O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari yanada faol rivojlanish va modernizatsiya bosqichini boshdan kechirmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘z vaqtida to‘laqonli modernizatsiya qilinishi – mamlakatimiz iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zaruriy shartdir. Kompaniya hayotining har bir yili – bu qator ahamiyatga molik hodisalar va tarmoq rivojlanishinig muhim voqealaridan iborat boladi.

 

“O‘zbektelekom” AK haqida umumiy ma’lumot


 

1992

Viloyatlar aloqa boshqarmalari asosida davlat pochta va elektr aloqasi korxonalarining tashkil etilishi. «O‘zbektelekom» davlat elektr aloqa korxonalari konsernining tashkil etilishi.

1995-1996

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning boshlanishi, «Toshkent taksofoni», «Sirdaryo telekom» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilishi, «Bo‘zton», «Chirkom» qo‘shma korxonalari, «Uzbektelekom Interneshnl» AJ tashkil etilishi.

1997

Aloqa vazirligining O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga aylantirilishi, mustaqil boshqaruv organining tashkil etilishi. «Mahalliy telekom» va «Xalqaro telekom» aksiyadorlik kompaniyalarining tashkil etilishi. «Toshkent shahar telefon tarmog‘i», «Toshkent Telekom», «Andijon Telekom»,«Namangan Telekom» aksiyadorlik jamiyatlari va boshqalarning tashkil etilishi.

2000

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-iyunda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-2647-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyun № -253-sonli “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. 

 

Mazkur hujjatlarga muvofiq “Mahalliy Telekom” AK va “Xalqaro Telekom” AK asosida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. “Qoraqalpoq Telekom”, “Buxoro Telekom”, “Navoiy Telekom”, “Xorazm Telekom”, “Toshkent telefon-telegraf stansiyasi” va “Shaharlararo aloqa korxonasi” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. 

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi qoshida “Intal Telekom” filiali tashkil etildi.

2001-2002

«O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi Kompaniyalarni filiallar sifatida birlashtirish yo‘li bilan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil qilish (xolding tuzilmasidan operatorlik kompaniyasiga aylantirish). Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabr № 488 sonli «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash choralari to‘g‘risida»gi Qarori bilan «O‘zNet» sho‘ba korxonasi «O‘zNet» ma'lumotlar uzatish idoralararo tarmoq barcha funksiyalari va vazifalari bilan «O‘zNet» filiali sifatida «O‘zbektelekom» AKga birlashtirildi. 

Informatsion memorandumining yakunlanishi va salohiyatli investorlar orasida uning tarqatilishining boshlanishi.

2003

«O‘zbektelekom» AK Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq «O‘zbektelekom» AK Injener-texnik markazi tashkil etildi. 

Faoliyatning yangi turi— CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmati ko‘rsatilishi o‘zlashtirildi. Shu maqsadlarda «Uzbektelekom Mobayl» filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi simsiz aloqa umumilliy tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 

2003-yildan Samarqand va Jizzax viloyatlarida simsiz radioaloqa tizimi ishlay boshlaydi.

2004

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aloqa va axborot-kommunikatsion texnologiyalari masalalari bo‘yicha Kompleksa Qo‘mita majlisining 2004-yil 6-apreldan va «O‘zbektelekom» AKning Kuzatuv kengashi ot 2004-yil 26-may № 39 sonli qarori bilan «O‘zbektelekom» AK «O‘zNet» filiali «Intal Telekom» filialiga birlashtiriladi. Yangi tashkil etilgan filial «UzNet» nomi bilan ataladi. 

2004-yil dekabr oyidan «O‘zMobayl» filiali CDMA-450 standartini qo‘llash bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida simsiz abonentlik radio ulanishi tarmog‘ini kengaytirdi. 

O‘zbekiston alova va axborotlashtirish agentligi tomonidan O‘zbekistonning istalgan joyidan istalgan telefondan oldindan pul to‘lash kartochkasi bo‘yicha xalqaro so‘zlashuvlarni amalga oshirishga imkon beruvchi servisli intellektual xizmatlar uchun 805 nogeografik ulanish kodlari kiritildi.

2005

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgust «Ma’lumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish va «O‘zbektelkom» AKni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha tatbirlar to‘g‘risida»gi PQ-149 son Qaroriga muvofiq PRPAK «UzPAK» AMUDD «O‘zbektelkom» AKning «UzNet» filiali bilan birlashish hisobiga «O‘zbektelekom» AKning filialiga aylantiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabr 453-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha 2004-yil oxiri va 2005-yil boshida «O‘zbektelekom» AK va uning filiallari tomonidan ToshTTS VoIP shlyuzini kengaytirish va TShTT va O‘ZNET filiallari asosida qo‘shimcha ikki VoIP bog‘lamalarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi, bu universal oldindan pul to‘lash kartochkalari bo‘yicha xalqaro telefon aloqalari hamda Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarini taqdim etishga imkon berdi.

2006

«O‘zbektelekom» AK’ning «O‘zNET» filiali qoshida IEEE 802.16–2004 standarti WiMax pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi. 

O‘quv jarayonini takomillashtirish va «O‘zbektelekom» AK mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA) va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bevosita ishtirokida «Injener-texnik markazi» (ITM) ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi. 

Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab olgan videokonferensaloqa xizmati tatbiq etildi.

2007

Kompaniyaning «O‘zbektelekom Mobayl» filiali CDMA 450 standarti asosida respublikaning barcha mintaqalarida mobil aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim eta boshladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvar Qaroriga muvofiq, Xitoy rivojlanish banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, lizing asosida «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish» investitsion loyihasini amalga oshirildi. 

NGN «Keyingi avlod tarmog‘i» texnologiyalari asosida Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash va kengaytirish amalga oshirildi, videotelefoniya, ma'lumotlar uzatish va Internet tarmoqlariga ulanish xizmatlari tatbiq etildi.

2010

«O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya Markazi sig‘imi 2 barobarga oshirildi va 2,5 Gbit/s gacha yetkazildi. 

Provayderlar uchun internet-xizmatlari tariflari esa 1 Mbit/s. uchun 1510 AQSh dollaridan 849 AQSh dollarigacha yoki 44 foizga pasaytirildi.

2011

Rebrending o‘tkazildi va 2011-yilga yangi UZTELECOM™ brendi va «O‘zbektelekom» AK subbrendlari — UZMOBILE™ va UZONLINE™ brendlarini keng miqyosda ilgari surish amalga oshirildi, ular «O‘zbektelekom» kompaniyasi va uning tuzilma bo‘linmalari xizmatlarini ilgari surish yagona kompleks ko‘rgazmali strategiyasini yaratishga yo‘naltirilgan.

2012

1 576 km masofali optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish va qurish ishlari yakunlandi. Shaharlararo, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln. kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5 mln. kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir.

«O‘zbektelekom» AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi sig‘imini 4 barobarga oshirildi va uni 40 Gbit/s gacha yetkazildi. 

Viloyatlar, tumanlar markazlari va respublika shaharlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi 100 foizni tashkil etdi. Qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi – 95,7 foizni tashkil etdi. 

«Yagona oyna» tamoyil bo‘yicha ishlaydigan 94ta savdo ofislari foydalanishga topshirildi. 

Internetga keng polosali ulanish abonentlari soni 52 foizdan ko‘proqqa oshdi. 

Respublika aholi punktlari hududlarini CDMA-450 simsiz radioulanish zonasi bilan qamrab olish 71,3 foizga yetkazildi. IP-telefoniya, videotelefoniya va IP-TV xizmatlari foydalanuvchilari soni jadal o‘sishi kuzatildi.

2013

2257,4 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi. Shaharlararo, xalqaro, zona ichi va mahalliy aloqa kanallari umumiy uzunligi 381,3 mln. kanal/km., ulardan, tashkil etilganlari 368,2 mln. kanal/km.ni tashkil etdi. 

Respublika hududida CDMA-450 texnologiyasi bo‘yicha mobil tarmog‘i bilan qamrab olish zonasi 74 foizni tashkil etdi. Qishloq aholi punklarini telekommunikatsiya tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 96 foizni tashkil etdi. 

Internetga kengpolosali ulangan abonentlar soni 62 foizga, IP-TV foydalanuvchilari soni 4,3 barobar, mobil aloqasi xizmati foydalanuvchilari sonining 72 foizga o‘sgani kuzatildi. 

Internet tarmog‘iga ulanish tezligini 30 foizga oshirib, 10 Gbit/s.dan ortiq tezlikka erishildi. 

Internet-provayderlari uchun 1 Mbit/s. tariflari narxi 1,3 marta pasaytirildi. 

CDMA-450 standartidagi simsiz tarmoq bilan qamrab olish zonasini oshirish maqsadida 140 bazaviy stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha iishlar amalga oshirildi, CDMA-450 standartidagi mobil aloqa qamrab olish zonasi respublika aholi punktlari soniga nisbatan 71 foizni tashkil etdi. 

«O‘zbektelekom» AK tarmog‘ida hammasi bo‘lib, «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha ishlaydigan 163ta UZTELECOM sotuvlar ofisi faoliyat yurita boshladi.

2014

Хalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 151,3 foizga o‘sib, 15,5 Gbit /s.ni tashkil etdi. 

Xalqaro paketli kommutatsiyalar markaziga ulangan Internet tarmog‘i operator va provayderlari tariflari 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSH dollarigacha, ya’ni 11,6 foizga pasaydi.

«Buzatau-Qo‘ng‘irod», «G‘uzor-Boysun», «Denav-Uzun-Shargun», «Jaslik-Qoraqalpog‘ston», «Mo‘ynoq–Qibla Ustyurt», «Uzun –Tojikiston chegarasi» hududlarida videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi Internet, HDTV-kanallarining namoyishi va boshqa konvergent xizmatlarni taqdim etuvchi, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha kengpolosali ulanishga mo‘ljallangan 2000 km optik-tolali aloqa liniyalarining qurilishi amalga oshirildi. Internet tarmog‘iga qayd etilgan keng polosali ulanish xizmatini ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan portlar soni 640 mingtaga yetkazildi, foydalanishdagi portlar soni 135,1 foizga o‘sgan. 

Respublika bo‘yicha 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalari foydalanishga topshirildi, bu esa telefon raqamlari sig‘imini sezilarli darajada oshirdi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash investitsiya loyihasini Xitoy Davlat taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq umumiy summasi 117,6 mln. AQSH dollar miqdorida, jumladan, Xitoy (XXR) rivojlanish Davlat banki tomonidan 100,0 mln. AQSH dollari miqdorida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi. Mazkur loyihalarda ma’lumotlarni uzatish magistral tarmoqlari o‘tkazish qobiliyatini kengaytirishni: xalqaro yo‘nalish bo‘yicha —10 martaga (100 Gbit/s.gacha), viloyat markazlarida — 4 marta (40 Gbit/s.gacha) hamda tuman markazlarida — 10 martaga (10Gbit/s.gacha) oshirishni maqsad qilingan. Shuningdek, mazkur Qaror ijrosi doirasida, 69 120 portga keng polasali ulanish ma’lumotlar uzatish uskunalarini o‘rnatish bilan Toshkent shahri abonent aloqa liniyalarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan FTTx texnologiyasi bo‘yicha keng polosali ulanish optik tarmoqlarining rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan. 

Foydalanuvchi talablariga tezkor javob berish maqsadida, shuningdek, davlat va xo‘jalik subyektlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha mamlakatimiz barcha mintaqalarida «O‘zbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish Yagona markazini joriy etish loyihasi doirasida, 13 ta call-center tashkil etildi. Abonentlarga qulaylik yaratish uchun 2014-yil 1-dekabrdan butun respublika bo‘yicha «Call-centre» xizmatining “1084” – yagona raqami kiritildi.

2015

Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 1800 km.dan ortiq OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, butun respublika bo‘yicha 105 116 portga yetkazib, 4000dan ortiq ma’muriy va turar-joy obyektlariga FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy meros obyektlari hududida, shuningdek, sayyoh (turist) lar ko‘p bo‘ladigan (aeroport, vokzal, yirik savdo markazlari, bozorlar, avtostansiyalar va boshqalarda Wi-Fi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Wi-Fi tarmog‘ bilan qamrab olish hududlari Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Wi-Fi qoplab olinishi zonasi o‘zida 25ta obyekt va 441,8 ming kv. metrdan ortiq Wi-Fi zonasini tashkil etdi. 

Axborot-¬kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: 

«Umummilliy ta’limiy elektron kutubxona» resurslariga umumiy ta’lim maktablarini ulash maqsadida 702ta ta’lim muassasasiga OTAL yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan ta’lim muassasalarigacha aloqa kanallarini tashkil etildi. Jami ta’lim obyektlariga 585 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi;

«Elektron ta’lim» milliy tarmog‘iga ulash maqsadida OTAL yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan 200ta kasb-hunar kollejlari Internet tarmog‘iga ulandi. Jami 200ta kollejga 796 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi;

«Elektron hukumat» tizimi doirasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish samarasini oshirish bo‘yicha Respublikada 198ta viloyat, shahar va tuman Hokimiyatlarini “O‘zbektelekom” AK bog‘lamalariga optik aloqa kanallarini ulash, jami, 90 kmga yaqin optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi.

2016

Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 2 313 km.dan ortiq OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi. 

«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro va Toshkent shahrlarida Wi-Fi tarmoqlarini joylashtirish uchun 40ta obyekt belgilandi.

Qishloq joylarida joylashgan obyektlar (jumladan, aholisi kam va yetib borish qiyin bo‘lgan rayonlar)gacha, shuningdek, 37 344 portgacha yetkaziladigan ijtimoiy infrastruktura obyektlari, jumladan, tibbiy, uchastka militsiya punktlari, boshqaruv organlariga 1 138,1 km op¬tik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi. 

485 multistandart baza stansiyalari installyatsiyasi va integratsiyasi amalga oshirildi.

2017

Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 12 100 km.ga yaqin OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi. 

10 080 multistandart baza stansiyalari installyatsiyasi va integratsiyasi amalga oshirildi. Qishloq joylarida axborot-kom¬munikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish uchun umumiy sigimi 52 960ta KPU portlari bo‘lgan 533ta bazaviy stansiyalar o‘rnatildi. 

Qishloq joylarida joylashgan obyektlar (jumladan, aholisi kam va yetib borish qiyin bo‘lgan rayonlar)gacha, shuningdek, ijtimoiy infrastruktura obyektlari, jumladan, tibbiy, uchastka militsiya punktlari, boshqaruv organlariga 2 102,2 km op¬tik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-sentabrdagi «Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinyaning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi F-4131 son Farmoyishiga muvofiq «Jizzax» EIZ hududida «Huawei Technologies Co., Ltd» (Huawei), «ZTE Corporation» (ZTE) va « Jiangsu Zhongtian Technology Co., Ltd.» (ZTT) qo‘shma korxonalari tashkil etilib, unda telеkommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

2018

“Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish” loyihasi doirasida xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyati 120 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha 10 barobardan ko’proqqa oshirildi.

Simli Internet xizmatlari taqdim etilishida barcha tarif rejalari tezlik ko’rsatkichida foydalanilgan “gacha” ko’rsatkiсhi olib tashlandi va xizmatlar tezligi kafolatlandi.

Muayyan tezlikda cheklanmagan trafikka ega tariflar narxlari 2 barobardan ko’proqqa arzonlashtirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi hududlarida keng polosali kirish tarmoqlarini joriy qilish” loyihasi doirasida respublikamiz hududlarida umumiy sig‘imi 201,2 ming portdan ortiq Internetga keng polosali kirish qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.

2019

IPTV xizmatlari ko’rsatilishida yangilik sifatida IPTV+Video on Demand shaklida xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi.

Uz-IX piring tarmog’i ishga tushirildi.

Kompaniya xizmatlarini qulay boshqarish imkonini beruvchi MyUZTELECOM mobil ilovasi ishga tushirildi.

Ivi Kompaniyasi bilan hamkorlikda onlayn kinoteatr xizmati joriy etildi.

Respublika bo‘yicha 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi amalga oshirildi.

Yangi 3 751 ta tayanch stansiyalari qurilib foydalanishga topshirildi.

Mobil aloqa abonentlari soni 5 mln. donaga yetdi.

2020

Respublika bo‘yicha 37 500 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi.

Respublika bo’ylab keng polosali ulanish portlari soni 2 barobardan ko’proqqa orttirilib 2,3 million donaga etkazildi.

Mobil aloqa tayanch stansiyalari soni 18 317 taga yetkazildi.

Noyob hisob-kitob tizimiga ega bo‘lgan UNITS tariflarining innovatsion to‘plami joriy etildi!

Mobil aloqa abonent bazasi 7 mln. donaga yetdi.

UZTELECOM savdo belgisi - Iste’molchilar tanloviga ko‘ra Internet provayderlari orasida yil brendi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Birinchi marta UZTELECOM mobil aloqa tarmog’i bazasida MVNO (mobile virtual network operator – virtual mobil tarmoq operatori) operatori xizmatlari ishga tushirildi.

2021

2021 yil – xalqaro axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga kirishning umumiy tezligi 1800 Gbit/s gacha oshirildi.

50 575 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Ushbu liniyalarning umumiy uzunligi 122,5 ming km ni tashkil etdi, optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olish darajasi aholi punktlarining 57 foizini tashkil etadi.

Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish uchun 2021 yilda 902 ta qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 19 233 taga yetdi.

O‘zbekiston bo‘ylab 3,4 million xonadonga keng polosali internetdan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.

Aloqa kanallarining uzunligi, shu jumladan, shaharlararo, xalqaro va zonal optik tolali aloqa liniyalari 197,13 mln. kanal/km gacha oshdi.

Magistral transport tarmog‘ining quvvati 42,4 Tbit/s ga yetdi.

Isteʼmolchilar ovoz berish natijalariga ko‘ra, UZTELECOM aloqa sohasida 2021 yil brendi sifatida tanlandi.

2021 yilda keng polosali internetdan foydalanuvchilar soni 40 foizga oshib, 1,4 million abonentga yetdi. Mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilarning umumiy soni *** million abonentni tashkil etdi.

Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlar uchun tashqi internet-kanalning 1 Mbit/s narxi 25 foizga, yaʼni 40 043,14 so‘mdan 30 045,00 so‘mgacha arzonlashtirildi.

2021 yil may oyida Uptime Institute UZTELECOM bulutli data-markazining loyihalash hujjatlarini tasniflash bo‘yicha Tier III darajali xalqaro sertifikatiga loyiq deb topdi.Bu UZTELECOM bulutli data-markazining ishonchlilik darajasi Uptime Institute tasniflash bo‘yicha xalqaro Tier III tizimiga mos kelishini, yaʼni data-markaz infratuzilmasi “N+1” formulasi bo‘yicha zaxiralanganligini, xatolarga bardoshlik koeffitsiyenti esa 99,982% ni tashkil qilishini anglatadi.

2022

2022 yil iyun oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan tadbirda kompaniya “MDHdagi eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator” deb topildi.

“Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida 2022 yilda 44,13 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, aholi punktlarini internet bilan qamrab olish darajasini 86 foizga yetkazish imkonini berdi.

2022 yilda bazaviy stansiyalarning umumiy soni 20 420 taga yetdi, aholi punktlarini mobil aloqa xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 91 foizni tashkil etdi.

2022 yil yakuniga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilarning umumiy soni *** million abonentni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga o‘sdi.

Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlar uchun tashqi internet kanalining 1 Mbit/s narxi 30 037,88 so‘mgacha pasaytirildi.

Buxoro shahrida Google kesh serveri ishga tushirildi.

2022 yil yakuni bo‘yicha kompaniya xodimlarining umumiy soni 17 747 nafarni tashkil etib, shundan ayollar 26 foizni (4 595 nafar), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa 28 foizni (4 906 nafar) tashkil etdi.

Toshkent metropoliteni UZTELECOM kompaniyasining mobil aloqa va mobil interneti bilan to‘liq taʼminlandi.

2023

Kompaniya ketma-ket uchinchi marta “Aloqa” nominatsiyasida nufuzli «Yil brendi» mukofotini qo‘lga kiritdi.

2023 yil davomida UZTELECOM tomonidan respublika bo‘ylab 60 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari yotqizilib, umumiy uzunligi 227 ming kilometrdan ko‘proqqa kengaytirildi.

UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab 6000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va yangiladi.

Berlin (Germaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan GCCM Europe 2023 marosimida UZTELECOM “MDH mamlakatlari 2023 yilgi mintaqaviy operatori” unvoniga sazovor bo‘ldi.

2023 yilning 1- va 2-choraklarida O‘zbekistondagi “Eng tezkor mobil tarmoq” deb topildi.

Toshkent va Samarqand shaharlari to‘liq 5G bilan taʼminlandi.

Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan qurilmalarning umumiy sig‘imi 4,8 milliondan ortiq portgacha oshirildi.

100% ijtimoiy soha obyektlari, 92% aholi punktlari internet tarmog‘idan foydalanishi taʼminladi.

Telecom TV platformasi ishga tushirildi.

Hamkor Apple Inc. bilan olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar tufayli O‘zbekistonda birinchi marta, iOS 16.4 versiyasiga yangilangan Apple qurilmalari foydalanuvchilari 5G tarmog‘iga ulanish funksiyasiga ega bo‘ldi

UZTELECOM Ookla® xalqaro kompaniyasining 2023 yilning 1-2-choragi bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq” nominatsiyasida oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

UZTELECOM Markaziy Osiyoda Tencent CDN-serverlarini PUBG Mobile o‘yini uchun lokalizatsiya qilish loyihasini amalga oshirgan birinchi kompaniya bo‘ldi

“Toshkent” Respublika fond birjasida Kompaniya qimmatli qog‘ozlarini birlamchi joylashtirish bo‘yicha tadbirlar yakunlandi. Unda umumiy hajmi 5 542 046 dona bo‘lgan oddiy aksiyalarni auksionga qo‘yildi.

UZTELECOM mobil aloqa abonentlari uchun VoLTE  texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshladi

  • 2024 yilda «O‘zbektelekom» AK Huawei bilan hamkorlikda 5.5G tarmog‘ini ishga tushirdi.
  • Kompaniya yil davomida 70 000 kilometrdan ziyod optik tolali liniyalarni qurib, tarmoqning umumiy uzunligini 300 000 kilometrdan oshirdi.
  • UZTELECOM Germaniyaning TÜV Thüringen International kompaniyasining sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi.
  • Kompaniya 2024 yilda «Eng tezkor mobil tarmoq» va «Eng yaxshi o‘yin tajribasi» mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
  • TelecomTV loyihasi «VII Brend Yili – 2023» mukofotining «Kommunikatsiya» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
  • UZTELECOM 2024 yilda 3000 dan ortiq tayanch stansiyasini LTE standartiga o‘tkazdi, bu orqali 4G qamrovi 50% ga oshdi.
  • «5G loyihasini ishga tushirish» nominatsiyasida yirik mukofot qo‘lga kiritildi.
  • VoWi-Fi texnologiyasini joriy etildi.
  • Respublikaning barcha viloyat markazlarida 5G texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi.
  • UZTELECOM O‘zbekistondagi eng yaxshi ish beruvchilar top-10 taligiga kirdi.
  • UZTELECOM sun’iy intellekt sohasidagi ishtirokini kengaytirib, Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasining (AICA) rezidenti bo‘ldi.
  • MyUZTELECOM ilovasi imkoniyatlari kengaytirilib, ilova xavfsizligi FaceID tizimi orqali yanada mustahkamlandi.
  • Kompaniya IWTC 2025’da faol ishtirok etib, raqamli transformatsiya yutuqlarini keng namoyish etdi.
  • UZTELECOM 2025-yilda yangi UZTELECOM CLOUD xizmatini taqdim etdi.
  • CONNECT 2.0 tarifi ishga tushirildi.
  • UZTELECOM milliy reytingda mobil aloqa sifati bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
  • Yangi “Muruvvat” ijtimoiy tarifi taqdim etildi.
  • UZTELECOM Afrosiyob poyezdlarida Wi-Fi xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
  • Yangi xizmat – Travel eSIM yo‘lga qo‘yildi.
  • MyUZTELECOM ilovasi orqali jamoat transporti uchun yo‘l haqini to‘lash imkoniyati yaratildi.
  • “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi BMT Global Shartnomasiga (UN Global Compact) qo‘shildi.
  • "O‘zbektelekom" AK Markaziy Osiyoda ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv sohalarida barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori ESG-reytinglardan biriga sazovor bo‘ldi.
  • UZTELECOM “Telecom Charger” xizmatini ishga tushirdi.
  • “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida UZTELECOM o‘zining yangi ekologiya mavzusidagi merchini taqdim etdi.
  • Kompaniya ICTWEEK 2025 doirasida MDHda birinchi bo‘lib U6G (5G-Advanced) texnologiyasini namoyish etdi.