Oliy toifali muhandis (magistral tarmoq)
“O‘zbektelekom” AK Ixtisoslashtirilgan texnik filiali Toshkent shahar
Transport tarmoqlarini boshqarish va monitoring qilish xizmati Magistral tarmoqni boshqarish sektori
Lavozim majburiyatlari:
- Telekommunikatsiya transport tarmoqlarini rivojlantirish uchun yangi dasturiy-texnik yechimlarni taqdim etish bo‘yicha turli tadbirlarda, o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi, o‘z ustida ishlab bilimlarini chuqurlashtirish bilan shug‘ullanadi.
- Kompaniyaning transport tarmoqlarini rivojlantirish, transport tarmoqlarining xalqaro ulanish nuqtalarini kengaytirish va modernizatsiya qilishni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Transport tarmoqlarini optimallashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tuzishda ishtirok etadi.
- Kompaniyaning transport tarmoqlarini rivojlantirish, transport tarmoqlarining xalqaro ulanish nuqtalarini kengaytirish va modernizatsiya qilishni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Berilgan topshiriqlarni bajaradi.
- Kompaniyaning magistral va zonaichi qurilmalarining holatini boshqarish, monitoring qilish va tahlil qilish uchun yangi dasturiy ta’minotlarni o‘rganadi va ulardan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritadi.
- SDH,DWDM texnologiyasidan foydalangan holda tarmoqlarni boshqarish va monitoring qilish uchun dasturiy vositalarni boshqaradi, server ma’lumotlar bazasini zaxiralash funksiyalarini sozlaydi. Har chorakda DCN boshqaruv tizimlari tarmog‘ini marshrutizatorlari va svitchlarning konfigratsiya fayllari ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi.
- Optik tolali liniyalar va transport tarmog‘i qurilmalarining texnik imkoniyatlarini tahlil qiladi hamda Kompaniyaning transport tarmoqlarida zaxiralash sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini shakllantiradi.
- Tarmoq elementlarini (SDH, DWDM, marshrutizatorlar, DCN boshqaruv tizimi switchlari) Kompaniya hududiy filiallari xodimlari bilan birgalikda qurulmalardagi mavjud sozlamalarni o‘rganadi, o‘zgartirishlar kiritish uchun sozlamalarni bajaradi.
- “O‘zTTBRM” MChJning farmoyishlari va Kompaniyaning buyruqlari asosida telekommunikatsiya transport tarmoqlarida, boshqaruv tizimlari orqali oqimlarni (2Мb/s,34Мb/s,1GE,10GE,100GE,400GE) tashkil etish/o‘chirish, yoki o‘tish trassalarini o‘zgartirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Raqamli oqimlarga ID-raqam beradi.
- Boshqaruv tizimlariga kirish parollarini o‘z vaqtida almashtiradi va yangi ichki kirish parollarini yaratadi, ruxsatsiz kirish holatlarini o‘rganadi va xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘radi. Rahbariyat topshiriqlarini bajaradi va boshqaruv tizimlari xavfsizligini ta’minlash ishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi. Foydalanuvchilar faoliyati jurnalini tekshiradi.
- Kompaniyaning transport tarmoqlarida yangi qurilmalarni ulash yoki ma’lumotlar bazasidan chiqarib tashlash uchun texnik imkoniyatlarni o‘rganadi, so‘rov bo‘yicha uskunalar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni taqdim etadi. Topshiriq bo‘yicha yangi qurulmalarni ulaydi yoki ma’lumotlar bazasidan chiqaradi.
- Kompaniyaning transport tarmoqlaridagi mavjud qurilmalarni (SDH/DWDM/RRL), marshrutizatorlar, boshqaruv tizimi DCN switchlarining ma’lumotlar bazasini yangilaydi. Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli qurilmalarning mavjud konfiguratsiyalariga o‘zgartirishlar kiritadi.
- Kompaniya hududiy filiallariga maslahat va texnik yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi hamda sozlamalar bo‘yicha paydo bo‘ladigan savollarga rejali va rejadan tashqari ishlarni amalga oshirishda tavsiyalar beradi. Kompaniyaning hududiy filiallari joylashgan transport tarmoqlari qurilmalaridagi avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi va topshiriq bo‘yicha qurilmalar sozlashni amalga oshiradi.
- Kompaniyaning transport tarmoqlaridagi liniya qismlarini har chorakda o‘lchash ishlarini amalga oshiradi va elektron jurnalni yuritadi hamda sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi. Statistik va tezkor ma’lumotlar asosida yuklama bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlarni shakllantiradi.
- Texnik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ishtirok etadi.
- Rahbariyatning faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajaradi, xodimlarga topshiriqlarini tushuntiradi, ijrochilarni tayinlaydi.
- Ish yuzasidan telefon orqali muloqotni xizmat telefon raqamlaridan hamda Kompaniya tomonidan taqdim etilgan xizmat mobil aloqa raqamlaridan foydalangan holda amalga oshiradi.
- Lavozim vazifalarini bajarishda mehnatni muhofaza qilish, sanoat va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish.
- Texnologik va hisobot hujjatlarini yuritish.
Talab qilinayotgan koʻnikmalar va malaka:
- Oliy toifali muhandis lavozimiga oliy texnik maʼlumotga ega va 1-tofali muhandis lavozimida kamida ikki yillik ish stajiga ega mutaxassis tayinlanadi.
- O‘z mutaxassisligi bo‘yicha texnik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va nosozliklarni bartaraf etish qoidalari;
- O‘z mutaxassisligi bo‘yicha texnik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va nosozliklarni bartaraf etish qoidalari;
- Magistral va zonaichi tarnasport aloqa tarmoqlari asoslari, SDH, DWDM, RRL texnologiyalarining arxitekturasi va tuzilishi;
- Magistral va zonaichi tarnasport aloqa tarmoqlarining DCN tarmog‘ini tuzilishi va ishlash prinsiplari;
- Magistral va zonaichi transport aloqa tarmoqlarining Telenium, iMaster NCE, INC-100MS va NetEco boshqaruv va monitoring tizimlaridan foydalangan holda tarmoqlarni boshqarish, monitoring va nazorat qilish;
- "Oʻzbektelekom" AK va "OʻzTTBRM" MChJ dan kelib tushgan topshiriqlar, farmoyishlar asosida, Transport tarmogʻida Telenium, iMaster NCE, INC-100MS boshqaruv tizimlari orqali raqamli oqimlarni tashkil qilish va oʻchirish;
- Magistral va zonaichi transport tarmoqlarida mavjud qurilmalar (SDH/DWDM/RRL) ma’lumotlar bazasini yuritish;
- Magistral va zonaichi tarnasport aloqa tarmoqlari asoslari, SDH, DWDM, RRL uskunalari va aloqa vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlari, aloqa tarmoqlarini tashkil etish sxemalari;
- - OTN texnoligiyasi va OSNR ni ishlash printsiplari;
- Magistral va zonaichi tarnasport aloqa tarmoqlarining Telenium, iMaster NCE, INC-100MS va NetEco boshqaruv va monitoring tizimlarida SDH, DWDM, RRL qurilmalarini sozlash va uning parametrlarini o‘lchash va tahlil qilish usullari;
- SDH, DWDM, RRL qurilmalarini hisobga olish, shuningdek texnik hujjatlarni rasmiylashtirish.
- Magistral va zonaichi tarnasport aloqa tarmoqlarida rejali va rejadan tashqari taʻmirlash-sozlash ishlarini rasmiylashtirish va amalga oshirish tartibi;
- Microsoft Office paketini yuqori professional darajada mukammal bilish: Excel dasturida ishonchli ishlash (jumladan, yig‘ma jadvallar, murakkab formulalar), Word dasturida tuzilgan texnik hisobotlarni tayyorlash, PowerPoint dasturida rahbariyat va texnik qo‘mitalar uchun sifatli taqdimotlar yaratish hamda Outlook dasturida elektron yozishmalar va kalendarni samarali boshqarish.
Ish sharoitlari:
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandlik.
- Ish haftasi: 5 kunlik (dushanba-juma), dam olish kuni – shanba, yakshanba.
- Ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik tanaffusi bilan).
- Mehnat kodeksiga muvofiq ta’til va boshqa ijtimoiy kafolatlar.
- Ish faoliyatida safarlar yoki obyektda joyida ko‘zdan kechirish zarurati bo‘lishi mumkin.
- Malaka oshirish, o‘quv va seminarlar orqali kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bosh ish oʻrni koʻrsatilgan holda ok@noctelecom.uz manzili boʻyicha elektron koʻrinishda qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 71 238-11-76 ; 71 238-14-33.
Hujjatlar 2026 1-noyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov 2026 yil 2-noyabr kuni o‘tkaziladi.