1-toifali buxgalter (sen)
“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Buxgalteriya
Lavozim majburiyatlari
- Tushum va pul mablagʻlari oqimlarini, tovar-moddiy boyliklar va asosiy mablagʻlarning hisobini tashkil etish, ularning harakati, harajatlar smetasining ijrosini, mahsulot va xizmatlarni sotish va sotib olish bilan bogʻliq operatsiyalarni, shuningdek moliyaviy hisob-kitob hamda ilgʻor operatsiyalarni oʻz vaqtida birlamchi hujjatlar asosida buxgalteriya hisobining schetlarida ifodalash va “1S-Predpriyatie” dasturida aks ettiradi;
- Davlat byudjetiga toʻlovlarning qonunga muvofiqligi, oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini uchun “Bank klient” dasturi orqali behato, oʻz vaqtida bosh buxgalter va uning oʻrinbosari bilan kelishgan holda toʻlovlarni amalga oshiradi;
- Filial boʻyicha barcha soliq, ish haqi, kommunal, ijara haqi toʻlovlari va ekspluatasiya harajatlari hisobini yuritish va birlamchi hujjatlar asosida elektron toʻlov tizimi orqali bank oʻtkazmalarini “Bank klient” dasturi orqali oʻtkazilishini ta'minlash hamda, “1S-Predpriyatie” dasturida aks ettirish va kunlik hisobotlarni bosh buxgalter va uning oʻrinbosariga taqdim etadi;
- loyiha qidiruv ishlari va tubdan ta’mirlash bo‘yicha hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydi;
- Birlamchi hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibiga rioya qilish, ularni buxgalteriya hisobi registrlarida yuritish va jildlash ishlarini olib boradi;
- tovar moddiy zahiralarini inventarizatsiyasida o'tkazishda ishtirok etadi, moddiy boyliklarning saqlanishini ta'minlaydi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka
- Oliy iqtisodiy ma'lumotga hamda moddiy va ombor hisobi, buxgalteriya hisobi, moliya yoki iqtisodiyot yo‘nalishidagi lavozimlarda kamida 3 (uch) yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim;
- Microsoft Office (Word, Excel, Power Point), Internet (MS Explorer), va E-mail (Outlook Express), dan malakali foydalanuvchi darajasida ish tajiribasiga ega boʻlishi kerak;
- Mulk, majburiyatlar va xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini tashkil qilish va hisobotlarni tuzish bo‘yicha qonun hujjatlarini qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, metodik va normativ hujjatlarni, buxgalteriya hisobi shakllari va metodlarini hisoblar rejasi va korrespondensiyasini bilishi kerak.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,
- Mobil aloqa
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, <g.jiemuratova@shimoliy.uztelecom.uz> manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Tel: (61 222-14-94. 99 955-92-02).
Hujjatlar 2026-yil 8-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 9-oktabr kuni o‘tkaziladi.