentning Shaxsiy hisobidagi pul mablag‘lari naqd pul shaklida qaytarilmaydi. Pul mablag‘lari Abonentning bankdagi hisob raqamiga yoki plastik kartasiga o‘tkazilishi mumkin.

 

5.        “XIZMATNI ZAXIRALASH” VA “XIZMATNI IXTIYORIY BLOKIROVKA QILISH” QO’SHIMCHA XIZMATLARINI TAQDIM ETISH TARTIBI.

 

5.1.    Umumiy qoidalar

 

5.1.1.     Zarur hollarda, Abonent “Xizmatni zaxiralash” va “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” qo’shimcha xizmatlaridan (keyingi o‘rinlarda - Qo‘shimcha xizmatlar) - Operator uskunasida Abonent uchun portni saqlagan holda, tanlangan va foydalaniladigan Asosiy xizmatlardan foydalanishni vaqtincha uzib qo‘yish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

 

5.1.2.     Qo‘shimcha xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun Asosiy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lib, Shartnoma tuzilgan Asosiy xizmatlarga qo‘shimcha xizmat sifatida taqdim etiladi.

 

5.1.3.     Qo‘shimcha xizmatlarning narxi amaldagi Narxnomaga muvofiq yechib olinadi.

 

5.1.4.     Bir kalendar yili davomida Qo’shimcha xizmatlarni faollashtirishning minimal muddati - bitta hisob-kitob davri, maksimal muddati - 2 ta hisob-kitob davrini tashkil etadi.

 

5.2.    Qo’shimcha xizmatlarni faollashtirish

 

5.2.1.     Qo’shimcha xizmatlarni faqat keyingi hisob-kitob davrining birinchi sanasidan faollashtirish mumkin.

 

5.2.2.     “Xizmatni zaxiralash” xizmatini faollashtirish imkoniyati faqat jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi va Abonent bitta hisob-kitob davridan ortiq vaqtda moliyaviy blokirovkada bo’lgan hollarda, avtomat tarzda amalga oshiriladi. “Xizmatni zaxiralash” xizmati uchun Abonent Shaxsiy hisobidan pul mablag’larini hisob-kitob qilish va yechib olish tartibi “Jismoniy shaxslar uchun Internet va Uz-IX, TAS-IX tarmoqlariga kirishni taqdim etish” Asosiy xizmatlarida belgilangan.

 

5.2.3.     Jismoniy shaxslar uchun “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” xizmatini faollashtirish Abonentning arizasiga binoan, Operatorning sotuv va xizmat ko’rsatish ofislarida yoki Shaxsiy abinet orqali amalga oshiriladi, yuridik shaxslar esa xizmatni faqat ariza orqali faollashtiradilar.

 

5.3.    Qo‘shimcha xizmatlarni deaktivatsiya qilish

 

5.3.1.     “Xizmatni zaxiralash” xizmatini deaktivatsiya qilish joriy tarif rejasi bo’yicha har oylik Abonent to’lovi va “Xizmatni rezervlash” qo’shimcha xizmati bo’yicha to’lov amalga oshirilganda, avtomat ravishda amalga oshiriladi, bunda, tarif rejasi bo’yicha Abonent to’lovining hisob-kitobi xizmatni taqdim etish va tarifikatsiyalash qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

5.3.2.     “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” xizmatini deaktivatsiya qilish Abonent tomonidan ma’lum qilingan “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” xizmatining amal qilish muddati tugaganidan so'ng, amalga oshiriladi, xizmat tegishli hisob-kitob davrining hisob-kitob sanasidan boshlab avtomat ravishda deaktivatsiya qilinadi va Abonentning shaxsiy hisob raqamidan amaldagi tarif rejasi bo'yicha Abonent to'lovi hamda “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” xizmati uchun tegishli summa yechib olinadi.

 

5.3.3.     Yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lgan Abonentlar “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish”’ xizmatini muddatdan oldin deaktivatsiya qilishlari va avvalgi yoki yangi tarif rejasi bo‘yicha xizmatlardan foydalanishni qaytadan tiklashlari mumkin. Bunday hollarda, yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar xizmatni deaktivatsiya qilish sanasi va kerakli tarif rejasini (joriy yoki yangi) ko‘rsatgan holda, Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida xizmatni deaktivatsiya qilish to‘g‘risida yozma ariza rasmiylashtirishi kerak. Asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati ko‘rsatilgan sanadan va ko‘rsatilgan tarif rejasida avtomat ravishda faollashtiriladi. Shuningdek, jismoniy shaxslar “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” qo‘shimcha xizmatini Shaxsiy kabinetda deaktivatsiya qilishlari mumkin.

 

5.3.4.     “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” xizmatini muddatidan oldin deaktivatsiya qilish hollarida Asosiy xizmatlar bo‘yicha Abonent to’lovini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-     yuridik shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” xizmati deaktivatsiya qilingan vaqtdan boshlab va kalendar oyining yakuniga qadar Abonent to‘lovi keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etish qoidalari va shartlariga ko‘ra, qayta hisoblab chiqiladi;

-     jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun Abonent to‘lovi to‘liq hajmda hisoblanadi, bitta hisob-kitob davri uchun to‘liq xizmatlar hajmi taqdim etiladi, bunda hisob-kitob sanasi “Xizmatni ixtiyoriy blokirovka qilish” xizmati deaktivatsiya qilingan kunga suriladi.

5.4.    Boshqa shartlar

 

5.4.1.     Jismoniy va yuridik shaxslar uchun: to‘liq bo‘lmagan bir oy davomida Qo‘shimcha xizmatlardan foydalangan davr uchun to‘lovlar summasi 1 oy davomida foydalanilgan xizmatlar sifatida hisob-kitob qilinadi.

 

5.4.2.     Jismoniy va yuridik shaxslar uchun: Qo‘shimcha xizmatlar uchun avval hisobdan chiqarilgan summa bekor qilinib, qaytarib berilmaydi va qayta hisob-kitob qilinmaydi.

 

5.4.3.     Qo‘shimcha xizmatlar Asosiy xizmatlardan alohida taqdim etilmaydi.

 

5.4.4.     Qo‘shimcha xizmatlarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, Abonent tomonidan Asosiy xizmatlar uchun Abonent to‘lovi amalga oshirilmagan hollarda, Abonent bitta hisob- kitob davridan ortiq bo‘lmagan muddatga “To‘lov kutilmoqda” maqomiga o‘tkaziladi. Keyingi hisob-kitob davrida Operator bir tomonlama tartibda Abonentga ulangan xizmatlarni uzib qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi va Operatorning uskunasi qaytarishi lozimligi to‘g‘risida Abonentni xabardor qiladi.

 

6.        “STATIK IP-MANZIL” QO’SHIMCHA XIZMATINI TAQDIM ETISH TARTIBI

 

6.1.           Zarurat tug‘ilganda, Abonent “Statik IP-manzil” - doimiy (barcha Abonent sessiyalari uchun o‘zgarishsiz) mijozning IP-manzili bilan ulanishni taqdim etuvchi Qo‘shimcha xizmatdan foydalanishi mumkin. Ajratilgan IP-manzil Operator tomonidan taqdim etiladi va undan “Internet va Uz-IX, TAS-IX tarmog’iga kirish” Asosiy xizmati bilan birga foydalanish mumkin.

 

6.2.           “Statik IP-manzil” Qo‘shimcha xizmatining narxi amaldagi Narxnomada ko’rsatiladi.

 

6.3.           Xizmatning hisob-kitob davri - 1 oy.

 

6.4.            Bir oy davomida Abonent Xizmatga ulanganda (oyning 1-sanasidan emas) Abonent to’lovining miqdori Abonent ulangan kundan boshlab, oyning oxirgi sanasigacha proporsional ravishda hisoblanadi, bunda, faollashtirish vaqtidan qat’i nazar, Abonent to‘lovi birinchi kun uchun to‘liq hisoblanadi.

 

6.5.            Agar Abonent yangi oyning o‘rtasida avval to‘lanmagan hisob bo‘yicha to‘lovni amalga oshirsa, moliyaviy blokirovka holatida bo‘lgan Abonent faol maqomga o‘tkaziladi, xizmatlarga kirish imkoniyati qayta tiklanadi va bunda, joriy oy uchun Abonent to‘lovi hisoblanishi proporsional ravishda amalga oshiriladi. Bunday hollarda Abonent to‘lovining miqdori hisob bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan kundan boshlab, joriy oyning oxirigacha bo‘lgan kunlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Hisob bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilgan kun vaqtidan qat’i nazar, birinchi kun uchun Abonent to‘lovi to‘liq miqdorda hisoblanadi.

 

6.6.            Xizmatni faollashtirish Abonentning UZTELECOM Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga yozma murojaati asosida, “Internet va Uz-IX, TAS-IX tarmog‘iga kirish” Asosiy Bazaviy xizmat faollashtirilganda amalga oshiriladi.

 

6.7.            “Internet va Uz-IX, TAS-IX tarmog‘iga kirish” Asosiy xizmati blokirovka qilinganda, “Statik IP-manzil” Qo‘shimcha xizmati ham Asosiy xizmat faollashtirilgunga qadar, blokirovka qilinadi.

 

6.8.            “Statik IP-manzil” xizmatini faollashtirgan Abonent ushbu xizmatni muddatidan oldin deaktivatsiya qilishni xohlasa, quyidagi qoidalar amal qiladi:

-     Abonent xizmatni deaktivatsiya qilish sanasini ko‘rsatgan holda, Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida xizmatni deaktivatsiya qilish uchun yozma arizani rasmiylashtirishi lozim;

-     to‘liq bo‘lmagan oy davomida taqdim etilgan “Statik IP-manzil” xizmati summasi 1 oy davomida taqdim etilgan xizmat sifatida hisob-kitob qilinadi;

-     “Statik IP-manzil” xizmati uchun avval hisobdan chiqarilgan summa bekor qilinib, qaytarib berilmaydi va qayta hisob-kitob qilinmaydi.

 

6.9.            “Statik IP-manzil” xizmati Asosiy xizmatlardan alohida taqdim etilmaydi.

 

6.10.        Abonent Asosiy xizmatlar uchun Abonent to‘lovini belgilangan davrda to‘lamagan holda, Operator “Statik IP-manzil” xizmatini bir kalendar oy muddatga blokirovka qiladi. Keyingi oyda Operator ushbu xizmat bo‘yicha Abonent bilan kelishuvni bir tomonlama bekor qiladi. Ajratilgan IP-manzil boshqa Abonentga berilishi mumkin.

 

6.11.        Operator tomonidan Abonent uchun ajratilgan ulanishning texnik ma’lumotlari o‘zgarganda, shuningdek, “Internet va Uz-IX, TAS-IX tarmog‘iga kirish” Asosiy xizmati uchun shartnomani saqlagan holda, Abonent rekvizitlari qayta rasmiylashtirilganda, ilgari ajratilgan statik IP-manzil Abonent uchun saqlanib qolishi mumkin.

 

6.12.        Ushbu xizmat bo‘yicha savollar va qarorlar Abonent tomonidan Operatorning Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga o‘z vaqtida yozma ravishda murojaat qilinganda, hal etilishi mumkin.

“O‘ZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARINI KO‘RSATISH BO‘YICHA 
OMMAVIY OFERTASI

(yangi tahrirda)

Mundarija:

1. Atamalar va izohlar

2. Shartnoma predmeti

3. Abonent shartnomasini tuzish tartibi va xizmat ko‘rsatish shartlari

4. Operatorning huquq va majburiyatlari

5. Abonentning huquq va majburiyatlari

6. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi

7. Xizmat sifati bo‘yicha kafolatlar

8. Tomonlar javobgarligi

9. Javobgarlikning cheklanishi

10. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlari

11. Nizolarni hal qilish tartibi

12. Amal qilish muddati, o‘zgartirish yoki bekor qilish tartibi

13. Yakuniy shartlar

 

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Оmmaviy ofertaning huquqiy asoslari va ahamiyati

Mazkur Ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalariga muvofiq “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha abonent shartnomasini tuzishga rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi.

Operator telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti (keyingi o‘rinlarda - Abonent) bilan muayyan telekommunikatsiya xizmatini yoki bir nechta (paketli) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish haqida ushbu ommaviy ofertada ko‘rsatilgan shartlarda (doirasida) abonent shartnomasini tuzadi. Abonent bilan tuziladigan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha abonent shartnomasi (keyingi o‘rinlarda – Abonent shartnomasi) mazkur Ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

Operator o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari hamda 2015-yil 
2015-yil 3-noyabrdagi AA-seriyali 0005717-raqamli, 2017-yil 24-fevraldagi AA-seriyali 0005661-raqamli, 2017-yil 24-fevraldagi AA-seriyali 0005662-raqamli, 2017-yil 23-fevraldagi AA-seriyali 0005657-raqamli va 2017-yil 3-yanvardagi AA-seriyali 0005659-raqamli litsenziyalari asosida amalga oshiradi.

Mazkur Ommaviy oferta Internet tarmog‘idagi: www.uztelecom.uz manzilidagi Operatorning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va rasmiy saytda uning bekor qilinishi haqida xabar berilguniga qadar amal qiladi.

Operator mazkur Ommaviy ofertada o‘rnatilgan tartibga muvofiq mazkur Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Mazkur Ommaviy oferta shartlari Operatorga murojaat etgan barcha fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyektlari uchun yagona bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur Ommaviy oferta Operator va Abonentlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kelishuv) asosida taqdim etiladigan telefon aloqasi, taksofonlarda telefon aloqasi, qo‘riqlash signalizatsiyasi apparaturasini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot-ma’lumot, telegraf, ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, Internet, jamoat joylarida Internet jahon axborot tarmog‘idan simsiz foydalish, mobil aloqa, milliy va xalqaro rouming, tijorat asosidagi kabelli, efirli, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top), onlayn televideniye va radioeshittirish xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, ulardan foydalanish, xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, shartlari hamda subyektlarning javobgarligi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

1. ATAMALAR VA IZOHLAR

Mazkur Ommaviy oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy atama, ta’riflar va qisqartmalar qo‘llanilgan:

Abonent – mazkur Ommaviy oferta shartlarida Operator bilan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi abonent shartnomasini tuzgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lgan foydalanuvchi - muomala layoqatiga ega bo‘lgan (voyaga yetgan) jismoniy shaxs, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, notijorat-nodavlat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar.

Abonent shartnomasi – Abonent va Operator o‘rtasida mazkur Ommaviy oferta shartlari asosida tuzilgan va Abonent tomonidan mazkur Ommaviy oferta shartlarini qabul qilganligini qayd etuvchi, Operator Abonentga muayyan telekommunikatsiya xizmatini yoki bir nechta (paketli) telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish majburiyatini oladigan Abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlar va buning uchun zarur elementlar (abonent raqami, tarif rejasi va h.) va boshqa mavjud shartlardan iborat bo‘lgan hujjat (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma).

Foydalanuvchining qurilmasi – telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan va signallarni shakllantirish, uzatish, qabul qilish uchun mo‘ljallangan foydalanuvchining texnik vositasi.

Abonent raqami – telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida Abonentga Operator tomonidan ajratiladigan raqam.

Abonent tarmog‘i — turar joy yoki jamoat binosi maydoni chegarasida xizmat ko‘rsatiladigan Abonentning texnik vositalari, qurilmalari va kabel liniyalari majmuyi.

Abonent liniyasi — Operator tomonidan telekommunikatsiyalar tarmog‘ining kirish nuqtasidan abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda, foydalanuvchi qurilmasigacha bo‘lgan qismi.

Abonent to‘lovi – Operator tomonidan Abonentga ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun undiriladigan va ushbu xizmat hajmidan qat’i nazar (abonentning ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun to‘lovlari summasi haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lmagan, doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlar uchun) so‘zsiz har oy qayd etiladigan va to‘lanadigan to‘lov.

Abonent shaxsini tasdiqlovchi hujjat (jismoniy shaxslar uchun) – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (xorijga chiqish biometrik pasporti bundan mustasno), identifikatsiya ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qarori bilan joriy etilgan milliy haydovchilik guvohnomasi, chet el fuqarolik pasporti (O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi yoki ma’lumot bilan birga), fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, harbiy xizmatchining pasport ma’lumotlari va uning ro‘yxatda turgan joyini tasdiqlovchi ilovasi bilan belgilangan shakldagi harbiy guvohnoma (telefoniya uchun yashash joyiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat).

Abonent raqami ko‘chirilishi (MNP - Mobile Number Portability) - mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida donor tomonidan abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (retsipiyent) bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar majmuyi.

Avtorizatsiya – Abonent tomonidan kiritilgan autentifikatsiya ma’lumotlarini Operator serverida tahlil qilish jarayoni, uning natijalari bo‘yicha Abonentda xizmatni olish yoki shaxsiy kabinetga kirish huquqi mavjudligi aniqlanadi.

ASR – Operator va Abonent o‘rtasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, shuningdek, ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlarini hisobga olish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan hisob tizimi/billing tizimi (apparat-dasturiy kompleks).

Autentifikatsiya — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan identifikatsiyalash ma’lumotlarining haqiqiyligini aniqlash.

Autentifikatsiya ma’lumotlari - Abonent individual hisob ma’lumotlari jamlanmasi bo‘lib (agar ular talab etilsa, qo‘llaniladi), Operator tomonidan shartnoma asosida, mazkur Ommaviy ofertaning quyidagi shartlarini tuzishda shakllantiriladi:

a) Foydalanuvchining nomi (login) – Abonentning Operator tizimida asosiy individual identifikatsiya ko‘rsatkichi. Abonentga Shartnoma tuzilganida va Abonent birinchi bor ro‘yxatga olinganida taqdim etiladi, amaldagi Shartnoma doirasida o‘zgartirilishi mumkin emas.

b) Parol (password) – individual hisob ma’lumotari va Abonentning boshqa yopiq ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash vositasi. Birinchi parol Operator tomonidan shakllantiriladi va taqdim etiladi, keyinchalik parol Abonent tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchining nomi va paroldan Abonent tomonidan masofadan ulanish va Operator serveriga avtorizatsiya, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish uchun foydalaniladi.

Arxiv tarif rejasi – Operator tomonidan ilgari tasdiqlangan tarif rejasi bo‘lib, yangi ulanishlar uchun yopiq bo‘ladi va unga boshqa tarif rejalaridan o‘tish imkoni bo‘lmaydi.

Bo‘nak avans to‘lovi – shartnoma tuzilganidan keyin telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini boshlash uchun Abonentning hisob raqamiga kelgusi hisob-kitob davrida (oldindan to‘lov) telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanganligi uchun Abonentning logini va tadbirkorlik subyektlari uchun Abonent shartnomasi raqamini ko‘rsatgan holda, Abonent tomonidan to‘liq hajmda (100 foiz) to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi. Bo‘nak avans to‘lovi tanlangan Tarif/Tarif rejasiga muvofiq Abonent to‘lovi qiymatidan, tanlangan pulli telekommunikatsiya xizmatlari qiymatidan shakllantiriladi. Bo‘nak avans to‘lovi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan naqd va naqdsiz hisob-kitoblarning qulay usullari, shu jumladan, to‘lov agentlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Abonentga pulli toifadagi Abonent raqami taqdim etilgan taqdirda, raqamning Boshlang‘ich avans to‘loviga pulli toifadagi Abonent raqami to‘lovi ham to‘lov miqdoriga kiritiladi. Pulli toifadagi Abonent raqami narxini uzaytirib to‘lash sharti bilan Abonentga pulli raqam taqdim etilgan hollarda, Boshlang‘ich avans to‘loviga dastlabki hisobot davri ham Abonent to‘loviga kiritiladi.

Vijdonli foydalanuvchilar – telekommunikatsiya xizmatlaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanmagan, Operatorga, va/yoki uchinchi shaxslarga zarar keltiruvchi harakatlarni sodir etmagan, o‘z Abonentlik qurilmasidan dasturiy ta’minot/axborotlarni tarqatish va tarqarishga qaratilgan harakatlarni sodir etmagan, IP-manzillar almashtirilishiga yo‘l qo‘ymagan, Abonent raqamlari va Operator tarmog‘ining, Operator va/yoki uchinchi shaxslarning qurilmalari yoki dasturiy ta’minotlarining me’yoriy amal qilishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmagan, telekommunikatsiya xizmatlaridan bevosita tijorat maqsadlarida foydalanmagan, qayd etilgan aloqa tarmog‘iga ulanish uchun shlyuzlardan, Internet-telefoniya va shu kabilardan foydalanmagan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, tanlab olingan telekommunikatsiya xizmatlari turlari qoidalari va shartlari hamda mazkur Ommaviy oferta shartlariga qat’iy amal qilgan, telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanilganlik uchun o‘z huquq va majburiyatlarini to‘liq bajargan shaxslar/abonentlar.

Dastlabki avans to‘lovi – Abonentning hisob raqamiga kelgusi hisob-kitob davrida (oldindan to‘lov) telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanganligi uchun Abonentning logini yoki tadbirkorlik subyektlari uchun shartnoma raqamini ko‘rsatgan holda, Abonent tomonidan to‘liq hajmda (100 foiz) to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi. Avans to‘lovi tanlangan tarif rejasiga muvofiq Abonent to‘lovi qiymatidan, tanlangan pulli telekommunikatsiya xizmatlari qiymatidan shakllantiriladi. Avans to‘lovi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan naqd va naqdsiz hisob-kitoblarning qulay usullari bilan amalga oshiriladi.

Dilerlik shartnomasi – Diler bilan tuzilgan shartnoma, uning asosida Diler mukofot evaziga Operator nomidan yuridik va boshqa muhim harakatlarni Operatorning topshirig‘iga muvofiq bajarish majburiyatini zimmasiga oladi.

Dilerning xizmat ko‘rsatish punkti — Diler tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish punkti.

Elektron pullar – Elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda Elektron pullar tizimida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari.

Identifikatsiyalash — mavjud ma’lumotlar asosida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsini aniqlash.

Internet – TSR/IP yagona protokoliga muvofiq ishlaydigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona manzilli makon hamda nomlar makonidan foydalangan holda ishlovchi, ko‘plab tarmoqlardan tashkil topgan global xalqaro tarmoq (tarmoqlar hamjamiyati tomonidan boshqariladigan tarmoq).

Yirik avariya — ma’lum bir administrativ hududda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishning to‘xtalishiga olib keladigan avariya holati.

Kontent – axborot, ko‘ngilochar mazmunga ega bo‘lgan Voice (ovoz), SMS, GPRS matnlar yoki multimediali ma’lumotlar vositasida olinadigan axborot mazmuni.

Kontent-provayder – Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga tijorat asosida kontent-xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati subyekti. Kontent-provayder xizmatlari Abonent qurilmasidan xizmatni olish uchun jo‘natilgan so‘rovnoma (buyruq) yo‘li bilan Abonentning oldindan buyurtmasi bo‘yicha ko‘rsatiladi. Kontent-provayderlarning ro‘yxati va ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan Operatorning rasmiy veb-sayti, shuningdek, kontent-provayderlarning rasmiy veb-saytlarida tanishish mumkin. Kontent-provayder xizmatlariga ulanish – aloqa tarmog‘i vositasida kontent-provayderning axborot-ko‘ngilochar xizmatlariga ulanish uchun tashkil etilgan Operatorning qo‘shimcha (bog‘liq) xizmatidir.

Kontent-xizmatlar — mobil aloqa tarmoqlari orqali taqdim etiladigan va ularning iste’molchilik qiymatini oshirishga qaratilgan, mobil aloqa abonentlariga ularning raqami balansi hisobidan pullik asosda ma’lumot, ko‘ngilochar va boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha xizmat turi.

Mobil elektron to‘lov xizmatlari – Operator tarmog‘i orqali Elektron pullar tizimida Abonentga elektron to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha Operatorning to‘lov subagenti sifatida ko‘rsatiladigan xizmatlar. Bunda, Abonent to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi hisoblanadi.

Ma’lumot xizmati — foydalanuvchiga telekommunikatsiya xizmatlari operatori yoki provayderi tomonidan ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi xizmat.

Operator – mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, ma’lumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye, radioeshittirish) infratuzilmasiga ega bo‘lgan, uning ishlashini, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi.

Operator ofisi – Abonentlarni qabul qiladigan va ularga xizmat ko‘rsatiladigan, Abonentlar to‘g‘risidagi axborotlar hamda Operator faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlar saqlanadigan va qayta ishlanadigan Toshkent shahrida va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari hududiy bog‘lamalaridagi bino va inshootlar. Operator ofislari joylashgan manzili, ularning ish tartibi haqidagi ma’lumotlar Operator rasmiy veb-saytida e’lon qilingan va o‘rnatilgan tartibda yangilanib boriladi (joylashgan manzili, pochta manzili va boshqalar o‘zgarganda).

Operatorning veb-sayti – Internet tarmog‘ida www.uztelecom.uz elektron manzilida joylashgan, Operator faoliyati, taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlari haqida rasmiy axborot jamlangan Operatorning axborot resursi.

Operator tarmog‘iga ulanish – Abonentning xizmatlarga va axborot resurslariga ulanish maqsadida Operator tarmog‘idan foydalanish uchun texnik imkoniyati.

Operatorning ishlash hududi - Operator tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatiladigan hudud.

Operatorning javobgarlik zonasi – Operator egaligi va boshqaruvida bo‘lgan telekommunikatsiyalarning texnik vositalari va kanallari. Xizmatlar Operatorning javobgarlik zonasida ko‘rsatiladi. Javobgarlik zonasidan tashqaridagi Operatorning xizmatlari bilan bog‘liq barcha masalalar Abonent va Operator bilan kelishuv asosida hal qilinadi. Operator bilan shartnoma tuzilguniga qadar, Abonent Operatordan o‘zining ulanish nuqtasigacha aloqa kanallariga ulanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi shart. Aloqa kanallari mavjud bo‘lmaganda, bunday aloqa kanallarini tashkil etish masalalari mazkur Ommaviy oferta shartlari doirasidan tashqari hal qilinadi.

Operator tarmog‘iga ulanishni taqdim etish – Abonent to‘g‘risida ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni Operatorning apparat–dasturiy kompleksiga kiritish bo‘yicha Operatorning faoliyati. Avans to‘lovi amalga oshirilganidan so‘ng Abonentda Operator tarmog‘iga ulanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Operator tarmog‘i – Abonentga telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya vositalari majmuyi.

Operator tarmog‘i quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- ma’lumotlar uzatish — ma’lumotlarni keyingi qayta ishlash uchun telekommunikatsiya vositalari yordamida signallar ko‘rinishida bir punktdan boshqa punktga ko‘chirish;

- ma’lumotlar uzatish tarmog‘i - ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyalarni tashkil etish uchun tuzilgan telekommunikatsiya uzellari va kanallarining majmuyi;

- Internet aloqa tarmog‘i - yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan ko‘plab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq;

- virtual xususiy tarmoq (VPN) - ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan transport kanallari orqali foydalanuvchilarning yopiq guruhlarini qo‘llab-quvvatlaydigan virtual ajratilgan transport resurslari to‘plami (O’z Dst 2818:2014 Milliy standarti. Telekommunikatsiya tarmoqlari. Atamalar va ta’riflar.);

- Wi-Fi tarmog‘i - Wi-Fi texnologiyasi asosida Internetga kirish tarmog‘i;

- mobil aloqa tarmog‘i — abonentlarga mobil aloqa (ovoz, ma’lumotlar uzatish va boshqalar) xizmatlarini ko‘rsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, foydalanuvchi qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va h.) majmuyi. Mobil aloqa tarmoqlariga uyali, trank, lokal-trank, radial-hudud tarmoqlari kiradi;

- telefon aloqasi tarmog‘i – aholi, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning telefon aloqasi xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlovchi ATS, kommutatsiya uzellari, liniyalari, kanallari, oxirlovchi (terminal) uskunalarning majmuyi;

- televideniye tarmog‘i — erkin tomosha qilish mumkin bo‘lmagan IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye kanallari orqali har qanday axborotni tarqatish va yetkazib berishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalarining majmuyi;

- mahalliy telefon aloqasi - bitta aholi punkti yoki ma’muriy hudud doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasida telefon orqali bog‘lanish;

- shaharlararo telefon aloqasi - O‘zbekiston Respublikasining turli ma’muriy tumanlarida (shahar tarkibidagi tumanlardan tashqari) joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasida telefon aloqasining ulanishi;

- xalqaro telefon aloqasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi va boshqa davlat hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi o‘rtasida telefon aloqasi orqali bog‘lanish.

Operatorining dileri (bundan buyon matnda diler deb yuritiladi) — Operator  nomidan abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun Operator  bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs (keyingi o‘rinda - dilerlik shartnomasi);

Rouming — bitta mobil aloqa operatori abonentining bitta davlat doirasida (milliy rouming) yoki boshqa mamlakatda (xalqaro rouming) bo‘lgan boshqa mobil aloqa operatorining xizmat ko‘rsatish hududida bo‘lganda boshqa mobil aloqa operatorining tarmog‘idan foydalana olishini ta’minlovchi xizmat.

To‘lov agenti – statsionar yoki mobil qurilmalar, to‘lov terminallari/tizimlaridan foydalanib, Abonent to‘lovlarini qabul qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti.

To‘lov kartasi — shifrlangan ma’lumotni saqlaydigan, tarmoq foydalanuvchisini identifikatsiya qilish va chaqiruvni amalga oshirish (initsiatsiya) qilish imkoniyatini beruvchi to‘lov vositasi.

To‘lov xizmati – to‘lov xizmatini yetkazib beruvchining, shu jumladan, Operator va uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi)ning to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmati.

Narxnoma – Operatorning telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati va narxlar shartlari tasdiqlangan hujjati.

Tomonlar – Operator va Abonent birgalikda.

Tarif – Operator tomonidan belgilangan, Abonent tomonidan Operator tarmog‘iga ulanishda to‘lanadigan telekommunikatsiya xizmatlari o‘lchov birligining narxi.

Tarif rejasi – Operator tomonidan telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilarga bir yoki bir nechta xizmatdan foydalanish uchun taqdim etiladigan narxlar va texnik shartlar majmuyi.  

Telekommunikatsiya xizmatlarini olish uchun texnik imkoniyatlar – mazkur Ommaviy oferta shartlariga muvofiq Abonentda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tegishli texnik vositalar va sharoitlar mavjudligi.

Telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining texnik imkoniyati –Abonentga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun Operator xizmat ko‘rsatish zonasida amal qiluvchi telekommunikatsiya vositalari mavjudligi.

Telekommunikatsiya xizmatlari – bu Operatorning telekommunikatsiya tarmoqlari orqali signallarni hamda boshqa turdagi ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish, qayta ishlash bo‘yicha faoliyatining mahsuli. Telekommunikatsiya xizmatlarining to‘liq ro‘yxati (shu jumladan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar) Operator tomonidan amaldagi va tasdiqlangan Narxnomasi va telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha tariflarda belgilangan. Operatorning asosiy telekommunikatsiya xizmatlariga quyidagilar kiradi:

- mobil aloqa xizmatlari;

- ma’lumotlarni uzatish xizmatlari;

- simli telefon aloqa xizmatlari;

- telegraf aloqa xizmatlari.

Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari (keyingi o‘rinda - universal xizmatlar) – umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar toʻplami (foydalanuvchilarning ushbu tarmoqdan foydalanishini taʼminlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari, telegrammalar joʻnatish va boshqalar).

Telefon aloqasi xizmatlari — operatorning (provayderning) so‘zlashuvlar va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan IP-telefoniya orqali taqdim etishga doir faoliyati mahsuli.

Uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi)ning xizmatlari - Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga Provayderlar, To‘lov agentlari va boshqa uchinchi shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan To‘lov xizmatlari, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan Abonentlarga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar.

Xizmat ko‘rsatish qoidalari/Qoidalar – Operator rasmiy saytida joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 6-yanvardagi “Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 287-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3762).

Xizmat ko‘rsatish hududi — Operator litsenziya asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan va xizmatlar sifatini ta’minlash uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan hudud.

Xizmat ko‘rsatish punkti — telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Abonent bilan shartnomalarni tuzish va xizmatlarning boshqa turlarini olish mumkin bo‘lgan Operatorning statsionar savdo nuqtasi va (yoki) xizmat ko‘rsatish ofisi.

Xizmatlar uchun abonent to‘lovini amalga oshirish tizimi — Abonentning ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun to‘lovlari summasi, haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lmagan, doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlarga haq to‘lash tizimi.

Xizmatlarga vaqtbay haq to‘lash tizimi — ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri uchun Abonent to‘lovlari summasi axborotni uzatish va boshqa telefon aloqasi xizmatlarini olish uchun telefon tarmog‘i liniyalari va inshootlaridan foydalanilgan vaqtga bog‘liq bo‘lgan xizmatlarga haq to‘lash tizimi.

Xosting xizmatlari — Internet tarmog‘ida doimiy serverda axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati.

Cheklash darajalari – Operator Abonentga taqdim etiladigan xizmatlarning hajmi cheklanishi yoki xizmatlarning taqdim etilishini to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladigan Abonentning shaxsiy hisobida (balansida) eng kam pul mablag‘lari miqdori.

Frod – axborot texnologiyalari sohasida firibgarlik turi, jumladan, Operatorning telekommunikatsiya xizmatlaridan va resurslaridan ruxsatsiz va noqonuniy ravishda foydalanish bilan bog‘liq harakatlari.

Shaxsiy (elektron) hisob raqami – Operatorning avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimidagi elektron fayl. Ushbu faylda Abonent  hisob-kitob tizimidagi Elektron pul miqdori (keyingi o‘rinlarda – Shartli summa (pul mablag‘i miqdori), Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, shu jumladan, mobil elektron to‘lov xizmatlari uchun avans to‘lovi kiritilganligi va xizmatlar uchun sarflangan pul mablag‘i haqida maʼlumot aks ettirilgan. Bitta Shartnoma doirasida Abonentga bir nechta shaxsiy (elektron) hisob raqamlari ajratilishi mumkin.

Shaxsiy kabinet - bu Operator veb-saytidagi maxsus veb-sahifa bo‘lib, u Abonentning autentifikatsiya ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalangan, autentifikatsiya haqidagi ma’lumotlar, olingan Xizmatlar hajmi haqidagi statistik ma’lumotlar, Abonentning shaxsiy hisobvarag‘ining joriy holati va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

- Ma’lumotlarning axborot xususiyati: Shaxsiy kabinetda aks ettiriladigan ma’lumotlar axborot xususiyatiga ega bo‘lib, Operatorning ASR (Operator va Abonent o‘rtasidagi avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimi) ma’lumotlaridan farq qilishi mumkin.

- Tarifikatsiya xususiyatlari: joriy tugallanmagan sessiya davomida Shaxsiy kabinet ko‘rsatkichlari u yakunlangandan keyingi ko‘rsatkichlardan farq qilishi mumkin; sessiya faqat Shaxsiy kabinet ko‘rsatkichlarida qayd etilgandan so‘ng yakunlangan hisoblanadi.

- Abonent imkoniyatlari: Shaxsiy kabinetda Abonent muayyan xizmatlarni ulashi yoki o‘chirishi, parolni o‘zgartirishi yoki tiklashi, shuningdek, Operator tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha imkoniyatlarni faollashtirishi mumkin.

- Operator huquqlari: Shaxsiy kabinetning funksional imkoniyatlari Operator tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin.

Shaxsiy hisob raqami balansi – muayyan vaqtda Abonent hisob raqamidagi ikkita pul mablag‘lari miqdori orasidagi farq. Birinchi pul miqdori Abonent hisob raqamiga kiritilgan pul mablag‘i miqdori, ikkinchisi - mazkur Shartnomada o‘rnatilgan muddatda ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun Operator tomonidan Abonent hisob raqamidan yechib olingan pul mablag‘i miqdoridan iborat.

eSIM - foydalanuvchi qurilmasining virtual identifikatsiya moduli, uning yordamida foydalanuvchi qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish ta’minlanadi.

IMEI kodi (International Mobile Equipment Identifier) yoki xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodi (keyingi o‘rinlarda - IMEI-kod) — 15 ta raqamdan iborat bo‘lgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa foydalanuvchisi qurilmasini identifikatsiyalovchi raqam.

IP-adres — TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida kompyuterlar yoki uzellarni identifikatsiyalashtiradigan noyob manzil.

IP-televideniye (IPTV) — IP-protokoli asosida televideniye, video, audio, matn, grafika va shu kabi boshqa ma’lumotlar, tarmoqlar ta’minlanadigan, sifat, xavfsizlik, interfaollik va ishonchlilikning talab qilinadigan darajasini ta’minlash maqsadida boshqariladigan multimedia xizmatlari.

IP-telefoniya — IP-texnologiyasi asosida paketlar kommutatsiyalanadigan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan, mahalliy va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati.

SIM/RUIM-karta (keyingi o‘rinda – SIM-karta) — ichiga mikrosxema o‘rnatilgan, olinadigan identifikatsiya moduli, uning yordamida foydalanuvchi qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilinishi ta’minlanadi.

Wi-Fi texnologiyasi – foydalanuvchi uskunasini telematik aloqa xizmatlariga kirish tarmog‘iga simsiz ulanishini ta’minlovchi radiokanallar orqali raqamli ma’lumotlarni uzatish usuli.

Wi-Fi xizmati tashkilotchisi — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun

Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha o‘zining oxirlovchi uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanish imkoniyatini taqdim etadigan Operator yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari provayderi yoxud Abonent – yuridik shaxs.

Wi-Fi xizmatlari — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalangan holda Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha periferik qurilmalarga ma’lumotlar uzatish uchun cheklangan doiradagi foydalanuvchilarga uskunaga kirish imkoniyatini taqdim etish. Foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi. Wi-Fi xizmatini ko‘rsatishda sessiyaning amal qilish davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak.

Wi-Fi xizmati ko‘rsatilishi zonasi - Operatorga kirish nuqtasidan ishonchli radiosignalini qabul qilish zonasi va Abonent/foydalanuvchi va/yoki dasturiy ta’minotning uskunalaridan foydalanish hududi.

2          SHARTNOMA PREDMETI

2.1.      Operator Abonentga mazkur Ommaviy ofertada belgilangan shartlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish majburiyatini zimmasiga oladi, Abonent esa telekommunikatsiya xizmatlariga to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga oladi.

2.2.      Tarif rejasi va telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish shartlari hamda tartibi Operator tomonidan belgilanadi.

2.3.      Abonent shartnomasi Tarif rejasining shartlari, telekommunikatsiya xizmatlarining muayyan turi yoki bir nechta (paketli) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartlari va xususiyatlari, shuningdek, Operator tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartlari va tartibini o‘z ichiga oladi va mazkur Ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.

2.3.1.   Abonent shartnomasi yozma yoki elektron shaklda tuzilishi mumkin.

2.3.2.   Operator fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lgan Abonent - jismoniy shaxsning, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxs, shu jumladan, budjet va budjet tizimidan moliyalashtiriladigan, yakka tartibdagi tadbirkor yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari (xususiy notarial idoralar, fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari), notijorat tashkilotlari, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalarning huquqiy maqomidan kelib chiqib, tegishli (alohida shakldagi) Abonent shartnomasini tuzish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2.4.      Telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini taqdim etish uchun Operator, zarur hollarda, Abonentga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatish davriga Abonent qurilmasini taqdim etishi mumkin.

2.5.      Abonentga taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlarining to‘liq ro‘yxati Operator tomonidan tasdiqlangan Narxnoma va Tarif rejalariga muvofiq Abonent shartnomasining ilovasida ko‘rsatiladi.

2.5.1.   Mobil elektron to‘lov xizmatlarini taqdim etish tartibi va shartlari mazkur Ommaviy ofertaning ajralmas qismi bo‘lgan, ilovada belgilangan mobil moliyaviy xizmatlarni taqdim etish qoidalari bilan belgilanadi.

2.6.      Tarif rejalari va telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish shartlari hamda tartibi Operator ofislari, Operator veb-sayti va/yoki ommaviy axborot vositalarida joylashtirib boriladi (e’lon qilinadi).

           

3. ABONENT SHARTNOMASINI TUZISH TARTIBI VA XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI

3.1. Abonent shartnomasini tuzish uchun Abonent tanlangan telekommunikatsiya xizmatlari turi hamda Mobil elektron to‘lov xizmatlarining xususiyatidan kelib chiqib, Operatorga quyidagi bandlarda ko‘rsatilgan tartibda hujjatlarni taqdim etadi. Abonent o‘ziga tegishli hujjatlarni Operatorga/Dilerga taqdim etishi bilan Operatorga/Dilerga yoki Uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi)ga O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq Abonent haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, uning shaxsiga doir maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik bildiradi va Abonent tomonidan Abonent shartnomasi imzolanishi uning shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘plash, qayta ishlashga ruxsat berganligini tasdiqlovchi huquqiy harakati hisoblanadi.

3.1.1.   Mobil aloqa xizmatiga ulanish uchun:

- Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi faqat abonent - jismoniy shaxsning shaxsan ishtirokida va u tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganda yoki uning vakili shaxsan ishtirok etganda va u tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim etilganda, tuziladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun ota-onasi, farzandlikka olganlar yoki vasiylarining notarial tasdiqlangan yozma roziligi talab qilinadi;

- yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot bo‘lgan Abonentlar uchun – davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa identifikatsiya hujjatlari taqdim etilganda, tuziladi.

3.1.2. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatiga ulanish uchun:

- jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun - shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, shu jumladan, ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lgan shaxs tomonidan – ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, egasi bo‘lmagan shaxs tomonidan – doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan – ijara shartnomasi nusxasini taqdim etgan holda (bunda, ijara shartnomasida ijara muddati davomida, ijaraga oluvchi tomonidan telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish huquqi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim), 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar – o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi (notarial tartibda tasdiqlangan);

- yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot bo‘lgan Abonentlar uchun – davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa identifikatsiya hujjatlari, ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lsa, ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan ijara shartnomasi nusxasini taqdim etgan holda (bunda, ijara shartnomasida ijara muddati davomida, ijaraga oluvchi tomonidan telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish huquqi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim).

3.1.2.1.  Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatiga foydalana olishni ta’minlash ishlarini bajarish muddatlari:

-texnik shartlarni so‘ralayotgan parametrlarda berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda operator 7 (etti) ish kuni ichida ariza beruvchiga asoslangan rad javobi va rad etishning aniq sabablari yozma javobni tayyorlaydi;

- texnik imkoniyat bo‘lganda, Abonent shartnomasi tuzilgan kundan boshlab, 10 (o‘n) ish kunida ulanish amalga oshiriladi;

- texnik imkoniyat bo‘lmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalari ariza beruvchining hisobidan o‘tkazilishini hisobga olgan holda — pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab, 180 (bir yuz sakson) kun davomida amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlari bajarilganidan keyin, Operator ariza beruvchi bilan Abonent shartnomasini tuzadi.

3.1.3.   Telefon aloqasi xizmatiga ulanish uchun:

a) Jismoniy shaxslar bo‘lgan Abonentlar uchun:

- shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shu jumladan:

- ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lgan shaxs tomonidan – ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;

- egasi bo‘lmagan shaxs tomonidan – doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat;

- ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan – ijara shartnomasi nusxasi (bunda, ijara shartnomasida ijara muddati davomida, ijaraga oluvchi tomonidan telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish huquqi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim);

- 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar – o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi (notarial tartibda tasdiqlangan).

b) Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy- huquqiy tashkilot bo‘lgan Abonentlar uchun:

- davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa identifikatsiya hujjatlari;

- ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lsa, ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan – ijara shartnomasi nusxasini taqdim etilgan holda (bunda, ijara shartnomasida ijara muddati davomida, ijaraga oluvchi tomonidan telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish huquqi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim).

3.1.4. Telekommunikatsiya xizmatlari (asosiy yoki qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlari)ning turi va xususiyatidan kelib chiqqan holda, Operator Abonentdan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

3.2.      Abonent Qoidalar va mazkur Ommaviy oferta shartlariga muvofiq tegishli Telekommunikatsiya xizmatini olish uchun yozma ravishda (bevosita o‘zi yoki vakil orqali Operator/Diler ofisiga murojaat qilish orqali) yoki elektron shaklda ariza beradi.

3.2.1. Abonent elektron shakldagi arizani Operatorning rasmiy veb-sayti orqali interaktiv usulda yuborishi mumkin.

3.2.2. Bevosita yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qilinganda, Operatorga yoki Dilerga quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi lozim:

- familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (seriyasi, raqami va JShShIR) — jismoniy shaxslar uchun;

- nomi (firma nomi), bank rekvizitlari, joylashgan manzili, STIR — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilotlar va boshqalar uchun);

- bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili — agar mavjud bo‘lsa);

- telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish rejalashtirilayotgan manzil (mobil aloqa xizmatidan tashqari).

3.2.3.   Mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun Abonent shartnomasi – faqat Abonent (jismoniy shaxs uchun) shaxsan o‘zi bo‘lganda va u tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganda yoki uning vakili (notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida) shaxsan o‘zi bo‘lganda va u tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganda tuziladi. Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat- notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida o‘z vakillari orqali murojaat qilishi mumkin.

3.2.3.1. O‘zbekiston Respublikasidagi aeroportlar, vokzallar hamda turist-axborot markazlari hududlarida chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar) bilan ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun Abonent shartnomasini tuzish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Xususan, chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar)dan turar joyi (shu jumladan, vaqtinchalik yashash joyi) ko‘rsatilishi talab etilmaydi. Abonent shartnomasiga faqatgina chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar) uchun, ularni qaysi mamlakatdan va qancha muddatga tashrif buyurganliklari haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar)ga xizmat ko‘rsatish davri ularning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddati bilan cheklanadi. Bitta chet el fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga uchtadan ko‘p abonent raqami rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur bandda belgilangan qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga berilgan yashash guvohnomasi, identifikatsiya ID-kartasining amal qilish davrida tatbiq etilmaydi.

3.2.3.2. Istisno hollarda, xizmat ko‘rsatish punktiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi talabnomalari bo‘yicha yashash joyiga borish, sayyor sotuv nuqtalarini tashkil etish orqali qishloq, uzoqda joylashgan, yetib borish qiyin bo‘lgan aholi punktlarida abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus jihozlangan transport vositalarida Operator tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi.

3.2.3.3. Qishloq, uzoqda joylashgan, yetib borish qiyin bo‘lgan olis aholi punktlarida Abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun Operator tomonidan maxsus jihozlangan transport vositalarida Abonent shartnomasi (mobil aloqa xizmati uchun) tuzilishi mumkin.

3.2.3.4. Ilgari tuzilgan amaldagi shartnomalar bo‘yicha Operatorning 5 (besh) ta va undan ortiq raqamlariga ega bo‘lgan Abonent — jismoniy shaxs bilan Abonent shartnomasini (mobil aloqa xizmat bo‘yicha) tuzish faqat Operatorning ofislarida amalga oshiriladi. Operator 5 (besh) ta va undan ortiq raqamlarni olish uchun Abonentlar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar bilan Abonent shartnomasini (mobil aloqa xizmat bo‘yicha) tuzish ushbu miqdordagi raqamlarga ehtiyoj yozma ravishda asoslab berilganda Operatorning ofisida amalga oshiriladi.

3.3. Abonent shartnomasi Abonent va Operator o‘rtasida Operator/Dilerning ofisida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa tartib/usulda yoki joyda tuziladi.

3.4. Abonent shartnomasi mazkur Ommaviy oferta shartlari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq Operator tomonidan Abonent shartnomasini tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda, arizalarni berish navbati tartibida tuziladi.

3.5. Abonent shartnomasini tuzishda Tomonlar texnik imkoniyatlarning mavjudligi va Telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini aniqlaydilar.

3.5.1. Telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lmaganda, Abonentda texnik imkoniyatlar paydo bo‘lgunga qadar, biroq Abonent shartnomasi tuzilgan vaqtdan 15 (o‘n besh) kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, ushbu shartnoma o‘z kuchini saqlab qoladi.

3.5.2. Elektron shaklda ariza bilan murojaat qilinganda, Operator tomonidan murojaatchiga 1 (bir) ish kuni ichida Abonent shartnomasini tuzish imkoniyati mavjud bo‘lganda, ushbu shartnomani tuzish uchun aniq manzil va vaqt ko‘rsatilgan javob yoki bunday shartnoma tuzish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, buning sabablari ko‘rsatilgan javob yuboriladi.

3.5.3. Texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlar tugashi bilan, Abonent shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotadi.

3.5.4. Telefon aloqasi xizmatiga ulanish bo‘yicha – telefon aloqa kabellarida bo‘sh Abonent liniyalarining yo‘qligi Abonent shartnomasini tuzishga to‘sqinlik qilsa, yetishmaydigan aloqa liniyalarini o‘tkazish bo‘yicha qurilish ishlari, ariza beruvchining mablag‘lari hisobidan (mazkur ishlar uning hisobidan bajarilishiga rozilik berilganda), shu jumladan, Operator tomonidan berilgan texnik shartlar asosida pudrat shartnomasini tuzish yo‘li orqali o‘tkazilishi mumkin. Bunda, texnik shartlar 3 (uch) ish kuni davomida arizachiga taqdim etiladi.

3.6. Telefon tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlarini bajarish muddatlari:

- texnik shartlarni so‘ralayotgan parametrlarda taqdim etish imkoniyati bo‘lmagan hollarda Operator

3 (uch) ish kuni ichida ariza beruvchiga asoslantirilgan yozma rad javobini rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda tayyorlaydi;

- texnik imkoniyat bo‘lganda, Abonent shartnomasi tuzilgan kundan boshlab, 10 (o‘n) ish kunida ulanish amalga oshiriladi;

- texnik imkoniyat bo‘lmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalari ariza beruvchining hisobidan o‘tkazilishini hisobga olgan holda — pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab, 180 (bir yuz sakson) kun davomida amalga oshiriladi. Telefon tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlari bajarilganidan so‘ng, Operator ariza beruvchi bilan Abonent shartnomasini tuzadi.

Mazkur muddatda ko‘rsatilgan tartib va muddatlar Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatiga ulanish uchun ariza kelib tushganda, tatbiq etiladi.

3.6.1.   Agar qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari Operatorga texnik xizmat ko‘rsatishga, foydalanishga yoki mulkiga berilmagan bo‘lsa, u holda ularning ekspluatatsiya qilinishi abonent tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi va ushbu vositalar yoki qurilmalar uchun Operator javobgar hisoblanmaydi.

3.7.      Telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining boshlanishi va Abonentning aksepti (Abonentning mazkur Ommaviy oferta shartlarini qabul qilishga roziligi) Abonent tomonidan Dastlabki avans to‘lovi kiritilishi hisoblanadi.

3.8.      Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishiga texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, Tomonlar o‘rtasida Abonent shartnomasi imzolangan vaqtdan boshlab, Abonent tomonidan 7 (yetti) kalendar kun mobaynida Dastlabki avans to‘lovi kiritilmaganligi Abonentning Abonent shartnomasini tuzishdan voz kechganligini anglatadi. Agar mazkur bandda belgilangan Dastlabki avans to‘lovi o‘rnatilgan muddat mobaynida to‘liq hajmda kiritilmagan bo‘lsa, mazkur Ommaviy ofertaning  12.5-bandida belgilangan tartibda qisman kiritilgan pul miqdori Abonentga qaytarib beriladi.

3.8.1.   Abonent, Operator bilan Abonent shartnomasini tuzishi, Abonentga tegishli binodan, jumladan, umumiy foydalanish binosidan, shuningdek, uy-joyining tayanch konstruksiyasi, mexanik, elektrik va bino (ofis) doirasida yoki undan tashqari Operator tomonidan xizmat ko‘rsatilishiga ehtiyojlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qurilmadan, shu jumladan, boshqa uskunalardan Operator tomonidan foydalanishga rozilik bildirgan hisoblanadi.

3.9.      Operator telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishda texnik imkoniyatlarni hisobga olib, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini, shu jumladan, asosiy yoki qo‘shimcha xizmatlar turini mustaqil belgilaydi.

3.10.    Mazkur Ommaviy oferta shartlarida Operator tomonidan ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari Qoidalar va muayyan xizmat turi bo‘yicha belgilangan shartlarga muvofiq tartibga solinadi.

3.11.    Abonent tanlangan muayyan telekommunikatsiya xizmatlarini olish uchun tegishli texnik imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim. Bunda, Operator Abonent oldida texnik vositalar (sozlash bo‘yicha xizmatlar) va telekommunikatsiya xizmatlarini qabul qilish shartlarini taqdim etish majburiyatini zimmasiga olmaydi.

3.12.    Abonentni identifikatsiya qilish, telekommunikatsiya xizmatlariga ulash va Shaxsiy kabinetdan foydalanishiga imkoniyat yaratib berish Abonentning shaxsiy autentifikatsiya ma’lumotlari yordamida amalga oshiriladi.

3.13.    Abonentning shaxsiy autentifikatsiya ma’lumotlari Abonentga Operator ofisi/Diler ofisida taqdim etiladi/biriktiriladi.

3.14.    Operator tomonidan ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari asosiy va qo‘shimcha xizmatlarga bo‘linadi. Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi ijroiya organining normativ-texnikaviy hujjatlarini inobatga olgan holda, Litsenziya asosida hamda Operatorga yoki O‘zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tizimini tashkil qiluvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlariga tegishli bo‘lgan tarmoqlar va aloqa vositalarining texnik imkoniyatlari bilan belgilanadi va Operatorning narxnomasi va tarif rejalarida ko‘rsatiladi. Asosiy va qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlarning ro‘yxati Abonentlarning belgilangan tartibda oldindan xabardor qilinishi hamda Operatorning narxnomasi va tarif rejalariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin.

3.15.    Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanishni taqdim etishda Abonentga asosiy telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etiladi. Qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlari asosiy telekommunikatsiya xizmatlari bilan qo‘shimcha sifatida ham, tanlab olingan Tariflar/Tarif rejalariga, Qoidalar va tanlab olingan telekommunikatsiya xizmatlari shartlariga muvofiq ham taqdim etiladi.

3.16.    Abonentning asosiy yoki qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish limiti ishlab chiqilgandan so‘ng, qo‘shimcha xizmatlar Abonent tomonidan tanlab olingan Tarif rejasida belgilangan tartibda hisob raqamining balansi ijobiy bo‘lganda taqdim etiladi.

3.17.    Hisob raqamining balansi nol yoki salbiy holatda bo‘lganda (qarzdorlik mavjud bo‘lganida), Operator tomonidan Abonent tegishli to‘lovni kiritguniga va hisobi pul mablag‘i bilan to‘ldirgunga qadar asosiy va qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish to‘xtatib turiladi.

3.18.    Telekommunikatsiya xizmatlari Operator tomonidan Abonentga sutkasiga 24 (yigirma to‘rt) soat, har kuni, tanaffussiz (profilaktika va ta’mirlash ishlari o‘tkaziladigan vaqtdan tashqari) ko‘rsatiladi. Profilaktika ishlari va ta’mirlash ishlari olib borilishi haqida Abonent Operator tomonidan oldindan xabardor qilinadi.

3.19.    Profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi, yirik avariya sodir bo‘lishi oqibatlarini bartaraf etish hamda Abonent qurilmalarining nosozligi Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdagi tanaffus va/yoki xizmat ko‘rsatilishi uchun belgilangan muddatlarning buzilishi bo‘lib hisoblanmaydi.

3.20.    Operator faqat Texnik imkoniyat mavjud bo‘lmaganda Abonent shartnomasini tuzishdan bosh tortish huquqiga ega.

            Quyidagi hollarda Operator tomonidan Abonent shartnomasi tuzilishi rad etilishi mumkin:

3.20.1. Arizachi voyaga yetmagan yoshda bo‘lganda (14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi bo‘lgan hollar bundan mustasno).

3.20.2. Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish rejalashtirilayotgan manzil Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasiga kirmaganda.

3.20.3. Arizachi tomonidan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda yoki arizachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning soxtaligi yoxud noto‘g‘riligi aniqlanganda.

3.20.4. Telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish natijasida davlatning mudofaa qobiliyatiga, odamlarning salomatligi va xavfsizligiga tahdid solish xavfi bo‘lsa.

3.20.5. Telekommunikatsiya xizmatlarini olish maqsadida murojaat qilgan arizachida muayyan xizmatlarga ulanish uchun Texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lmasa.

3.20.6. Operatorda avval tuzilgan Abonent shartnomalari bo‘yicha ko‘rsatilgan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun arizachining Operator oldida qoplanmagan qarzdorligi yoki buni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa.

3.20.7. Operatorda, arizachi tomonidan xizmatlarga ulanish uchun taqdim etilgan Abonent qurilmasi boshqa Abonent tomonidan yo‘qotilganligi (qidiruvda bo‘lganligi) yoki ushbu Abonent qurilmasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sertifikatlanmaganligi haqida ma’lumot mavjud bo‘lsa.

3.21. Quyidagi holatlarda Operator tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatiladi:

3.21.1. Abonent tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish sohasini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hujjatlariga va mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasining shartlariga rioya qilinmasa yoki ular buzilishi hollari aniqlanganda.

3.21.2. Agar Abonent qurilmasining ishlashi, shuningdek, Abonentning xatti-harakatlari Operator tarmog‘i, texnik vositalari va/yoki dasturiy ta’minotiga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblansa yoki bunday xavf amalda vujudga kelsa.

3.21.3. Abonent tomonidan Operator tarmog‘i rekvizitlaridan ruxsat etilmaydigan/qonunga xilof ravishda foydalanib, Operator tarmog‘ida dasturiy ta’minot, uskunalar (vositalar, apparatlar) va axborot resurslariga, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanishga urinish sodir etilsa yoki bunday xavf bo‘lsa.

3.21.4. Qoidalar va Ommaviy oferta shartlariga muvofiq Abonentni xabardor qilish orqali Operator tarmog‘ida rejali texnologik, ta’mirlash ishlari, profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi davomida.

3.21.5. Abonent tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun Avans to‘lovi/Abonent to‘lovi kiritilmaganda yoki Abonent shartnomasida belgilangan vaqtda kiritilmagan hollarda. Bunda, Abonent, Abonent shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etilmaydi.

3.21.6. Telekommunikatsiya xizmatlari Abonent tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘xtalishi mumkin, bunda, to‘xtatishni faollashtirish telekommunikatsiya xizmatlarining turi va tariflar shartlari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

3.21.7. Abonent tomonidan Abonent qurilmalaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda pulli xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilganda.

3.21.8. Tarmoqda boshqa Abonentlarni obro‘sizlantiruvchi axborotlar tarqatilganda, muayyan materiallar (spam va boshqalar) va viruslar tarmoq orqali keng tarqatilganda, tarmoqdan foydalanish qoidalari buzilganda, litsenziyasiz dasturiy ta’minot yoki musiqa yoxud videolar tarqatilganda, IP-manzillar qalbakilashtirilganda.

3.21.9.  Proksi-server, virtual xususiy tarmoq (VPN) serveri sifatida xosting xizmatlaridan foydalanilganda, shuningdek, xosting-akkauntida proksi-server va VPN bilan bog‘liq dasturiy ta’minot o‘rnatilganda.

3.21.10. Abonent mazkur Ommaviy ofertaning 3.1-bandiga muvofiq, o‘zining shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha bergan roziligini bekor qilganida. Bunda, Operator Abonentga to‘liq yoki qisman xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin.

3.22.    Abonent tomonidan mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlari buzilganda va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, shuningdek, Qoidalarga muvofiq, Abonentga Operator tarmog‘iga qayta ulanish Operator tariflari bo‘yicha buzilish holatlari to‘la bartaraf etilgandan so‘ng taqdim etiladi, bunda, Abonent tomonidan ilgari belgilangan Tarif/Tarif rejasining saqlanishi kafolatlanmaydi.

3.23. Wi-Fi xizmatini taqdim etish tartibi:

3.23.1. Operator cheklangan yoki cheklanmagan doiradagi Abonent/foydalanuvchilarga bepul yoki pulli asosda Wi-Fi xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Abonent/foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi. Wi-Fi xizmatlari sessiyasining davomiyligi 24 (yigirma to‘rt) soatdan oshmaydi.

3.23.2. Wi-Fi xizmati ko‘rsatilganda, Abonent/foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada Wi-Fi xizmatini taqdim etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi, shuningdek, Abonent/foydalanuvchining shaxsini aniqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar aniqlanadi.

3.23.3. Abonent/foydalanuvchining shaxsini identifikatsiya qilish Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilgan mobil telefon raqami orqali amalga oshirilishi mumkin.

3.23.4. Abonent/foydalanuvchini mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish uchun uning mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali bir martalik parol yuboriladi va Abonent/foydalanuvchi autentifikatsiya qilinadi. Bunda, bir martalik parolning maksimal amal qilish vaqti 10 (o‘n) daqiqa davomida saqlanib qolinadi.

3.23.5.  Operator Wi-Fi xizmatini ko‘rsatishda Abonent/foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlari va uning telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlari sir saqlanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

3.23.6. Operator o‘z ixtiyorida (bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining resurslari, serverlari va segmentlarining mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar bo‘lmaydi.

4. OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Operator Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi asosiy huquqlarga ega:

4.1.1.   Abonentlarga Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.

4.1.2.   Foydalanuvchilarning aybi bilan telekommunikatsiya tarmoqlarida yuz bergan hodisalar natijasida ularga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishini talab talab qilish.

4.1.3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish.

4.1.4.   Abonent yoki foydalanuvchi ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlarini buzganligi yoki ularga ko‘rsatilgan telekommunikatsiyalar xizmatlari uchun belgilangan muddatda haq to‘lamaganligi sababli uning xatti-harakatlari bo‘yicha da’vo qilish.

4.1.5.   Operator yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida xabarlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlash va Abonent tarmog‘ida ko‘rsatiladigan xizmatlarning tegishli sifatini ta’minlash maqsadida qonunchilik hujjatlariga muvofiq Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatilishini nazarda tutadigan texnik tadbirlarni o‘tkazish.

4.1.6.   Tarif/Tarif rejasida sutkaning turli vaqtlari, hafta kunlari, dam olish, bayram (ishlanmaydigan) va boshqa kunlar bo‘yicha, shuningdek, ko‘rsatilayotgan Telekommunikatsiya xizmatlarining paketlari va hajmi bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni belgilash.

4.1.7.   Ayrim Telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha (masalan, USB-modemlar, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn-to‘lov terminallari, GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlarida foydalanish uchun, shuningdek, muayyan toifalardagi shaxslarga taqdim etiladigan xizmatlraga) maxsus Tariflar/Tarif rejalarini belgilash.

4.1.8.   Axborot resurslarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida zo‘ravonlikka da’vatlar, konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishga chaqiriqlar, urushni, shafqatsizlik va axloqsizlikni targ‘ib qilish, diniy va milliy adovatni qo‘zg‘atish, inson qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan boshqa axborotlar tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

4.1.9.   Abonentga xizmat ko‘rsatish muddatini o‘zgartirish va to‘xtatish, Abonentni faollashtirishning umumiy muddati mavjud emasligi haqidagi xabar/axborotni Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirish, ommaviy axborot vositalarida chop etish yoki mavjud boshqa usullar bilan Abonentlarga yetkazish.

4.1.10. Bir tomonlama tartibda mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi, Tariflar/Tarif rejasi shartlariga o‘zgartirish kiritish, ushbu o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni kamida 15 (o‘n besh) kungacha bo‘lgan vaqt mobaynida Operatorning rasmiy veb-saytiga joylashtirish yoki Operator uchun qulay bo‘lgan har qanday boshqa usul bilan Abonentlarni xabardor qilish.


4.1.11. Abonentlarni Operatorning rasmiy veb-saytida e’lon berish yoki boshqa mumkin bo‘lgan usullar bilan xabardor qilish shartiga qat’iy amal qilgan holda, tegishli tijorat tadbirlari yoki aksiyalarni o‘tkazish orqali har qanday vaziyatda taqdim etiladigan xizmat shartlarini o‘zgartirish.

4.1.12. Abonentga taqdim etilgan Abonent raqamini bir tomonlama, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda hamda Abonentni xabardor qilish shartiga qat’iy amal qilgan holda, o‘zgartirish.

4.1.13. Ma’lumotlar uzatish va tegishli xizmatlar sifatini, xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Abonentga xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatishni nazarda tutuvchi texnik tadbirlar o‘tkazish.

4.1.14. Abonent hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar mavjud bo‘lganda, Abonentning mavjud qarzdorligini qoplash uchun mavjud pul mablag‘larini Abonent hisobidan yechib olish.

4.1.14.1.  Operator yoki uchinchi shaxslar, shu jumladan Mobil elektron to‘lov xizmatlarini avanslash hisobiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Abonent tomonidan ortiqcha to‘langan pulni hisobga olish yoki Abonent shartnomasi bekor qilinganda Abonentga uning arizasi bo‘yicha bunday mablag‘larni qaytarish.

4.1.15.  Abonent aybi bilan yetkazilgan har qanday zararning qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish.

4.1.16. Yuridik shaxs bo‘lgan Abonentning kafolat xatida belgilangan majburiyatga asosan (jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlarga tatbiq etilmaydi) shaxsiy (elektron) hisob raqami balansi salbiy bo‘lganda,  1 (bir) kalendar oydan oshmagan muddatga xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish.

4.1.17. Texnologik ishlar va boshqa ish turlarini bajarish, Operator tarmog‘ining modernizatsiyasini amalga oshirish va muayyan xizmat ko‘rsatishning texnik ixtisoslashuvidan kelib chiqib, dasturiy vositalarni yangilash, bunda, Operator bir tomonlama tartibda dasturiy ta’minot sozlanishi ko‘rsatkichlarini belgilaydi.

4.1.18. Xizmat ko‘rsatish sifatini va ishonchliligini oshirish maqsadida bir tomonlama tartibda xizmat ko‘rsatish texnik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish, jumladan, taqdim etilayotgan dastur, kutubxona, funksiyalar, ma’murlashtirish vositalari ro‘yxatini o‘zgartirish.

4.1.19.  FTTX-texnologiyasi bo‘yicha ishlovchi Abonent qurilmalari orqali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatlari doirasida keng polosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatish vaqtida Operatorga kirish nuqtasi radiosignallari orqali Internet xizmatlaridan boshqa Abonentlarga (foydalanuvchilarga) xizmat ko‘rsatish/ularga xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. Bunda, Operatorning kirish nuqtasi radiosignallari xizmatlardan foydalanib kelayotgan dastlabki Abonentga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga ta’sir qilmasligi Operator tomonidan kafolatlanadi.

4.1.19.1.  Operator axborot-ma’lumot mazmunidagi, xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hamda reklamali SMS-xabarnomalarni Kompaniya nomidan yoki u bilan hamkorlik qiluvchi uchinchi shaxslar nomidan abonentga yuborish huquqiga ega.

4.1.20. Quyidagi hollarda shaxsiy kabinetga kirishni cheklash:

4.1.20.1.  Yuridik shaxs bo‘lgan Abonent tugatilishi to‘g‘risida ochiq manbalarda rasmiy axborot mavjud bo‘lganda/aniqlanganda (shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchisi sifatida xizmatlarga ulangan abonentlarga, nodavlat notijorat tashkilotlarga, ommaviy-huquqiy tashkilotlarga hamda qonunchilikka muvofiq boshqa huquqiy maqomga ega shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi).

4.1.20.2.  Abonent Shaxsiy kabineti orqali frod bo‘lib hisoblanadigan harakatlarni sodir etganligi aniqlangan taqdirda.

4.1.21. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan, mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi yoki Qoidalarga muvofiq Operator boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

4.2. Operator telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:

4.2.1.   Mazkur Ommaviy ofertada belgilangan muddatlarda mahalliy va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganda, ushbu haqda Abonentni uzib qo‘yishdan 10 (o‘n) kun oldin telefon, yozma yoki elektron xabar bilan elektron pochta manzilga yoki qisqa matnli (SMS) xabar yuborish orqali xabardor qilish.

4.2.2.   Abonent tomonidan Abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari/talablari buzilganda va ushbu holat Operatorga tegishli bo‘lgan telekommunikatsiya uskunasi/vositasining normal ishlashi buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lganda, Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini to‘xtatib turish.

4.2.3.   Abonentning telefon aloqasi xizmatidan foydalanishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Abonent tomonidan to‘lov kiritilgandan so‘ng, shuningdek, Abonentning aybi bilan Abonent qurilmasi ishlamay turgan vaqt uchun Abonent to‘lovi kiritilgandan so‘ng 24 (yigirma to‘rt) soat davomida foydalanishni tiklash jarayoni amalga oshiriladi. Bunda, telefon aloqasi xizmatidan foydalanish tiklanganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

4.2.4.   Agar Abonent telefon aloqasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilganidan keyin 60 (oltmish) kalendar kundan ortiq muddat ichida telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qarzdorligini bartaraf etmasa, Operator ushbu Ommaviy ofertaga muvofiq bir tomonlama tartibda Abonent shartnomasini bekor qilish huquqiga ega. Bu haqda Operator Abonentga mazkur bandning 4.2.1-kichik bandida belgilangan usullardan biri orqali kamida 10 (o‘n) kalendar kun oldin xabar berilishini ta’minlaydi.

4.3. Operator mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:

4.3.1. Abonent tomonidan mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlari to‘plamlari uchun maxsus tariflardan (tarif rejalaridan) Operatorning belgilangan talablariga muvofiq maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Bunda, Abonent tomonidan xizmatlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, Abonentga xabar qilingan holda, boshqa tarif rejasiga o‘tkazish.

4.3.2. Abonent tomonidan Operator tarmog‘ida ovozli trafikni o‘tkazish tartibi buzilishlari qayd etilgan hollarda, Abonentga Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini to‘xtatish.

4.3.3. Abonent tomonidan ketma-ket 365 kalendar kun mobaynida mobil aloqa xizmatlarini olish huquqini beradigan tranzaksiyalar amalga oshirilmaganda, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini to‘xtatish.

4.4. Operator ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:

4.4.1. Abonent tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining foydalanilgan veb-resurslarining hisobga olinishini (log-fayllarining yuritilishini) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilish.

4.4.2.   Operatorni ogohlantirmasdan hamda noqonuniy ravishda ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar ulanganda, shu jumladan, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida maxsus apparat-dasturiy vositalar o‘rnatish yo‘li bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda, xizmatlar ko‘rsatilishini bir tomonlama to‘xtatish. Bunda, Operator mazkur holatlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiladi.

4.5. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning umumiy majburiyatlari:

4.5.1.   Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini amaldagi standartlar, qoidalar, normalar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash.

4.5.2.   Telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘ylab uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari va barcha turdagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlash.

4.5.3.   Abonentlarga Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartlari va tartibi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda oldindan taqdim etish hamda ma’lumotlarni tezkorlik bilan yangilash.

4.5.4.   Telekommunikatsiya tarmoqlaridan noqonuniy/ruxsatsiz foydalana olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.

4.5.5.   Abonentlarga mazkur Ommaviy Oferta/Abonent shartnomasi shartlari bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi ta’minlanmaganligi hamda Abonentning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarar o‘rnini qoplash.

4.5.6.   Telekommunikatsiya xizmatlarini Abonentlarga mazkur Ommaviy Oferta/Abonent shartnomasi shartlarida kecha-yu kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash.

4.5.7.   Abonentlarni Operator tarmoqlaridagi yirik avariyalar, ularni ta’mirlash/rekonstruksiya qilish to‘g‘risida hamda ishlarning tugatilishi taxmin qilinayotgan muddatlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida (keyingi o‘rinlarda – OAV), Operatorning rasmiy veb-saytida yoki SMS-xabar orqali xabardor qilish.

4.5.8.   Operator xodimlari tomonidan Abonent bilan muomala qilish etikasiga rioya qilinishini, telefon orqali so‘zlashuvda o‘z lavozimi, familiyasi yoki shaxsiy raqami aytilishini ta’minlash.

4.5.9.   Abonent murojaat qilganda, uning talabiga ko‘ra, shaxsiy hisob raqamining holati va qarzdorligi mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilish.

4.5.10.  Axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan va tarqatilishi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rish.

4.5.11. Abonentlarning murojaatlarini (yozma yoki elektron yoki onlayn) qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqish.

4.5.12. Abonentlar Operatorning Call-markaziga (axborot-ma’lumot xizmati) qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishida teng huquqliligini ta’minlash. Bunda, Abonentlar Operatorning Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishlarida ma’lum bir Abonentlarga boshqa Abonentlarga nisbatan ustuvorlik (bog‘lanish vaqti, xizmat ko‘rsatish vaqti va h.) berilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

4.5.13. Operator tarmog‘idagi shikastlanishlarni, ushbu haqda Abonent murojaati kelib tushgan kundan boshlab, belgilangan muddat ichida (bunday shikastlanishlarni bartaraf etish uchun telekommunikatsiya sohasidagi normativlarda belgilangan muddatlarda) bartaraf etilishini ta’minlash.

4.5.14. Xalqaro trafikning noqonuniy o‘tkazilishi hamda GSM, IP yoki SMS-shlyuzlardan yashirin foydalanishga qarshi telekommunikatsiya tarmog‘ida maxsus apparat-dasturiy vositalarni o‘rnatish yo‘li bilan va boshqa zaruriy choralarni ko‘rish, muntazam ravishda Operator tarmog‘ida xalqaro trafikni o‘tkazish tartibi buzilishlarining oldini olish, aniqlash va tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish va Abonentning harakatlarini tahlil qilish yoki tegishli tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan Abonent raqamlarini faol aniqlash tamoyillariga asoslangan vositalar va tizimlarni qo‘llash.

4.5.15. Operator Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi mablagʻ xizmat koʻrsatishni davom ettirish uchun yetarli boʻlmagan kundan  boshlab 90 (to‘qson) kun davomida favqulodda tezkor xizmatlarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining ishonch telefonlarini bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini ta’minlash majburiyatini oladi.

Favqulodda tezkor xizmatlarga quyidagilar kiradi:

-           yagona dispetcherlik xizmati (112);

-           yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari (101);

-           ichki ishlar organlari (102);

-           tez tibbiy yordam (103);

-           gaz tarmog‘ining avariya xizmati (104);

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati (1050).

4.6. Telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning qo‘shimcha majburiyatlari:

4.6.1. Abonent qurilmasi Abonentning aybi bilan buzilmagan hollarda, Abonent tomonidan ta’mirlash byurosiga talabnoma berilgan vaqtdan boshlab, talabnoma yopilgan paytgacha Abonent qurilmasining butun ishlamagan vaqti uchun har oylik to‘lov hisoblanadigan barcha telefon aloqasi xizmatlari uchun qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish.

4.6.2.   Buyurtma bo‘yicha xalqaro telefon aloqasidan foydalanganda so‘zlashuvning minimal to‘lanadigan davomiyligi  hamda so‘zlashuvlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi joriy etilganligi haqida Abonentni xabardor qilish.

4.6.3.   Texnik sabablarga ko‘ra Abonent raqami almashtirilishi to‘g‘risida kamida 10 (o‘n) kun oldin Abonentni tegishli tarzda xabardor qilish.

4.6.3.1. Yangi ATS ishga tushirilishi va mahalliy telefon tarmoqlarining rekonstruksiya qilinishi, yangi texnologiya joriy etilishi munosabati bilan, Abonent raqami almashtirilishi to‘g‘risida Abonentlarga avtomat ravishda qo‘ng‘iroq qilish yoki yozma xabarnoma orqali Abonentga 20 (yigirma) kun oldin xabarnoma yuborish.

4.6.4.   Mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxini hisobga olish tizimi o‘zgarganligi to‘g‘risida OAVda va Operatorning rasmiy veb-saytida kamida 3 (uch) oy oldin e’lon qilish.

4.6.5.   Universal telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni yangi tariflar kuchga kirishidan kamida 15 (o‘n besh) kun oldin OAVda va Operatorning rasmiy veb-saytida nashr etish.

4.6.6.   Abonent qurilmasining o‘chirilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan so‘ng, telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash qarzdorligi so‘ndirilganda va Abonent aybi bilan Abonent qurilmasi ishlamagan vaqti uchun Abonent to‘lovi kiritilgandan so‘ng, telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganligi yoki Abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganligi uchun o‘chirilgan Abonent qurilmasini bepul tarmoqqa ulash.

4.6.7.   Operator tarmog‘i orqali ko‘rsatilayotgan mahalliy telefon aloqasi xizmatlari kommutatsiya qurilmalaridan telekommunikatsiya tarmog‘iga kira olish nuqtasidagi Abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda, Abonent qurilmasigacha bo‘lgan qismiga qadar xizmat ko‘rsatish.

4.7.      Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning qo‘shimcha majburiyatlari:

4.7.1.   Xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida mobil aloqa xizmatlari sifatli, o‘z vaqtida va kecha-yu kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash.

4.7.2.   Abonent shartnomasining bekor qilinishi vaqtigacha qarzdorlik so‘ndirilganda va oldindan to‘lovning zarur summasi to‘liq hajmda to‘langanda, Abonentga ushbu xizmat ko‘rsatilishini tiklash.

4.7.3.   Abonentning yozma-elektron (Shaxsiy kabinet orqali) murojaatiga asosan 1 (bir) yilgacha Abonent raqamidan foydalanish davri ichida Abonent shaxsiy hisob raqamidagi o‘zaro hisob-kitoblarning joriy holati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish.

4.7.4.   SIM-karta yoki abonent qurilmasi (eSIM) yo‘qolganda, Abonentning arizasi bo‘yicha (yozma yoki elektron shaklda yoki onlayn) xizmatlar ko‘rsatilishini zudlik bilan to‘xtatish.

4.7.5.   Operatorning rasmiy veb-saytida Dilerlar ro‘yxatini (ularning to‘liq nomlarini, yuridik manzili va xizmat ko‘rsatish punktlarini ko‘rsatgan holda) yuritish.

4.7.6.   Operatorning rasmiy veb-saytida ushbu xizmat turi bo‘yicha rasmiy axborotni (taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot, tariflar, prays-listlar, xizmatlarni taqdim etish tartibi va shartlarini) belgilangan muddatlarda oldindan e’lon qilish.

4.7.7.   Avval tuzilgan Abonent shartnomalari bo‘yicha Operatorning 5 (besh) ta va undan ko‘p raqamlariga ega Abonent - jismoniy shaxs bilan Abonent shartnomasi faqat Operatorning ofisida tuzilishini ta’minlash (qishloq joylarida, uzoqda joylashgan, yetib borish qiyin bo‘lgan olis aholi punktlarida maxsus jihozlangan transport vositalarida Abonent shartnomasini tuzish hollari bundan mustasno), bunday Abonent — jismoniy shaxs bilan Abonent shartnomasini tuzishda yangi ulanish to‘g‘risida Abonentning avval tuzilgan Abonent shartnomalari bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha raqamlariga SMS-xabar orqali xabardor qilishni amalga oshirish.

4.7.8.   Diler orqali tuzilgan Abonent shartnomasi asosida Abonentga mobil aloqa xizmatlarini so‘zsiz taqdim etish.

4.7.9.   O‘zini-o‘zi obro‘sizlantirgan Diler to‘g‘risida va ushbu Diler Operatorning sertifikatidan mahrum qilinganligi haqida tegishli ma’lumotlarni axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organiga (markazlashtirilgan onlayn bazaga kiritish uchun) darhol yetkazish.

4.7.10.  Operator veb-saytida mobil aloqa xizmatlarining turlari va standartlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish zonasini namoyish etuvchi interaktiv onlayn elektron kartani, shuningdek, aholi punktlarining ro‘yxatini yuritish.

4.7.11. Qoidalarga muvofiq Abonentlarga bepul axborotlarni taqdim etish, shu jumladan:

- ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek, ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida;

- xizmat ko‘rsatish zonasi o‘zgarganligi to‘g‘risida;

- xizmatlar bo‘yicha tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangi tariflar joriy qilingunga qadar 15 (o‘n besh) kun oldin taqdim etish.

4.7.12. Abonentni xabardor qilmasdan yoki uning roziligisiz, imzolarni qalbakilashtirib, soxta hujjatlar bo‘yicha yoxud Shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasini tekshirmasdan Abonent shartnomasini tuzmaslik.

4.7.13. Abonent tomonidan ushbu Abonent shartnomasi shartlari buzilgan hollarda, buzilishlar bartaraf etilgunga qadar Operator tomonidan ushbu xizmat ko‘rsatilishi to‘xtatilgan davrda, Abonentda favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish imkoniyatini saqlab qolish (Abonent shartnomasi bekor qilingan hollar bundan mustasno).

4.8. Ma’lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning qo‘shimcha majburiyatlari:

4.8.1.   Wi-Fi xizmatini ko‘rsatish vaqtida Abonent/foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda foydalanilgan Internet tarmog‘ining veb-resurslari (log-fayllar) hisobini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish bo‘yicha apparat-texnik chora-tadbirlar ko‘rish va ularni 3 (uch) oy ichida saqlanishini tashkillashtirish.

4.8.2.   Abonentlarga Operator veb-saytida va (yoki) OAV orqali, shuningdek, abonentlar va foydalanuvchilar bilan ishlash joylarida quyidagi axborotlarni taqdim etish:

- xizmatlarni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 15 (o‘n besh) kun oldin;

- ish vaqti, pochta manzili va bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida — tegishli o‘zgarishlar kiritilgan vaqtdan boshlab.

4.8.3.   Abonent shartnomasi bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, shuningdek, Abonentning arizasiga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki shartnomada belgilangan darajadagi sifatga ega xizmatlar ko‘rsatilmaganligi uchun qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish.

4.8.4.   Abonentning joriy holati, shu jumladan, ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborotning hajmi to‘g‘risida batafsil axborotni taqdim etish.

4.9.      Operatorning asosiy majburiyatlari:

4.9.1.   Abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ishonchli axborotlarni taqdim etish.

4.9.2.   Abonentga xizmatlardan foydalanish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar masalalarida maslahatlar tashkil etish.

4.9.3.   Xizmat to‘lovini va/yoki Abonent to‘lovini to‘lamaganligi uchun uzib qo‘yilgan, u tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun qarzdorlik Abonent tomonidan qoplangandan va Abonent tomonidan tanlab olingan Tarif/Tarif rejasiga muvofiq oldindan to‘lov summasi kiritilgandan so‘ng, Abonentni Operator tarmog‘iga ulashni amalga oshirish.

4.9.4.   Abonent shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash uchun zarur tashkiliy choralar ko‘rish va Abonent haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash.

4.9.5.   Abonentni rejalashtirilgan texnik ishlar o‘tkazilishi haqida ishlar boshlanishi sanasidan kamida  24 (yigirma to‘rt) soat oldin Operatorning veb-saytida ma’lumotlar joylashtirish orqali xabardor qilish.

4.9.6.   Operator tarmog‘i uskunalarining doimiy ishga yaroqliligini ta’minlash.

4.9.7.   Abonent tomonidan frod hisoblanuvchi harakatlar sodir qilinganligi va majburiyatlar buzilganligi fakti haqida tegishli vakolatli organlarga xabar berish va bunday Abonentga xizmat ko‘rsatishni zudlik bilan to‘xtatish.

4.9.8.   Mobil aloqa xizmati bo‘yicha - Abonentga rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish, agar Operator ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi boshqa operatorlar bilan tegishli shartnoma tuzgan bo‘lsa, agar bunday xizmat Abonent tomonidan o‘rnatilsa yoki Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasida nazarda tutilgan bo‘lsa.

4.9.9.   Yirik avariya yuz berganda, Abonentga OAV orqali va Operatorning rasmiy veb-saytida (shu jumladan SMS-xabar yuborish orqali) Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini qayta boshlash/tiklash muddatlarini aniq ko‘rsatgan holda xabar berish.

4.9.10.  Wi-Fi-xizmatlarini ko‘rsatishda Abonent/foydalanuvchining shaxsini aniqlash/identifikatsiya qilish, shuningdek, veb-resurslar (log-fayllar) hisobi yuritilishini qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etish bo‘yicha apparat-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

4.9.11.  Axborot resurslarini himoya qilishni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan axborotni va tarqatilishi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik va tarmoqda ushbu harakatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

5. ABONENTNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Abonent quyidagi umumiy huquqlarga ega:

5.1.1.   Abonent mazkur Ommaviy ofertaning 3.1-bandiga muvofiq, o‘zining shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha bergan roziligini bekor qilishi mumkin. Bunday holatda Operator Abonentga to‘liq yoki qisman xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi.

5.1.2.   Taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlari narxi va tariflardan xabardor bo‘lish va bu haqda ma’lumot olish.

5.1.3.   Aloqani va Abonentning Operator tarmog‘idan foydalana olishni tashkil qilish usullari, ulanish va xizmat ko‘rsatish tartibi hamda Telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish qoidalari haqidagi ma’lumotni olish.

5.1.4.   Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish darajasi, sifat darajasi, Operator serverida Abonent axborotining himoyalanganligini ta’minlashning kafolatlangan darajasi va boshqa ma’lumotlarni, axborotlarni olish.

5.1.5.   Abonent Shartnoma tuzish vaqtida yozma yoki og‘zaki ravishda murojaat qilish, USSD-buyruq, MyUZTELECOM mobil ilovasi yoki Kompaniyaning rasmiy ofislariga murojaat qilish orqali axborot-ma’lumot mazmunidagi, xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hamda reklamali SMS-xabarnomalarni olishdan voz kechish huquqiga ega. Bunda, ushbu Ommaviy ofertaning boshqa bandlarida nazarda tutilgan, texnik yoki xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq SMS-xabarnomalar yuborilishi davom ettiriladi.

5.1.6.   Istalgan amaldagi tarif rejasiga bepul o‘tish, bundan foydalanuvchilarning muayyan guruhiga yoki ma’lum cheklangan hudud uchun ishlab chiqilgan alohida tarif rejalariga o‘tish mustasno.

5.2. Abonent quyidagi huquqlarga ega:

5.2.1.   Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘ida xizmatlardan foydalanish.

5.2.2.   O‘ziga tegishli Abonent qurilmasini ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi va Qoidalarda belgilangan shartlar va tartibda Operator tarmog‘iga ulash.

5.2.3.   Operatordan ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilishini hamda o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish, Operator tomonidan Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlari buzilgan holda, Telekommunikatsiya xizmatlaridan voz kechish va Operator bilan Abonent shartnomasini bekor qilish, Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi yoki xizmatlar ushbu shartnomada belgilangan muddatda bajarilmaganligi ayon bo‘lganda, shuningdek, ko‘rsatilgan xizmatlar sifati ushbu shartnoma shartlarida belgilanganidan past darajada bo‘lganda, kamchiliklarni bepul bartaraf etish, Operator bilan kelishuv bo‘yicha ushbu xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi muddatni belgilash yoxud Telekommunikatsiya xizmatining narxini qayta hisoblashni talab qilish.

5.2.4.   Ommaviy oferta/Abonent shartnomasida ko‘zda tutilgan Telekommunikatsiya xizmatlaridan amaldagi tariflarga, xizmatlarning tavsifi va xizmatlar sifatiga muvofiq, shuningdek, Operator tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish.

5.2.5.   Operator tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki tegishli sifatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilmasligi natijasida o‘ziga yetkazilgan zarar o‘rnining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish, Operator harakatlaridan norozi bo‘lib shikoyat qilish hamda ma’nan yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.

5.2.6.   Qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar va afzalliklar berilishini talab qilish (bunda, imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlar asl nusxasi rasman taqdim etilgan kunidan boshlab imtiyozlar va afzalliklar amal qiladi), shuningdek, Operator bilan oldindan erishilgan og‘zaki kelishuv asosida Abonent shartnomasiga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida kelishuv bitimini imzolash.

5.2.7.   Favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek, Abonent shartnomasida ko‘zda tutilgan hollarda Telekommunikatsiya xizmatlaridan bepul foydalanish, Operatorga arizalar, takliflar va e’tirozlar bilan murojaat etish.

5.2.8.   Interaktiv usullarda, shu jumladan, mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tgan holda Operator bilan o‘zaro munosabat o‘rnatish.

5.2.9.   Yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlarida Operator tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish muddatlariga rioya qilmaslikka, bunda, Operator bilan kelishib, xizmatlar ko‘rsatilishining yangi muddatini belgilash va boshqalar.

5.2.10. Foydalanilgan xizmatlar hajmi, shuningdek, Shaxsiy kabinet (Shaxsiy kabinetga ulanish nazarda tutilgan xizmat turlarida qo‘llaniladi) orqali yoki Operatordan foydalanilgan xizmatlar hajmi, shaxsiy hisobdagi to‘lovlar tarixi, hisoblar va pul mablag‘larining qoldig‘i haqida batafsil ma’lumotlarni olish.

5.2.11. Operatordan Abonentga qadar aloqa kanallarining ko‘rsatkich va sifatlari yomonlashganida Operatorning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov bilan murojaat qilgan holda nosozlik holati bartaraf etilishini talab qilish.

5.2.12. Operatorni yozma yoki elektron shaklda (interaktiv usullarda) xabardor qilib, Telekommunikatsiya xizmatlardan foydalanishni to‘xtatish.

5.2.13. Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlarining buzilishi va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hech qanday qarzi mavjud bo‘lmasa, Operator o‘rtasida tuzilgan Abonent shartnomasini bir tomonlama tartibda bekor qilish.

5.2.14. Muntazam ravishda (kamida 7 kunda bir marta) rasmiy veb-saytida o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshirish.

5.3.      Telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishida Abonent quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:

5.3.1.   Abonentning aybisiz aloqa bo‘lmagan davrda, ta’mirlash yuzasidan uning talabnomasi mavjud bo‘lganida, shuningdek, uning arizasisiz qo‘shimcha pulli xizmatlar va boshqalar taqdim etilganda, ushbu xizmatlar uchun to‘lovlar qayta hisoblanishini yoki ushbu xizmatlardan foydalanganlik uchun pul mablag‘lari qaytarilishini talab qilish.

5.3.2.   Mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay to‘lov tizimidan foydalangan holda to‘langan davr uchun hisob taqdim etilganda, alohida to‘lov evaziga amalga oshirilgan telefon bog‘lanishlar bo‘yicha hisobning batafsil tavsifini talab qilish.

5.3.3.   Agar Operator ushbu xizmat turini ko‘rsatish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, Abonent o‘z xohishiga ko‘ra:

- telefon aloqasi xizmatlarining kamchiliklarini bepul bartaraf etish;

- telefon aloqasi xizmatlarini qayta taqdim etish;

- xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxlarini kamaytirish;

- yetkazilgan zararlarni qoplash bilan shartnomani bekor qilishga haqli.

5.4.      Mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishida Abonent quyidagi huquqlarga ega:

5.4.1.   Barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va Abonent raqamlarini ko‘rsatgan holda, Abonent raqamidan foydalangan 1 (bir) yilgacha davr uchun Operator tomonidan belgilangan tartib va shartlarga asosan barcha xizmat turlari bo‘yicha Operatordan batafsil hisobni olish.

5.4.2.   Ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi va Qoidalar shartlariga rioya qilgan holda, muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va h.) amal qiladigan alohida farmoyishlar va qoidalarni hamda to‘sqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilg‘ini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini o‘tkazish joylarida va h.) cheklanishlarni hisobga olgan holda, texnik talablarga mos bo‘lgan Abonent qurilmasidan foydalanish.

5.4.3.   Amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Operator tarmoqlarida “Abonent raqamini ko‘chirib o‘tkazish” xizmatidan foydalanish (bunda, Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan “Abonent raqamini ko‘chirib o‘tkazish” xizmatidan foydalanish tartibi yoki shunga teng kuchga ega huquqiy hujjat qonuniy kuchga kirgandan so‘ng, ushbu xizmatdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi).

5.4.4.   Abonent o‘zi foydalanayotgan mobil raqamni donor oldidagi shartnoma bo‘yicha majburiyatlar mavjud bo‘lmaganda boshqa mobil aloqa operatoriga (retsipient)ga ko‘chirish huquqiga ega.

5.5.      Abonentning asosiy majburiyatlari:

5.5.1.   Operator bilan tuzilgan Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlariga to‘liq rioya qilish hamda Operator tomonidan taqdim etilayotgan Telekommunikatsiya xizmatlaridan shaxsan foydalanish.

5.5.2. O‘ziga tegishli bo‘lgan yoxud Operator tomonidan xizmatlar ko‘rsatish davrida foydalanish uchun taqdim etilgan Abonent qurilmasi yordamida ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun Ommaviy oferta/Abonent shartnomasida belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda (hisob-kitob tartibi, Tariflar/Tarif rejalari va taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha) to‘lovlarni amalga oshirish.

5.5.3.   Operator tarmog‘idan davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa maxfiy ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.

5.5.4.   Operator tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan ma’lumotni va tarqatilishi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa ma’lumotlarni tarqatmaslik.

5.5.4.1.  Abonent qurilmasidan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablari, Operatorning huquqlari va manfaatlari, shu jumladan, Operatorning xalqaro imijiga/reytingiga, moliyaviy va boshqa zarar yetkazilishiga olib keladigan xatti-harakatlarni sodir etmaslik.

5.5.4.2. Operator tomonidan Abonentga taqdim etiladigan xizmatlar litsenziyalangan faoliyat turi bo‘lib, Abonent tomonidan ularni taqdim etish tartibi buzilishi, shu jumladan, qayd etilgan statsionar aloqa tarmoqlari, Internet-telefoniya va Abonent qurilmalari noto‘g‘ri ishlashiga olib keladigan boshqa xizmatlarga ulanish uchun shlyuzlarni o‘rnatishi va/yoki Operatorga zarar yetkazadigan maxsus aloqa qurilmalarining ish qobiliyatiga zarar yetkazilishi uchun Abonent belgilangan tartibda (ma’muriy yoki jinoiy) javobgarlikka tortiladi, shuningdek, Operatorga yetkazilgan zararni to‘liq qoplaydi.

5.5.5.   Operator tarmog‘i yordamida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotni tarqatmaslik, shuningdek, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik.

5.5.6.   Operator tarmog‘i orqali tarqatilishi taqiqlangan ma’lumotlardan tijorat yoki notijorat maqsadlarda foydalanmaslik.

5.5.7.   Operator tarmog‘i ish sifatining pasayishiga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarining shikastlanishiga olib keladigan harakatlarni bajarmaslik, Operatorni o‘zining Abonent qurilmasi, tarmog‘i va dasturiy ta’minotidagi barcha nosozliklar yoki o‘zgarishlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish.

5.5.8.   O‘z xonalarida joylashgan Abonent tarmog‘i va Abonent qurilmasini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya qilish, ma’lumotlar bazalaridan ruxsatsiz foydalanmaslik va Operatorning dasturiy vositalarini o‘zgartirmaslik.

5.5.9.   O‘zining xatti-harakatlari/harakatsizligi oqibatida Operatorga yetkazilgan zararni qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplash.

5.5.10. Tarkibida kompyuter viruslari yoki tarmoq uchun zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni yoki dasturiy ta’minotni e’lon qilmaslik yoki uzatmaslik, kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik.

5.5.11. Operator tarmog‘ida taqdim etilgan axborot va intellektual mulk obyektlari bo‘yicha mualliflik huquqlarini buzmaslik, television tarmoqlarida boshqa shaxslar tomonidan beriladigan signallarga ulanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik.

5.5.12. Operator vakillariga tekshiruv, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun telekommunikatsiya inshootlari va qurilmalari joylashgan hududlarga kirishni ta’minlash.

5.5.13. Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha shaxsan yoki qonuniy vakili orqali (notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida) o‘z huquqlarini amalga oshirish, shuningdek, xizmatlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish. Bunda, Abonentning Abonent qurilmalari bilan amalga oshirilgan aloqa xizmatlarini olish bo‘yicha harakatlari Abonentning nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab, amalga oshirilgan bo‘lib hisoblanadi.

5.5.14. Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish amalda boshlangunga qadar mavjud xizmatlar, tarif rejalari, xizmatlar uchun tariflar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ro‘yxati bilan tanishish.

5.5.15. O‘zbekiston Respublikasining standartlariga muvofiq sertifikatlangan Abonent qurilmalaridan foydalanish, bunda, Abonent qurilmasidan foydalanishdagi cheklovlarni hisobga olgan holda qurilma ishlab chiqaruvchisining ko‘rsatmalariga muvofiq foydalanish. Operator Abonentga belgilangan cheklovlar va talablar to‘g‘risida xabar berishga majbur emas.

5.5.16. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik, shu jumladan, abonent raqamidan xalqaro trafikni noqonuniy o‘tkazish uchun (GSM va IP-shlyuzlardan foydalanib), Operator va/yoki u bilan bog‘liq uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, Abonent qurilmalaridan dasturiy ta’minotni tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik, IP-manzillar va Abonent raqamlarini qalbakilashtirmaslik, asbob-uskunalar, dasturiy xizmatlar, Operator tarmog‘ida ruxsatsiz harakatlar, resurslardan va xizmatlardan noqonuniy foydalanmaslik.

5.5.17. Abonent Operatorga qonuniy tasdiqlangan shaxsiy ma’lumotlarni, shuningdek, xatlarni yetkazib berish uchun aniq pochta manzili, bank rekvizitlari, pochta manzili va vaqtinchalik yashash joyi/joylashgan manzili, Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlarini bajarish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni va Operatorga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirgan kundan boshlab, 15 (o‘n besh) kalendar kun ichida Operatorga yangi ma’lumotlar yozma shaklda taqdim etilishi shart (Abonent tomonidan mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Operator tomonidan majburiyatlari lozim darajada bejarilgan deb hisoblanadi). Operator tomonidan Abonentning yangi pochta manzili ma’lumotlaridan foydalanib, xizmat ko‘rsatilishi bunday ma’lumotlar taqdim etilgan keyingi oyning birinchi ish kunidan boshlab, amalga oshiriladi.

Bunda:

- Abonent - jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi va pasport ma’lumotlari haqiqiy bo‘lgan Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish yo‘li bilan;

- Abonent - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar — nomi (firma nomi), ro‘yxatga olingan (yuridik) manzili o‘zgarganligi, shuningdek, tugatilganligi to‘g‘risida xabar qilishi lozim.

5.5.18. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga qat’iy amal qilish, Operator bilan axborot xavfsizligi masalalarini hal qilishda hamkorlik qilish.

5.5.19. Shaxsiy hisob raqamini ijobiy balansda ushlab turish, Operator hisobi bo‘yicha o‘z vaqtida zarur Avanc to‘lovlari/Abonent to‘lovini amalga oshirish.

5.5.20. Tarmoq ma’lumot (rekvizit)lari tasodifan/Abonentning extiyotsizligi yoxud beg‘araz harakati oqibatida oshkor qilinganda, ushbu haqda Operatorga zudlik bilan mumkin bo‘lgan usullar orqali xabar berish va shu vaqtning o‘zida, Operator bilan kelishilgan holda, o‘z Autentifikatsiya ma’lumotlarini (paroli)ni o‘zgartirish.

5.5.21. Abonent qurilmasi orqali Operatorning aloqa kanallari, dasturiy ta’minoti va uskuna/vositalariga zarar yetkazish ehtimolini, shuningdek, o‘zining yoki uchinchi shaxslarning Autentifikatsiya ma’lumotlaridan qasddan foydalanish holatlarining oldini olish choralarini ko‘rish.

5.5.22. Operatordan oldindan yozma yoki elektron shakldagi roziligini olmay turib, Abonent qurilmasi, uskuna/vositalarining va/yoki boshqa qurilmalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri buzilishiga/nosoz holga kelishiga olib keladigan lotereyalar, ovoz berish, tanlov, viktorina, reklama, so‘rovnomalar, ommaviy tarqatiladigan xabarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun foydalanmaslik.

5.5.23. Operatorga quyidagi hodisalarda zudlik bilan, Abonent uchun mumkin bo‘lgan va qulay usullarda (yozma yoki elektron shaklda ariza berish yoxud Call-markazga qo‘ng‘iroq qilish orqali va boshqalar) xabar qilish va choralar ko‘rishni o‘z zimmasiga oladi va javobgar bo‘ladi:

-           SIM (eSIM) kartasi, Abonent qurilmasi va boshqalarning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi (bunday holatda SIM/RUIM karta orqali xizmat ko‘rsatilishining Operator tomonidan bekor qilinishiga olib keladi);

-           SIM (eSIM)-kartada mavjud bo‘lgan va Operatorga tegishli bo‘lgan shifrlangan holdagi ma’lumotlar/tijorat sirlarini o‘zi va uchinchi shaxslar tomonidan egallanishiga/olinishiga/xabardor bo‘lishiga/erkin foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shu jumladan, o‘zgartirishga, egallashga, nusxalashga, ko‘paytirishga, tarqatishga, boshqa ma’lumot tashuvchi vositalar/qurilmalarga o‘tkazmaslikka va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;

-           o‘zi yoki uchinchi shaxslar tomonidan Operator tomonidan topshirilgan SIM-kartaning dublikatini tayyorlamaslikni, shuningdek, uchinchi shaxslarga taqdim etmaslikni va uchinchi shaxslar tomonidan bunday harakatlarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash;

-           frod bilan bog‘liq ishlarni sodir etmaslik (aloqa tarmoqlarida firibgarlik).

Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, yo‘qotilgan SIM-karta yoki Abonent qurilmasidan (eSIM) foydalangan holda Operator tomonidan ko‘rsatilgan mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish, shi jumladan Operator Abonentning ular yo‘qolganligi va xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatish istagi bildirilgan arizasi/murojaatini olgan vaqtiga qadar ushbu to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga oladi.

Abonent ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmasa, Abonent aybi bilan Operatorga yetkazilgan barcha bevosita va bilvosita zararlarni qoplashga majburdir.

5.5.24. Har oyning 10 (o‘ninchi)-sanasiga qadar elektron hisobvaraq-faktura Operatorning sayti orqali jo‘natilishini va unda ko‘rsatilgan xarajatlar summasi Operator hisobiga o‘tkazilishini (jismoniy shaxslar bo‘lgan Abonentlar bundan mustasno) ta’minlash. Abonent hisobvaraq-fakturalarni qabul qilishdan, shu jumladan, ularni Operator tomonidan taqdim etiladigan manzilga yetkazib berishdan yoki boshqa sabablarga ko‘ra, hisobga olinmagan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha Operatorga o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishidan ozod qilinmaydi.

5.5.25. Abonent qonunchilik hujjatlarida va Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

5.6.      Telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanishda Abonentning qo‘shimcha majburiyatlari:

5.6.1.   Operator bilan tuzilgan Abonent shartnomasiga muvofiq telefonlashtirilgan turar-joydan ko‘chish, sotish, almashtirish, ijaraga berish, ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish, familiya, turar-joy manzili, rekvizitlari, korxona nomining o‘zgarishi, telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozlarni olish yoki yo‘qotish hollarida 1 (bir) oy muddat ichida Operator bilan Abonent shartnomasini qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish.

5.6.2.   Abonent liniyasini va qurilmasini o‘z uyida/o‘ziga tegishli joyda yaxshi holatda saqlash.

5.6.3.   Yakka tartibda foydalanadigan telefonga ega bo‘lgan Abonent, shuningdek, tashkilotlar (shu jumladan, mehmonxonalar, yotoqxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, chet el vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar)dagi telefon egalari ularning telefonlaridan amalga oshirilgan mahalliy va xalqaro telefon bog‘lanishlarga haq to‘lash uchun javobgar bo‘ladi.

5.7.      Ma’lumot uzatish, shu jumladan, Internet xizmatlaridan foydalanishda Abonent telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki shunga o‘xshash apparat-dasturiy vositalardan foydalanmoqchi bo‘lganda, ushbu haqda Operatorni ogohlantirishga, shuningdek, ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan GSM va IP-shlyuzlar orqali yoxud boshqa usulda xalqaro trafikni noqonuniy o‘tkazish maqsadida foydalanmaslikka majbur.

5.7.1.   Abonent tomonidan Operator taqdim etayotgan xizmatlarni subprovayderlik yoki “Internet-kafe”ni tashkil etish orqali qayta sotish/tijorat maqsadlarida foydalanish rejalashtirilganda, Abonent Operatorga telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli organi tomonidan berilgan tegishli litsenziyani oldindan taqdim etishi shart. Operator tarmog‘idan foydalanib/ulanib, litsenziya talab etiladigan telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatayotgan Abonent qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobggar bo‘ladi.

5.8. Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishda Abonentning qo‘shimcha majburiyatlari:

5.8.1.   Abonent shartnomasini tuzayotganda Operator bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha aktiv raqamlarning mavjudligi to‘g‘risida xabar berish.

5.8.2.   Xizmatlar yoki xizmatlar paketlari uchun Operator tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq maxsus tariflar (tarif rejalari)dan maqsadli foydalanishni ta’minlash.

5.8.3.   Olingan Abonent raqamidan GSM, IP yoki SMS-shlyuzlarda yoki shunga o‘xshash uskunalardan foydalanish yoki telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish yoki ommaviy SMS-xabarlar uchun foydalanish istagi bo‘lganda, buni oldindan Operator bilan kelishish.

5.8.4.   Foydalaniladigan Abonent qurilmasining asosiy turlari (uyali telefon, USB-modem, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn to‘lov terminallari, GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlari) haqida Operatorga ma’lumot berish, modelini, texnik parametrlarini aniq ko‘rsatish.

6. TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI UCHUN HISOB-KITOBLARNI VA TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

6.1.  Operator tomonidan ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lov naqd pulda va naqd bo‘lmagan to‘lovlar orqali amalga oshiriladi. Xizmatlar uchun to‘lov quyidagicha amalga oshiriladi:

- xizmatlar ko‘rsatilgandan keyin to‘lovni amalga oshirish (Postpaid) tizimi;

- xizmatlar ko‘rsatilishidan oldin to‘lovni amalga oshirish (Prepaid) tizimi.

To‘lov tizimi telekommunikatsiya xizmatining turi va tarif rejasining shartlari asosida belgilanadi.

6.2. Tariflarni oldindan to‘lash va belgilash tartibi:

Abonent xizmatlar uchun 2 (ikki) hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan muddatga oldindan to‘lovni amalga oshirish huquqiga ega. Tariflar o‘zgargan taqdirda, agar hisob-kitob davri boshlangan paytda shaxsiy hisobvaraqda abonent to‘lovini to‘liq yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa, to‘langan davr uchun qayta hisob-kitob amalga oshirilmaydi.

Yangi tariflar kuchga kirgan sanada Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘ keyingi bir yoki ikki hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovining to‘liq qiymatiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, oldindan to‘lov amalga oshirilgan deb hisoblanadi.

6.2.1.   Hisob-kitoblar tartibi:

•          Mablag‘lar yetarliligini baholash: Operator tarif rejasi qiymati o‘zgarishi kuchga kirgan kunda Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qoldig‘ini baholaydi. Baholash tekshirish paytidagi barcha jami operatsiyalar va hisobdagi band qilingan (rezervdagi) summalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

•          Tariflarni qo‘llash shartlari: Agar abonent to‘lo  vini yechib olish paytida shaxsiy hisobvaraqda mablag‘lar yetarli bo‘lmasa (shu jumladan, ularni qo‘shimcha yoki boshqa xizmatlarga sarflanishi natijasida), joriy davr uchun tarif qiymatini hisoblash abonent to‘lovi yechib olingan sanada amal qilayotgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.

•          Qayta hisob-kitob qilish huquqi: Agar Abonent ushbu bandning barcha shartlariga tegishli tartibda rioya qilgan bo‘lsa-yu, ammo tariflash yangi tarif bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, Abonent hisoblangan to‘lovlarni tekshirish va keyinchalik belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilish uchun Operatorga murojaat qilishga haqli.

6.2.2.  

           

•          Umumiy shaxsiy hisobvaraqqa ega bo‘lgan bir nechta xizmatlar bo‘yicha abonent to‘lovini hisoblash xususiyatlari:

•          -Mablag‘lar yetarliligini baholash: Bir nechta xizmatlar uchun yagona shaxsiy hisobvaraqdan foydalanilganda, pul mablag‘larining yetarliligini baholash jami qoldiqdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Muayyan xizmat bo‘yicha to‘lovning mavjudligi, agar hisobvaraqning umumiy balansi (barcha ulangan servislarni hisobga olgan holda) abonent to‘lovini to‘liq hajmda yechib olish uchun yetarli bo‘lmasa, tarifning joriy qiymati shartlari saqlanib qolishini ta’minlamaydi.

•          -To‘lovlarni undirish tartibi: Abonent to‘lovi hisob-kitob davri uchun to‘liq hajmda undiriladi. Boshqa turdagi xizmatlar uchun to‘lovlar ular ko‘rsatilgan fakt bo‘yicha yechib olinishi mumkin.

6.2.3.   Cheklovlar va rekvizitlar:

- Amal qilish doirasi: Ushbu tartib mutlaqo hisob-kitob davri 1 oydan oshmaydigan tarif rejalariga nisbatan tatbiq etiladi.

- To‘lovni amalga oshirish tartibi: Bank o‘tkazmasi orqali to‘lov amalga oshirilganda, Abonent to‘lov hujjatida Abonent shartnomasi raqamini, shaxsiy hisobvaraq raqamini (jismoniy shaxslar uchun: Abonent raqami, ID-raqam yoki shaxsiy raqam) va avans to‘lovi amalga oshirilayotgan davrni ko‘rsatishi shart.

           

6.2.4    Operator tomonidan ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblar va to‘lovlar xizmatlar ko‘rsatish vaqtida amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tariflarga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar Operator tomonidan OAVda, Operatorning rasmiy veb-saytida yoki SMS orqali ushbu o‘zgartirishlar amalga kiritilishidan kamida 15 (o‘n besh) kun oldin e’lon qilinadi. Ushbu muddatdan so‘ng, Abonent to‘lovi o‘zgartirilgan tariflarga muvofiq hisoblanadi.

6.3.      Tariflar/Tarif rejalari xizmatlarning barcha turlari bo‘yicha Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tariflar/Tarif rejalari bo‘yicha tasdiqlangan narxlar ro‘yxati Operatorning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

6.4.      Tariflar qonunchilikda belgilangan barcha soliqlarni o‘z ichiga oladi.

6.5.      Yangi Abonentni telekommunikatsiya xizmatlariga ulash uchun Dastlabki avans to‘lovini 100 (bir yuz) foiz oldindan to‘lash sharti bilan tegishli Tarif/Tarif rejasida belgilangan miqdorda xizmatlar taqdim etiladi.

6.6.      Abonentlar - jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun har oyda amaldagi tarif/tarif rejalariga muvofiq avans to‘lovini 100 (bir yuz) foiz miqdorda oldindan to‘lash sharti bilan, amalga oshiradilar.

6.6.1.   Abonentlar - yuridik shaxslar xizmatlar ko‘rsatilgandan keyingi hisobot davri uchun, Operator tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida to‘lovni amalga oshiradilar. To‘lov Abonentlarga hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan boshlab, 3 (uch) bank kuni ichida amalga oshirilishi kerak.

6.6.2.   Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan Abonentlar  mobil elektron to‘lov xizmatlari/boshqa qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishi uchun Abonentning Shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar (tarif rejasiga muvofiq abonent to‘lovi yechilgandan so‘ng balansdagi mablag‘lar qoldig‘i) mavjud bo‘lishi lozim.

6.7.      Taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lov Abonent tomonidan istalgan qulay usullar orqali - pul mablag‘larini Operatorning hisob raqamiga naqd pul (to‘lov kassalari orqali) yoki naqdsiz pul o‘tkazish, shu jumladan, To‘lov agentlari/To‘lov tizimlari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

6.8.      To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.

6.9.      Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:

- yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar uchun – bank hujjatlarida (to‘lov topshiriqnomasida) to‘lovni amalga oshirish maqsadi, Operator taqdim etgan hisobning raqami va Abonent shartnomasining raqami;

- jismoniy shaxslar uchun – Abonent raqami yoki ID-raqam yoxud Abonentning shaxsiy raqami.

6.10.    Abonent tomonidan foydalaniladigan xizmatlar uchun har qanday shaklda, shu jumladan, To‘lov agentlari orqali to‘lovlar amalga oshirilganda, Operator hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari Abonentning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi (Abonent hisob raqamida bo‘ladi). Bunda, Abonent tomonidan To‘lov agentlari yoki banklar orqali to‘lovlar amalga oshirilganda va ushbu mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar yuzaga kelganda, Operator mazkur nizolar tarafi yoki nizolar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.

6.11.    Xizmatlar taqdim etilayotganda Abonent tomonidan oldindan to‘lov sifatida kiritilgan Abonent to‘lovi/Avans to‘lovi ko‘rinishidagi pul mablag‘lari uning Shaxsiy hisob raqamidan/balansidan Tariflar/Tarif rejalari va belgilangan tariflash qoidalariga muvofiq yechib olinadi.

6.12.    Xizmatlar taqdim etiladi:

-           Yuridik shaxs bo‘lgan abonentlar uchun:

-           Postpaid: xizmatlar hisob-faktura asosida, hisobot davri uchun to‘lov amalga oshirilgan va muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda ko‘rsatiladi.

-           Prepaid: telekommunikatsiya xizmatlari shaxsiy hisobvaraqdagi ijobiy qoldiq doirasida ko‘rsatiladi. Agar mablag‘ xizmat haqini to‘lash uchun yetarli bo‘lmasa, xizmatdan foydalanish to‘xtatib turiladi.

Jismoniy shaxs bo‘lgan abonentlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy-huquqiy tuzilmalar va boshqa toifalar uchun:

- Xizmatlar abonent to‘lovi yoki avans to‘lovining ijobiy qoldig‘i doirasida ko‘rsatiladi.

- Agar hisobdagi mablag‘lar qoldig‘i tarifikatsiya uchun zarur bo‘lgan summadan kam bo‘lsa, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilmaydi.

6.13.    Abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansidan foydalanilayotgan xizmatlar haqini yetarli miqdorida darhol yechib olish mumkin bo‘lmagan hollarda, foydalanilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar kechiktirilgan rejimda yig‘iladi va yig‘ilgan summalar qayta hisoblangandan so‘ng, Abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansi salbiy holatda (nol qiymatda) bo‘ladi. Bunda, Tomonlar Abonentning Operator oldidagi bunday qarzdorligini shubha ostiga qo‘ymaydilar va Abonent tomonidan ushbu qarzdorlik so‘zsiz tan olinadi. Operator, o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatib turadi va shu vaqtning o‘zida Abonentni har qanday qulay usullar orqali Operator oldida vujudga kelgan qarzdorligi haqida xabardor qiladi va ushbu qarzdorlik to‘lanishini talab qiladi.

6.14.    Abonent shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan holda, Abonentning shaxsiy hisob raqamida/balansida foydalanilmay qolgan mablag‘lar ushbu Ommaviy ofertaning 12.5-bandiga muvofiq Operator tomonidan Abonentga qaytarib beriladi.

6.14.1. Operator abonentdan (jismoniy shaxsdan) qaytarilishi lozim bo‘lgan summadan ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq o‘z xarajatlarining 3,7 foizini (uch butun yetti o‘ndan bir foizini) ushlab qolishga haqlidir. Mazkur ushlab qolinadigan summa bank xarajatlari va to‘lov agentlari xizmatlari uchun sarflangan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Ushlab qolinadigan summaning miqdori Operator tomonidan amalga oshirilgan bank xarajatlari va to‘lov agentlari xizmatlari uchun sarflangan xarajatlar summasi o‘zgarishiga qarab, o‘zgartirilishi mumkin.

6.15.    Abonent-yuridik shaxsning kafolat xatidagi majburiyatlari asosida uning Shaxsiy (elektron) hisob raqami balansi salbiy (nol) bo‘lganda, 1 (bir) kalendar oydan oshmagan muddatga xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin. Bunda, Abonent, Operator tomonidan amalga oshirilgan barcha hisoblarni tasdiqlaydi, biroq Abonent shartnomasiga asosan xizmatlar uchun to‘lanmagan – Operator tomonidan taqdim etilgan barcha hisoblarni 3 (uch) bank kuni mobaynida so‘zsiz to‘liq to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi. To‘lov hisobi pochta orqali, jumladan, elektron pochta orqali jo‘natilishi, shaxsan yetkazilishi yoki kuryer orqali yetkazilishi ta’minlanadi.

6.15.1. Abonent tomonidan unga Operator tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida Abonent to‘lovi/Bo‘nak avans to‘lovi bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Tomonlar Abonentning o‘z hisoblarini to‘lash majburiyatlari bo‘yicha Operatorga javob berishga majbur bo‘lgan uchinchi shaxs (kafil) bilan kafillik shartnomasini tuzishga haqlidir. Operator, Abonent va kafil o‘rtasidagi barcha munosabatlar kafillik shartnomasi va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.

6.16.    Agar hisobot oyi tugaganidan keyin 10 (o‘n) kalendar kun ichida Abonent xizmatlar hajmi va sifati yuzasidan tegishli yozma yoki elektron shaklda asoslangan da’vo/e’tiroz taqdim etmagan bo‘lsa, xizmatlar har bir hisobot oyi davomida Operator tomonidan tegishli tarzda ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va ushbu hisobot oyining oxirgi kunida Abonent tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

6.17.    Abonentning Operator tomonidan yuritiladigan Shaxsiy hisob raqami Tomonlarning o‘zaro hisob-kitoblarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Abonent Shaxsiy hisob raqamining daxlsizligi Operator tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’minlanadi.

6.18.    Operator va Abonent o‘rtasida to‘lovlarni undirish bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ushbu kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.

           

7. XIZMAT SIFATI BO‘YICHA KAFOLATLAR

7.1. Operator xizmat ko‘rsatish zonasida xizmatlar sifatini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasida amaldagi texnik normalarga, shuningdek, Operatorda mavjud litsenziyalarga muvofiq ish yuritadi.

7.2.  Operator Abonentga xizmatlar ko‘rsatish sifati yomonlashgan yoki xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatilgan holatlar uchun javobgar hisoblanmaydi, agar bu tabiiy sharoitlar, shuningdek, radioto‘lqinlarning binolar yaqinida yoki ichida, tunnellarda, podvallarda va boshqa yer osti inshootlarida tarqalish sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ya’ni radioto‘lqinlarning tabiiy tarqalish omillari, mahalliy relyef va qurilish xususiyatlari, uskunalarning texnik tavsiflari va holati sababli yuzaga kelgan bo‘lsa, shuningdek, Operator oldindan ko‘ra olmagan boshqa sabablar, jumladan meteorologik sharoitlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa.

7.3. Operator ko‘rsatilayotgan xizmatlardagi kamchiliklar, shuningdek, ushbu bobda ko‘rsatilgan sabablar tufayli yuzaga keladigan boshqa oqibatlar uchun javobgar hisoblanmaydi. Operator Abonent tomonidan belgilangan talablarga javob bermaydigan abonent qurilmasi yoki uskunadan foydalanilgan hollarda, shuningdek, ishlab chiqaruvchi yoki Operator bilan kelishilmasdan o‘zgartirishlar (modifikatsiyalar) kiritilgan qurilma yoki uskunalar qo‘llanilgan taqdirda ham javobgar hisoblanmaydi.

8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI

8.1.      Operator Abonent oldida quyidagilarga javobgardir:

8.1.1.   Belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, xizmatlar ko‘rsatish muddatlarini va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini buzganlik, xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ushbu xizmatlarning ijrochisi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida yoki ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bilan nazarda tutilgan tartibda.

8.1.2.   Abonentning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish tartibi buzilganligi uchun.

8.2. Abonent Operator oldida quyidagilar uchun javobgardir:

8.2.1.   Abonent Operator oldida Abonentni individuallashtirish ma’lumotlaridan, shuningdek uning hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda uchinchi shaxslarning har qanday harakati va/yoki harakatsizligi uchun, agar bunday harakatlar Abonentning autentifikatsiya va boshqa ma’lumotlarining oshkor qilinishi, yo‘qotilishi yoki o‘g‘irlanishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘ladi. Operator Abonentning va/yoki uchinchi shaxslarning uning hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda sodir etgan yuqoridagi harakatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

8.2.2.   Xizmatni ko‘rsatishni davom ettirishda mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlari, Tarif/Tarif rejalari va boshqa joriy o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida xabardor qilinganidan va ushbu o‘zgarishlar kuchga kirish sanasidan so‘ng, xizmatlardan foydalanish, shuningdek, Operator veb-saytida xizmatlarni taqdim etishdagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda tekshirish, ushbu o‘zgarishlarga so‘zsiz qo‘shilish va qabul qilish bo‘lib hisoblanadi.

8.2.3.   O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etish, shu jumladan:

- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik), qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmish uchun;

- ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik uchun.

8.2.4.   Unga berilgan tarmoq ma’lumotlari/rekvizitlarining maxfiyligini saqlab qolish va mualliflik huquqi hamda u yoki ular olgan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa qonunlarga rioya qilinishiga.

8.3.  Mazkur Ommaviy ofertaning 5.5 – 5.8-bandlarida belgilangan shartlarni buzganlik uchun Abonent Operatorga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash bo‘yicha javobgar bo‘ladi.

8.4. Mazkur Ommaviy Oferta/Abonent shartnomasida ko‘zda tutilmagan boshqa holatlarda Tomonlarning javobgarligi, tanlangan xizmatlarning tegishli qoidalari va shartlari bilan hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

           

9. JAVOBGARLIKNING CHEKLANISHI

9.1. Operator quyidagilarga javobgar hisoblanmaydi:

9.1.1.   Operator Abonent tomonidan tariflar o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotni ushbu Ommaviy ofertada nazarda tutilgan tartibda olmaganligi yoki bu haqda xabardor bo‘lmaganligi natijasida Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan bevosita yoki bilvosita zararlar uchun, shuningdek, xizmatlardan foydalanish yoki ulardan foydalana olmaslik natijasida, Operator aybi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

9.1.2.   Operatorning uskunalari va dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga yetkazilgan zarar, shuningdek, mazkur Ommaviy oferta, tanlangan xizmatlar shartlari va qoidalariga rioya etilmaganligi yoki majburiyatlar bajarilmaganligi uchun.

9.1.3.   Quyidagi sabablarga ko‘ra xizmatlar sifati va ishonchliligi parametrlari o‘rtasidagi farq, shuningdek, Operator va Abonent o‘rtasida abonent trafigi haqida ma’lumotlar olinishidagi nomuvofiqlik uchun:

- Abonent tomonidan Operator bilan kelishuvsiz aloqa tarmog‘ining konfiguratsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar;

- Ofertada yoki to‘lov kartasida belgilangan talablarga javob bermaydigan dasturiy ta’minot o‘rnatilishi, shu jumladan, trafikni hisoblash uchun;

- Abonent tomonidan noto‘g‘ri sozlamalar (marshrutlash) amalga oshirilishi, shu jumladan, trafikni hisobga olish dasturlari o‘rnatilishi.

9.1.4.   Xizmatlar sifati va ishonchliligi, parametrlari, shuningdek, Abonent bilan Operator o‘rtasidagi trafikni tarifikatsiyalash haqidagi axborotlar farqlanishiga, agar ular quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lsa:

- Abonent tomonidan Operator bilan oldindan kelishilmasdan Operator tarmog‘iga ulanish konfiguratsiyasi o‘zgartirilishi;

- mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi talablariga zid bo‘lgan dasturiy ta’minotni, shu jumladan, trafikni hisoblash dasturi o‘rnatilishi;

- Abonent tomonidan dasturiy ta’minot, shu jumladan trafikni hisoblash dasturi noto‘g‘ri sozlanishi.

9.1.5.   Abonent tomonidan o‘z autentifikatsiya ma’lumotlari oshkor qilinishi, Abonent qurilmasidan foydalanish qoidalari (shu jumladan, ishlab chiqaruvchining ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomasi talablari) buzilishi, shuningdek, uchinchi shaxslarning qonunga xilof harakatlari, xususan, ruxsatsiz pochta almashinuvi, virusli hujumlar va boshqalar oqibatida yuzaga kelgan har qanday zarar uchun.

9.1.6.   Qurilmani almashtirish, dasturiy ta’minot yoki boshqa ishlarni bajarish zarurati yoxud tarmoqning ishlashi va rivojlanishini ta’minlash bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etishidagi to‘liq yoki qisman uzilishlar uchun, bunday ishlarni amalga oshirish haqida Abonentga majburiy ravishda xabar berilishi sharti bilan.

9.1.7.   Operatorga tegishli bo‘lmagan/taalluqli bo‘lmagan Internet tarmog‘ining alohida segmentlarining mavjudligi va ishlashi uchun.

9.1.8.   Abonent tomonidan tarmoq orqali uzatiladigan axborotning mazmuni, shuningdek, Operator xizmatlaridan foydalanish yoki undan foydalanish mumkin emasligi natijasida Abonent tomonidan bevosita yoki bilvosita ko‘rilgan zarar uchun.

9.1.9.   Abonent qurilmasining muayyan tizimi yoki dasturiy ta’minoti ishlamasdan qolgani yoxud lozim darajada ishlamagani uchun.

9.1.10.             Abonentga texnik sabablar yoki yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlari sababli uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatilmagan hollarda, shu jumladan:

- Operator tomonidan boshqarilmaydigan yoki egalik qilinmaydigan aloqa kanallarining ishlamasligi (degradatsiyasi) va qurilmalari/uskunalarining buzilishi davri uchun;

- Abonent yoki Abonentning roziligi bilan xizmatdan foydalanadigan uchinchi shaxs tomonidan bevosita yoki bilvosita harakatlari sababli kelib chiqqan, xizmatlar taqdim etilmaydigan davri uchun. Ushbu holat Operatorning texnik xizmatlari bilan mos kelmaydigan apparat yoki dasturiy ta’minotni o‘zgartirish, tarmoq rekvizitlarini mustaqil ravishda qayta tiklash, modifikatsiyalash ma’nosini anglatadi;

- 30 (o‘ttiz) daqiqadan kam davom etgan davr uchun.

9.1.11.  Abonentning oldindan berilgan buyurtmasi asosida Operator tarmog‘i orqali Kontent-provayder tomonidan yuboriladigan kontentning mazmuni va sifati, uning taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi uchun.

9.1.12.  Operatorga bog‘liq bo‘lmagan yoki Operatorning aybi bo‘lmagan holatlarda Abonent tomonidan boy berilgan foyda ko‘rinishidagi zararlar uchun.

9.1.13. Operator tarmog‘i orqali Uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi) tomonidan xizmatlar taqdim etilishi, ularning sifati hamda hajmi uchun.

9.1.14. Abonent tomonidan har qanday axborotning tarqatilishi yoki Abonent tomonidan Uchinchi shaxs (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi) xizmatlari orqali yetkazilgan har qanday zarar uchun.

9.2. Operator (ma’lumotlar uzatish va Internet, shuningdek Wi-Fi xizmatlarini ko‘rsatishda) uning tasarrufida (uning bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) bo‘lmagan resurslar, serverlar va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi va ishlashi uchun javobgar bo‘lmaydi.

           

10. YENGIB BO‘LMAYDIGAN KUCHLAR/FORS-MAJOR HOLATLARI

10.1.    Ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha Tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, yong‘inlar va boshqalar) yoki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab, import va eksportni taqiqlash, ommaviy biologik yoki kimyoviy ifloslanish xavfi yoki radiatsiyaviy nurlanish xavfi yoki ma’lum bir (cheklangan) hududda yoki respublika hududida favqulodda vaziyat/holat e’lon qilinishi, pandemiya yoki sanitariya-epidemiologik vaziyat yomonlashishi oqibatida karatin yoxud vaqtinchalik boshqa cheklovlar, shu jumladan, fuqarolarning ayrim huquqlari bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilishi va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlar uchun qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda vaziyat, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar fors-major holatlari deb toifalanadi.

10.2.    Tomonlarning hech biri mazkur Ommaviy oferta shartlari bo‘yicha  o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar ularni bajarmaslik Abonent shartnomasi tuzilganidan keyin yuzaga kelgan va Tomonlar nazoratidan tashqarida bo‘lgan fors-major (favqulodda vaziyat xarakteridagi) holatlarining bevosita natijasi bo‘lsa.

10.3.    Tomonlarning o‘z majburiyatlarini bajarish muddati, bunday holatlar va ularning oqibatlari amal qilish muddatiga mutanosib ravishda qoldiriladi/uzaytiriladi. Agar Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining imkoni bo‘lmasa, mazkur bobda ko‘rsatilgan holatlarning kelib chiqishi, amal qilish muddati va bekor qilinishi to‘g‘risida bir Tomon 10 (o‘n) kalendar kuni davomida yozma ravishda boshqa Tomonga xabarnoma yuboradi. Ushbu xabarnomada bayon etilgan faktlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

10.4.    Agar majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmasligi 3 (uch) kalendar oyidan ortiq vaqt mobaynida davom etsa, Operator Abonent shartnomasini Abonentning mumkin bo‘lgan zararlarini (shu jumladan xarajatlarni) qoplash majburiyatisiz to‘liq yoki qisman bekor qilishga haqli.

           

11. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

11.1.    Abonent shartnomasini bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Tomonlar talablari asosida, nizolarni sudgacha hal etish tartibiga, shu jumladan, mediatsiya tartibiga rioya qilingan holda va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normalarga muvofiq hal qilinadi.

11.1.1. Abonent – jismoniy shaxs uchun: Tomonlar o‘rtasida nizo va kelishmovchiklar yuzaga kelgan vaziyatlarda Operator yoki Dilerning tegishli ofisi joylashgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

11.1.2. Yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchisi, nodavlat-notijorat tashkilot, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqa Abonentlar uchun: Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizo va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqiladi.

11.2. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish, Abonent shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/e’tiroznoma ko‘rinishidagi murojaat/shikoyat telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilgan, uni ko‘rsatish rad etilgan yoki hisob taqdim etilgan kundan boshlab, ko‘pi bilan 6 (olti) oy ichida berilishi lozim. Bunda, murojaatda Abonent shartnomasining nusxasi, shuningdek, ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi, bu hujjatlarda shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida da’vo qilingan holda — yetkazilgan zarar fakti va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.

11.2.1. Abonent tomonidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/e’tiroznoma ko‘rinishidagi murojaati Operator tomonidan kelib tushgan kunning o‘zida ro‘yxatga olinib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

11.3.    Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi yetarli darajada amalga oshirilmaganligi yoki ko‘rsatilmaganligi bilan bog‘liq e’tirozlar Mazkur Ommaviy ofertaning 11.4-bandida ko‘rsatilgan sanaga amal qilingan holda qabul qilinadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

11.3.1. Bunday e’tirozga javob telegraf orqali, teletayp, elektron pochta (e-mail) orqali, shuningdek, aloqa vositalarining boshqa usullaridan foydalangan holda, Abonentga topshirilganligi to‘g‘risida yozma shaklda tasdiqnoma bilan yoki buyurtma xat orqali yuboriladi.

11.4.    Abonentning yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/e’tiroznoma/shikoyat/taklif ko‘rinishidagi murojaati ko‘pi bilan 30 (o‘ttiz) kun davomida ko‘rib chiqiladi va tegishli shaklda javob beriladi. Bunda, murojaatni ko‘rib chiqish uchun 15 (o‘n besh) kundan ortiq muddat talab etilsa, murojaat muallifi bu haqda majburiy ravishda xabardor qilinadi.

11.5.    Tarmoqqa noqonuniy/ruxsatsiz kirish yo‘li bilan uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanish natijasida nizo/kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Operator sodir etilgan xatti-harakatlarning tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda ichki texnik tekshiruv o‘tkazishga haqli.

11.6.    Operatorda, Abonent tomonidan Operator xizmatlaridan beg‘araz foydalanilganligiga shubha tug‘ilsa, u istalgan maqbul usulda Abonentga Operator ofisiga kelish lozimligi haqida xabarni yuborib, xabarda holatlarni aniqlashtirish va xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish mumkinligi haqida tushuntirish beradi. Agar Operatorning xabarnomasi yuborilgan kundan boshlab, 3 (uch) kalendar kun mobaynida Abonent tomonidan bajarilmasa, Operator Abonent tomonidan Operator talab qilgan shartlar bajarilgunga qadar xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turishga haqli.

11.7.    Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan va ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan Abonentning Operator oldidagi qarzdorligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan sud buyrug‘i/qarori/notariusning ijro yozuvlariga asosan so‘zsiz tartibda majburiy undiriladi.

11.8.    Operatorga yuborilgan murojaatda qo‘yilgan masalalarni hal etish Operatorning vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, murojaat kelib tushgan sanadan 5 (besh) kundan kechiktirmay, tegishliligi bo‘yicha, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga yuboriladi va bu haqda Abonentga belgilangan shaklda xabar qilinadi.

           

12. AMAL QILISH MUDDATI, O‘ZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI

12.1.    Abonent shartnomasi Abonent tomonidan mazkur Ommaviy oferta shartlarida qabul qilingan/aksept amalga oshirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Abonent shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda amal qiladi, ushbu shartnomada amal qilish muddati mavjud bo‘lmagan hollarda, Abonent shartnomasi muddatsiz tuzilgan deb hisoblanadi.

12.2.    Abonent shartnomasining shartlariga, shu jumladan, Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartlariga o‘zgartirishlar kiritilishi (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, xizmatlar uchun hisob-kitoblar tartibi va boshqalar) Operator tomonidan bir tomonlama tartibda, OAVda e’lon berish, Operator veb-saytida joylashtirish, Abonentga SMS yoki elektron pochta manziliga xabar yuborish, shuningdek, Operator uchun ma’qul bo‘lgan boshqa vositalar va usullar bilan xabar berish orqali amalga oshiriladi.

12.2.1. Operator tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, xizmatlar uchun hisob-kitoblar tartibi va boshqalar) haqida tegishli xabarnomalar Abonentga yuborilgan sanadan boshlab yoki tegishli ma’lumotlar joylashtirilgan/e’lon qilingan sanadan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kunigacha bo‘lgan muddat mobaynida Abonent tomonidan bunday o‘zgartirishlar yozma/elektron shaklda rad etilmasa, Abonent tomonidan to‘liq qabul qilingan hisoblanadi. Agar mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan muddat ichida Abonent tomonidan Operatorning bunday o‘zgartirishlarini qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, Abonent shartnomasi ushbu rad etish haqidagi murojaati kelib tushgan kundan 15 (o‘n besh) kalendar kun o‘tgandan keyingi kuni Abonent tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi.

12.3.    Abonent shartnomasi (shartnoma) quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:

12.3.1. Abonent tashabbusi bilan tugatish sababi ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda shartnomani bekor qilish. Bunda, Abonent (jismoniy shaxslar bundan mustasno) Operatorga bekor qilish mo‘ljallangan/rejalashtirilgan sanadan kamida 15 (o‘n besh) kalendar kun oldin yozma/elektron shaklda xabar berishi shart. Bunday holatda, xizmat muddati yakunlangan sanasi, xizmatlar ko‘rsatiladigan joriy oyning oxirgi kuni deb hisoblanadi.

12.3.2. Quyidagi hollarda Operator tashabbusi bilan shartnoma bekor qilinishi mumkin:

- Abonent tomonidan shartnoma shartlari va tanlab olingan xizmat qoidalari/shartlari buzilganida;

- majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganida (xizmat ko‘rsatish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lmaganida);

- yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlarida;

- Abonent-jismoniy shaxs vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda (merosxo‘r/huquqiy voris mavjud bo‘lmagan hollarda);

- agar xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgan sanadan boshlab, Abonent tomonidan ketma-ket 365 kalendar kuni mobaynida Telekommunikatsiya xizmatlarini olish huquqini beradigan tranzaksiya amalga oshirilmasa, shu sanadan boshlab, xizmatni ko‘rsatish to‘xtatiladi. Ushbu xatboshida belgilangan qoida Tarif/Tarif rejasiga ko‘ra Abonent to‘lovi talab etilmaydigan mobil aloqa xizmatlariga tatbiq etilmaydi;

- “Raqamni saqlash uchun to‘lov”, “Ixtiyoriy bloklash xizmati”, “Abonentning iltimosiga ko‘ra, telefonni vaqtincha o‘chirib qo‘yish” va boshqa Qo‘shimcha xizmatlar faollashtirilmagan hollarda, shuningdek, Xizmatlarni faollashtirish uchun tegishli to‘lovlar mavjud bo‘lmaganda, Operator Abonent bilan tuzilgan shartnomani, band qilingan tarmoq resursini kelgusida bo‘shatish bilan, bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.

12.3.3. Quyidagi hollarda Abonent shartnomasi bekor qilinib, Abonent Operator tarmog‘idan o‘chiriladi:

- Abonent tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari turidan tijorat maqsadida va litsenziyasiz foydalanilgan holat aniqlanganda;

- Abonent tomonidan frod (firibgarlik) sodir etilganligi aniqlanganda;

- shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

12.4.    Abonent shartnomasini bajarishdan bosh tortgan yoki shartnoma boshqa asoslar bo‘yicha bekor qilingan paytdan boshlab, Tomonlarning majburiyatlari bekor qilingan deb hisoblanadi (shartnoma bekor qilingunga qadar ko‘rsatilgan, biroq Abonent tomonidan to‘lanmagan xizmatlar uchun to‘lov majburiyatlari bundan mustasno).

12.5.    Abonent shartnomasi bekor qilinganda ijobiy balans qoldig‘i Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘lari qoldig‘i uning mavjud bank hisob raqamiga yoki uning bank plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan Abonentga qaytariladi. Bunda, Abonent Operatorga tegishli yozma ariza va Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, bank rekvizitlarini (bank nomi, bankning: MFO, STIR, pul mablag‘larini plastik kartaga o‘tkazish uchun tranzit hisob raqami va plastik karta raqamini) ko‘rsatib, ma’lumot berishi shart.

12.5.1. Operator Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi qoldiq pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi arizasini olgandan so‘ng, mablag‘lar 15 (o‘n besh) bank kuni ichida Abonentga qaytariladi. Bunda, Operator 6.14.1-bandga muvofiq, to‘lov tizimlari yoki to‘lov agentlari (terminallar) orqali Abonent (jismoniy shaxs) tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘langan pul mablag‘lari tranzaksiyasi bilan bog‘liq Operator xarajatlarini hisoblash va ushlab qolish huquqiga ega.

12.5.2. Abonent shartnomasi bekor qilinganda, shartnoma shartlarida belgilangan Abonent qurilmasi, SIM-kartani ulash uchun to‘lov Abonentga qaytarilmaydi va pulli toifadagi Abonent raqamini tanlash uchun xizmat to‘lovi Operator tomonidan qoplanmaydi/qaytarilmaydi.

12.5.3. Operator bilan yangi Abonent shartnomasini tuzishda Abonentga avval taqdim etilgan Abonent raqamini saqlab qolish kafolatlanmaydi.

12.6.    Abonent-jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, Abonent shartnomasi Operator tomonidan o‘lim haqidagi guvohnomaning tegishli tasdiqlangan nusxasi yoki asl nusxasi taqdim etilib, Operator ofisida nusxa olingandan so‘ng, bekor qilinadi. Tugatish jarayonida bo‘lgan va yoki tugatilgan Abonent-yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor yoki boshqa shaxslar bilan Abonent shartnomasini bekor qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

12.6.1. Abonent shartnomasining taraflaridan biri (shu jumladan, huquqiy voris yoki meros qilib olingan, faollashtirilgan SIM-karta boshqa shaxsga sovg‘a sifatida berilgan holda) o‘zgartirilganda, avvalgi Abonent shartnomasi bekor qilinadi va yangi Abonent bilan tuziladi. Pulli toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirish, bu holda, qarindoshlarga meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga (yoki notarial tasdiqlangan vasiyatnomaga, huquqiy vorislik o‘tganligini tasdiqlovchi boshqa rasmiy hujjatga) muvofiq, pulli toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirish uchun to‘lovsiz amalga oshiriladi. Bunda, Abonent haqidagi ma’lumotlar bazasini ASRga qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq to‘lov amaldagi Tarifga muvofiq undiriladi.

13. YAKUNIY SHARTLAR

13.1.    Tomonlar ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasiga muvofiq o‘z huquqlari va majburiyatlari bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respblikasining korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari normalarini buzishi mumkin bo‘lgan har qanday choralar ko‘rmasliklari yoki xatti-harakatlarni sodir etmasliklari shart. Shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) Tomonlar jismoniy yoki yuridik shaxslarga, tijorat tashkilotlari, davlat xizmatchilari, xususiy korxona va kompaniyalarga hamda ularning vakillari yoki affillangan shaxslariga pul yoki boshqa har qanday ko‘rinishda/shaklda pora berishni va’da qilmaslik, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) noqonuniy to‘lovlarni taklif qilmaslik, rozilik/ruxsat/sanksiya bermaslik majburiyatini zimmasiga oladi.

13.2.    Tomonlardan biri ushbu bobning 13.1-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, boshqa Tomon bir tomonlama suddan tashqari tartibda ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan voz kechish huquqiga ega. Ushbu moddaga muvofiq Abonent shartnomasi bekor qilingan taqdirda Tomonlar bir-biriga ziyon/zararni qoplamaydi (ko‘rsatilgan xizmatlar haqi yoki Abonent to‘lovi bo‘yicha Abonent majburiyatlari bundan mustasno).

13.3.    Abonentga Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishda yuzaga keladigan va mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etilmagan yoki hal etilmaydigan Tomonlarning boshqa huquqiy munosabatlari Qoidalar hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mazkur Ommaviy oferta bilan hal qilinmagan barcha masalalar bo‘yicha Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amal qiladilar.

13.4.    Mazkur Ommaviy oferta Operatorning veb-saytida yoki OAVda e’lon qilingan kundan boshlab, 15 (o‘n besh) kun o‘tgandan so‘ng, kuchga kiradi.

Jismoniy shaxslarga

  • GSM tariflar
  • Mobil Internet
  • Internet
  • IPTV
  • UZTELECOM CLOUD
  • Qanday ulanish mumkin
  • Telefon apparatlari va qurilmalar
  • Virtual ofis

Biznesga

  • GSM tariflar
  • Mobil Internet
  • Internet
  • IPTV
  • UZTELECOM CLOUD
  • Qanday ulanish mumkin
  • Telefon apparatlari va qurilmalar
  • Virtual ofis

Foydali havolalar

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
  • Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
  • O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali
  • O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
  • ATB "Aloqabank"
  • “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJ

"O‘zbektelekom" AK

  • Ijtimoiy ahamiyatga oid ma’lumotlar
  • Kompaniya haqida
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • Aksiyadorlar va investorlarga
  • Matbuot markazi
  • Vakansiyalar
  • Bog'lanish
  • Sotuv va xizmat ko'rsatish ofislari
  • Ommaviy ofеrta
  • Maxfiylik siyosati
  • Sayt xaritasi

Biz bilan bog'laning

  • 1084 Internet va IPTV xizmatlari bo'yicha
  • 1086 Telefon ta’mirlash bo’limi
  • 1099 Mobil aloqa bo'yicha
  • 1155 Korporativ mijozlar uchun
  • Murojat yuborish

© 2026 "O'zbektelekom" AK. Barcha xizmatlar litsenziyalangan."

Sayt test rejimida ishlayapti.


Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, rasmiy veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.

Топ рейтинг www.uz