06 Oktabr 2026

1-toifali muhandis (Paketli yadro tizimlari)

“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar

Mobil aloqa tarmog‘ini boshqarish xizmati Paketli yadro tizimlarni boshqarish sektori

Lavozim majburiyatlari:

-      Mobil tarmoq paket yadrosi tizimlari va ular bilan bog‘liq dasturiy-texnik komplekslarning uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash.

-      Paket yadrosi uskunalari va tizimlarini, jumladan AMF, SMF, UPF, vCG, PCRFni o‘rnatish, sozlash, sinovdan o‘tkazish va foydalanishga topshirishda ishtirok etish.

-      Tarmoq holatini monitoring qilish va xizmat ko‘rsatish sifat ko‘rsatkichlarini (KPI) tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda tarmoq resurslarini optimallashtirishda ishtirok etish.

-      Avtomatlashtirilgan va paketli jarayonlarning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish, tizim jurnallari (loglar) va xato xabarlarini tahlil qilish.

-      O‘z mas’uliyat doirasidagi tizim ma’lumotlari va konfiguratsiyalarining zaxira nusxalarini yaratish, tiklash hamda saqlanishini ta’minlash.

-      APNni sozlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, trafikni boshqarish va filtrlash uchun reyting guruhlarini (RG) yaratish va sozlashda ishtirok etish.

-      Abonentlarning tarmoqqa muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tishi va mobil tarmoq faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.

-      2G/3G/4G/5G mobil tarmoqlaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etishda ishtirok etish, shuningdek hududiy bo‘linmalarga texnik ko‘mak ko‘rsatish.

-      Axborot xavfsizligi talablariga, kirish siyosatlariga va axborot tizimlaridan foydalanishning belgilangan tartibiga rioya qilish.

-      Telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan yangi texnologiyalar va texnik yechimlarni joriy etish, sinovdan o‘tkazish va ekspluatatsiya qilishda ishtirok etish.

-      Ekspluatatsiya masalalarini hal qilishda boshqa tarkibiy bo‘linmalar, administratorlar, dasturchilar va texnik yordam mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.

-      Sektor vakolati doirasida foydalanuvchilarning ariza va murojaatlarini ko‘rib chiqish.

-      Mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va tashkilotning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish.

 

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

-      1-toifali muhandis lavozimiga oliy texnik ma’lumotga ega va 2-toifali muhandis lavozimida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis tayinlanadi (Telekommunikatsiya va aloqa, axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring yoki turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha).

-      GSM, UMTS, LTE texnologiyalarini o‘z ichiga olgan 2G/3G/4G/5G mobil tarmoqlarining arxitekturasi va ishlash tamoyillari asoslarini bilish.

-      3GPP yondashuvlariga muvofiq mobil tarmoqlarning paket yadrosi arxitekturasi va asosiy ishlash tamoyillarini tushunish.

-      Telekommunikatsiya asoslari, GPRS/WCDMA paketli ma’lumot uzatish texnologiyalari, shuningdek SS7 signalizatsiya tizimlarining ishlash tamoyillarini bilish.

-      TCP/IP, OSI, Ethernet, IPv4/IPv6, ARP, TCP, UDP, DNS, DHCP, HTTP/HTTPS, SSH, SNMP asoslarini ishonchli bilish.

-      Marshrutlash, kommutatsiya, VLAN, NAT, Proxy, IPsec tamoyillarini tushunish.

-      Firewall, IDS/IPS, DLP tizimlarining ishlash tamoyillari va vazifalarini tushunish.

-      Serverlar va tarmoq o‘zaro aloqalarini diagnostika qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

-      Linux/Unix va Windows Server tizimlarini boshqarish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

-      VMware/Hyper-V virtualizatsiya tamoyillarini tushunish.

-      Dasturiy ta’minot, server va tarmoq tizimlarini sozlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

-      Texnik hujjatlar, tizim jurnallari va xato xabarlarini tahlil qila olish.

-      Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va texnik insidentlar bilan ishlash qobiliyati.

-      Rus va ingliz tillarini bilish ma’qullanadi.

 

Ish sharoitlari:

-      Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

-      Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

-      Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 08:00 dan 17:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

-      Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

-      Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

-      Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026 5-noyabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 9-noyabr kuni o‘tkaziladi.