16 Sentabr 2026

1 - toifali muhandis (Cloud Hub)

“O‘zbektelekom” AK Markaziy filiali Toshkent shahar

Cloud Hub Tashkent uchastkasi

 

Lavozim majburiyatlari

- Aktiv holatda bo‘lgan texnik vosita (klimatexnika, dizel-generator qurilmalari, stativlar, serverlar va x.k.) larni profilaktikasini, texnik xizmat ko‘rsatishni yuqori darajada amalga oshiradi;

- Zamonaviy bulutli xizmatlarni, shu jumladan IaaS (virtual serverlar va xotira), PaaS (platformalar) va Colocation (mijozlarning jismoniy server uskunalarini joylashtirish) xizmatlarini koʻrsatadi;

- Texnologik zallar, sovutish (climat) tizimlari, uzluksiz elektr ta’minoti qurilmalari, dizel-generator qurilmalari va aloqa kanallarining holatini tunu-kun monitoring qiladi;

- Telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik holatini tahlil qiladi hamda ularni ishchi holatda va talab qilinadigan sifat darajasida doimiy saqlanishini ta’minlaydi;

- Mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni toʻxtatmagan holda, muhandislik va IT-tizimlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.

Talab qilinayotgan ko‘nikmalar va malaka

- Oliy texnik ma’lumot va yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassis;

- Normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va ish yuritish bo‘yicha ko‘rsatma materiallarini bilish;

- Elektrotexnika asoslarini;

- Texnik hujjatlarni yuritish tartibini;

- Elektr uzatish liniyalariga yaqinlashgan hududlarda ishlarni bajarish qoidalarini bilishi kerak.

 

Ish sharoitlari:

- olti kunlik ish haftasi;

- ijtimoiy toʻplamlar;

- bepul mobil aloqa.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun rezyumelar foto bilan birga va bo‘sh ish o‘rni ko‘rsatilgan holda, q.sarimsakov@markaziy.uz manzili bo‘yicha elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.

Tel: (71) 100 51 11, (99) 740-88-78)

Hujjatlar 2026-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 2026-yil 16-oktabr kuni o‘tkaziladi.