O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 30-sentabrdagi 194-son buyrug‘ining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Nizomi”da Jamoatchilik kengashi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida tashkil etilishi va uning faoliyati Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona va muassasalariga tatbiq etilishi hamda Jamoatchilik kengashi Vazirlik buyrug‘i bilan tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan Vazirlikning Jamoat kengashi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga ham taaluqli hisoblanadi.