1-toifali muhandis (Servis platformalari)
“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar
Mobil aloqa tarmog‘ini boshqarish xizmati Servis platformalarini boshqarish sektori
Lavozim majburiyatlari:
- VAS-platformalar va servislarning barqaror ishlashini monitoring qilish va ta’minlash, jumladan SMSC, USSD, VMS, A2P/SMS-platformalar hamda mobil tarmoqning boshqa qo‘shimcha servislarini nazorat qilish.
- Platformalarning ishlash samaradorligi va sifatining asosiy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish: trafik hajmi va intensivligi, TPS, qayta ishlangan va yetkazib berilmagan xabarlar soni, kechikishlar va muvaffaqiyatli yetkazib berish foizi, xatolar turi va soni.
- VAS-platformalar va ular bilan bog‘liq tarmoq elementlari faoliyatini tahlil qilish, servislar degradatsiyasi, kechikishlar, xabarlarning yo‘qolishi va xizmatlar sifatining pasayishi sabablarini aniqlash.
- P2P, A2P va xalqaro SMS-trafikni monitoring qilish va tahlil qilish, anomal yuklamalar, ortiqcha yuklanishlar hamda tizimning normal ish rejimidan chetlanishlarni aniqlash.
- SMS-trafikni marshrutlashtirishning to‘g‘riligini hamda SMSC, SMS Firewall, STP, HLR/HSS, A2P-platformalar, aloqa operatorlari va kontent-provayderlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni nazorat qilish.
- Marshrutlashtirish, GT, SCCP, SS7/SIGTRAN, SMPP parametrlari bilan bog‘liq muammolarni, ruxsat etilgan yuklama chegarasining oshib ketishini va tarmoq elementlaridagi nosozliklarni diagnostika qilish.
- VAS-platformalar va server uskunalarining resurslarini, jumladan CPU, RAM, disk xotirasi va tarmoq interfeyslarini monitoring qilish.
- Nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida tizim jurnallari, avariya xabarlari, trace-fayllar va statistik ma’lumotlarni tahlil qilish.
- Avariya holatlarini, uskunalardagi nosozliklarni va VAS-servislar degradatsiyasini lokalizatsiya qilish va bartaraf etishda ishtirok etish, shu jumladan nosozliklarning xizmatlar ko‘rsatilishiga ta’sirini baholash.
- VAS-platformalarni modernizatsiya qilish, kengaytirish va optimallashtirish, uskunalarni o‘rnatish va sozlash, dasturiy ta’minotni yangilash hamda yangi servislarni joriy etish bo‘yicha texnik ishlarda ishtirok etish.
- Yangi SMS-, USSD- va A2P-servislar hamda texnik yechimlarni funksional va yuklama bo‘yicha test qilishda ishtirok etish.
- Uskunalar va dasturiy ta’minot yetkazib beruvchilari, aloqa operatorlari, xalqaro hamkorlar va kontent-provayderlar bilan ekspluatatsiya va nosozliklarni bartaraf etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.
- VAS-platformalar faoliyati bo‘yicha texnik hisobotlar, tahliliy materiallar va statistik ma’lumotlarni tayyorlash.
- Ekspluatatsiya hujjatlari, o‘zaro hamkorlik sxemalari, konfiguratsiya ma’lumotlari, yo‘riqnomalar hamda texnik ishlar va avariyalar to‘g‘risidagi hisobotlarni yuritish.
- Insidentlar va texnik muammolar bazasini yuritish, tuzatish choralarining bajarilishini nazorat qilish.
- Ekspluatatsiya reglamentlari, texnik yo‘riqnomalar hamda servislarni diagnostika qilish va tiklash metodikalarini ishlab chiqish va yangilashda ishtirok etish.
Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:
- 1-toifali muhandis lavozimiga oliy texnik ma’lumotga ega va 2-toifali muhandis lavozimida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis tayinlanadi (Telekommunikatsiya va aloqa, axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring yoki turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha).
- GSM/UMTS/LTE/NR mobil tarmoqlarining tuzilishi va ishlash asoslari hamda VAS-platformalarning Core Network elementlari bilan o‘zaro ishlash tamoyillari.
- SMSC, USSD Center, VMS, SMS Firewall, A2P/SMS-platformalar va boshqa VAS-servislarning ishlash tamoyillari.
- SMPP, SS7, MAP, SCCP, SIGTRAN/SCTP, HTTP/HTTPS va IP texnologiyalaridan foydalangan holda SMS-xabarlarni uzatish va marshrutlashtirish asoslari.
- SMPP 3.4, SS7 signalizatsiya tizimlari va telekommunikatsiya tarmoqlarining asosiy protokollari, jumladan MAP, TCAP, SCCP, ISUP, CAP va SIGTRAN ishlash tamoyillari.
- Ethernet, IP, ARP, TCP, UDP, DNS, DHCP, SNMP, HTTP/HTTPS tarmoq texnologiyalari va protokollari asoslari.
- UNIX/Linux tizimlarini ma’muriy boshqarish asoslari.
- VMware va OpenStack virtualizatsiya tizimlari asoslari, shuningdek ma’lumotlarni saqlash tizimlarining ishlash tamoyillari.
- VAS-platformalar, SMSC, USSD, VMS va A2P-platformalarni monitoring qilish va boshqarish tizimlari bilan ishlash.
- Statistik ma’lumotlar, avariya holatlari, tizim jurnallari va uskunalarning texnik holatini tahlil qilish.
- Linux/UNIX tizimlarini ma’muriy boshqarish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar.
- SQL va tarmoq trafigini tahlil qilish vositalari bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar.
- Tarmoq va tizimdagi nosozliklarni diagnostika qilish ko‘nikmalari.
- Avariya holatlarini tezkor tahlil qilish va nosozlikning ehtimoliy sababini aniqlash qobiliyati.
- Analitik fikrlash va katta hajmdagi texnik hamda statistik ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati.
- Mas’uliyatlilik, e’tiborlilik va yuqori yuklama sharoitida ishlash qobiliyati.
- Avariya-tiklash va reglament asosidagi ishlarda, shu jumladan jiddiy avariyalar yuzaga kelganda ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ham ishtirok etishga tayyorlik.
- Rus va ingliz tillarini bilish ma’qullanadi.
Ish sharoitlari:
– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.
- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 08:00 dan 17:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ; 71 238-14-33.
Hujjatlar 2026 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026 yil 9-noyabr kuni o‘tkaziladi.