Elektromontyor (5-bog‘lama)
“O‘zbektelekom” AK Janubi-G‘arbiy filiali Samarqand viloyati
Beshinchi bog‘lama (Toyloq t, Urgut t.) Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi
Lavozim majburiyatlari:
– Aloqa liniya inshootlari, kabel kanalizatsiya quduqlarida profilaktika hamda joriy ta’mirlash ishlarini bajaradi.
– Aloqa liniyalarida ta’mirlash-tiklash va montaj qilish ishlarini amalga oshiradi.
– Kabel liniyalarini qabul qilish, sozlash va ishga tushirish bo’yicha kerakli ishlarni amalga oshiradi.
– Ish natijalari bo‘yicha rahbariyatga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
– Ish joyida texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy amal qiladi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
– O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi.
– Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa liniyalari qurilishi yoki shunga yaqin texnik yo‘nalishlar bo‘yicha.
– Optik va mis kabellar bilan ishlashni bilishi;
– Payvandlash, o‘lchash va sinov asbob uskunalaridan foydalanish;
– Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari;
– Loyihaviy va texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish ko‘nikmasi.
– Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarida kamida 6 oy amaliy tajriba.
– Jamoada ishlash va boshqa mutaxassislar (muhandis, quruvchi) bilan hamkorlikda ishlash tajribasi.
Ish sharoitlari:
– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
– Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.
– Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
– Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.
– Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
– Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, j.odirov@sjs.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 66-2400091, 55-7040804.
Hujjatlar 2026 8-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026 yil 9-noyabr kuni o‘tkaziladi.