02 Sentabr 2026

Kabelchi-payvandlovchi (10-bog‘lama)

“O‘zbektelekom” AK Janubiy filiali Surxondaryo viloyati Angor tumani

O’ninchi bog‘lama Telekommunikatsiya tarmog‘ini qurish va ta’mirlash guruhi

 

Lavozim majburiyatlari:

-      Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarini bajaradi.

-      Payvandlash ishlari sifatini, texnik talablarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlaydi.

-      Kabel liniyalarini qabul qilish, sozlash va ishga tushirish bo’yicha kerakli ishlarni amalga oshiradi.

-      Ish natijalari bo‘yicha rahbariyatga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.

-      Ish joyida texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomiga qat’iy amal qiladi.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

-      O‘rta maxsus yoki texnik kasb-hunar ta’limi.

-      Telekommunikatsiya tarmoqlari, aloqa liniyalari qurilishi yoki shunga yaqin texnik yo‘nalishlar bo‘yicha.

-      Optik va mis kabellar bilan ishlashni bilishi;

-      Payvandlash, o‘lchash va sinov asbob uskunalaridan foydalanish;

-      Mehnat muhofazasi, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari;

-      Loyihaviy va texnik hujjatlarni o‘qish va tushunish ko‘nikmasi.

-      Kabel liniyalarini payvandlash, ulash va sinovdan o‘tkazish ishlarida kamida 6 oy amaliy tajriba.

-      Jamoada ishlash va boshqa mutaxassislar (muhandis, quruvchi) bilan hamkorlikda ishlash tajribasi.

 

Ish sharoitlari:

-      Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

-      Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kuni – shanba va yakshanba.

-      Ish vaqti: (dushanba–juma) Ish kunining boshlanishi va tugash vaqtiga muvofiq ravishda soat 09.00 dan 18.00 gacha, tushlik 13.00 dan 14.00 gacha.

-      Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

-      Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

-      Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, s.islomov@janubiy.uztelecom.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 75-230-70-10, 99-467-98-14.

Hujjatlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 2-oktabr kuni o‘tkaziladi.