Qabul kunlari va vaqti Juma, 15-00 dan 17-00 gacha

Rasulov Anvar Adxamovich

Boshqaruv raisining tijorat masalalari boʻyicha o‘rinbosari

1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek

Ma’lumoti oliy: 2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini telekommunikatsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha, 2016-yilda mazkur universitetni telekommunikatsiya injiniringi magistri mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013-yilda “O‘zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog’i” filiali Aloqa yo’li texnikaviy hisobga olish va pasportlashtirish muhandisi lavozimidan boshlagan.

Mehnat faoliyati davomida:

  • 2013-2016 yillarda “O‘zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog’i” filiali Mirobod telefon bog’lamasi Aloqa yoʻli texnikaviy hisobga olish va pasportlashtirish muhandisi, avtomatik telefon stansiyasi aloqa liniya inshootlari elektromexanigi, avtomatik telefon stansiyasi avtozal 1 toifali muhandisi;
  • 2016-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi inspektori;
  • 2017-2022 yillarda “Oʻzbektelekom” AK Xalqaro hamkorlik va aloqa operatorlari bilan ishlash boshqarmasi 1 toifali mutahassisi, boʻlim boshlig’i, boshqarma boshlig’i oʻrinbosari va boshqarma boshlig’i.
  • 2022 yil 7 fevraldan Bosh direktorning tijorat masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.
  • 2023 yil 3 martdan Boshqaruv raisining tijorat masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.