Kabelchi-payvandlovchi (Kattaqo‘rg‘on)
“O‘zbektelekom” AK Janubi-G‘arbiy filiali Samarqand viloyati
Ikkinchi bog‘lama Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi
Lavozim majburiyatlari:
- Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarini bajaradi.
- Payvandlash ishlari sifatini, texnik talablarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlaydi.
- Kabel liniyalarini qabul qilish, sozlash va ishga tushirish bo’yicha kerakli ishlarni amalga oshiradi.
- Ish natijalari bo‘yicha rahbariyatga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
- Ish joyida texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy amal qiladi.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
- O‘rta maxsus yoki texnik kasb-hunar ta’limi.
- Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa liniyalari qurilishi yoki shunga yaqin texnik yo‘nalishlar bo‘yicha.
- Optik va mis kabellar bilan ishlashni bilishi;
- Payvandlash, o‘lchash va sinov asbob uskunalaridan foydalanish;
- Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari;
- Loyihaviy va texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish ko‘nikmasi.
- Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarida kamida 6 oy amaliy tajriba.
- Jamoada ishlash va boshqa mutaxassislar (muhandis, quruvchi) bilan hamkorlikda ishlash tajribasi.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 6 kunlik (dushanba–shanba), dam olish kunlari – yakshanba.
- Ish vaqti: dushanba – juma 09:00 dan 17:00 shanba 09:00 dan 13:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar beriladi.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, j.odirov@sjs.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 66-2400091, 55-7040804.
Hujjatlar 2026 13-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026 yil 16-noyabr kuni o‘tkaziladi.