02 Sentabr 2026

Oliy toifali mutaxassis (Ekotizim mahsulotlari)

“O‘zbektelekom” AK Ijroiya apparati Toshkent shahar

Marketing departamenti Raqamli mahsulotlar boshqarmasi  Ekotizim mahsulotlarini rivojlantirish bo‘limi

  

Lavozim majburiyatlari:

-      Loyihalarning to‘liq hayotiy siklini boshqarish: g‘oya va biznes-talablarni shakllantirishdan tortib, mahsulotni ishga tushirish hamda foydalanishga topshirishgacha.

-      Kross-funksional jamoalar (IT, marketing, yuridik bo‘lim, sotuvlar, texnik bo‘linmalar va tashqi hamkorlar) faoliyatini muvofiqlashtirish.

-      Ichki hujjat aylanishini tashkillashtirish va nazorat qilish, shartnomalar, xizmat hujjatlari hamda loyiha materiallarini kelishish jarayonlarini kuzatib borish.

-      Shartnomalar, qo‘shimcha bitimlar va boshqa yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tayyorlash, kelishish hamda rasmiylashtirish.

-      Texnik topshiriqlar (TT), biznes-talablar, marketing briflari va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

-      Yangi xizmatlarning texnik integratsiyasini tashkillashtirish va loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida ishlar bajarilishini nazorat qilish.

-      Muddatlarni rejalashtirish, vazifalar ijrosini nazorat qilish, xatarlarni boshqarish va loyiha ishtirokchilarini muvofiqlashtirish.

-      Tijoriy ishga tushirishdan oldin yangi mahsulot hamda xizmatlarning funksional va qabul qilish sinovlarini (testlashni) o‘tkazish.

-      Kuzatuv Kengashi, Kompaniyaning texnik kengashi va bo‘limning to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyatiga oid boshqa buyruqlarini bajarilishini amalga oshirish.

-      O‘zidan yuqori rahbarlarning qonunchilikda man etilmagan Kompaniya faoliyatiga oid boshqa topshiriqlarini bajaradi.

-      Korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo’ladi.

-      Ish yuzasidan telefon orqali muloqotni xizmat telefon raqamlaridan hamda Kompaniya tomonidan taqdim etilgan xizmat mobil aloqa raqamlaridan foydalangan holda amalga oshiradi.

-      Belgilangan talablar, amaldagi normalar, qoidalar va standartlarga rioya etilishini nazorat qilish.

-      Loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda, shuningdek hisobotlarni tuzishda va hisobotlarni tahlil qilishda nomuvofiqliklar yuzaga kelganda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.

-      Uchinchi tomon tashkilotlari va kompaniyalari vakillarini aloqa obyektlariga qabul qilishni tashkil etish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish.

-      Normativ va texnik hujjatlar talablariga muvofiq ish yuritishning to‘g‘riligini nazorat qilish. Bo‘lim tomonidan amalga oshiriladigan ish hajmining hisobini yuritish.

 Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

-   Lavozimga oliy ma’lumotli, yo‘nalish bo‘yicha I-toifali muhandis lavozimida yoki boshqaruvchilik lavozimlarida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega mutaxassis qabul qilinadi.

-  Mahalliy va xorijiy telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha umumiy ma’lumotlar va rivojlanish istiqbollari.

-      yangi axborot texnologiyalari.

-      mehnatni muhofaza qilish qoidalarini.

-      mehnat madaniyati va korporativ etikasi.

-      MS Office (Word, Excel, PowerPoint).

- Loyihalarni boshqarish

-      Rasmiy yozishmalar va muzokaralar olib borish

-      Xatarlarni (risklarni) boshqarish va yumshatish (mitigatsiya)

-      Loyiha hujjatlarini tuzish

-      Qabul qilish sinovlari (testlash)

-      O‘zgarishlarni boshqarish

-      Hisobot tayyorlash

Shaxsiy fazilatlar:

-      Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish, hisobot va taqdimotlar tayyorlay olish.

-      Muloqot qilish ko‘nikmalari, ko‘p vazifalik sharoitda ishlay olish qobiliyati.

-      E’tiborli bo‘lish, ma’lumotlarni tahlil qilish va takliflarni ishlab chiqish qobiliyati.

-      Mas’uliyat, stressga chidamlilik, yuqori yuklama sharoitida ishlay olish qobiliyati.

 

Ish sharoitlari:

-      5 kunlik ish haftasi.

-      Moslashuvchan ish jadvali.

-      Ahil jamoa.

-      Tibbiy sug’urta.

-      Bepul uyali aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon: 71-1000229.

Hujjatlar 2026-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 2-oktabr kuni o‘tkaziladi.