14 Avgust 2026

Kabelchi-payvandlovchi (8-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Andijon viloyati

Sakkizinchi bog‘lama (Jalaquduq, Qo'rg'ontepa, Qorasuv, Xonobod) Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarini bajaradi.

- Payvandlash ishlari sifatini, texnik talablarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlaydi.

- Kabel liniyalarini qabul qilish, sozlash va ishga tushirish bo’yicha kerakli ishlarni amalga oshiradi.

- Ish natijalari bo‘yicha rahbariyatga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.

- Ish joyida texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy amal qiladi.

 

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- O‘rta maxsus yoki texnik kasb-hunar ta’limi.

- Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa liniyalari qurilishi yoki shunga yaqin texnik yo‘nalishlar bo‘yicha.

- Optik va mis kabellar bilan ishlashni bilishi;

- Payvandlash, o‘lchash va sinov asbob uskunalaridan foydalanish;

- Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari;

- Loyihaviy va texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish ko‘nikmasi.

- Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarida kamida 6 oy amaliy tajriba.

- Jamoada ishlash va boshqa mutaxassislar (muhandis, quruvchi) bilan hamkorlikda ishlash tajribasi.

 

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.

Hujjatlar 2026-yil 14-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 15-sentabr kuni o‘tkaziladi.