02 Oktabr 2026

2-toifali muhandis (telefoniya tarmoqlari)

“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar

Kommutatsiya tizimlarini boshqarish xizmati Telefoniya tarmoqlarini boshqarish sektori

 

Lavozim majburiyatlari (nomzod ishga qabul qilingandan keyin bajaradigan vazifalari):

- NGN/vIMS telekommunikatsiya tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini ta’minlash;

- NGN/vIMS platformalari, Softswitch, IMS, SBC va boshqa telekommunikatsiya uskunalarini ekspluatatsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash;

- Telefoniyaning zamonaviy texnologiyalari, jumladan SIP, VoIP, SS7, ISUP, SIGTRAN va RTP/RTCP protokollari bilan ishlash;

- Telekommunikatsiya tarmoqlarida ovozli xizmatlarni sozlash, monitoring qilish va yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish;

- NGN/vIMS uskunalarining konfiguratsiyasini amalga oshirish, texnik parametrlarini nazorat qilish va optimallashtirish;

- Tarmoqdagi avariya va nosozliklarni aniqlash, sabablarini tahlil qilish hamda ularni tezkor bartaraf etish;

- Telekommunikatsiya uskunalarining texnik holatini monitoring qilish va profilaktik ishlarni amalga oshirish;

- Tarmoqdagi yangi xizmatlar va texnologiyalarni joriy etishda ishtirok etish;

- Texnik hujjatlarni yuritish, uskunalar konfiguratsiyasi va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash;

- Tarmoq xavfsizligi va belgilangan texnik ekspluatatsiya talablariga rioya qilish.

Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:

- 2-toifali muhandis lavozimiga oliy texnik ma’lumot va muhandis yoki oliy texnik ma’lumotga ega mutaxassislar vazifasini vaqtincha bajaruvchi boshqa muhandis–texnik lavozimlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis tayinlanadi.

Quyidagilarni bilishi kerak:

 - NGN, IMS/vIMS, VoIP va IP-telefoniya texnologiyalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;

- SIP, RTP/RTCP, SS7, ISUP, SIGTRAN kabi telefoniya protokollari va texnologiyalarini bilishi;

- Softswitch va IMS Core telekommunikatsiya uskunalarining ishlash tamoyillarini bilishi;

- SBC va Media Gateway telekommunikatsiya uskunalarining ishlash tamoyillarini bilishi;

- MSAN va IAD  telekommunikatsiya uskunalarining ishlash tamoyillarini bilishi;

- IP tarmoqlari, TCP/IP, VLAN, routing va switching asoslarini bilishi;

- E1 raqamli oqimlari, ularning tuzilishini bilishi;

- STM-1 tuzilishi va ishlash tamoyillarini bilishi;

- OSI modeli va uning sathilarini bilishi; 

- Ikki abonent o‘rtasida ulanish qanday o‘rnatiladi va aloqa qanday amalga oshiriladi?

Abonent A uskunasidan operatorning aloqa tarmog‘i orqali abonent B uskunasigacha bo‘lgan jarayonni bosqichma-bosqich tushuntirib bering. 

 

Quyidagilarni ko‘rsatish kerak:

- Qo'ng'iroq uzatishda qanday uskunalar ishtirok etadi;

- Trafik qaysi texnologiyalar va protokollar orqali uzatiladi;

- Ma’lumotlarga OSI modelining qaysi sathlarida ishlov beriladi;

- Marshrutlash va kommutatsiya qanday amalga oshiriladi;

- E1/STM-1, Ethernet yoki IP oqimlari qayerda va qanday usulda uzatiladi.

- Rus va ingliz tillarini bilishi maqsadga muvofiq.

 

Ish sharoitlari:

- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.

- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.

- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 08:00 dan 17:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).

- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.

- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.

- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76;  71 238-14-33.

Hujjatlar 2026 1-noyabrgacha  qabul qilinadi.

Tanlov 2026 yil 2-noyabr kuni o‘tkaziladi.