1-toifali muhandis (12-bog‘lama)
“O‘zbektelekom” AK Sharqiy filiali Namangan viloyati (Uychi, Uchqo‘rg‘on, Norin tumanlari)
O‘n ikkinchi bog‘lama, Energiya ta’minoti va klimatexnika uskunalari guruhi
Lavozim majburiyatlari:
- Bogʻlamada mavjud qurilmalardagi xisoblagichlarni elektroenergiya sarfi boʻyicha oylik xisobotni tayyorlash va Filialdagi (viloyatdagi) ma'sul xodimga topshirish xamda subabonentlar oylik elektr energiya sarfi boʻyicha oylik xisobotni nazorat qilish.
- Yangi ishga tushirilayotgan baza stansiyalarni elektr tarmoqqa ulanish nuqtasini oʻrganish, elektr tarmoq qurish boʻyicha chora-tadbir rejasini tuzish, yangi oʻrnatilgan qurilmalar, baza stansiyalarga elektr xisoblagichlarni montaj qilish, kuygan xisoblagichlarni echish, yangisini oʻrnatish ishlarini bajarish, bogʻlamalarda yangi oʻrnatilgan elektr xisoblagichlarni TETK xodimlari bilan tamgʻalash xamda dalolatnoma (naryad) tuzish, ASKUE orkali xisoblagichlarda sarf kilingan elektr energiya ma'lumotlarini olish va ASKUE modemlarni ishlashini nazorat qilish.
- Mavjud DGU va BGU lardagi yoqilgʻini nazorat qilib borish, oylik dizel/benzin sarfini nazorat qilish, xisobot tayyorlash.
- Qurilmalardagi AKBlarni proftilaktika qilish, oʻlchov ishlarini olib borish, nosoz AKBlarni echish xamda yangisini oʻrnatish, klimatexnika qurilmalarini profilaktika qilish, freon quyish, oʻrnatish va echish, ta'mirlash ishlari bajarish, bogʻlamada mavjud elektr javonlarni, dizel/benzen generatorlarni quyosh, shamol elektr stansiyalarni profilaktika qilish, ishlab chiqarilgan (virobotka) elektr energiyani xisobotini yuritish.
- Elektr tarmoqlarida nosozliklar aniqlanganda ularni bartaraf etish, sabablarini taxlil qilish va ularni oldini olish boʻyicha chora koʻrish, elektr liniyalarda avariya sodir boʻlganda qurilmalarga koʻchma generator oʻrnatish.
- Texnika xavfsizligi boʻyicha xujjatlarni oʻz vaqtida yuritib borish, texnika xavfsizligi boʻyicha instruktaj oʻtkazish, xodimlarni ishga ruxsatnoma (naryad dopusk) toʻldirib ishga chiqishini ta'minlash, elektr tarmoq qurish uchun ishlatilgan materiallar boʻyicha dalolatnoma xamda F-2 dalolatnomalarni rasmiylashtirish.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- Oliy texnik ta’lim (elektrotexnika, energetika, muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha);
- Elektr ta’minoti tizimlari, klimatexnika va avtomatlashtirilgan hisob tizimlari sohasida nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lish;
- Elektr xavfsizligi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarni bilish va ularga rioya qilish.
- Elektr o‘lchov asboblari, generator uskunalari va sovutish tizimlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha sertifikat yoki malaka guvohnomasiga ega bo‘lish maqsadga muvofiq.
- Elektr energiyasi hisoblagichlarini o‘rnatish, ulash, sozlash va o‘qish bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish.
- ASKUE tizimlari orqali elektr energiya sarfini nazorat qilish va tahlil qilish ko‘nikmasi.
- Elektr tarmoqlarida nosozliklarni aniqlash, bartaraf etish hamda avariya holatlarida tezkor choralar ko‘rish malakasi.
- Dizel va benzin generatorlari, quyosh va shamol elektr stansiyalarining ishlash prinsiplari, texnik xizmat ko‘rsatish tartibini bilish.
- AKB (akkumulyator batareyalari), klimatexnika va sovutish tizimlarida profilaktika, freon quyish, o‘lchov ishlari va ta’mirlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
- Hisobot va texnik hujjatlarni (dalolatnoma, naryad, F-2 shakli) to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmasi.
- Texnika xavfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tkazish va mehnatni muhofaza qilish talablariga amal qilish ko‘nikmasi.
- Elektr tarmoqlari, generatorlar, sovutish tizimlarida amaliy ishlash malakasi.
- Yangi baza stansiyalarini elektr tarmoqqa ulash, elektr o‘lchov ishlarini bajarishda tajribasi.
- Elektr va mexanik nosozliklarni aniqlash hamda ularni samarali bartaraf etish bo‘yicha tajriba.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kuni – yakshanba.
- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 17:00 gacha, shanba 09.00 dan 15.00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, b.isaqov@sharqiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 73-2440337, 99-4351267.
Hujjatlar 2026-yil 18-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 19-oktabr kuni o‘tkaziladi.