Muhandis (Servis platformalari)
“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar
Kommutatsiya tizimlarini boshqarish xizmati, Servis platformalarini qo‘llab-quvvatlash sektori
Lavozim majburiyatlari (nomzod ishga qabul qilingandan keyin bajaradigan vazifalari):
- Call-markazning server uskunalari va server infratuzilmasini boshqarish va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
- Serverlar, virtual mashinalar va ularga tegishli tizimlarni o‘rnatish, sozlash, administratsiya qilish va texnik qo‘llab-quvvatlash;
- Linux operatsion tizimlari asosida ishlaydigan serverlarni administratsiya qilish;
- Server va tarmoq infratuzilmasining texnik holatini monitoring qilish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
- Tarmoq uskunalari, serverlar va boshqa IT infratuzilma elementlari bilan ishlash;
- TCP/IP, DNS, DHCP, VLAN, routing va switching kabi tarmoq texnologiyalarini sozlash va qo‘llab-quvvatlash;
- Serverlarning resurslari, ishlash samaradorligi va mavjudligini monitoring qilish;
- Server dasturiy ta’minoti va xizmatlarini o‘rnatish, sozlash, yangilash hamda texnik xizmat ko‘rsatish;
- Ma’lumotlarni zaxiralash (backup) va zarur hollarda tiklash jarayonlarini tashkil etish;
- Call-markazning server va tarmoq infratuzilmasida yuzaga keladigan avariya va nosozliklarni tezkor aniqlash va bartaraf etish;
- Axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish va serverlarga ruxsatsiz kirishlarning oldini olish;
- Server konfiguratsiyasi va bajarilgan texnik ishlar bo‘yicha hujjatlarni yuritish;
- Yangi server va tarmoq yechimlarini joriy etishda hamda mavjud infratuzilmani rivojlantirishda ishtirok etish.
Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:
- Muhandis lavozimiga ish stajiga talab qo’yilmagan holda oliy texnik ma’lumotga ega bo'lishi;
- Linux operatsion tizimlarini administratsiya qilish bo’yicha bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi;
- Server uskunalarini o’rnatish, sozlash, administratsiya qilish va texnik xizmat ko’rsatish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
- Serverlar va IT infratuzilmasining ishlash tamoyillarini bilishi;
- TCP/IP, DNS, DHCP, VLAN, routing va switching kabi asosiy tarmoq texnologiyalarini bilishi;
- Tarmoq va server uskunalarini monitoring qilish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
- Linux serverlarida xizmatlarni o’rnatish, sozlash va boshqarish bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’lishi;
- Bash yoki boshqa skriptlash vositalari bo’yicha boshlang’ich bilimga ega bo’lishi maqsadga muvofiq;
- Serverlarni zaxiralash (backup), ma’lumotlarni tiklash va axborot xavfsizligi asoslarini bilishi kerak.
- Rus va ingliz tillarini bilishi maqsadga muvofiq.
Ish sharoitlari:
– Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba yoki smenali ish rejimi.
- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 08:00 dan 17:00 gacha yoki smenali ish rejimi (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76; 71 238-14-33.
Hujjatlar 2026 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026 yil 2-noyabr kuni o‘tkaziladi.