Mahalliy va xalqaro hamkorlar uchun ovozli aloqa – interkonnekt


 

«O'zbektelekom» AK mahalliy tarmoq, shahar va shaharlararo aloqa tarmoqlari operatorlariga tarmoqqa ulanish va ovozli trafiklarni uzatish xizmatlarini taqdim etadi.


 

Tarmoqqa ulanish xizmatlari quyidagilardan iborat:
  • «O‘zbektelekom» AK tarmoqlari va aloqa tarmoqlari operatorlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va ular o‘rtasidagi trafiklarga kirishni tashkillashtirish;
  • «O‘zbektelekom» AK operatorlari resurslariga texnik vositalarni ajratilgan kanallar orqali hamda kommutatsion uskunalarni stansion portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash;
  • operator uskunalarini «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasining texnologik maydonlariga joylashtirish imkoniyati;
  • «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasi tarmoqlariga ulangan boshqa operatorlarning texnik vositalari orqali UZTELECOM tarmog‘iga ulanishni tashkil etish imkoniyati.


 

Bundan tashqari, "O'zbektelekom" AK o'z tarmog'i orqali O'zbekiston va xorijiy operatorlar tarmoqlari o'rtasida ovozli trafikni uzatishni tashkil qilishga tayyor.


 

Yuridik shaxs va korxonalarga xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma tuzish maqsadida «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik Kompaniyasiga murojaat qilish kerak. O‘zbekistondan xalqaro chiqish qo‘ng‘iroqlarining tariflari preyskurant bilan tasdiqlangan.

Murojaat uchun: info@uztelecom.uz