Muhandis (Cloud Hub)
“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Farg‘ona viloyati
“Cloud Hub Kokand” uchastkasi
Lavozim majburiyatlari:
- Data markazining muhandislik infratuzilmasi va texnik tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- Server xonalari va IT-modullarning texnik holatini doimiy nazorat qilish.
- Server shkaflari, serverlar va boshqa IT-uskunalarning joylashtirilishi hamda ulanishini nazorat qilish.
- Elektr ta’minoti tizimlarining ishlashini nazorat qilish.
- UPS (uzluksiz elektr ta’minoti) qurilmalarining ishlash holatini tekshirish.
- Dizel generatorlar va avtomatik zaxira elektr ta’minoti tizimlarini nazorat qilish.
- Sovitish va konditsionerlash tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash.
- Server xonalaridagi harorat va namlik ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yorlarda saqlash.
- Yong‘in signalizatsiyasi va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlarining holatini nazorat qilish.
- Suv sizib chiqishini aniqlash va boshqa muhandislik monitoring tizimlarini kuzatish.
- Elektr taqsimlash panellari va boshqa elektr ta’minoti uskunalarining holatini tekshirish.
- Muhandislik tizimlarida profilaktik va rejali texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish.
- Uskunalardagi nosozliklarni aniqlash, sabablarini tahlil qilish va bartaraf etish.
- Favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish va avariya holatlarini bartaraf etishda ishtirok etish.
- Monitoring tizimlari orqali texnik parametrlar, ogohlantirishlar va avariya signallarini kuzatish.
- Texnik uskunalarning ishlash ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va hisobot tayyorlash.
- Uskunalarning texnik hujjatlari, foydalanish yo‘riqnomalari va ekspluatatsiya jurnallarini yuritish.
- Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini belgilangan jadval asosida tashkil etish.
- Pudratchilar va servis tashkilotlari tomonidan bajariladigan texnik ishlarni nazorat qilish.
- Elektr ta’minoti, sovitish va boshqa muhim tizimlarda zaxiralash talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
- Elektr ta’minoti, sovitish va boshqa muhim tizimlarni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish.
- Texnik uskunalarni o‘rnatish, ishga tushirish va foydalanishga qabul qilish jarayonlarida qatnashish.
- Uskunalar va ehtiyot qismlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda ularning hisobini yuritish.
- Mehnat muhofazasi, elektr xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va texnik ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilish.
- Data markazning ichki reglamentlari va avariya holatlariga javob berish tartiblariga amal qilish.
- Uskunalar bilan ishlashda ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalari va texnik reglamentlarga rioya qilish.
- Elektr ta’minoti yoki sovitish tizimlarida ish boshlashdan oldin xavfsizlik choralarini ko‘rish va tegishli ruxsat tartiblariga amal qilish.
- Data markazning ishonchliligi va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Elektr energiyasi iste’moli, yuklama va quvvat ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish.
- UPS batareyalarining holati, zaryad darajasi va xizmat muddatini nazorat qilish.
- Generatorlarning yoqilg‘i zaxirasi, moy darajasi va ishga tushirishga tayyorligini tekshirish.
- Generatorlarni avtomatik va qo‘lda ishga tushirish sinovlarida belgilangan tartibda ishtirok etish.
- Elektr ta’minoti va sovitish tizimlarining asosiy hamda zaxira liniyalari ishlashini tekshirish.
- Muhandislik uskunalarining texnik xizmat ko‘rsatish kalendarini ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.
- Uskunalardagi nosozliklar, avariyalar va bajarilgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha dalolatnomalar tuzish.
- Texnik xavflarni aniqlash, ularni baholash va oldini olish choralarini ishlab chiqish.
- Elektr ta’minoti, sovitish va boshqa muhim tizimlarning avariya holatidan tiklanish tartiblarini ishlab chiqish va yangilashda ishtirok etish.
- Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va sinovlarda qatnashish.
- Server shkaflaridagi elektr yuklamasini nazorat qilish va ortiqcha yuklanishlarning oldini olish.
- Optik tolali aloqa liniyalari, mis kabellar va kabel yo‘laklarining texnik holatini nazorat qilish.
- Texnik uskunalar ishlab chiqaruvchi, servis muhandislari va boshqa mas`ul bo‘limlar bilan hamkorlik qilish.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- Oliy yoki o`rta ma’lumot (texnik, muhandislik, iqtisodiy yoki boshqaruv yo‘nalishlarida);
- IT yoki texnik xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Texnik xizmat ko‘rsatish metodlari;
- Kompyuter injeniringi bo`yicha va Telekommunikatsiya qurilmalariga doir bilimlarga ega bo`lishligi;
- Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va muzokaralar olib borish qoidalarini;
- Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va mehnat muhofazasi qoidalari;
- Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va mehnat muhofazasi qoidalari;
- Tahliliy fikr yurita olishlik;
- Yuqori ishchanlik; tartiblilik;
- Uyushqoqlik (kirishimlilik)
- Iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlardan foydalanish ko‘nikmalari (Microsoft Office, Word, Excel, Power Point, elektron pochta va Internet) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishlik;
- Ichki mehnat intizomi va xavfsizlik qoidalariqa rioya etish;
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: smenalik ish rejimi.
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.
Hujjatlar 2026-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 2-noyabr kuni o‘tkaziladi.