01 Iyul 2026

Elektromontyor (10-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK Janubiy filiali Surxondaryo viloyati

O‘ninchi bog‘lama Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

- Filial dastur va joriy ta’mirlash rejalarini biriktirilgan hududdagi qismini bajaradi.

- Hududida ekspluatatsiya faoliyati olib borilishida zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, materiallar va uskunalar ro‘yxatini o‘z vaqtida 1-toifali muhandisga taqdim etilishini ta’minlaydi.

- Havo aloqa liniyalarida, shu jumladan elektr uzatish tarmoqlari bilan yaqin bo‘lgan va xavfli kesishmalari mavjud bo‘lgan hududlarda texnik-ekspluatatsiya va tarmoqni rivojlantirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshiradi.

- Aloqa liniyalarida shikastlangan joylarni va uning xarakterini (turini) aniqlaydi va belgilangan muddatlarda nosozliklarni bartaraf etadi.

- Havo aloqa liniyalari bilan elektr uzatish liniyalaridagi mavjud xavfli kesishmalarni o‘rnatilgan tartibda bartaraf qiladi hamda ekspluatatsiya jarayonida yangi xavfli kesishmalar kelib chiqishining oldini olish choralarini ko‘radi.

- Har kuni tegishli hujjatlarni (naryad, dalolatnomalar va b.) o‘rnatilgan tartibda to‘liq va to‘g‘ri to‘ldiradi va 1-toifali muhandisga topshiradi.

- Yuklatilgan vazifalar doirasida nosozlikni bartaraf etish (qo‘shimcha kabel mahsulotlari, ishchi kuchi ajratilishi zaruriyati yoki boshqa sabablar bo‘lsa) imkoniyati bo‘lmagan taqdirda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha 1-toifali muhandisga ma’lumot beradi.

- Ishga chiqishdan oldin asbob-uskunalarni, qurilma va anjomlarning to‘liqligi va xizmatga yaroqliligini tekshiradi, ularning texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligini ko‘zdan kechiradi.

- Xizmat ko‘rsatilayotgan hududda qurilish yoki yer qazish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlangan hollarda, aloqa vositalari orqali 1-toifali muhandisga xabar beradi.

- Xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq muammolarni aniqlaydi va ularni hal etadi.

- Taqsimlovchi shkaflar, bokslar va boshqa oxirgi kabel qurilmalarini.

- Liniya kabel inshootlarini yerga ulash bilan jihozlash ishlarini bajaradi.

- Aloqa quduqlari va shaxtalarni gazlanganligini gaz analizatori yordamida tekshiradi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- O‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumot.

- Kompaniyaning sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarini;

- Telefon va optik tarmoqlarining tuzilish prinsiplarini;

- Qo‘llanayotgan liniya inshootlari (kabel qutisi, ustunlar, kirish qoziqlari, taqsimlovchi qutilar) konstruksiyalarini hamda ulardan abonent liniyalarni yotqizish va ulash qoidalarini;

- Elektrotexnika asoslarini;

- Turli rusumli telefon apparatlari va boshqa oxirgi qurilmalar, shu jumladan keng polosali xizmatlar qurilmalarini abonent liniyasiga ulash sxemalarini;

- Keng polosali ulanishning oxirgi uskunalaridan foydalanish, montaj qilish va sozlash ishlarini;

- Liniya va kabel nosozliklarini, keng polosali xizmatlar nosozliklarini bartaraf qilish bo‘yicha nazorat muddatlarini;

- Aloqa liniya va inshootlarini qo‘riqlash qoidalarini;

- Internetga ulanish texnologiyalarini (GPON, FTTB, xDSL);

- Wi-Fi signallari va chastotalarini;

- Optik kabellarda signallarning uzatilishi va so‘nish koeffitsientlari;

- Optik payvandlash uskunasi, povermetr, reflektometrdan foydalanish;

- Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini va ularga rioya etishni.

- Ichki mehnat intizomiga rioya etish;

- Muloqot, muammolarni hal etish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kuni – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, s.islomov@janubiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 75-230-70-10, 99-467-98-14.

Hujjatlar 2026-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 3-avgust kuni o‘tkaziladi.