26 Avgust 2026

1-toifali mutaxassis (raqamli ta'lim)

“O‘zbektelekom” AK “TMS Hub” filiali Toshkent shahar

Raqamli ta’limni rivojlantirish xizmati

 

Lavozim majburiyatlari:

- Ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda yuqori malakali mutaxassislarni o‘quv kurslariga shartnoma asosida jalb qilish jarayonini tashkil etish;

- O‘quv kurslari bo‘yicha tuziladigan shartnomalarni tayyorlash, rasmiylashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

- Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha elektron hisob va ma’lumotlar bazasini yuritish;

- Korxona va tashkilotlarga tijorat takliflari va xizmat xatlarini yuborish;

- Xizmatning oylik, choraklik va yillik hisobotlarini tayyorlashda ishtirok etish;

 

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka:

- Oliy ma’lumot (telekommunikatsiya, menejment, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalish);

- Hujjatlar va shartnomalar bilan ishlash tajribasi;

- Kompyuter savodxonligi (MS Office, Excel);

- O‘zbek va rus tillarini bilish (ingliz tili afzallik beradi);

- Tashkiliy va kommunikatsiya ko‘nikmalari;

- Mas’uliyatli va diqqatli bo‘lish.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba–juma), dam olish kunlari – shanba va yakshanba.

- Ish vaqti: odatda 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar fotosurat bilan birga va boʻsh ish oʻrni koʻrsatilgan holda, g.jurayeva@utc.uz elektron manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun telefon:711003122, 773389977.

Hujjatlar 2026-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 28-sentabr kuni o‘tkaziladi.