1-toifali mutaxassis (xaridlar)
“O‘zbektelekom” AK Toshkent shahar ijroiya apparati
Xaridlar departamenti Savdolarni tashkillashtirish boshqarmasi
Lavozim majburiyatlari:
• Xarid talabnomalari asosida ochiq va boshqa ishonchli manbalardan foydalanish, tashkilotlardan tijorat takliflarini olish orqali bozor konyunkturasini o‘rganish, narxlarni tahlil qilish hamda elektron ma’lumotnomani shakllantirish.
• Davlat xaridlarining maxsus axborot portali orqali xaridlar rejasini belgilangan muddatlarda shakllantirish va rasmiylashtirishda ishtirok etish.
• Xarid predmetiga muvofiq tanlash va tender hujjatlarini, ishtirokchilar takliflarini baholash mezonlarini tayyorlash hamda tegishli bo‘linmalar bilan kelishish.
• Xarid hujjatlarini “Davlat xaridlarining maxsus axborot portali”ga belgilangan tartibda joylashtirish hamda xarid qilish tartib-taomillarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish.
• Ishtirokchilar takliflarini xarid hujjatlari talablariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil qilish, zarur hollarda ekspert xulosalarini olish va takliflarni qiyosiy baholash uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash.
• Xarid komissiyasi faoliyati uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, xarid natijalarini rasmiylashtirish va g‘olib bilan shartnoma tuzishni tegishli bo‘linmalar bilan kelishishda ishtirok etish.
• Boshqarma hisobotlari va ish rejalarini tayyorlash, xizmat hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash.
• Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik va ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish hamda mehnat intizomi, odob-axloq, korrupsiyaga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi va tijorat sirlarini muhofaza qilish talablariga rioya etish.
Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:
• Oliy ma’lumot.
• Mutaxassisligi va tegishli soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi.
• O‘zbekiston Respublikasining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchiligi va xarid jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish.
• Bozor narxlarini o‘rganish, tijorat takliflarini tahlil qilish va narxlarni qiyosiy solishtirish ko‘nikmasi.
• Xarid hujjatlari, hisobotlar va xizmat yozishmalarini o‘zbek hamda rus tillarida tayyorlash ko‘nikmasi.
• Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari, jumladan Microsoft Word, Excel, elektron pochta va veb-brauzerlardan foydalanish.
• Davlat xaridlarining elektron platformalari va elektron buyurtmalar tizimida ishlash ko‘nikmasi.
Shaxsiy fazilatlar:
• Tahliliy fikrlash va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati.
• Mas’uliyatlilik, aniqlik, intizom va belgilangan muddatlarga rioya qilish.
• Jamoada ishlash, ishbilarmonlik muloqoti olib borish va muammolarga yechim topish ko‘nikmasi.
• Xolislik, halollik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat.
Ish sharoitlari:
• 5 kunlik ish haftasi.
• Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati.
• Ahil va professional jamoada ishlash.
• Tibbiy sug’urta.
• Bepul uyali aloqa.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.
Hujjatlar 2026-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026-yil 2-noyabr kuni o‘tkaziladi.