10 Sentabr 2026

Elektromontyor (7-bog'lama)

“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali, Andijon viloyati

Yettinchi bog‘lama, Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi.

 

 

Lavozim majburiyatlari:

· Aloqa liniya inshootlari, kabel kanalizatsiya quduqlarida profilaktika hamda joriy ta’mirlash ishlarini bajaradi.

· Aloqa liniyalarida ta’mirlash-tiklash va montaj qilish ishlarini amalga oshiradi.

· Kabel liniyalarini qabul qilish, sozlash va ishga tushirish bo’yicha kerakli ishlarni amalga oshiradi.

· Ish natijalari bo‘yicha rahbariyatga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.

· Ish joyida texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy amal qiladi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

· O‘rta maxsus yoki texnik kasb-hunar ta’limi.

· Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa liniyalari qurilishi yoki shunga yaqin texnik yo‘nalishlar bo‘yicha.

· Optik va mis kabellar bilan ishlashni bilishi;

· Payvandlash, o‘lchash va sinov asbob uskunalaridan foydalanish;

· Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari;

· Loyihaviy va texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish ko‘nikmasi.

· Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarida kamida 6 oy amaliy tajriba.

· Jamoada ishlash va boshqa mutaxassislar (muhandis, quruvchi) bilan hamkorlikda ishlash tajribasi.

 

 

Ish sharoitlari:

· Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

· Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.

· Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

· Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.

· Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

· Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.

Hujjatlar 2026-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 12-oktabr kuni o‘tkaziladi.