13 Iyul 2026

Oliy toifali mutaxassis (axborotni oshkor etish va korporativ boshqaruv)

“O’zbektelekom” AK ijroiya apparati, Toshkent shahri

Korporativ boshqaruv va investitsiya portfeli departamenti

Yo‘nalish: axborotni oshkor etish va korporativ boshqaruv

 

Lavozim majburiyatlari:

-      Kompaniyaning majburiy va ixtiyoriy axborotni oshkor etish taqvimi, reyestri va nazorat ro‘yxatini yuritish;

-      Muhim faktlar, davriy hisobotlar va boshqa korporativ axborotni Openinfo axborot tizimi, fond birjasi, vakolatli davlat organlari va korporativ veb-saytda tayyorlash hamda joylashtirishni muvofiqlashtirish;

-      Oshkor etiladigan ma’lumotlarning to‘liqligi, aniqligi, o‘zaro muvofiqligi va tasdiqlangan manbalarga mosligini tekshirish;

-      Moliya, yuridik, normativ talablarga muvofiqlik nazorati, korporativ kotib, investorlar bilan aloqalar va boshqa bo‘linmalardan ma’lumotlarni o‘z vaqtida olishni tashkil etish;

-      Kuzatuv kengashi, uning qo‘mitalari va Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi materiallarini tayyorlash va rasmiylashtirishda ishtirok etish;

-      Korporativ boshqaruv kodeksi, ustav, ichki nizomlar va siyosatlarga rioya etilishini nazorat qilish;

-      Korporativ boshqaruv bo‘yicha yillik hisobot, o‘zini o‘zi baholash va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlashda ishtirok etish;

-      Manfaatlar to‘qnashuvi, affillangan shaxslar va aloqador shaxslar bilan bitimlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish hamda oshkor etishni qo‘llab-quvvatlash;

-      Aksiyadorlarning axborot so‘rovlarini ko‘rib chiqish va tegishli bo‘linmalar bilan javoblarni muvofiqlashtirish;

-      Korporativ hujjatlar, qarorlar, bayonnomalar va oshkor etish materiallari bo‘yicha reyestr hamda arxivni yuritish;

-      Aksiyalarni birlamchi yoki ikkilamchi ommaviy joylashtirishga tayyorgarlik doirasida axborotni oshkor etish bo‘yicha nazorat tartib-taomillarini takomillashtirish va korporativ boshqaruvdagi kamchiliklarni baholash ishlarida ishtirok etish;

-      Investorlar uchun materiallar rasmiy ravishda oshkor etilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash maqsadida Investorlar bilan aloqalar boshqarmasi bilan hamkorlik qilish;

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

-      Yuridik, iqtisodiyot, moliya, korporativ boshqaruv yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;

-      Korporativ boshqaruv, axborotni oshkor etish, korporativ kotibiyat, yuridik faoliyat yoki normativ talablarga muvofiqlikni ta’minlash yo‘nalishida kamida 3 yillik tajriba;

-      Aksiyadorlik jamiyatlari, qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ axborotni oshkor etish bo‘yicha talablarni bilish;

-      Kuzatuv kengashi, qo‘mitalar va Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jarayonlari hamda korporativ hujjatlar bilan ishlash tajribasi;

-      Openinfo axborot tizimi, fond birjasi yoki axborotni oshkor etishning boshqa tizimlarida ishlash tajribasi afzal;

-      Rasmiy hujjatlar, bayonnomalar, qarorlar va korporativ hisobotlarni sifatli tayyorlash ko‘nikmalari;

-      Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashda yuqori aniqlik, mas’uliyat va professional etikaga rioya qilish;

-      O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish, ingliz tili darajasi kamida B2+, C1 darajasi afzal.

 

Sertifikatlarning mavjudligi:

-      Korporativ kotibiyat, korporativ boshqaruv, normativ talablarga muvofiqlik, huquq, ACCA yoki DipIFR bo‘yicha sertifikatlar ustunlik beradi.

 

Ish sharoitlari:

-      5 kunlik ish haftasi.

-      Moslashuvchan ish jadvali.

-      Ahil jamoa.

-      Tibbiy sug‘urta.

-      Bepul mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda o.boltaev@uztelecom.uz elektron manziliga yuborilishi lozim.

Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.

Hujjatlar 2026-yil 13-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 14-avgust kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 8-sentabrgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 9-sentabr kuni o‘tkaziladi.