Elektromontyor (Ellikqal’a avg.)
“O‘zbektelekom” AK Shimoliy filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Beshinchi bog‘lama Ellikqal’a uchastkasi Liniya-kabel xo‘jaligi guruhi
Lavozim majburiyatlari
- Abonent simlarini osadi, qayta tortadi, tartibga va texnik talab darajasiga keltiradi hamda havo aloqa liniyalarini demontaj va montaj qiladi, shuningdek, tarqatish javonlarida krossirovkalarni almashtiradi va tartibga keltiradi;
- Buyurtmalarni qabul qiladi va “Texnograd Plyus” tizimi STP modulining “GeoWFM” mobil ilovasiga bajarilgan ishlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni kiritib boradi;
- Har kuni tegishli hujjatlarni (naryad, dalolatnomalar va boshqalar) o‘rnatilgan tartibda to‘liq va to‘g‘ri to‘ldiradi va liniya inshootlari muhandisiga topshiradi;
- Biriktirilgan ushastkada kabel qudiqlari va er osti kabellarini himoya qilish, tamirlash, profilaktika va ta’mirlash ishlarini o‘tkazadi;
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka
- O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotga (razryadiga qarab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida bir necha yillik mehnat stajiga) ega bo‘lgan mutaxassis;
- Hudud telefon tarmog‘i tuzilishining prinsiplarini;
- Elektrotexnika asoslarini;
- Turli rusumli telefon apparatlari va boshqa oxirgi qurilmalar, shu jumladan keng polosali xizmatlar qurilmalarini abonent liniyasiga ulash sxemalarini;
- Keng polosali yo‘nalishning oxirgi uskunalaridan foydalanish va montaj qilish qoidalarini;
- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;
- Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilishi kerak.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi,
- Mobil aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, g.jiemuratova@kar.uztelecom.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Tel: (61 222-14-94; 99 955-92-02)
Hujjatlar 2026-yil 6-sentabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 7-sentabr kuni o‘tkaziladi.