18 Mart 2026

Oliy toifali mutaxassis

“O’zbektelekom” AK  Ijroiya apparati Toshkent shahri

Xalqaro biznes departamenti

 

Lavozim majburiyatlari:

- Ichki va tashqi uchrashuvlarni, jumladan, xalqaro uchrashuvlarni tashkil etish (kun tartibini tayyorlash, ishtirokchilarni muvofiqlashtirish, bayonnoma yuritish);

- Xodimlar va rahbariyatning xizmat safarlarini to‘liq tashkillashtirish (avia/temiryo‘l chiptalari, mehmonxonalar, transferlar, viza bilan qo‘llab-quvvatlash, sug‘urta);

- Korporativ va vakillik tadbirlarini to‘liq tayyor holda tashkil etish;

- Og‘zaki (ketma-ket) va yozma tarjima (EN ↔ RU, EN ↔ UZ);

- Rasmiy yozishmalar va protokol hujjatlarini tayyorlash;

- Hamkorlar va mehmonlar ma’lumotlar bazasini yuritish;

- Pudratchilar bilan hamkorlik qilish hamda ishning bajarilish muddati va sifatini nazorat qilish;

- Tadbirlar va xizmat safarlari byudjetini nazorat qilish;

- Ishbilarmonlik va xalqaro protokol me’yorlariga rioya etish.

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy ma’lumot;

- Top-menejment yoki xalqaro kompaniyaning protokol bo‘limida, ma’muriy qo‘llab-quvvatlashda 3 yildan ortiq tegishli tajribaga ega bo‘lish;

- Tadbirlarni mustaqil tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan tajriba;

- Xorijiy hamkorlar bilan ishlash tajribasi.

- Ingliz tili — С1 darajasidan past bo‘lmagan (og‘zaki va yozma ravon so‘zlashish);

- Rus tili — ravon;

- O‘zbek tili — ravon;

- Muzokaralarda ketma-ket tarjima qila olish ko‘nikmasi.

- MS Office (Word, Excel, PowerPoint), Outlook/Google Workspase dasturlaridan erkin foydalana olish;

- Bronlash va onlayn muloqot tizimlari (Zoom, MS Teams) bilan ishlash tajribasi;

- Ingliz tilida biznes yozishmalarini yuritish bo‘yicha mukammal ko‘nikmalar;

- Xalqaro biznes protokoli meʼyorlarini tushunish;

- Sifatni pasaytirmagan holda ko‘p vazifali rejimda ishlay olish qobiliyati.

 

Shaxsiy fazilatlar:

- Yuqori darajadagi shaxsiy mas’uliyat va maxfiylikni saqlay olish;

- Stressga chidamlilik va qaror qabul qilishda tezkorlik;

- Tafsilotlarga e’tiborlilik va ishga tizimli yondashuv;

- Tashabbuskorlik va ehtiyojlarni oldindan seza bilish;

- O‘zini tuta bilish va rivojlangan muloqot qobiliyatlari.

 

Ish sharoitlari:

- 5 kunlik ish haftasi.

- Moslashuvchan ish vaqti. 

- Tibbiy sug'urta.

- Bepul mobil aloqa. 

 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, o.boltayev@uztelecom.uz elektron manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Malumot uchun telefon: 71-1000229.

 

Hujjatlar 2026-yil 18-aprelgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 20-aprel kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 18-maygacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 18-maygacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 19-may kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 18-iyungacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 18-iyungacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 19-iyun kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 18-iyulgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 18-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 20-iyul kuni o‘tkaziladi.

Tanlov muddati 2026-yil 18-avgustgacha uzaytirildi.

Hujjatlar 2026-yil 18-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 20-avgust kuni o‘tkaziladi.