04 Avgust 2026

Elektromontyor (1-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Birinchi bog‘lama Energiya ta’minoti va klimatexnika uskunalari guruhi

 

 

Lavozim majburiyatlari

-      Elektron hisoblagichlarning maʼlumotlarini yuritish, hisobat berish ishlarini amalga oshiradi;

-      Yangi quriladigan telekommunikatsiya qurilmalarini elektr taʼminoti bilan ta’minlash ishlarini bajaradi;

-      Telekommunikatsiya qurilmalarida elektr energiyasi uzilishlar kuzatilganda ushbu qurilmalarga generatorlarni ishga tushirish hamda bogʻlamadagi barcha elektr generator bloklarining hisobini yuritish, ularning holatini kuzatish, yoqilg'i-moylash materiallari bilan ta'minlash;

-      Telekommunikatsiya qurilmalarining akkumulyator batareyalarining davriy profilaktika ishlarini hamda akkumulyator batareyalarining ishchi holatini ta’minlaydi;

 

 

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

-      Oliy texnik ma’lumoti va 2-toifali muhandis lavozimida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis.

-      Elektrotexnika asoslari va kabel liniyalarini ekspluatatsiya qilish qoidalarini;

-      Texnik va ekspluatatsion tavsifnomalarni, ishlatilsdigan jihoz va qurilmalarning  konstruktiv hususiyatlarini hamda ishlash rejimlari va ularni ekspluatasiya qilish qoidalarini;

-      Yo'nalish bo'yicha amaldagi normativ hujjatlarni;

-      Tarmoqda qo‘llaniladigan texnologiyalar va usullarni;

-      Generatorlarni ishga tushirish hamda bogʻlamadagi barcha elektr generator bloklari tuzilishini, ularning holatini kuzatishni;

-      Reflektomer yordamida o'lchovlar o'tkazishni;

-      MS Office (Excel, Word, PowerPoint, Visio) dasturiy ta’minotida malakali foydalanuvchi darajasida ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

 

 

Ish sharoitlari:

-      Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

-      Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).,

-      Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,

-      Mobil aloqa.

 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, g.jiemuratova@kar.uztelecom.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (61 222-14-94. 99 955-92-02).

Hujjatlar 2026-yil 4-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 7-sentabr kuni o‘tkaziladi.