09 Sentabr 2026

Muhandis (Cloud Hub)

“O‘zbektelekom” AK G‘arbiy filiali Buxoro viloyati

Cloud Hub Bukhara uchastkasi

 

Lavozim majburiyatlari:

-      Elektr qurilmalari, akkumulyator batareyalari qurish va rekonstruksiya qilish hamda bog‘lamadagi mavjud elektr ta’minoti va yoritish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.

-      Yuqori kuchlanishdagi (1000v gacha) elektr qurilmalarida tegishli ruxsatnoma asosida ishlarni bajaradi.

-      Uchastka miqyosida elektr energiya tejashni tashkil etish bo’yicha tashkiliy ishlarda ishtirok etadi.

-      Elektr qurilmalari akkumulyator batareyalarining texnik holatini rejaga asosan tekshirish o’tkazadi.

-      Uchastka xodimlari bilan elektr ta’minoti qurilmalarida ishlash, mehnat muhofazasi hamda soha faoliyatga oid texnik o‘quv mashgulotlarida qatnashadi.  

-      Elektr qurilmalariga ishlarni bajarish uchun zarur bo’ladigan materiallar, ehtiyot qismlar va jihozlar uchun  talabga asosan buyurtma berishda hujjatlarni tayyorlaydi.

-      Uchastka faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ish rejalarni ishlab chiqish hamda   hamada choraklik hisobotlarni tayyorlashda ishtiriok etadi.

-      Avariyaning oldini olish hamda yuzaga kelgan avariya holati bo‘yicha tezkor texnik ishlarni olib borish va elektr ta’minoti qurilmalarining texnik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishda qatnashadi.

-      Elektr qurilmalarini ishlatish, rekonstruksiya qilish, qurish, o’rnatish va ishga tushirish  masalalari bo’yicha ishlarni amalga oshiradi.

-       Uchastkani tashqi elektr ta’minoti bilan ta’minlaydigan elektr tarmog’idan uzilish sabablarini aniqlaydi.

-       DGAni yoqish yoki ko’chma DGAlarni  belgilangan joyga olib boradi  va ishlashini ta’minlaydi.

-       Uchastkadagi barcha energetika uskunalarida profilaktika ishlarini amalga oshiradi   hamda tegishli hujjatlarda qayd qiladi.   

-       Elektr uskunalar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda  belgilangan tartibda  ramiylashtirilgan naryad topshiriq asosida kunlik topshiriqlarni bajaradi. 

-       Uchastkada klimatexnika va nazorat-signal qurilmalarini ta'mirlash hamda ishlar yakuni bo'yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

-       Uskunalarni ishlab chiqarilgan texnik qo’llanma ko’rsatmalariga muvofiq, texnik shartlarga muvofiq, statsionar sharoitlarda (alohida holatlarda, joylarda) elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini bajaradi. 

-       Klimatexnika va elektr qurilmalarining favqulotda to’xtashining oldini olish va ulardan oqilona foydalanishni amalga oshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

-      Oliy texnik ma’lumot.

-      Tarmoq rivojlanishining  asosiy yo‘nalishlarini, Kompaniya va Filial faoliyati yo‘nalishlarini, profil va ixtisosligini belgilovchi rahbariy materiallarni;

-      normativ-huquqiy hujjatlar, normativ hujjatlar hamda mehnatga oid  qonun hujjatlarini ;

-      elektr uskunalarida ishlash tartibi hamda xavfsizlik qoidalarini;

-      uskunalarda tok kuchi va kuchlanish normalarini;

-      mehnatni muhofaza qilish , xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiyena  hamda yong‘in xavsizligi qoidalari va normalarini;

-      MS Office (Word, Excel, Power Point ) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga  ega bo’lishi kerak.

-      Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini va ularga rioya etish;

-      Ichki mehnat intizomiga rioya etish;

-      Muloqot, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, m.pulatov@garbiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 65-223-00-84, 99-950-84-87.

Hujjatlar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 7-oktabr kuni o‘tkaziladi.