15 Iyul 2026

1-toifali buxgalter

“O‘zbektelekom” AK Janubi-G‘arbiy filiali, Samarqand viloyati

Buxgalteriya

 

Lavozim majburiyatlari:

- Dastlabki hujjatlarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish va uning saqlanishini ta’minlash;

- Filialga kelib tushgan asosiy vositalar, pul mablag‘lari, tovar va moddiy boyliklar hisoblarining buxgalteriya hisoblari bo‘yicha operatsiyalarning o‘z vaqtida aks ettirilishini nazorat qiladi;

- Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar tekshiruvini o‘tkazish, solishtirma dalolatnomalar shakllantirish;

- Inventarizatsiya o‘tkazishda ishtirok etish, uning natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirish - Davlat soliq inspeksiyasiga zarur hisobotlarni tayyorlashda qatnashish;

- Soliqlar bo‘yicha DSI bilan solishtirish dalolatnomalarni tekshish - Mehnatga haq to‘lash, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hisoblash;

- 1C Predpriyatie dasturida kunlik operatsiyalarni o‘z vaqtida kiritib boorish;

- Buxgalteriya hisobi bo‘yicha kurs va seminarlarda o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqaruv yo‘nalishlarida).

- Soliq kodeksi, Mehnat kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, moddiy boyliklarni hisobga olish va hisobdan chiqarish tartibi;

- Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya va mehnat muhofazasi qoidalari; - Tashkilotning moddiy-texnik bazasini saqlash, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish tartibi;

- Kommunal va transport xizmatlari bilan ishlash;

- Axborot texnologiyalaridan (kompyuter, ofis dasturlari, 1C yoki Excel) foydalanish asoslari.

- Hisobot, smeta, xarajat va dalolatnomalar bilan ishlash;

- Ichki mehnat intizomi va xavfsizlik choralariga rioya etish;

- Muloqot, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari;

- Mas’uliyatli, tartibli, talabchan va halol;

- Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobiliyatiga ega;

- Stressga bardoshli, tezkor qaror qabul qila oladigan;

- Xizmat doirasidagi hujjatlar bilan ishlash madaniyatiga ega bo‘lish;

- Xo‘jalik va moliyaviy masalalarda aniqlik, tejamkorlik va tahliliy fikrlash.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, j.odirov@sjs.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 66-2400091, 55-7040804.

Hujjatlar 2026-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 17-avgust kuni o‘tkaziladi.